03.12.2021 yildagi PQ-30-son
Hujjat 03.12.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbalari

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Termiz muhandislik-texnologiya instituti faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish metodlarini joriy etish

1.

Termiz muhandislik-texnologiya instituti (keyingi �rinlarda — Institut) faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlash.

1. Institut ustavini ishlab chiqib, tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

2. Institut tuzilmasini shakllantirish va tasdiqlash.

-

2021-yil dekabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Institut

2.

Ish beruvchi va kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida o‘quv-metodik hujjatlarni muntazam takomillashtirib borish.

1. O‘quv rejalaridagi fanlar sonini nomutaxassislik fanlar hisobiga bosqichma-bosqich kamaytirish hamda mustaqil ta’lim salmog‘ini oshirish orqali takomillashtirib borish.

-

Doimiy

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Institut

2. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha xorijiy tillarda o‘qitiladigan mutaxassislik fanlari salmog‘ini oshirib borish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, bosqichma-bosqich

3. Fan dasturlari mazmunini kadrlar buyurtmachilari talablari va xorijiy tajriba asosida takomillashtirish.

Doimiy

3.

Ta’lim va iqtisodiyot tarmoqlari integratsiyasini ta’minlash.

1. Ish beruvchilar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ta’limni tashkil etishda ularning takliflaridan keng foydalanish.

2. Talabalarning malakaviy amaliyotini tashkil etish uchun kadrlar iste’molchilari bilan hamkorlikda metodik bazani ishlab chiqish va rivojlantirib borish.

3. Bitiruvchi kurs talabalari amaliyotini kelgusida talabalar ishga joylashishi mumkin bo‘lgan korxona va tashkilotlarda tashkil etish.

-

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, doimiy

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Institut

4.

Ta’lim jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or ta’lim texnologiyalari va o‘qitish metodikalarini joriy etish.

1. Xorijiy mamlakatlardagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarining ilg‘or ta’lim texnologiyalari va o‘qitish metodikalarini o‘rganish va joriy etish choralarini ko‘rish.

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

2022-yil iyun-avgust

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Institut

2. Xorijiy mutaxassislar ishtirokida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish.

Doimiy

5.

Institut professor-o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirib borish, jumladan xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida malaka oshirib borish tizimini yo‘lga qo‘yish.

1. Professor-o‘qituvchilarni nufuzli xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga Institut professor-o‘qituvchilarini malaka oshirishga yuborish.

2. Professor-o‘qituvchilar uchun xorijiy ilmiy markazlar va oliy ta’lim muassasalarida, shuningdek, kadrlar buyurtmachilari bo‘lgan tashkilot va korxonalarda stajirovkalar tashkil etish.

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab, doimiy

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Institut

6.

Ta’lim jarayonini zamonaviy o‘quv adabiyotlari bilan to‘liq ta’minlash.

1. Fanlardan yetishmayotgan o‘quv adabiyotlarini maqsadli rejalar asosida tayyorlash.

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar

2022-yil mart

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Institut

2. Zamonaviy o‘quv adabiyotlarini yaratish, xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va tarjima qilish, axborot-resurs markazi fondini muntazam ravishda yangilab borish.

Doimiy

7.

Talabalarga jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanish uchun shart-sharoitlar yaratish.

1. Institutda sport musobaqalari doimiy o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish.

2. Institut rektori kubogini tashkil etish.

3. Jismoniy tarbiya va sportga doir tadbirlarni doimiy tashkil etish.

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

Doimiy

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Institut

8.

Institutning o‘quv binolarini zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash.

1. Ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatini inobatga olgan holda auditoriyalarni jihozlash uchun zarur vositalar ro‘yxatini shakllantirish.

Budjetdan ushbu maqsad uchun ajratilgan mablag‘lar, Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari, grantlar

2022-yil iyul

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Institut

2. Institutni o‘quv va ilmiy laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, multimedia mahsulotlari, o‘quv va ilmiy-metodik adabiyotlar, qurilish materiallari, inventar va moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash.

Reja-jadvalga muvofiq

3. Institutga 2 ta, shu jumladan 1 ta biriktirilgan va 1 ta navbatchi yengil avtotransport vositalarini saqlash uchun limit ajratish.

2022-yil yanvar

II. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ilmiy ishlarning natijadorligini ta’minlash va yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish

9.

Institut professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirib borish.

1. Yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va xodimlarini ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etish.

2. Professor-o‘qituvchilarning xorijiy mamlakatlarda o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda muntazam ravishda ishtirokini ta’minlash.

3. Professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyatiga oid talablarni qayta ko‘rib chiqish, ularning, shu jumladan turli tashkilotlarda ilmiy-amaliy stajirovkalarini tashkil etish.

4. Professor-o‘qituvchilarning ilmiy maqolalarini Web of Science, Scopus, Google Scholar kabi xalqaro indeksatsiyalangan ma’lumotlar bazalarida chop etish va ularning iqtiboslik darajasini oshirish choralarini ko‘rish.

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

2022-yildan boshlab, doimiy

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Institut

10.

Institutda olib borilayotgan amaliy, fundamental va innovatsion tadqiqotlarning natijadorligini oshirish.

1. Amaliy, fundamental va innovatsion tadqiqotlar mavzularini hududiy va ishlab chiqarish sohalari muammolarini hisobga olga� holda qayta ko‘rib chiqish.

2. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish uchun loyiha va takliflar kiritib borish.

-

Doimiy

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Institut

11.

Ilmiy va innovatsion faoliyat olib borish, ilm-fan yutuqlarini tijoratlashtirish hamda moliyaviy resurslarni jalb etish.

1. Innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish yuzasidan ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish.

2. Mamlakatdagi iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarish korxonalari ehtiyojini tahlil qilish.

3. Institut professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalari salohiyatidan foydalanib, Institut tarkibida ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishga ko‘maklashadigan tijorat hamda notijorat tashkilotlar tuzish.

-

Reja-jadvalga muvofiq

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Institut

12.

“Yosh muhandis-texnolog” o‘quv laboratoriyasini tashkil etish.

1. Laboratoriya xonalarini tayyorlash va jihozlash.

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

2022-yil aprel

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Institut

2. Talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatlarini yaratish.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, doimiy

13.

Talabalarning ilmiy-ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish.

1. Iqtidorli talabalarni saralab olish va ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltirish.

2. Tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish.

-

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, doimiy

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Institut

3. Ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etgan talabalarni rag‘batlantirib borish.

Doimiy

III. Ta’lim, ilmiy va ma’muriy faoliyatning yagona axborot makonini yaratish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini takomillashtirish

14.

Institutning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

1. Masofaviy ta’lim va kredit-modul tizimiga o‘tish uchun zarur axborot texnologiyalari jihozlari bilan ta’minlash.

Institutning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

2021 — 2025-yillar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish va�irligi, Institut

2. Institutdagi ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini onlayn translatsiya qilish hamda ularning sifatini monitoring qilish imkoniyatini beruvchi uskunalar bilan jihozlash.

2022-yil avgust

15.

Institutning ta’lim va boshqaruv jarayonida IT-texnologiya infratuzilmasini takomillashtirish.

1. Institut binolarini optik tolali simlar bilan jihozlash va yagona tarmoq boshqaruvini yaratish.

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

Reja-jadvalga muvofiq

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Institut

2. Institutning barcha binolari, jumladan axborot-resurs markazi, o‘quv binolarida simsiz Wi-Fi tizimi orqali Internet jahon axborot tarmog‘idan keng foydalanish imkoniyatini ta’minlash.

2022-yil yanvar

3. Professor-o‘qituvchilar va talabalarda video, audio va animatsion materiallar ustida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish.

16.

Institut o‘quv jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etish.

1. O‘quv auditoriyalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash.

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

2022-yil mart

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Institut

2. Elektron jurnal, elektron davomat va elektron dars jadvali tizimidan foydalanishni yanada kengaytirish.

2022-yil may

3. Institut ta’lim tizimiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida:

o‘quv auditoriyalarini onlayn rejimda ishlaydigan veb-kameralar bilan to‘liq jihozlash va har bir fakultetda ma’ruza mashg‘ulotlari uchun mo‘ljallangan “SMART” auditoriyalar yaratish;

ta’lim jarayonini multimedia mahsulotlari bilan boyitish;

onlayn, vebinar texnologiyalari, “E-universitet” axborot tizimi va “E-minbar” dasturiy platformasini ishlab chiqish va joriy etish;

har bir talabani raqamli texnologiyalarga asoslangan ID-kartalar bilan ta’minlash va shu orqali ta’lim jarayonini nazorat qilish;

barcha o‘quv-metodik majmualarni “Moodle” va Institutning elektron kutubxona tizimiga kiritilishini ta’minlash.

2022-yil maydan boshlab, doimiy

4. Institutda o‘qitilayotgan barcha fanlar bo‘yicha darsliklarining elektron bazasini shakllantirish va tizimga kiritish.

IV. Xalqaro hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga xorijiy mutaxassis va o‘qituvchilarni jalb qilish

17.

Xorijiy ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.

1. Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari doirasida yuqori ilmiy salohiyatga ega professor-o‘qituvchi va mutaxassislarni Institut doktorant va mustaqil tadqiqotchilariga ilmiy maslahatchi sifatida biriktirish choralarini ko‘rish.

2. Xorijiy hamkor Institutlar bilan mutaxassislik fanlari bo‘yicha vebinarlar tashkil qilish.

3. Xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari grantlari va xorijiy ilmiy fondlar mablag‘larini jalb etish.

Xalqaro grantlar, Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

Doimiy

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Institut

18.

Institutda xorijiy talabalar ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish.

1. Institutda xalqaro talabalar anjumanlarini o‘tkazish va ularda xorijiy talabalar ishtirokini ta’minlash.

Xalqaro grantlar, Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

Reja-jadvalga muvofiq

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Institut

2. Yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma dasturlar (double degree, joint degree) doirasida kadrlar tayyorlash.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, doimiy

19.

Xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda talabalar almashinuvini va qo‘shma ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish.

1. Yetakchi xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar bilan qo‘shma ilmiy-tadqiqotlar olib borishni yo‘lga qo‘yish.

2. Talabalarning xalqaro ilmiy konferensiyalarda ishtirokini ta’minlash.

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab, doimiy

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Institut

T/r

Ustuvor vazifa

Maqsadli ko‘rsatkich

Yillar kesimida

O‘sish ko‘rsatkichi,

(2021-yilga nisbatan)

2021-yilning boshi

2022-yil

2023-yil

2024-yil

2025-yil

1.

Yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash

Ilmiy salohiyat, foizda

19,4

23

30

41

48

28,6 foiz

2.

Himoya qilinadigan falsafa doktori dissertatsiyalari (PhD) soni

2

7

11

16

24

12 baravar

3.

Himoya qilinadigan doktorlik dissertatsiyalari (DSc) soni

1

2

4

6

9

9 baravar

4.

Falsafa doktori ilmiy darajasini olishga talabgor doktorantlar (PhD) soni

2

4

12

17

25

12,5 baravar

5.

Fan doktori ilmiy darajasini olishga talabgor doktorantlar (DSc) soni

1

3

5

7

9

9 baravar

6.

Mustaqil izlanuvchilar soni

4

6

12

19

24

6 baravar

7.

Professor-o‘qituvchilarning ilmiy-uslubiy faoliyati natijadorligini oshirish

Darsliklar soni

2

3

7

10

16

8 baravar

8.

O‘quv qo‘llanmalari soni

2

4

15

23

29

14,5 baravar

9.

Monografiyalar soni

2

4

6

8

10

5 baravar

10.

Patentlar soni

1

2

3

4

5

5 baravar

11.

Scopus, Web of Science ma’lumotlar bazasiga kiritilgan maqolalar soni

11

20

41

72

100

9 baravar

12.

Respublika jurnallarida e’lon qilingan ilmiy maqolalar soni

29

42

49

61

79

272,4 foiz

13.

Scopus, Web of Science ma’lumotlar bazasiga kiritilgan har bir maqolaga to‘g‘ri keluvchi iqtiboslar soni

0,2

0,6

1,0

1,4

2,0

10 baravar

14.

AKTga oid dasturlar va elektron bazalar uchun olingan guvohnomalar, mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan turli materiallar soni

8

15

26

32

40

5 baravar

15.

Ilmiy-tadqiqot faoliyati va ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish asosida olingan mablag‘lar

(mlrd. so‘m hisobida)

Xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari va ilmiy fondlardan olingan mablag‘lar

-

0,25

0,8

1,4

2,3

230,0 foiz

16.

Davlat grantlari asosida o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqotlardan olingan mablag‘lar

-

0,35

0,5

1,3

2,0

200,0 foiz

17.

Sohalar buyurtmasi asosida o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqotlardan olingan mablag‘lar

0,025

0,5

1,0

2,3

3,5

140 baravar

18.

Xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish

Institut professor-o‘qituvchilarini jahonning yetakchi universitetlari va ilmiy markazlariga xizmat safarlariga yuborish

4

7

11

18

25

6,2 baravar

19.

Institutga xorijiy olimlarning tashrifi (kamida 1 oyga)

-

3

8

15

25

25 baravar

20.

Xorijiy talabalar soni

4

25

50

110

180

45 baravar

21.

Akademik almashinuv dasturlarida ishtirok etuvchi talabalar soni

-

25

40

70

120

120 baravar

22.

Institut professor-o‘qituvchilarining xorijiy olimlar bilan hammualliflikda chop etgan maqolalari soni

3

10

21

35

56

18,6 baravar

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentabrdagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3290-son qaroriga 2-ilovaning 31-pozitsiyasi “Oliy ta’lim muassasasi nomi” ustunidagi “Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali” so‘zlari “Termiz muhandislik-texnologiya instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4391-son qaroriga 1-ilovaning 22-bandidagi “Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali” so‘zlari “Termiz muhandislik-texnologiya instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4410-son qaroriga 5-ilovaning 10-pozitsiyasi “Oliy ta’lim muassasasi nomi” ustunidagi “Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali” so‘zlari “Termiz muhandislik-texnologiya instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 1-ilovaning 14-pozitsiyasi “Huzurida texnikumlar tashkil etilayotgan oliy ta’lim muassasalari” ustunidagi “Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali” so‘zlari “Termiz muhandislik-texnologiya instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 139 va 140-pozitsiyalari “Oliy ta’lim muassasalari” ustunidagi “Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali”, “Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali” so‘zlari “Termiz muhandislik-texnologiya instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin.