04.08.2022 yildagi PQ-346-son
Hujjat 04.08.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
ushbu bandning uchinchi xatboshisi mazkur qaror kuchga kirgunga qadar belgilangan tartibda foydalanishga qabul qilingan ko‘p kvartirali uylarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Respublikadagi muammoli bank kreditlari mavjud har bir uy-joy mulkdorlari shirkatining faoliyati yuzasidan tegishli xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklarining xulosasi olingan taqdirda, joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilish qarori asosida ularning boshqarish usulini o‘zgartirish.

Bunda, uy-joy mulkdorlari shirkatlarining boshqaruvida bo‘lgan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish uchun, qoida tariqasida, reytingi yuqori bo‘lgan boshqaruvchi tashkilotlarni jalb qilish.

2022-yil 1-sentabr

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Markaziy bank, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

Ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash uchun umumiy smeta qiymatining 30 foizini ko‘p kvartirali uy-joy mulkdorlari hisobidan jamg‘arish tartibini amaliyotda qo‘llash va uning samarasini tahlil qilish hamda natijasi bo‘yicha uy-joy mulkdorlari hisobidan jamg‘ariladigan mablag‘ning miqdorini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2022-yil 1-noyabr

Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.

Bir yilda bir marta o‘tkaziladigan tayanch va to‘siq konstruksiyalar (umumiy mol-mulk) butligi bo‘yicha xatlov natijalari to‘g‘risida hisobotni hamda buzilgan tayanch konstruksiyalarni tiklash yuzasidan takliflarni Hukumatga kiritish.

2022-yil 1-oktabr

Uy-joy fondi inspeksiyasi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

4.

Ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarining majburiy badallari va to‘lovlari miqdorini belgilashda xarajatlarning tarkibini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash va ularni ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlariga yetkazish.

2022-yil 1-noyabr

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

5.

Mazkur qarorning 5- va 6-bandlaridan kelib chiqib, ko‘p kvartirali uylarning qurilishiga oid shaharsozlik �ormalari va qoidalarini takomillashtirish.

2022-yil 1-oktabr

Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

6.

Uy-joy mulkdorlari shirkatlarini tugatish va davlat reyestridan chiqarish bo‘yicha tartibni takomillashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-yil 1-yanvar

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank

7.

Ko‘p kvartirali uylarni boshqaruvchi tashkilotlarning yagona statistik ma’lumotlari to‘liq yuritilishi hamda ularning reytingini yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichida alohida ko‘rsatilishini ta’minlash.

2023-yil 1-yanvar

Davlat statistika qo‘mitasi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

8.

Ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishiga joylar mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan ko‘p kvartirali uyga tutash yer uchastkalarini ushbu uyga xizmat ko‘rsatuvchi boshqarish organiga keyinchalik uzaytirish huquqi bilan uch yilgacha bo‘lgan muddatga haq evaziga yoki tekinga ijaraga berish huquqini berishni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 1-oktabr

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

9.

Foydalanishga qabul qilingan ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-m�lk quruvchi tomonidan boshqaruvchi tashkilotga saqlash va boshqarishga topshirilganda, ushbu mol-mulk soliq solish obyekti hisoblanmasligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 238-moddasiga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 1-noyabr

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi

10.

Buxoro shahrida tajriba tariqasida issiqlik, ichimlik suv ta’minoti va oqova suv chiqarish, chiqindilarni olib chiqish va ko‘p kvartirali uylardagi umumiy mol-mulkni saqlash uchun majburiy badal to‘lovlarini yagona shaxsiy hisobvaraq orqali amalga oshirishni joriy etish va natijasi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-yil 1-may

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.

Bino va inshootlarni ko‘p kvartirali uylar toifasiga o‘tkazish borasidagi amaliyotni tahlil qilib, mavjud normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 1-noyabr

Qurilish vazirligi, Oliy sud, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

12.

Ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkasi hamda ko‘p kvartirali uylardagi umumiy mol-mulkka bo‘lgan huquqlarni joylar mulkdorlarining nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan to‘lovlarni (shu jumladan, kadastr pasportini rasmiylashtirish uchun to‘lovlarni) joylar mulkdorlari yoki tegishli ko‘p kvartirali uyning boshqarish organi tomonidan ikki yil davomida teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash tizimini yo‘lga qo‘yish.

2022-yil 1-noyabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Kadastr agentligi

13.

Ko‘p kvartirali uylarning tutash yer uchastkalari va ularning holatidan kelib chiqqan holda jami 2 million, Toshkent shahrida esa 1 million tup mevali va manzarali daraxt-butalar ko‘chatlarini ekish.

2022-yil kuz va 2023-yil bahor mavsumlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

14.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligini Toshkent shahridagi ko‘p kvartirali uylarda turli avariyalarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda tegishli xizmatlarning favqulodda vaziyatlarga zudlik bilan javob berishga tayyorligini ta’minlash maqsadida “Raqamli poytaxt” axborot-tahlil markaziga foydalanuvchi sifatida ulash. Ulanish va texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq xarajatlarni mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan, yetishmayotgan mablag‘larni — respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qoplash.

2022-yil 1-sentabr

T?shkent shahar hokimligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Moliya vazirligi

15.

Samarali hamkorlik qilish uchun tashkil qilingan “Xalq nazorati” interaktiv servis xizmatiga kelib tushayotgan murojaatlarni onlayn monitoring qilish hamda kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish maqsadida murojaatlarni tegishli boshqarish organiga yuborish choralarini ko‘rish va ularning ijrosi yuzasidan nazorat o‘rnatish.

Doimiy ravishda

Toshkent shahar hokimligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

16.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri tomonidan tasdiqlanadigan r�ja-grafikka qat’iy amal qilgan holda, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining “Xalq nazorati” interaktiv servis xizmatiga bosqichma-bosqich ulanishini ta’minlash.

2023-yil yakuniga qadar

Toshkent shahar hokimliklari, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

17.

“Tashkent Index” majmuasi hududiga tashqi muhandislik-kommunikatsiya (ichimlik va oqova suv) tarmoqlarini tortish ishlarini yakunlash choralarini ko‘rish.

2022-yil yakuniga qadar

Toshkent shahar hokimligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, “O‘zsuvta’minot” AJ

18.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi “Yagona hisob-kitob markazi” hamda uning shahar (tuman), tumanlararo filiallari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalari, Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi huzurida tashkil etilgan “Ta’mirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalari hamda ularning shahar va tuman filiallarini tugatish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2022-yil 1-sentabr

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

19.

Germaniya, Fransiya, Gruziya va Yaponiya kabi ilg‘or davlatlarning eskirgan va avariya holatidagi tushgan uy-joylarni yangilash bo‘yicha joylarga chiqqan holda tajribasini o‘rganish hamda Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 20-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining uy-joy fondini davlat yo‘li bilan hisobga olish to‘g‘risida”gi 18-son qarorini takomillashtirish yuzasidan takliflarni Hukumatga kiritish. Bunda, eskirgan va avariya holatidagi uy-joylarning mulkdorlarini yangi uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha tartibini ham belgilash.

2023-yil 1-yanvar

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

a) 4 va 5-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
2-banddan “va “Ta’mirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalarini” so‘zlari chiqarib tashlansin;
7-bandning to‘rtinchi xatboshisidan “va “Ta’mirlash-tiklash xizmati” davlat unitar korxonalarini (keyingi o‘rinlarda — “TTX” DUK)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
9-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 17-bandning birinchi xatboshisidagi “tashkilotlari va “TTX” DUKlarni” so‘zlari “tashkilotlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
11-bandning ikkinchi xatboshisidan va 15-bandning ikkinchi xatboshisidan “va “TTX” DUKlarni” so‘zlari chiqarib tashlansin;
ilovada (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Uy-joy kommunal xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va foydalanish sxemasi):
6 va 10-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
qarorga 5-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
a) 4-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a” va “d” kichik bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
“g” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin: