LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-sentabrdagi 443-son qarorida nazarda tutilgan mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlarini amalda ro‘yobga chiqarishni ta’minlash, qayta tashkil etilayotgan jamoalar manfaatlarini yanada to‘laroq hisobga olish, shuningdek, mulkchilik shakllarini o‘zgartirish mexanizmini tartibga soluvchi zarur me’yoriy bazani shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, davlat savdosi va umumiy ovqatlanish korxonalari va tashkilotlarining mehnat jamoalari mulkni sotib olayotganda ularga beriladigan qo‘shimcha imtiyozlar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-dekabrdagi 525-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 385-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-dekabrdagi 475-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda 1993-yilning 20-yanvariga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining respublika shahar va qishloqlaridagi hududiy bo‘linmalarini tuzish va ularni mablag‘ bilan ta’minlash, shuningdek, ularni malakali kadrlar bilan to‘ldirish masalasini hal etsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari A.N. Voznenko va B.S. Hamidov o‘rtoqlar zimmasiga yuklatilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 9-noyabrdagi 248-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 385-modda)