06.01.1993 yildagi 3-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 06.01.1993 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-sentabrdagi 443-son qarorida nazarda tutilgan mahalliy sanoat, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish korxonalari va tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlarini amalda ro‘yobga chiqarishni ta’minlash, qayta tashkil etilayotgan jamoalar manfaatlarini yanada to‘laroq hisobga olish, shuningdek, mulkchilik shakllarini o‘zgartirish mexanizmini tartibga soluvchi zarur me’yoriy bazani shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
“Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi ishtirokida, tajriba tariqasida, mahalliy sanoat korxonalari 2-ilovaga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarilib, bu obyektlarni sotib olish summasini so‘nggi 3 yildagi yillik o‘rtacha hisob balansiga qarab, 1992-yil 1-dekabrgacha bo‘lgan qiymatini ikki baravar ko‘paytirilgan narxlarda belgilashga;
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-sentabrdagi 443-son qaroriga quyidagi qisman o‘zgartirishlar kiritilsin:
9-band — birinchi xatboshidagi “…uch yilgacha” iborasi “…besh yilgacha” deb almashtirilsin, davomi matn bo‘yicha;
12-band — “O‘zmaishiyxizmat”, “O‘zbeksavdo” uyushmalariga va “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasiga davlat mulkini sotib olish, sotishdan budjetga tushadigan mablag‘larning 20 foiziga qadar ajratmalar hisobiga maxsus jamg‘armalar tashkil etishga, ulardan yangi ishchi o‘rinlari barpo etish, bo‘shayotgan xodimlarni qayta tayyorlash uchun foydalanishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonunning 30-moddasiga muvofiq mehnat jamoasiga korxona tomonidan sof foyda, shuningdek, shu foyda hisobidan qoplangan zayom mablag‘lari hisobiga sotib olingan qurilgan davlat mulkining bir qismi haq olmasdan o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.