LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-noyabrdagi 413-sonli “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Qishloq tovar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini sug‘urtaviy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasining meva-sabzavot mahsulotlari, sut va chorva mahsulotlari xarid qilishga shartnomalar bo‘yicha hisob-kitoblar o‘z vaqtida qilinishi uchun tayyorlov tashkilotlarining javobgarligini sug‘urta qilishni joriy etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin hamda uni amalga oshirish sxemalariga 1 va 2-ilovalariga muvofiq rozilik berilsin.
2. Sug‘urtaning mazkur turini amalga oshirish “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasiga topshirilsin va meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilishga tuzilgan shartnomalar bo‘yicha sug‘urta tariflarining sug‘urta summasining 2 foizi miqdorida, sut va chorva mollari xarid qilishga tuzilgan shartnomalar bo‘yicha esa 1 foizi miqdorida bo‘lishiga rozilik berilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zagrosug‘urta” davlat-aksiyadorlik sug‘urta kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1997-yil 6-martdagi 125-son qaroriga 3-ilovaning 12-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
1. “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi va “Mevasabzavot” hududiy birlashmalarining bo‘linmalari qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari bilan meva-sabzavot xomashyosi xarid qilishga (keyingi o‘rinlarda matnda “mahsulot” deb ataladi) kontraktatsiya shartnomalari (keyingi o‘rinlarda matnda “xarid qilishga tuzilgan shartnoma” deb ataladi) tuzadilar.
Xarid qilishga tuzilgan shartnomada barcha zarur rekvizitlar, shu jumladan mahsulot turi, miqdori va sifati, yetkazib beriladigan mahsulotning kontraktlar tuzilgan kundagi qiymati, hisob-kitoblar tartibi, shuningdek tomonlarning ular tomonidan xarid qilishga tuzilgan shartnoma bo‘yicha o‘z zimmalariga olgan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun o‘zaro mulkiy javobgarligi ko‘rsatiladi.
2. “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi va “Mevasabzavot” hududiy birlashmalarining bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda matnda “sug‘urtalanuvchi” deb ataladi) “O‘zagrosug‘urta” sug‘urta kompaniyasining bo‘linmalariga (keyingi o‘rinlarda matnda “sug‘urtalovchi” deb ataladi) mahsulot xarid qilishga tuzilgan shartnomalar bo‘yicha o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishi uchun javobgarlikning sug‘urta shartnomasi (keyingi o‘rinlarda matda “sug‘urta shartnomasi” deb ataladi) tuzish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishadi. Arizaga sug‘urtalanuvchining soliq inspeksiyasining belgisi qo‘yilgan oxirgi sanadagi balansi, tayyor mahsulotni sotishga tuzilgan shartnomalar ilova qilinadi.
3. Sug‘urtalovchi taqdim etilgan hujjatlar turkumini ko‘rib chiqadi, sug‘urtalanuvchining to‘lov qobiliyatini aniqlaydi va to‘lovga qobiliyatli sug‘urtalanuvchilar bilan sug‘urta shartnomasi tuzadi, shartnomada sug‘urtalovchi, sug‘urtalanuvchi, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va xarid qilishga tuzilgan shartnoma, sug‘urta shartnomasi mavzusi, sug‘urta puli miqdori, amal qilish muddati, tomonlarning yuridik manzillari, rekvizitlari, tuzilgan sanasi, sug‘urtalanuvchi va sug‘urtalovchi rahbarlarining tegishli muhrlar bilan tasdiqlangan imzolari ko‘rsatiladi.
Sug‘urtalanuvchi tomonidan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi tomonidan xarid qilishga tuzilgan shartnoma bo‘yicha yetkazib berilgan konditsion mahsulot uchun sug‘urtalanuvchiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra mahsulotga haq to‘lash yuzasidan xarid qilish shartnomasida ko‘rsatilgan sanadan boshlab 5 kundan ortiq muddatda to‘liq yoki qisman haq to‘lanmasligi sug‘urta hodisasi hisoblanadi.
Sug‘urtalovchining javobgarligi darajasi, sug‘urtalanuvchi bilan kelishilgan holda, sug‘urtalanuvchi, nazarda tutilgan avans chiqarib tashlangan holda, xarid qilishga tuzilgan shartnoma bo‘yicha qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisiga to‘lashi kerak bo‘lgan summaning 50 foizini tashkil etadi.
Sug‘urta shartnomasi xarid qilishga tuzilgan shartnomaning amal qilishi muddatiga tuziladi va sug‘urta hodisasi paydo bo‘lgan taqdirda xarid qilishga tuzilgan shartnoma muddati tamom bo‘lgan kundan boshlab olti oygacha amal qiladi.
4. Sug‘urta shartnomasi hisoblab chiqilgan sug‘urta to‘lovi sug‘urtalovchining talab qilib olinadigan depozit schyotiga tushgan paytdan boshlab kuchga kiradi, shundan keyin sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchiga sug‘urta polisi beradi. Sug‘urta polisi sug‘urta shartnomasi kuchga kirganligidan dalolat beruvchi hujjat hisoblanadi. Sug‘urta polisi sug‘urtalanuvchiga sug‘urta to‘lovi sug‘urtalovchining talab qilib olinadigan depozit schyotiga tushgan kundan boshlab 3 kun mobaynida yozib beriladi.
5. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi tomonidan xarid qilishga tuzilgan shartnoma bo‘yicha yetkazib berilgan mahsulotga haq to‘lash yuzasidan xarid qilishga tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan sanadan boshlab 5 kun o‘tgandan keyin haq to‘liq yoki qisman to‘lanmagan taqdirda sug‘urtalanuvchi sug‘urtalovchiga sug‘urta hodisasi boshlanganligi to‘g‘risidagi ariza yuboradi.
6. Sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchi va qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi bilan birgalikda ariza qabul qilingan sanadan boshlab 10 kun muddatda sug‘urta hodisasi boshlanganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma tuzadi.
7. Sug‘urtalovchi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisiga sug‘urta tovonini sug‘urta dalolatnomasi tuzilgan sanadan boshlab 3 kun muddatda to‘laydi.
8. Sug‘urtalovchi qarz summasini sug‘urtalanuvchidan quyidagi tartibda undirib oladi. Sug‘urtalanuvchiga qarzni to‘lash uchun sug‘urta tovoni to‘langan sanadan boshlab 90 kunlik muddat belgilanadi. Ushbu muddat davomida sug‘urta fondi mablag‘laridan foydalanganlik uchun haq undirilmaydi. Ushbu muddat tamom bo‘lgandan keyin sug‘urtalanuvchi sug‘urtalovchiga sug‘urta tovoni to‘langan sanadan boshlab sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta tovonini amalda qoplash sanasigacha, biroq mahsulot uchun haq to‘lash yuzasidan xarid qilishga tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan sanadan boshlab olti oydan ortiq emas, sug‘urta fondi mablag‘laridan foydalanganlik uchun haq to‘laydi. Haq miqdori mahsulot haqi o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun xarid qilishga tuzilgan shartnomadagi sanksiya summasiga qaraganda 0,1 foiz yuqori, biroq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi. So‘ngra summalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olinadi.
1. “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi bo‘linmalari qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari bilan meva-sabzavot xomashyosi xarid qilishga (keyingi o‘rinlarda matnda “mahsulot” deb ataladi) kontraktatsiya shartnomalari (keyingi o‘rinlarda matnda “xarid qilishga tuzilgan shartnoma” deb ataladi) tuzadilar.
Xarid qilishga tuzilgan shartnomada barcha zarur rekvizitlar, shu jumladan mahsulot turi, miqdori va sifati, yetkazib beriladigan mahsulotning kontraktlar tuzilgan kundagi qiymati, hisob-kitoblar tartibi, shuningdek tomonlarning ular tomonidan xarid qilishga tuzilgan shartnoma bo‘yicha o‘z zimmalariga olgan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun o‘zaro mulkiy javobgarligi ko‘rsatiladi.
2. “O‘zgo‘shtsutsanoat” uyushmasi bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda matnda sug‘urtalanuvchi” deb ataladi) “O‘zagrosug‘urta” sug‘urta kompaniyasining bo‘linmalariga (keyingi o‘rinlarda matnda “sug‘urtalovchi” deb ataladi) mahsulot xarid qilishga tuzilgan shartnomalar bo‘yicha o‘z vaqtida hisob-kitob qilinishi uchun javobgarlikning sug‘urta shartnomasi (keyingi o‘rinlarda matda “sug‘urta shartnomasi” deb ataladi) tuzish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishadi. Arizaga sug‘urtalanuvchining soliq inspeksiyasining belgisi qo‘yilgan oxirgi sanadagi balansi, tayyor mahsulotni sotishga tuzilgan shartnomalar ilova qilinadi.
3. Sug‘urtalovchi taqdim etilgan hujjatlar turkumini ko‘rib chiqadi, sug‘urtalanuvchining to‘lov qobiliyatini aniqlaydi va to‘lovga qobiliyatli sug‘urtalanuvchilar bilan sug‘urta shartnomasi tuzadi, shartnomada sug‘urtalovchi, sug‘urtalanuvchi, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari va xarid qilishga tuzilgan shartnoma, sug‘urta shartnomasi mavzusi, sug‘urta puli miqdori, amal qilish muddati, tomonlarning yuridik manzillari, rekvizitlari, tuzilgan sanasi, sug‘urtalanuvchi va sug‘urtalovchi rahbarlarining tegishli muhrlar bilan tasdiqlangan imzolari ko‘rsatiladi.
Sug‘urtalanuvchi tomonidan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi tomonidan xarid qilishga tuzilgan shartnoma bo‘yicha yetkazib berilgan konditsion mahsulot uchun sug‘urtalanuvchiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra mahsulotga haq to‘lash yuzasidan xarid qilish shartnomasida ko‘rsatilgan sanadan boshlab 15 kundan ortiq muddatda to‘liq yoki qisman haq to‘lanmasligi sug‘urta hodisasi hisoblanadi.
Sug‘urtalovchining javobgarligi darajasi, sug‘urtalanuvchi bilan kelishilgan holda, sug‘urtalanuvchi, nazarda tutilgan avans chiqarib tashlangan holda, xarid qilishga tuzilgan shartnoma bo‘yicha qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisiga to‘lashi kerak bo‘lgan summaning 50 foizini tashkil etadi.
Sug‘urta shartnomasi xarid qilishga tuzilgan shartnomaning amal qilishi muddatiga tuziladi va sug‘urta hodisasi paydo bo‘lgan taqdirda xarid qilishga tuzilgan shartnoma muddati tamom bo‘lgan kundan boshlab olti oygacha amal qiladi.
4. Sug‘urta shartnomasi hisoblab chiqilgan sug‘urta to‘lovi sug‘urtalovchining talab qilib olinadigan depozit schyotiga tushgan paytdan boshlab kuchga kiradi, shundan keyin sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchiga sug‘urta polisi beradi. Sug‘urta polisi sug‘urta shartnomasi kuchga kirganligidan dalolat beruvchi hujjat hisoblanadi. Sug‘urta polisi sug‘urtalanuvchiga sug‘urta to‘lovi sug‘urtalovchining talab qilib olinadigan depozit schyotiga tushgan kundan boshlab 3 kun mobaynida yozib beriladi.
5. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi tomonidan xarid qilishga tuzilgan shartnoma bo‘yicha yetkazib berilgan mahsulotga haq to‘lash yuzasidan xarid qilishga tuzilgan shartnomada ko‘rsatilgan sanadan boshlab 15 kun o‘tgandan keyin haq to‘liq yoki qisman to‘lanmagan taqdirda sug‘urtalanuvchi sug‘urtalovchiga sug‘urta hodisasi boshlanganligi to‘g‘risidagi ariza yuboradi.