[
OKOZ:
1.
02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.
12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.03.00 Arxiv fondi. Arxivlar]
[
TSZ:
1.
Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat xizmati. Arxiv ishi]
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi direktorining
buyrug‘i
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, yuridik shaxslar birlashmalarining doimiy harakatdagi Markaziy ekspert komissiya (MEK)si to‘g‘risida namunaviy nizom, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 11-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 898-3]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-avgustdagi 538-son “Davlat organlari va tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ekspert komissiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga
muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga
muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Direktor U. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 6-sentabr,
317-son
O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi direktorining 2021-yil 6-sentabrdagi 317-son
buyrug‘iga
ILOVA
O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasining 2000-yil 11-fevraldagi 4-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, yuridik shaxslar birlashmalarining doimiy harakatdagi Markaziy ekspert komissiya (MEK)si to‘g‘risida
namunaviy nizom
(ro‘yxat raqami 898, 2000-yil 21-fevral) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi 2000-y., 4-son).
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bosh direktorining 2008-yil 9-apreldagi 8-son “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, yuridik shaxslar birlashmalarining doimiy harakatdagi Markaziy ekspert komissiyasi (MEK)si to‘g‘risidagi namunaviy nizomga o‘zgartirish kiritish haqida”gi
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 898-1, 2008-yil 23-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 17-son, 141-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bosh direktorining 2010-yil 16-iyuldagi 44-son “Vazirlik, davlat qo‘mitasi, idora, yuridik shaxslar birlashmasining doimiy harakatdagi Markaziy ekspert komissiyasi (MEK) to‘g‘risidagi namunaviy nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 898-2, 2010-yil 2-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 31-son, 265-modda).
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2021-y., 10/21/898-3/0868-son)