28.09.2022 yildagi 539-son
Hujjat 29.09.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
“Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri (keyingi o‘rinlarda — KTYADR) bo‘yicha ma’lumot taqdim etish xizmatining davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali ko‘rsatilishi belgilab qo‘yilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. Ushbu Nizom “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son Farmoniga muvofiq Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrining (keyingi o‘rinlarda — KTYADR) axborot fondini tashkil etish hamda yuritish tartibini belgilaydi.
yuridik shaxslar — tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadigan organlar Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga ushbu Nizom 8-bandining “a” kichik bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar kiritilgandan keyin bir kun muddatda ushbu Nizom 8-bandining “b” — “e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar kiritilgandan keyin ikki kun muddatda davlat statistika organlariga elektron shaklda ilovaga muvofiq ma’lumotlar yuboradi;
yuridik shaxslar — davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadigan organlar ushbu Nizom 8-bandining “a” — “e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilgandan keyin ikki kun muddatda davlat statistika organlariga elektron shaklda ilovaga muvofiq ma’lumotlar yuboradi.
Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar davlat statistika organlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining dasturiy-texnologik vositalaridan foydalangan holda, Internet jahon axborot tarmog‘i orqali taqdim etiladi.

1. Yuridik shaxsning nomi

To‘liq:

Qisqacha:

2. Joylashgan eri (pochta manzili)

Telefon raqami:

Elektron manzili (tashkilot yoki muassisning):

3. Yangi tashkil etilgan:

qayta tashkil etish yo‘li bilan tashkil etilgan:

faoliyati tiklangan (tugatish tartiboti to‘xtatilgan):

ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan:

joylashgan eriga (pochta manziliga) o‘zgartirish kiritilgan:

belgilangan muddatda moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmagan yoki ustav jamg‘armasi shakllantirilmagan, ixtiyoriy tugatish jarayonida:

4. Tashkiliy-huquqiy shakli kodi: _____________________________________

mulkchilik shakli kodi: ____________________________________________

MHOBT kodi: ____________________________________________________

KTUT kodi:______________________________________________________

faoliyatining asosiy turi: _________________________________________

STIR: __________________________________________________________

5. Muassislar haqidagi ma’lumotlar:

Muassislar

Ta’sischilarning ustav jamg‘armasidagi ulushi

T.r.

Mamlakat kodi

Nomi (jismoniy shaxslar uchun — F.I.O.)

ming so‘m

%

1.

2.

3.

4.

5.

Jami ustav jamg‘armasi

6. Xodimlarning mo‘ljallanayotgan soni*: _________________________ kishi

*yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun

7. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organning nomi: _________________________________

8. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan

______________

______________

(raqami)

(sanasi)

9. Tugatilgan (faoliyati to‘xtatilgan**)

__________

__________

** qo‘shish yoki birlashtirish yo‘li bilan qayta tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun

(raqami)

(sanasi)

Keyingi tahrirga qarang.
7. KTYADR bo‘yicha ma’lumot taqdim etish davlat xizmatidan ushbu Ma’muriy reglamentga 3-ilovadagi shaklga muvofiq so‘rovnomani elektron shaklda to‘ldirish orqali foydalaniladi.

T/r

Ma’lumot nomi

Ma’lumotning tasnifi

1.

Tashkilot nomi

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yuridik shaxsning individual nomi.

2.

Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR raqami)

Soliq organlari tomonidan yuridik, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga biriktiriladigan takrorlanmaydigan raqam.

3.

Tashkilotning asosiy iqtisodiy faoliyat turi

Tashkilot qo‘shimcha qiymat hajmida hissasi yuqori bo‘lgan faoliyatning Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichga ko‘ra kodi.

Mazkur kod ro‘yxatdan o‘tish vaqtida belgilanadi va yillik statistika hisobotlariga asosan o‘zgartirilishi mumkin.

4.

Ma’muriy-hududiy obyektni belgilash tizimi kodi (MHOBT)

MHOBT kodi davlat ro‘yxatidan o‘tish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuridik shaxs tomonidan so‘rovnoma shakllantirilganda ko‘rsatilgan manziliga asosan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan biriktiriladi.

5.

Joylashgan joyi (pochta manzili)

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuridik shaxs tomonidan so‘rovnoma shakllantirilganda ko‘rsatilgan manzil hisoblanadi.

6.

Telefon raqami (mavjud bo‘lsa)

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuridik shaxs tomonidan so‘rovnoma shakllantirilganda ko‘rsatilgan telefon raqami.

7.

Elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa)

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuridik shaxs tomonidan so‘rovnoma shakllantirilganda ko‘rsatilgan elektron pochta manzili.

8.

Tashkilotning tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha kodi va nomi (THShT)

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq tashkilotlar tuzilishi mumkin bo‘lgan shaklning (tijorat (mas’uliyati cheklangan jamiyat, aksiyadorlik jamiyati va boshqalar), notijorat (muassasa, jamoat fondi, jamoat birlashmasi va boshqalar) kodi bo‘lib, yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlari asosida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar tomonidan belgilanadi.

9.

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ nomi

Qonunchilikda belgilangan yuridik shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki).

10.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana

Yuridik shaxs tashkil etilgan sana

11.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan raqam

Yuridik shaxs tashkil etilgan reyestr raqami

12.

Kichik tadbirkorlik subyektiga mansubligi

Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga o‘tish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 24-avgustdagi 275-son qaroriga 1-ilovaga muvofiq kichik tadbirkorlik subyektlariga tegishli bo‘lgan tashkilotlar.

13.

Faollik holati

Faoliyat ko‘rsatayotgan, faoliyat ko‘rsatmayotgan va tugatilgan yuridik shaxslarning holati

14.

Ustav fondi

Tijorat tashkilotlarida ulushlarga yoki muassislarning aksiyalariga bo‘lingan fond.

15.

Ta’sischilar

Yuridik shaxslarning ta’sischilari hisoblangan yuridik va jismoniy shaxslar.

16.

Rahbar

Korxona va tashkilotda ijro etuvchi organi funksiyasini amalga oshirayotgan jismoniy shaxs

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

1-bosqich

Xizmatdan foydalanuvchi (yuridik yoki jismoniy shaxs)

Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tadi.

Xizmatdan foydalanuvchi xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Davlat xizmatlari markazi yoki xizmatdan foydalanuvchi

Xizmatdan foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlar kiritiladigan so‘rovnomani to‘ldiradi va elektron shaklda Davlat statistika qo‘mitasiga yuborish uchun tayyorlaydi.

Tayyorlangan savolnomaga qo‘shimcha ravishda axborot tizimida tegishli tashkilot to‘g‘risidagi zarur bo‘lgan ma’lumot turlarini belgilaydi.

Zarur ma’lumotlar turlarini belgilagandan so‘ng Davlat statistika qo‘mitasiga elektron shaklda so‘rov yuboradi.

Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilinganda, real vaqt rejimida

3-bosqich

Davlat statistika qo‘mitasi

Elektron so‘rovga ko‘ra ma’lumotning qiymatini hisoblab chiqadi va xizmatdan foydalanuvchiga elektron shaklda tegishliligi bo‘yicha davlat xizmatlari markaziga yoki xizmatdan foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga ma’lum qiladi.

Avtomatik ravishda

4-bosqich

Xizmatdan foydalanuvchi

Tegishli elektron to‘lov tizimi orqali hisoblangan summada to‘lovni amalga oshiradi.

Uz xohishiga ko‘ra

5-bosqich

Davlat statistika qo‘mitasi

To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng so‘ralgan ma’lumotlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tegishliligi bo‘yicha davlat xizmatlari markaziga yoki xizmatdan foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga yuboradi.

3 ish kunidan oshmagan muddatda

6-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng davlat xizmatlari markaziga yuborilgan ma’lumotlarni xizmatdan foydalanuvchiga elektron shaklda taqdim etadi.

3 ish kunidan oshmagan muddatda

Xizmatdan foydalanuvchi

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan xizmatdan foydalanuvchining o‘ziga yuborilgan ma’lumotlarni o‘z shaxsiy kabinetida elektron shaklda yuklab oladi.