06.01.1993 yildagi 3-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 26.12.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-sentabrdagi 443-son qarorida nazarda tutilgan mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlarini amalda ro‘yobga chiqarishni ta’minlash, qayta tashkil etilayotgan jamoalar manfaatlarini yanada to‘laroq hisobga olish, shuningdek, mulkchilik shakllarini o‘zgartirish mexanizmini tartibga soluvchi zarur me’yoriy bazani shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
“Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi ishtirokida, tajriba tariqasida, mahalliy sanoat korxonalari 2-ilovaga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarilib, bu obyektlarni sotib olish summasini so‘nggi 3 yildagi yillik o‘rtacha hisob balansiga qarab, 1992-yil 1-dekabrgacha bo‘lgan qiymatini ikki baravar ko‘paytirilgan narxlarda belgilashga;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonunning 30-moddasiga muvofiq mehnat jamoasiga korxona tomonidan sof foyda, shuningdek, shu foyda hisobidan qoplangan zayom mablag‘lari hisobiga sotib olingan qurilgan davlat mulkining bir qismi haq olmasdan o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.