06.04.2022 yildagi PF-97-son
Hujjat 06.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoniga muvofiq, tashqi savdoni tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish, mahalliy tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish choralarini yanada kuchaytirish orqali yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar eksportini kengaytirish maqsadida:
3. Moliya vazirligi Eksportni rag‘batlantirish agentligining buyurtmanomalariga binoan mazkur Farmonning 1-bandida nazarda tutilgan qo‘llab-quvvatlash choralarini amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni respublika budjetidan ajratib borsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
a) 1-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisidagi hamda “v” kichik bandidagi “davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan” so‘zlari “davlat ulushi 50 foizdan ko‘p bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning birinchi xatboshisidagi “100 foiz” so‘zlari “50 foiz” so‘zlari bilan almashtirilsin.
b) uchinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha to‘rtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) to‘rtinchi xatboshidagi “100 ming AQSh dollari” so‘zlari “500 ming AQSh dollari” so‘zlari bilan almashtirilsin.