Belgilansinki, mazkur qarorning 1-ilovasiga muvofiq ro‘yxatda keltirilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan Konservatoriyaning 2 — 4 kurs talabalari 2021/2022 o‘quv yilidan o‘qishini Institutda davom ettiradi va o‘qish yakuni bo‘yicha ularga davlat namunasidagi diplom beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3178-son qaroriga asosan Konservatoriyaga tutash hududda qurilishi yakunlanayotgan Konservatoriya huzuridagi Musiqa sohasi pedagoglarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazining o‘quv binosi va talabalar turar joyi operativ boshqaruv huquqi bilan Konservatoriyaga topshirilsin hamda mazkur obyektlarga Institut va ushbu markaz tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
11. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev), Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) mazkur qarorning 10-bandi ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan obyektlarning qurilish-montaj va jihozlash ishlarini joriy yilda yakunlash uchun 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida o‘zlashtirilmagan va iqtisod qilingan mablag‘larni qayta taqsimlash hisobidan mablag‘ ajratsin.