31.07.2021 yildagi 475-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 31.07.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 29-oktabrdagi PF-6097-son Farmoni, “Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4996-son qaroriga muvofiq hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish va ushbu sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
qo‘shma laboratoriyaga Vazirlar Mahkamasining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 19-iyuldagi 603-son qarori bilan joriy etilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rektorining ilmiy konsultanti umumiy rahbarlik qiladi va ishini muvofiqlashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddat

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasini rivojlantirish bo‘yicha fundamental, amaliy tadqiqotlar olib borish hamda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish

1.

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni hisobga olgan holda ilmiy rivojlanish dasturini ishlab chiqish.

1. Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohalarida dunyoda erishilgan ilmiy natijalarni tahlil qilish.

2021-yil avgust

-

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. Sun’iy intellekt sohasining rivojlanishidagi tendensiyalari bo‘yicha tahliliy material tayyorlash.

2021-yil sentyabr

3. Tayyorlangan tahliliy material asosida institutning ilmiy dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil oktyabr

2.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik yo‘nalishlari bo‘yicha, shuningdek mamlakatimizda yuqori texnologiyalarga asoslangan, import o‘rnini bosuvchi, eksportbop dasturiy mahsulotlar va qurilmalarni ishlab chiqish yuzasidan fundamental va amaliy tadqiqot loyihalarini tayyorlash va tanlovga taqdim etishni ta’minlash.

1. Sohalar bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish va Innovatsion rivojlanish vazirligiga kiritish.

2. E’lon qilingan loyihalarda ishtirok etish.

3. Loyihalarni bajarish.

2021-yil avgustdan boshlab doimiy

Ilmiy faoliyatga oid dasturlar doirasida bajariladigan loyihalarga ajratiladigan mablag‘lar,

loyihalar buyurtmachilari mablag‘lari

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti (Institut)

3.

Qo‘shma alyans doirasida sun’iy intellekt texnologiyalari sohasida fundamental va amaliy tadqiqot ishlarini amalga oshirish va uning natijalarini amaliyotga joriy etilishini tashkil etish.

1. Fundamental va amaliy yo‘nalishlarda dolzarb mavzulardagi loyihalarni Qo‘shma alyans ishtirokchilari bilan hamkorlikda shakllantirish.

har yili noyabr oyida

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining sun’iy intellekt uchun mo‘ljallangan hisob raqami mablag‘lari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Qo‘shma alyans ishtirokchilari,

Institut

2. Shakllantirilgan loyihalar mavzularini Qo‘shma alyansda tahlil qilish va tanlash.

har yili dekabr oyida

3. Aniqlangan loyihalar mavzularini tasdiqlash uchun Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasiga kiritish.

har yili yanvar oyida

4. Loyihalardan ustuvorlarini aniqlash va moliyalashtirish uchun tegishli xulosalarni tayyorlash va moliyalashtirish.

belgilangan muddatlarda

Muvofiqlashtirish komissiyasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

4.

Sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha 2021-2022-yillarda qishloq xo‘jaligi, bank, moliya, soliq, transport, energetika, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, elektron hukumat sohalarida amalga oshiriladigan tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etish.

1. Tajriba-sinov loyihalarida sun’iy intellekt sohasida ustuvor ilmiy yo‘nalishlarni aniqlash.

2. Amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalar tayyorlash.

3. Ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish va natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish.

2021-2022-yillar

Buyurtmachilar mablag‘lari

Institut, manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

O‘zbekiston Respublikasida sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasin ishlab chiqish.

1. Strategiya loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va tahlil qilish.

ikki hafta muddatda

-

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Institut,
manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tahlil natijalari asosida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish muammolari va istiqbollarini aniqlagan holda strategiya loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil avgust

3. Strategiya loyihasini xorijiy va mahalliy mutaxassislarni jalb qilgan holda takomillashtirish va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2021-yil sentyabr

4. Strategiya loyihasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritish.

2021-yil noyabr

6.

Dasturiy mahsulot va axborot texnologiyalari texnologik parki bilan birgalikda elektron hukumat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, kommunal soha, aqlli shahar, qishloq xo‘jaligi sohalarida axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha qo‘shma laboratoriyasini ochish.

1. Hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash.

2. Hamkorlikda olib boriladigan tadqiqot yo‘nalishlarni belgilash.

2021-2022-yillar

-

Institut,
Dasturiy mahsulot va axborot texnologiyalari texnologik parki

II. Raqamli texnologiyalarni rivojlantirishning ilmiy ekotizimini shakllantirish

7.

Institut ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida Oliy malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish.

1. Institut xodimlarining ilmiy salohiyatini aniqlab olish va ilmiy darajasiz xodimlar ro‘yxatini shakllantirish.

ikki hafta muddatda

-

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Institut

2. Ilmiy darajasiz xodimlarga rahbar va mavzu biriktirish.

bir oy muddatda

3. PhD/DSc ilmiy darajalarini olish bo‘yicha reja ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil sentyabr

8.

Institutda sun’iy intellekt sohasida oliy ta’limdan keyingi ta’limni tashkil etish.

1. Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt bo‘yicha ixtisoslik ochish.

2021-2022-yillar

Ilmiy faoliyatga oid dasturlar doirasida bajariladigan loyihalarga ajratiladigan mablag‘lar

Oliy attestatsiya komissiyasi

2. Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt bo‘yicha ixtisoslik uchun kvotalarni shakllantirish va Innovatsion rivojlanish vazirligiga kiritish.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Institut

3. Sun’iy intellekt sohasida ilmiy kadrlar tayyorlash jarayonini amalga oshirish.

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Institut

9.

Institut qoshida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (Dsc) ilmiy darajalarini beruvchi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashni tashkil etish.

1. Ilmiy Kengash tarkibini shakllantirish.

2021-yil avgust

-

Oliy attestatsiya komissiyasi,

Institut,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. Shakllantirilgan Ilmiy Kengashni tarkibini tasdiqlash.

2021-yil sentyabr

3. Ilmiy Kengash faoliyatini tashkil etish.

2021-yil oktyabr

10.

Xorijiy mutaxassislarning ishtirokida sun’iy intellekt yo‘nalishiga doir ilmiy-texnikaviy anjuman tashkil etish.

1. Axborot xatini yuborish va ishtirokchilarni jalb qilish.

2. Konferensiyaga material to‘plash va ilmiy ekspertizadan o‘tkazish.

3. Konferensiya materiallarining to‘plamini tayyorlash.

4. Konferensiyani tashkillashtirish va o‘tkazish.

2021-yil sentyabr-noyabr

Budjetdan tashqari mablag‘lar

Institut

11.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali huzurida Raqamli texnologiyalar ilmiy-innovatsion markazini tashkil qilish.

1. Raq�mli texnologiyalar ilmiy-innovatsion markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2021-yil avgust

-

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Institut

2. Raqamli texnologiyalar ilmiy-innovatsion markazi tuzilmasi, ustavini tasdiqlash hamda malakali xodimlarni jalb qilish.

2021-yil sentyabr

3. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialining yosh olimlari hamda talabalarini Raqamli texnologiyalar ilmiy-innovatsion markaziga keng jalb qilib borish.

2021-yil oktyabrdan boshlab doimiy

III. Moddiy-texnik bazani mustahkamlash va zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish

12.

Institut bino va inshootlarini kapital ta’mirlash hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlash va zamonaviy laboratoriyalarni tashkil etish choralarini ko‘rish.

1. Institut oldiga qo‘yilgan vazifalarni samarali bajarish uchun mavjud moddiy-texnik bazani hamda bino va inshootlarning texnik holatini o‘rganib chiqish.

2021-yil avgust

Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Institut

2. O‘rganish natijasida kapital ta’mirlash va zarur moddiy-texnik bazani mustahkamlash bo‘yicha xarajatlar smetalarini ishlab chiqish va taklif kiritish.

2021-yil sentyabr

3. Kapital ta’mirlash hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish.

2022-yil davomida

13.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi Intellektual-dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazining mavjud moddiy-texnika vositalarini Institut balansiga o‘tkazish.

1. Mavjud moddiy-texnik qurilmalar va jihozlar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Moddiy-texnika vositalarining topshirilishi va qabul qilinishini ta’minlash.

2021-yil avgust-sentyabr

-

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Institut

14.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Institutning “Intellektual dasturiy tizimlar” qo‘shma laboratoriyasini tashkil etish.

1. “Intellektual dasturiy tizimlar” qo‘shma laboratoriyasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2. “Intellektual dasturiy tizimlar” qo‘shma laboratoriyasi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini ko‘rish.

2021-yil avgust-sen�yabr

-

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Institut

IV. Xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni rivojlantirish

15.

Sun’iy intellekt yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy usul va algoritmlarni joriy etish bo‘yicha ilg‘or xorijiy innovatsion va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

1. Institut olimlarining chet el institutlarida stajirovkalarini tashkil etish.

2. Ilg‘or chet el institutlari mutaxassislarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish.

3. Institut xodimlari uchun ma’ruza va seminarlar, mahorat darslari o‘tkazib borish

2021-2022-yillar mobaynida

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Institut,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
“El-yurt umidi” jamg‘armasi

16.

Sun’iy intellekt yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy usul va algoritmlarni joriy etish bo‘yicha N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti bilan hamkorlik qilish.

1. Laboratoriya olimlarining N.E.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universitetida stajirovkalari.

2. N.E. Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti mutaxassislarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish.

3. Laboratoriya xodimlari uchun ma’ruza va seminarlar, mahorat darslari o‘tkazish.

2021-yil yakuniga qadar

Xalqaro tashkilotlar grantlari, xo‘jalik shartnomalari doirasida ajratiladigan mablag‘lar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
Institut

17.

Xorijiy nufuzli ilmiy markaz va oliy ta’lim muassasalariga maqsadli doktoranturada ta’lim olishini yo‘lga qo‘yish.

1. Doktoranturaga qabul qilishga tayyor bo‘lgan xorijiy ilmiy muassasalarini aniqlash.

2. “El-yurt umidi” jamg‘armasining doktorantura ta’lim dasturlari ochiq stipendiya tanlovlarida ishtirok etish.

3. Ochiq stipendiya tanlovlarida g‘olib bo‘lgan xodimlarni o‘rnatilgan tartibda doktoranturada o‘qishni tashkil etish.

2021-yil avgustdan boshlab doimiy

“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari,

Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Institut,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
“El-yurt umidi” jamg‘armasi

18.

Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyalari va tashkilotlari bilan qishloq xo‘jaligi, bank, moliya, soliq, transport, energetika, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, ijtimoiy va boshqa zarur sohalarda hamkorlik qilish.

1. Xorijiy yetakchi kompaniyalar va tashkilotlari ro‘yxatini shakllantirish.

2. Yetakchi xalqaro kompaniyalar va tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

3. Qo‘shma loyihalarni amalga oshirish.

2021-2022-yillar mobaynida

Xalqaro tashkilotlar grantlari, xo‘jalik shartnomalari doirasida ajratiladigan mablag‘lar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Institut

a) 4-bandning “a” kichik bandiga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 11-bandga quyidagi mazmundagi yigirma birinchi xatboshi qo‘shilsin:
yigirma birinchi xatboshi yigirma ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) 12-bandning 4-kichik bandidagi “o‘sishini rag‘batlantirishni” so‘zlaridan keyin “sun’iy intellekt asosidagi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy qilish” so‘zlari qo‘shilsin;
g) 13-bandning 4-kichik bandiga quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo‘shilsin:
b) 2-ilova (Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining virtual makonda ishtirokini faollashtirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”)ning 14-bandidagi “Internet buyumlarni” so‘zlari “Buyumlar internetini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “telefon raqamlari” so‘zlaridan keyin “, masofadan turib biometrik identifikatsiyalash (Face-ID va boshqalar) uchun sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash hamda boshqa ma’lumotlar asosida ro‘yxatga olish” so‘zlari qo‘shilsin;
a) 3-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 9-bandning “v” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “internet buyumlari” so‘zlari “buyumlar interneti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 21-bandning uchinchi xatboshisidagi “internet buyumlarini” so‘zlari “buyumlar internetini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 23-banddagi “internet buyumlari” so‘zlari “buyumlar interneti” so‘zlari bilan almashtirilsin.