03.08.2021 yildagi 485-son
Hujjat 03.08.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 11-maydagi PQ-5113-son qarori hamda “Ko‘chma savdo faoliyatiga axborot texnologiyalarini joriy etish va savdo avtomati orqali chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 4-iyundagi PQ-5136-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonalari va ko‘chma savdo faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
23. Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi Kadastr agentligining hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda yilning 1-dekabriga qadar, ilgari joylashtirilgan sxemalar bo‘yicha esa ularni qayta ko‘rib chiqish muddatidan kamida bir oy oldin ushbu Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq joylar soni ko‘rsatilgan holda, tegishli tuman (shahar) hududida ko‘chma savdo obyektlarining joylashuvini o‘z ichiga olgan joylashish sxemalarini tuzadi.
39. Ko‘chma savdo joyining qiymati to‘langanligi tasdiqlangandan keyin g‘olibga avtomatik tarzda “K — SAVDO” AAT orqali ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq elektron shaklda ko‘chma savdo obyektining ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi QR-kod (matritsali-shtrixli kod) qo‘yilgan guvohnoma yuboriladi.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tuman (shahar)

davlat soliq inspeksiyasi, Kadastr bo‘limlari

Tuman (shahar) hududida joylar soni ko‘rsatilgan holda, ko‘chma savdo obyektlari joylashuvini o‘z ichiga olgan joylashish sxemalari (keyingi o‘rinlarda — Sxema)ni tuzadi.

Har yili 1-dekabrga qadar

2-bosqich

Tuman (shahar)

davlat soliq inspeksiyasi

Sxemani tegishlicha tuman (shahar) hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi va Qurilish vazirligining hududiy bo‘linmalari bilan kelishadi.

Sxema tuzilgan sanadan e’tiboran uch kun mobaynida

3-bosqich

Tuman (shahar)

davlat soliq inspeksiyasi

Sxema “K — SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda — “ K — SAVDO” AAT) joylashtiriladi.

Joylashuv sxemalari har uch yilda bir marta qayta ko‘rib chiqiladi.

Kelishilgan kundan boshlab o‘n kun mobaynida

4-bosqich

Tuman (shahar)

davlat soliq inspeksiyasi

Tadbirkorlik subyektlari “K — SAVDO” ATT orqali keyinchalik realizatsiya qilish uchun sxemaga ko‘chma savdo qilinadigan aniq joyni kiritish bo‘yicha taklif berish huquqiga ega.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taklif etilgan ko‘chma savdo joyi ushbu Nizom talablariga muvofiqligi jihatidan ko‘rib chiqiladi.

Ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha taklif etilgan ko‘chma savdo joyini “K — SAVDO” ATTga joylashtiradi yoki sabablarini ko‘rsatgan holda rad etadi.

Taklif kelib tushgan kundan boshlab uch kun mobaynida

5-bosqich

Tadbirkorlik subyekti

Ko‘chma savdo joyini sotib olish maqsadida auksionda qatnashish uchun “K — SAVDO” AATda tegishli elektron blankni to‘ldiradi va boshlang‘ich narxning 25 foizi miqdorida zakalat summasini to‘laydi.

Joylashish sxemalari doirasida ko‘chma savdo joylarini sotish bo‘yicha “K — SAVDO” AATda elektron auksionda ishtirok etadi.

(Auksion narxlarni oshirish prinsipi bo‘yicha o‘tkaziladi, boshlang‘ich narx tegishli tuman (shahar)dagi yer uchastkasining yer solig‘iga teng bo‘ladi).

Besh kalendar kun mobaynida

6-bosqich

Tadbirkorlik subyekti

Auksion g‘olibi deb e’tirof etilgan taqdirda, ko‘chma savdo joyining to‘liq narxini to‘laydi.

Ko‘chma savdo joyining qiymati to‘langanligi “K — SAVDO” AAT orqali aniqlanadi.

Auksion tugagan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida

7-bosqich

Tadbirkorlik subyekti

Auksion g‘olibi deb e’tirof etilmagan taqdirda, auksion tugagandan so‘ng to‘lagan zakalat summasini qaytarib oladi.

Uch ish kuni mobaynida

8-bosqich

Tuman (shahar)

davlat soliq inspeksiyasi

To‘lov tasdiqlangandan so‘ng g‘olibga avtomatik tarzda “K — SAVDO” AAT orqali elektron shaklda ko‘chma savdo obyektining ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi QR-kod qo‘yilgan guvohnoma yuboriladi (Ro‘yxatdan o‘tganlikni tasdiqlovchi elektron shakldagi guvohnoma tadbirkorlik subyektining mavjud elektron pochta manziliga ham yuboriladi).

Ro‘yxatdan o‘tgan ko‘chma savdo joyi sxemada uning ko‘chma savdo obyektini joylashtirish davrida bandligini ko‘rsatuvchi maxsus belgi bilan belgilanadi.

Ko‘chma savdo joyining narxi to‘liq to‘langan payt avtomat tarzda

Ko‘chma savdoni “K — SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi
GUVOHNOMA
№ KS 00000

_________________________________________________________________ga

(ko‘chma savdoni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyekti to‘liq nomi)

ko‘chma savdo qilishning belgilangan talablariga javob beradigan ____________ manzilida cheklangan muddatga ko‘chma savdoni amalga oshirishga huquqi berildi.
Guvohnoma berilgan sana: “_____” “_________________” 20___ yil
identifikatsiya raqami (STIR, JShShIR): ______________________
savdo obyektining ixtisoslashuvi: _______________________________;
ish tartibi (ish kunlari, ish vaqti): ______________________________;
ko‘chma savdo obyektini joylashtirish davri: ______________________;
elektron pochta manzili: _____________________;
avtotransport vositasining markasi, turi va ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisi: ______________________________________________.

Ushbu guvohnoma egasi o‘z faoliyatida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga qat’iy rioya qilishi talab etiladi.

Ko‘chma savdoni amalga oshirishda quyidagilar ruxsat beruvchi talablar va shartlarga tegishlidir:

qonunchilik hujjatlariga, shu jumladan, chakana savdo qoidalariga, sanitariya qoidalariga, normalarga va gigiyenik normativlarga majburiy rioya qilish;

xaridorlar bilan naqd pulda hisob-kitob qilishda nazorat-kassa texnikalarini majburiy qo‘llash (savdo avtomatlari bundan mustasno);

bank plastik kartochkalardan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminalining mavjudligi;

ko‘chma savdo joyini va atrof hududini zarur tarzdagi sanitariya holatida saqlash;

sotuvchilarda ko‘chma savdo obyekti bo‘yicha guvohnomasi va uning tasdiqlangan joylashish sxemasining, sotiladigan tovarlarning kelib chiqishi, sifati va xavfsizligini tasdiqlaydigan hujjatlar asl nusxalarining bo‘lishi, shuningdek, ular nazorat organlarining mansabdor shaxslari talablariga ko‘ra ko‘rsatilishi lozim.

___________ tuman (shahar)
davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i


F.I.O.

QR-kod uchun joy

Agar sizda ko‘chirmaning haqiqiyligini tekshirish zarurati yuzaga kelsa, chap burchakdagi QR-kodni skanerlang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirning nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

“K — SAVDO” AATni ishlab chiqish yuzasidan texnik topshiriqni tayyorlash.

“K — SAVDO” AATni ishga tushirish uchun texnik topshiriqni ishlab chiqish va kerakli infratuzilmani tayyorlash.

2021-yil avgust

Davlat soliq qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

“K — SAVDO” AATni ishga tushirish.

“K — SAVDO” AATni ishlab chiqish va tizimni dastlabki sinovdan o‘tkazish.

Tizimni ishga tushirish yuzasidan tegishli tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish.

2021-yil oktyabr

Davlat soliq qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

“K — SAVDO” AATni integratsiya qilish.

“K — SAVDO” AATni qarorda belgilangan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan integratsiya qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2021-yil o�tyabr

Davlat soliq qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

“K — SAVDO” AATning ishlashi bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil qilish.

“K — SAVDO” AATni ishlatish jarayonlari yuzasidan mas’ul xodimlarni vazirlik, idora va tashkilotlar kesimida belgilab olish.

Mas’ul xodimlarni ishlab chiqilgan dastur asosida qisqa muddatli maxsus kursda o‘qitish.

2021-yil noyabr

Davlat soliq qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

“K — SAVDO” AATda so‘rov tizimi va uning mobil ilovasini ishlab chiqish.

Ko‘chma savdo obyektini ro‘yxatdan o‘tkazish yuzasidan so‘rov shaklini ishlab chiqish.

So‘rov tizimini joriy qilish hamda uning mobil ilovasini ishlab chiqish, amaliyotga joriy etilishini ta’minlash.

2021-yil noyabr

Davlat soliq qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Ko‘chma savdo obyektlarini tanlash tizimini joriy etish.

Elektron auksionlar orqali interaktiv xaritaga kiritilgan ko‘chma savdo obyektlarini tanlash tizimini ishlab chiqish.

Tadbirkorlik subyektlari uchun elektron auksionlarda ishtirok etish bo‘yicha videoqo‘llanma ishlab chiqish va tizimga joylashtirish.

2021-yil noyabr

Davlat soliq qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Obyektining ro‘yxatdan o‘tgani yuzasidan guvohnomalarni yuborish.

Ko‘chma savdo obyekti ro‘yxatdan o‘tgani yuzasidan QR-kodga ega bo‘lgan guvohnoma shaklini ishlab chiqish.

Tizim orqali guvohnomaning tadbirkorlik subyektlariga real vaqt rejimida yuborish imkoniyatini amaliyotga joriy qilish.

2021-yil noyabr

Davlat soliq qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Sxemada qayd etilgan ko‘chma savdo obyektlari bandligi yuzasidan ma’lumotlarni olish.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘chma savdo sxemasida qayd etilgan ko‘chma savdo obyektlari bandligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etilishini ta’minlash.

2021-yil noyabr

Davlat soliq qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Ko‘chma savdo reyestrini yaratish

Ko‘chma savdo reyestri shaklini ishlab chiqish.

Ishlab chiqilgan reyestrga asosan ko‘chma savdo obyektlari bazasini yaratish va yuritilishini ta’minlash.

2021-yil noyabr

Davlat soliq qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Keyingi tahrirga qarang.
a) 2-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
birinchi xatboshidagi “Chakana savdoni ko‘chma ravishda (do‘konchalarda) amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi, salqin ichimliklar va muzqaymoqlar sotish bundan mustasno” so‘zlari chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
beshinchi xatboshi “laryoklar” so‘zidan keyin “, savdo avtomatlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
to‘qqizinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha o‘ninchi — o‘n beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
birinchi xatboshidagi “yozgi kafe” so‘zlari “mavsumiy kafe” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) 1-ilovaning 10-bandi ikkinchi xatboshisi “davlat soliq xizmati organlarida” so‘zlaridan keyin “elektron shaklda” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 3-ilova quyidagi mazmundagi 8-band bilan to‘ldirilsin:
a) 1-band “rekonstruksiya qilish” so‘zlaridan keyin “shu jumladan, umumiy ovqatlanish korxonalarining mavsumiy kafelarini joylashtirish” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 2-band quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
v) 5-band quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
6. Vazirlar Mahkamasining “Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qo‘llanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 23-noyabrdagi 943-son qarorining 3-bandi “nazarda tutilgan hollar” so‘zlaridan keyin “shuningdek, savdo avtomatlari orqali tovarlarni sotish va (yoki) xizmatlarni ko‘rsatish” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.