14.04.2022 yildagi 183-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 831 va 84-moddalari, “Geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son, “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-son va “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 21-fevraldagi PQ-138-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
36. Davlat kadastr nazorati “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq Kadastr agentligi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Huquqbuzarlik mavjud bo‘lgan taqdirda mazkur Nizomning 23 — 35-bandlariga muvofiq o‘n ish kuni mobaynida davlat yer nazorati tadbiri o‘tkaziladi va natijasi bo‘yicha murojaatni yuborgan shaxsga bir ish kunida elektron tarzda javob yuboriladi.
videoyozuvlar mazkur Nizomning 45-bandida belgilangan talablarga javob bermaganda yoki sifatsiz bo‘lganda;
videoyozuvlar axborot tizimiga mazkur Nizomning 47-bandida belgilangan talablarga rioya etmagan holda yuklanganda;

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Maxsus vakolatli davlat organlari

“E-YERNAZORAT” AATdan foydalanilgan holda davlat yer nazoratini o‘tkazadi.

Doimiy

2-bosqich

Maxsus vakolatli davlat organlari

Davlat yer nazoratini o‘tkazish to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organi rahbarining (rahbar o‘rinbosarining) buyrug‘i qabul qilinadi.

Yer to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi kuzatilganda

3-bosqich

Maxsus vakolatli davlat organlari

Maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari davlat yer nazoratini amalga oshiradi, natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuzadi.

10 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Maxsus vakolatli davlat organlari

Davlat yer nazorati dalolatnomasini qog‘oz shaklida rasmiylashtirish zarurati yuzaga kelganda, ushbu dalolatnoma belgilangan tartibda davlat yer nazorati tadbiri tugallangandan keyin “E-YERNAZORAT” AATga elektron shaklda kiritiladi

1 ish kunidan kechiktirmay

5-bosqich

Maxsus vakolatli davlat organlari

Yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakili yoxud jismoniy shaxs dalolatnomani olishdan bosh tortganda, dalolatnomaga tegishli yozuv kiritadi va uning bir nusxasi yuridik yoki jismoniy shaxsga pochta orqali buyurtma xat bilan yuboradi.

3 ish kunidan kechiktirmay

6-bosqich

Maxsus vakolatli davlat organlari

Yer to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilishi lozim bo‘lsa, maxsus vakolatli davlat organlarining yer nazoratini amalga oshirgan mansabdor shaxsi aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq o‘z vakolatlari doirasida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida belgilangan muddatlarga muvofiq

20. Davlat geodeziya nazorati “Geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Maxsus vakolatli davlat organi

Davlat geodeziya nazoratini amalga oshiradi.

Doimiy

2-bosqich

Maxsus vakolatli davlat organi

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilgandan so‘ng, davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish to‘g‘risidagi maxsus vakolatli davlat organi rahbarining (rahbar o‘rinbosarining) buyrug‘i qabul qilinadi.

Geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi kuzatilganda

3-bosqich

Maxsus vakolatli davlat organi

Maxsus vakolatli davlat organining mansabdor shaxslari davlat geodeziya nazoratini amalga oshiradi va natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuzadi.

10 ish kuni mobaynida

4-bosqich

Maxsus vakolatli davlat organi

Dalolatnomani imzolaydi hamda uning bir nusxasini yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki uning vakiliga yoxud jismoniy shaxsga uni olgan sanani ko‘rsatgan holda imzo qo‘ydirib topshiradi.

1 ish kuni mobaynida

5-bosqich

Maxsus vakolatli davlat organi

Yuridik shaxsning mansabdor shaxsi (vakili) yoxud jismoniy shaxs dalolatnomani olishdan bosh tortganda, dalolatnomaga tegishli yozuvni kiritadi va uning bir nusxasini yuridik yoki jismoniy shaxsga pochta orqali yuboradi.

3 ish kunidan kechiktirmay

6-bosqich

Maxsus vakolatli davlat organi

Ruxsat ber?sh va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar huquqbuzarliklar “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq ko‘rib chiqiladi.

Belgilangan tartibda

7-bosqich

Maxsus vakolatli davlat organi

Geodeziya sohasida aniqlangan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qo‘llash O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.

Belgilangan tartibda