[
OKOZ:
1.
13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.72.00 Oliy ta’lim (bakalavriat va magistratura);
2.
13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.92.00 Ta’tillar. Bolalarning yozgi dam olishinishi]
[
TSZ:
1.
Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining
Qarori
“O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirishlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 15-iyul 2021-yil ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2138-2]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 344-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi
qaroriga
muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2010-yil 6-avgustdagi 312, 19-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori
(ro‘yxat raqami 2138, 2010-yil 4-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 35-36-son, 308-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017-yil 3-noyabrdagi 21-2017, 120-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi
qarori
(ro‘yxat raqami 2138-1, 2017-yil 17-noyabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.11.2017-y., 10/17/2138-1/0274-son).
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A. TOShKULOV
Toshkent sh.,
2021-yil 8-iyul,
21-2021-son
Sog‘liqni saqlash vaziri A. XADJIBAYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 7-iyul,
15-son
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.07.2021-y., 10/21/2138-2/0677-son)