26.01.2022 yildagi PQ-103-son
Hujjat 27.01.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-son Farmoniga muvofiq, yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol, “Workout” (mahalla va ko‘cha fitnesi) sport turlarini ommaviylashtirish va rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun Davlat budjetidan 2021-yildan boshlab har yili 104 milliard so‘mdan mablag‘lar ajratilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2022-yil 1-fevralga qadar Moliya vazirligi (J. Abruyev), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev) bilan birgalikda Markazning yurak qon-tomir kasalliklari ilmiy tadqiqotlar laboratoriyalarini zamonaviy tibbiy uskunalar bilan 1-ilovaga muvofiq ta’minlash uchun xalqaro moliya tashkilotlari hamda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 5 million AQSh dollari ekvivalentidagi mablag‘larni yo‘naltirish choralari ko‘rilsin;

T/r

Transformatsiya yo‘nalishi

Tibbiy asbob-uskuna nomi

Ijro muddati

Miqdori

Qiymati

(AQSh dollari)

Choksiz kardiojarrohlikni rivojlantirish

1.

Yurak ishemik kasalligi va ateroskleroz ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi

1. Yurak-qon tomirlarini optikokogerent tomografiya qilish uskunasi

2022-2023 �illar

1

150 000

2. Koronar qon-tomirlar ichida qon oqimining fraksion rezervini (FFR,DFR) o‘lchash imkoniyatini beruvchi ultratovush tekshiruvi uskunasi

1

150 000

3. Miokardni intraoperatsion xaritalash va qon-tomirlar ultratovush floumetriyasini o‘tkazish uskunasi

1

200 000

2.

Yurak aritmiyasi va elektrofiziologik tekshiruv laboratoriyasi

1. Ablatsiya amaliyotini o‘tkazish uchun kerak bo‘ladigan krioablatsiya moduli va ballonli krioablatsiya qiladigan kateterlar, introdyus�rlar, steril kabellar va birlashtiruvchi shlanglardan iborat to‘plam

2022-2023-yillar

1

100 000

2. Elektrofiziologik 3D Carto noflyuoroskopik navigatsiya va yurak aritmiyalarini davolash uskunasi

1

700 000

3. Yurak aritmiyalarini elektrofiziologik tekshiruvi va radiochastotali ablatsiyasini o‘tkazish uchun mobil uskuna to‘plami

1

100 000

4. Universal angiograf

1

600 000

5. Universal ultratovush diagnostik uskunasi

1

90 000

3.

Yurakning struktur patologiyasi va qon aylanish yetishmovchiligi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi

4D universal ultratovush diagnostik uskunasi

2022-2023-yillar

1

150 000

Kardiologiya yo‘nalishida eksperimental tibbiyotni rivojlantirish

4.

Arterial gipertoniya va molekulyar-genetik, bioximik ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi

1. Yuqori ishlab chiqaruvchi yangi avlod sekvenatori

2022-2023-yillar

1

230 000

2. Senger bo‘yicha sekvenslash uchun genetik analizator

1

110 000

3. 136 xil gen mutatsiyalarini aniqlashga mo‘ljallangan kengaytirilgan kardiologik genetik panel

1

120 000

4. Sekvenslash uchun yangi avlod reagentlar va butlovchi materiallar to‘plami

1

110 000

5.

Kaminvaziv kardiojarrohlik va operatsiyadan keyingi tiklanish ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi

1. Universal angiograf

2022-2023-yillar

1

600 000

2. Operatsion chiroq

2

25 000

3. Koagulyator (yuqori chastotali)

2

80 000

4. Defibrillyator

2

15 000

5. Yurak-qon tomir va koronar jarrohlik uchun uskunalar to‘plami

2

240 000

6. Umumiy jarrohlik uskunalari to‘plami

2

90 000

7. Markaziy stansiya bilan birga kardiomonitorlar

6

70 000

8. O‘pkani sun’iy ventilatsiya qilish uskunasi

5

130 000

9. Ko‘p funksiyali elektr operatsion stol

1

35 000

10. Sun’iy nafas va narkoz berish uskunasi

2

60 000

11. Shprits dozator

20

40 000

12. Ikki kamerali tashqi elektrokardiostimulyator

3

15 000

13. Plazma sterilizatori

1

90 000

14. Vibroakustik massaj uskunasi

1

30 000

15. 4D universal ultratovush diagnostik uskunasi

1

150 000

16. Funksional krovat

20

20 000

O‘quv-simulatsion markaz

O‘quv-simulatsion markaz uchun asbob-uskunalar (intervension kardiologiya)

2022-2023-yillar

1

500 000

JAMI:

5 000 000

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Mablag‘ / moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Kardiologiya yo‘nalishida normativ-huquqiy baza hamda sohani tartibga soluvchi hujjatlarni takomillashtirish va sohani raqamlashtirish

1.

Yurak-qon tomir kasalliklariga tashxis qo‘yish, davolash hamda bemorlarga yordam ko‘rsatish standartlari va klinik protokollarini Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida qayta ko‘rib chiqish.

1. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) boshchiligida yurak qon-tomir kasalliklariga tashxis qo‘yish, davolash hamda bemorlarga kardiologik yordam ko‘rsatish standartlari va klinik protokollarini Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida qayta ishlab chiqish.

2. Birlamchi tibbiy yordam muassasalari uchun Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yuqumli bo‘lmagan kasalliklar bo‘yicha moslashtirilgan klinik protokolini (PEN) ishlab chiqish.

3. Mazkur standartlar va klinik protokollarni tasdiqlash uchun Sog‘liqni saqlash vazirligiga kiritish.

4. Tasdiqlangan standartlar va protokollarni Markaz, uning hududiy filiallari va barcha tibbiyot muassasalarida faoliyat yurituvchi kardiolog mutaxassislarga yetkazish.

2022-yil 1-iyun

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Sabirov),

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

(Fozilov),

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi

2.

Yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini raqamlashtirish.

1. Tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida faoliyat yurituvchi oilaviy shifokorlar ishini soddalashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining PEN-protokoliga asoslangan yurak-qon tomir kasalliklari xavf-stratifikatsiyasini baholash uchun mobil ilova yaratish va amaliyotga tatbiq etish.

2023-yil 1-yanvar

Sog‘liqni saqlash vazirligiga raqamlashtirish uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar,

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining budjetdan tashqari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Shermatov),

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

(Fozilov)

2. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari va Markazning hududiy filiallarida raqamlashtirish ishlarini yakunlash.

3. Yagona yurak-qon tomir kasalliklari reyestrini yaratish.

4. Yurak-qon tomir kasalliklari aniqlangan bemorlarni ro‘yxatga kiritish, davolash va dispanser nazorati natijalarini baholash borasida barcha tibbiyot muassasalarini yagona elektron tizimga ulash.

2024-yil 1-yanvar

Bunda, Markaz ushbu tizimning bosh bo‘g‘ini hisoblanib, yurak qon-tomir kasalliklari bilan murojaat qilgan bemorlarni tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inidan boshlab Markazgacha bo‘lgan bosqichlarida kardiologik xizmatning uzluksizligini ta’minlaydi. Shuningdek, respublikaning barcha hududlarini qamrab oluvchi, statistik va boshqa hisobotlarni birlashtiruvchi kardiologik bemorlarning elektron ma’lumotlar bazasi yaratiladi.

5. Markazning barcha hududiy filiallarida telemeditsina va telemetriya markazlarini tashkil etish.

II. Aholi orasida yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlash va ularning oldini olish, diagnostika va davolash sifatini oshirish

3.

Aholi orasida yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlash va ularning oldini olish.

1. Yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini erta aniqlash bo‘yicha aholi orasida so‘rovnomalar o‘tkazish.

2022-yil 1-aprel

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Sabirov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

(Mamatov),

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

(Fozilov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi

(Xadjayev)

2. Ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio va gazetalar) orqali aholi orasida sog‘lom turmush tarziga oid, tamaki va alkogol mahsulotlari iste’moliga qarshi materiallar (videoroliklar, tarqatma materiallar va boshqalar) berib borish.

2022 — 2024-yillarda media-reja asosida

(har yili 1-yanvargacha tasdiqlanadi)

4.

Birlamchi tibbiyot muassasalari tomonidan aholining davriy profilaktik tibbiy ko‘riklari o‘tkazilishini tashkil etish.

Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish.

1. Birlamchi tibbiyot muassasalari tomonidan aholining davriy profilaktik tibbiy ko‘riklarini o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.

2022-yil 1-aprel

70 mlrd so‘mgacha

Mahalliy budjet mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Inoyatov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi

(Odilova),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Tibbiy ko‘riklar natijasida xavf darajasidan kelib chiqib, aholiga maslahat berish, qo‘shimcha tekshiruvlardan o‘tkazish, nazorat qilish, sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya qilishda individual yondashuvlar mexanizmini joriy qilish.

3. O‘rta va yuqori xavf guruhiga kiruvchi bemorlarni tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida sog‘lomlashtirish va reabilitatsiya qilish reja-jadvalini tasdiqlash va amalga oshirish.

2022 — 2024-yillar

(har yili 1-yanvargacha)

4. Tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida yuqumli bo‘lmagan kasalliklar, shu jumladan yurak-qon tomir kasalliklari va ularning asoratlari profilaktikasi, o‘z kasalligini doimiy nazorat qilib borish ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan “Profilaktika maktablari”ni tashkil etish.

2023-yil 1-yanvar

Bunda, “To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi” xonalarini tashkil etib, bemorlarni 35 turdagi ko‘rsatma materiallar bilan ta’minlash.

5. Tromboembolik asoratlar (miya insulti, miokard infarkti) xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda asoratlarning oldini olish maqsadida barcha tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarini koagulometr bilan ta’minlash.

2023-yil 1-yanvar

6. “Sog‘lom turmush tarzi” platformasidan foydalanuvchilarni rag‘batlantirish, ularning sonini yanada oshirish hamda bu borada olib borilayotgan ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish.

100 mlrd so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Turizm va sport vazirligi

(Karimov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

(Mamatov)

7. Namunali mahallalar ro‘yxatini shakllantirib borish.

2022 — 2024-yillar

(har yili 1-yanvargacha)

Mazkur maqsadlar uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar

Namunali mahallalarda zamonaviy fitnes uchun sharoitga ega ko‘chalarni barpo etish.

5.

Aholining arterial qon bosimini o‘lchash, puls va tana vaznini aniqlash, yurish masofasini nazorat qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish.

1. Aholini arterial qon bosimini o‘lchash, puls va tana vaznini aniqlash, yurish masofasini nazorat qilishga o‘rgatish.

2. Aholi orasida muntazam ravishda arterial qon bosimini o‘lchash, puls va tana vaznini aniqlash, yurish masofasini nazorat qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish.

2023-yil 1-iyun

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Inoyatov),

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

(Mamatov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

6.

Hududlarda kardiologiya yo‘nalishida yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish, diagnostika qilish va davolash sifatini oshirish.

1. Reja-jadvalga asosan Markazning yetakchi xodimlaridan iborat ishchi guruhlarni shakllantirish.

2022-yil 15-fevral

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Sabirov),

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

(Fozilov)

Ishchi guruhlarning Markaz hududiy filiallari va chekka hududlarga tashriflarini amalga oshirish.

2. Tashriflar doirasida bemorlarni ko‘rikdan o‘tkazish.

2022 — 2024-yillar

(har yili 1-yanvargacha tasdiqlanadigan reja-jadval asosida)

3. Markazning hududiy filiallari moddiy-texnika bazasini o‘rganib, uni yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritish.

2022-yil 1-iyun

7.

Markaz va uning hududiy filiallarida ko‘rsatilayotgan yuqori texnologik, kaminvaziv kardiologik hamda kardiojarrohlik tibbiy xizmatlar ko‘lamini oshirish va sifatini nazorat qilish.

1. Markaz va uning hududiy filiallarida bajariladigan kardiologik va kardiojarrohlik amaliyotlarining yangi turlari va davolash usullarini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish.

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Sabirov),

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

(Fozilov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

Jumladan:

tuman (shahar) shifoxonalarini 4 turdagi kardiologiya uskunalari bilan jihozlash hisobiga ko‘rsatiladigan xizmat turlari 15 taga yetkazilishini ta’minlash;

2023-yil 1-yanvar

Markaz hududiy filiallarida kardiologiya yo‘nalishida yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari turini bosqichma-bosqich 15 turdan 35 turgacha oshirish.

2023-yil 1-yanvar

2. Kaminvaziv va yuqori texnologik amaliyotlar bajarishni uslubiy jihatdan ta’minlab borish.

8.

Hududlarda yurak-qon tomir kasalliklarini davolash tizimini takomillashtirish, kardiologik tibbiy muassasalar moddiy-texnika bazasini yaxshilash.

1. Aholini yuqori texnologik kardiologik tibbiy xizmat bilan qamrab olish darajasini yaxshilash maqsadida Markazning Buxoro va Farg‘ona viloyatlari hududiy filiallarini zamonaviy angiograf uskunasi bilan ta’minlash.

2022-yil 1-iyun

15 mlrd so‘mdan

(jami 30 mlrd so‘m)

Mahalliy budjet mablag‘lari

Buxoro

(Zaripov)

va Farg‘ona

(Bozarov)

viloyatlari hokimliklari, Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev)

2. Markazning Buxoro va Farg‘ona viloyatlari filiallari uchun yangi bino qurish.

2023-yil 1-yanvar

Hisob-kitoblar asosida

3. Nurafshon shahrida barpo etilayotgan tibbiyot klasteri tarkibida Markazning Toshkent viloyati filialini tashkil qilish va uni yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini bajarish imkonini beruvchi tibbiy asbob-uskunalar, shu jumladan zamonaviy angiograf uskunasi bilan jihozlash.

2023-yil 1-yanvar

Mahalliy budjet mablag‘lari

Toshkent viloyati hokimligi

(Mirzayev),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev)

4. Markazning Samarqand viloyati filiali binosi qurilishi 2023-yilgi investitsiya dasturiga kiritilishini ta’minlash.

2023-yil 1-yanvar

Hisob-kitoblar asosida

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(Boboyev)

5. Markazning Buxoro, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari filiallarida koronarografiya va stentlash amaliyotlarini yo‘lga qo‘yish.

Reja-jadval asosida

Mahalliy budjet mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Sabirov),

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

(Fozilov)

9.

Yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda ishlatiladigan vositalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish.

Yurak-qon tomir kasalliklarini yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari bilan davolashda qo‘llaniladigan sarflov vositalari hamda tromb erituvchi dori vositalarini respublikamizda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2022-yil 1-mart

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

(Kariyev)

10.

Ehtiyojmand a�olini enalapril dori vositasi bilan bepul ta’minlash.

1. Ehtiyojmand aholiga enalapril dori vositasini to‘liq ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil 1-aprel

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. 200 mingdan ziyod ehtiyojmand aholini enalapril dori vositasi bilan ta’minlash.

2022 — 2024-yillar

(taqsimot asosida)

4 mlrd so‘mdan

(jami 12 mlrd so‘m)

Davlat budjeti mablag‘lari

11.

Yurak-qon tomir kasalliklarini reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish.

1. Milliy qadriyatlarimiz va geografik iqlim sharoitidan kelib chiqib, Milliy kardiologik reabilitatsiya tavsiyalarini ishlab chiqish.

2022-yil 1-aprel

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

(Fozilov)

2. Markaz, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari hamda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi o‘quv rejasiga yurak-qon tomir kasalliklari bo‘yicha yuqori texnologik amaliyotlar o‘tkazilgan bemorlar reabilitatsiyasi bo‘yicha o‘quv soatlarini kiritish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov)

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

(Fozilov),

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

(A�ilov)

3. Tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida tashkil etilgan “Profilaktika maktab”larida kardiolog mutaxassislar tomonidan Kardioreabilitologiya mashg‘ulotlarini o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish.

2023-yildan boshlab reja asosida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

(Fozilov)

Kardioreabilitologiya mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun zarur materiallarni tayyorlash va tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalariga yetkazish.

2022-yil 1-sentabr

Kardioreabilitologiya mashg‘ulotlarini o‘tkazuvchi mutaxassislarning mashg‘ulot o‘tkazish borasidagi bilimlarini oshirish.

2022-yil 1-noyabr

12.

Yurak-qon tomir kasalliklarini tashxislash va davolashga oid zarur ma’lumotlarni aholiga yetkazish.

1. Markazning rasmiy veb-saytini takomillashtirish, unda zarur ma’lumotlar joylashtirilishi va yangilab borilishini ta’minlash.

2022-yil 1-mart

Markazning budjetdan tashqari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Sabirov),

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

(Fozilov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Yurak-qon tomir kasalliklari bo‘yicha Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari, ixtisoslashtirilgan bepul tibbiy yordam ko‘rsatish shartlari va tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aholiga yetkazish.

3. Ommaviy axborot vositalarida yurak-qon tomir kasalliklari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam bo‘yicha keng targ‘ibot ishlarini tashkil etish.

Media-reja asosida

-

III. Kardiologiya xizmati kadrlarining kasbiy va ilmiy salohiyatini oshirish va sohada ilm-fanni rivojlantirish

13.

Kardiologiya sohasida kadrlar salohiyatini oshirish va ilm-fanni rivojlantirish.

1. Bakalavriat, klinik ordinatura va magistratura o‘quv dasturlariga yurak-qon tomir kasalliklarida funksional diagnostika va yuqori texnologik davolash usullarini kiritish va o‘qitish jarayonini bosqichma-bosqich Markaz va uning filiallarida amalga oshirish.

2. Magistrlik ilmiy ishlarini Markaz va uning hududiy filiallarida olib borish, ilmiy laboratoriyalar rahbarlarining magistrlik ishlariga rahbarlik qilish bo‘yicha ishtirokini oshirish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

(Fozilov)

14.

Kardiologiya yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini oshirish, ularning natijalarini amaliyotga keng joriy etish.

1. Yurak qon-tomir kasalliklarini erta aniqlash, tashxislash va zamonaviy davolash borasidagi dolzarb muammolarni tadqiq qilish bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar, dasturlar va loyihalarni amalga oshirish.

2. Ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etish.

3. 2022 — 2024-yillarga mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturini tasdiqlash.

4. “Eksperimental tibbiyot”ni rivojlantirish.

2022 — 2024-yillar

Davlat budjetidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar,

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(Abduraxmonov),

Fanlar akademiyasi

(Yuldashev),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(Toshkulov),

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

(Fozi�ov)

15.

Markazda o‘quv-simulatsion markazni tashkil etish.

Simulatsion o‘quv kurslarini tashkil etish va unda Markaz hududiy filiallari va boshqa tibbiyot muassasalarining mutaxassislarini o‘qitish ishlarini yo‘lga qo‘yish.

1. Yuqori malakali kardiolog, kaminvaziv va intervension kardiojarrohlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv-simulatsion markaz tashkil qilish, uni zarur asbob-uskunalar bilan jihozlash va kadrlar bilan ta’minlash.

2. O‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Simulatsion markazda Markazning hududiy filiallari va boshqa tibbiyot muassasalarining mutaxassislarini o‘qitish ishlarini yo‘lga qo‘yish.

2023-yil 1-yanvar

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Investitsiyalar

va tashqi savdo vazirligi

(Vafayev),

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

(Fozilov)

16.

Markaz xodimlarining ilmiy salohiyatini oshirish, tibbiyot sohasidagi ilg‘or xorijiy amaliyotga mos ravishda ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish.

1. Markaz xodimlarini nufuzli xorijiy tibbiyot muassasalari va markazlari (Germaniyaning Sharite tibbiyot universiteti, Rossiyaning A.N. Bakulev nomidagi Milliy markazining yurak-qon tomir jarrohlik instituti va boshqalar)ga malaka oshirish va stajirovka o‘tash uchun yuborish, shuningdek, yetakchi xorijiy mutaxassislarni Markazga jalb etish choralarini ko‘rish.

2. Kardiologiya hamda shu sohadagi laboratoriya yo‘nalishlari bo‘yicha yosh mutaxassislarning xorijdagi yetakchi ilmiy va tibbiyot markazlarida malaka oshirish, stajirovka o‘tash reja-jadvalini tuzish va unga muvofiq malaka oshirish va stajirovka o‘tashini ta’minlash.

2022 — 2024-yillar reja-jadval asosida

Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari,

Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lar

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

(Fozilov)

17.

Kardiologiya yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan hududlardagi tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish.

1. Tibbiyot brigadalarining 14 ming nafar oilaviy shifokorlarini kasalliklar profilaktikasi, kasalliklarni barvaqt aniqlash, davolash va birlamchi yordam ko‘rsatishga o‘qitish.

2023-yil 1-yanvar reja-jadval asosida

Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg‘armasi, mahalliy budjet mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Inoyatov),

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi

(Akilov),

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari,

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

(Fozilov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

2. Birlamchi bo‘g‘indagi 500 nafar mutaxassislarni kardiologiya va laboratoriya yo‘nalishlari bo‘yicha qayta tayyorlash.

2023-yil 1-yanvar reja-jadval asosida

3. Birlamchi bo‘g‘indagi 15 ming nafar patronaj hamshiralarini maxsus kurslarda o‘qitish.

2023-yil 1-yanvar reja-jadval asosida

4. Hududlarda kardiolog, intervension kardiolog mutaxassislarni qisqa muddatli kurslarda qayta tayyorlash.

Ushbu xodimlarni ishdan ajralmagan holda ularning ish joyida kasbiy malakasini oshirish tizimini joriy qilish (207 nafar kardiologlarni funksional tashxislash usullariga o‘qitish).

2023-yil 1-yanvar reja-jadval asosida

5. Kardiologiya yo‘nalishida dolzarb masalalar bo‘yicha mahorat darslarini o‘tkazish.

2022 — 2024-yillar reja-jadval asosida

18.

Markaz va uning hududiy filiallari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibidagi kardiologiya bo‘linmalari o‘rtasida yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlash, tashxislash va davolash borasida telemeditsina yo‘li bilan doimiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish.

1. Markaz hududiy filiallari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibidagi kardiologiya bo‘linmalarini telemeditsina orqali muloqot uchun zarur uskunalar bilan ta’minlash va yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash choralarini ko‘rish.

2. Markaz, uning hududiy filiallari va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibidagi kardiologiya bo‘linmalari o‘rtasida reja asosida telemeditsina yo‘li bilan bemorlar holatining muntazam muhokamasini tashkil etish.

2022-2023-yillar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlari mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Sabirov),

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

(Fozilov)

19.

Xalqaro aloqalarni rivojlantirish.

Yuqori texnologik tashxislash uskunalar (3D carto elektro�iziologik uskunasi, 4D exokardiografiya, noinvaziv KT angiografiya) bilan ishlash va kaminvaziv jarrohlik va gibrid jarrohlik usullarini rivojlantirish maqsadida hamkorlik o‘rnatilgan markazlardan mutaxassislarni taklif qilish va mahorat darslari, vebinar, telemeditsina amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

2022 — 2024-yillar

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Sabirov),

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

(Fozilov)

IV. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibidagi kardiologiya bo‘linmalari faoliyatini transformatsiya qilish

20.

Markaz hududiy filiallari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibidagi kardiologiya bo‘linmalarini jihozlash standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Markaz hududiy filiallari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibidagi kardiologiya bo‘linmalarining jihozlanganlik darajasini o‘rganib chiqish.

2. Bemorlar soni, muassasa sharoitlaridan kelib chiqib, mazkur bo‘linmalarni jihozlash standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil 1-aprel

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

(Fozilov)

21.

Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlash va tashxislash borasida moddiy-texnika bazasini kuchaytirish.

1. Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari terapiya bo‘limlarining kardiologiya o‘rinlari, shuningdek, mavjud boshqa shifo o‘rinlari negizida kardiologiya bo‘linmalarini tashkil etish va ularni kadrlar bilan ta’minlash.

2. Asoslangan hisob-kitoblar hamda ehtiyojga ko‘ra kardiologiya bo‘linmalarini zarur tibbiy asbob-uskunalar, shu jumladan 4 turdagi zamonaviy kardiologiya uskunalari (EKG, ExoKG, xolter-monitor va defibrillyator) bilan jihozlash.

2022-2023-yillar

60 mlrd so‘mgacha

Davlat budjeti mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev)

22.

Markazda tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, diagnostika va kardiologik amaliyotlarning sifatini oshirish maqsadida Markazni modernizatsiya qilish, uning moddiy-texnika bazasini kuchaytirish.

1. Markazning moddiy-texnika bazasini xatlovdan o‘tkazish.

2022-yil 1-mart

5 mln AQSh dollari

Xalqaro moliya tashkilotlari hamda Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Sabirov),

Moliya vazirligi

(Abruyev),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Vafayev)

2. Markazni zarur tibbiy uskunalar bilan jihozlash.

3. Markazni zamonaviy yuqori texnologik tashxislash uskunalari (3D carto elektrofiziologik uskunasi, 4D exokardiografiya, noinvaziv KT angiografiya, optikogerent tomograf, rotablator) bilan jihozlash.

2022-2023-yillar

4. Markazda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, yangi ishlab chiqarilgan dori vositalari va tibbiy texnologiyalarni klinik sinovlardan o‘tkazish maqsadida eksperimental-fundamental kardiologiya binosini barpo etish va uni zarur tibbiy jihozlar bilan ta’minlash.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

(Fozilov)

5. Markaz faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida mablag‘ jalb qilish choralarini ko‘rish.

Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ajratilgan mablag‘lar

6. Markazning foydalanilmayotgan binolarini qayta qurish va zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash uchun mahalliy va/yoki xorijiy investorlarni jalb qilish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflar kiritish.

2022-yil 1-mart

23.

Nufuzli xorijiy ilmiy, tibbiyot tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish.

1. Nufuzli xorijiy ilmiy, tibbiyot tashkilotlari bilan hamkorlik memorandumlarini tuzish.

2. Doimiy asosda o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish.

2022 — 2024-yillar

Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Tashqi ishlar vazirligi

(Kamilov),

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

(Fozilov)

24.

Aholi orasida yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlash, bemorlarni davolash va ularning profilaktikasini kuchaytirish uchun xorijiy grantlar, texnik va boshqa tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb etish.

1. Aholi orasida yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlash, bemorlarni davolash va ularning profilaktikasini kuchaytirish bo‘yicha grant loyihalarini ishlab chiqish.

2. Grant loyihalarini Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga taqdim etish.

3. Xorijiy grantlar, texnik va boshqa tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb etish choralarini ko‘rish.

2022 — 2024-yillar

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(Musayev),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Vafayev),

Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

(Fozilov)

Kardiologiya xizmatini 2022 — 2024-yillarda yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish uchun jami xarajatlar — 272 mlrd so‘m va 5 mln AQSh dollari.

Shundan:

mlrd so‘m

mln AQSh dollari

Davlat budjeti mablag‘lari

272

shu jumladan: mahalliy budjet mablag‘lari

30

Xalqaro moliya tashkilotlari hamda Davlat budjeti mablag‘lari

-

5

T/r

Yuqori texnologik amaliyotlar

2020-yil

2024-yil

1.

Har 100 ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan o‘tkir infarktdan o‘limlar ko‘rsatkichi

22,9

18,0

2.

Har 100 ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan o‘tkir bosh miya qon aylanishida o‘limlar ko‘rsatkichi

28,4

23,0

3.

Infarkt miokarddan gospital o‘lim, foiz

13,20

9,0

4.

Davolash maqsadida toj tomirlarni stentlash amaliyotlari sonining o‘tkir koronar sindromi bo‘lgan bemorlarning umumiy soniga nisbati, foiz

8,00

40,0

5.

Yurak-qon tomir kasalliklaridan nogironlik ko‘rsatkichlari

247,1

225,0

6.

Yurak-qon tomir tizimi kasalliklaridan erta o‘lim ko‘rsatkichlari

308,2

287,7

7.

Diagnostik koronaroangiografiya va yurak kateterizatsiyalarining umumiy bir yillik soni

15 269

30 000

8.

Teri orqali koronar aralashuvlarning umumiy bir yillik soni

6 819

15 000

9.

Birlamchi teri orqali koronar aralashuvlarning umumiy bir yillik soni

349

3 000

10.

Aortakoronar shuntlash amaliyotining umumiy bir yillik soni

1 599

5 000

11.

Elektrokardiostimulyator implantatsiyasining umumiy bir yillik soni

597

2 000

12.

Yurak aritmiyalari ablatsiyasining umumiy bir yillik soni

661

3 500

13.

Mitral qopqoq jarrohlik amaliyotlari (almashtirish va plastika)ning umumiy bir yillik soni

557

1 500

14.

Mitral qopqoq intervension amaliyotlarining umumiy bir yillik soni

53

100

15.

Uch tabaqali qopqoq jarrohlik amaliyotlari (almashtirish va plastika)ning umumiy bir yillik soni

163

250

16.

Aortal qopqoq jarrohlik amaliyotlari (almashtirish va plastika)ning umumiy bir yillik soni

308

600

17.

Aortal qopqoq intervension amaliyotlarining umumiy bir yillik soni

15

100

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-avgustdagi PQ-3925-son qarori bilan tasdiqlangan Aholiga ixtisoslashtirilgan nevrologik yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturining 7, 16 — 19, 22 va 23-pozitsiyalari “Bajarish muddatlari” ustunidagi “2019 — 2021-yy.” so‘zlari “2022-2023-yy.” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 13-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 14-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 29-band quyidagi tahrirdagi ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
a) 3-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
b) 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 2a-ilovaning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin: