[
OKOZ:
1.
03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.07.00 Unitar korxona / 03.03.07.02 Davlat unitar korxonasi;
2.
03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.05 Muassasalar]
[
TSZ:
1.
Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari]
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining
buyrug‘i
“O‘zbekiston Respublikasining davlat korxonalari va muassasalari hisobi va reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 8-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1708-3]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 8-maydagi 273-son
qaroriga
muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ilovaga
muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Direktor A. ORTIKOV
Toshkent sh.,
2021-yil 26-avgust,
01/11-22/09-son
Kelishildi:
Rais Sh. ShARAXMETOV
2021-yil 2-avgust,
Moliya vaziri T. IShMETOV
2021-yil 16-avgust,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining raisi V. BEGALOV
2021-yil 2-avgust
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2021-yil 26-avgustdagi 01/11-22/09-son
buyrug‘iga
ILOVA
O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasining 2007-yil 13-iyuldagi 01/16-712-son “O‘zbekiston Respublikasining davlat korxonalari va muassasalari hisobi va reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori
(ro‘yxat raqami 1708, 2007-yil 3-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y, 35-36-son, 366-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2015-yil 22-iyundagi 01/14-26/17-son “O‘zbekiston Respublikasining davlat korxonalari va muassasalari hisobi va reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi
qarori
(ro‘yxat raqami 1708-1, 2015-yil 9-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y, 27-son, 361-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2016-yil 25-oktabrdagi 01/14-26/42-son “O‘zbekiston Respublikasining davlat korxonalari va muassasalari hisobi va reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi
qarori
(ro‘yxat raqami 1708-2, 2016-yil 4-noyabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y, 44-son, 519-modda).
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.09.2021-y., 10/21/1708-3/0865-son)