O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
I. O‘zbekiston Respublikasining 1990-yil 31-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-yil, № 31–33, 371-modda; 1993-yil, № 5, 235-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda) 28-moddasi chiqarib tashlansin.
II. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 43-modda; 1993-yil, № 5, 236-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda):
1) 1-moddasining birinchi qismidagi “jamoa, ijara korxonalariga, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlariga” degan so‘zlar “xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlariga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
davlat mol-mulkini tanlov yo‘li bilan va kim oshdi savdosida davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslarga va jismoniy shaxslarga sotish shaklida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shakllarda amalga oshirilishi mumkin”;
1-bandining birinchi qismidagi “Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Buyurtma ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi”;
5) 14-moddasining 2-bandidagi, 15-moddasining 1-bandidagi va 17-moddasining 2-bandidagi “Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar “Vazirlar Mahkamasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
III. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahriri (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 149-modda):
1) 2-moddasining birinchi qismidagi “boshqa shu bilan bog‘liq professional xizmatlar ko‘rsatish” degan so‘zlar “ushbu Qonunning 17-moddasida nazarda tutilgan professional xizmatlar ko‘rsatish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlanadigan boshqa shaxslar auditorlik tashkilotlarining muassislari bo‘la olmaydilar”;
5) 16-moddasining “b” bandi “ayni bir paytning o‘zida” degan so‘zlardan oldin “shuningdek buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritish hamda moliyaviy hisobotlar tuzish uchun javobgar bo‘ladigan shaxs” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin”;
“maxsus vakolatli davlat organining litsenziya berish to‘g‘risidagi qarori qonunga xilof ekanligi aniqlanganda;
“auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganda qonun hujjatlari talablarini muntazam yoki bir marta qo‘pol ravishda buzganlik”;
to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“auditorlarning ta’lim dasturlarini va auditorlik malaka sertifikatini olish huquqiga doir malaka imtihonlarini topshirish tartibini ishlab chiqishda”.
Oldingi tahrirga qarang.
(IV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi O‘RQ-163-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 29-30-son, 278-modda)
V. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda) 144-moddasining birinchi qismidagi “G‘ayriqonuniy rad etish” degan so‘zlar “asossiz rad etish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
VI. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda):
“Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida xuddi shu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan har qanday huquqbuzarliklarni sodir etish”;
o‘zbekcha matnining to‘rtinchi qismi sanksiyasidagi “olti oygacha” degan so‘zlar “olti oy” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining sanksiyasidagi “besh baravaridan yetti baravarigacha” degan so‘zlar “yetti baravaridan o‘n baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “yetti baravaridan o‘n ikki baravarigacha” degan so‘zlar “o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday ashyo bo‘lgan narsani musodara qilish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamenti sud ijrochilari hududiy bo‘limlari tuman (shahar) bo‘linmalarining sud ijrochisi tomonidan ijro etiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
VII. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 30-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 178-modda) 16-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Konstitutsiyaviy sudning sudyasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining roziligisiz jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortilishi, shuningdek hibsga olinishi mumkin emas”.
VIII. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda):
“Markaziy bank o‘z balansida aks ettirilgan mol-mulkka qonun hujjatlarida belgilangan tartibda egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf qilishga haqli”;
“banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini litsenziyalash hamda tartibga solish, banklar, kredit uyushmalari va garovxonalarni nazorat qilish, qimmatbaho qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash”;
“Markaziy bankning chet el valyutasi kursining yoki qimmatbaho metallar qiymatining o‘zgarishi natijasida oltin-valyuta rezervlarini qayta baholashdan hosil bo‘ladigan realizatsiya qilinmagan daromadlari va xarajatlari oltin-valyuta rezervlariga oid operatsiyalar bo‘yicha qayta baholash fondiga kiradi”;
ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlari tegishincha uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin;
beshinchi qismidagi “fondlar va majburiy rezervlar” degan so‘zlar “aniq maqsadga yo‘naltirilgan rezervlar va fondlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi — o‘n beshinchi xatboshilari tegishincha to‘rtinchi — o‘n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“banklar uchun iqtisodiy normativlarni va kredit uyushmalari hamda garovxonalar uchun moliyaviy operatsiyalar o‘tkazish qoidalarini tasdiqlaydi, shuningdek ularga rioya etilishini ko‘rib chiqadi;
bank faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalar berish va ularni chaqirib olish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyati, shuningdek qimmatbaho qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarish litsenziyalanishini amalga oshiradi”;
Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasidagi pul-kredit, moliya, valyuta va narx munosabatlari holatidan kelib chiqib, bitta yoki bir qancha monetar ko‘rsatkichlar o‘zgarishlarining aniq maqsadli mo‘ljallarini belgilashi mumkin”;
7) 30-moddasi birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “uch oygacha bo‘lgan muddatga” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
8) 31-moddasi “Milliy xavfsizlik xizmati” degan so‘zlardan keyin “Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
birinchi qismidagi “rasmiy pul birligini” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining pul birligini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 39-moddasining birinchi qismidagi “ular o‘rniga albatta teng hajmdagi banknot va tangalar chiqargan holda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
11) 46-moddasi “pul mablag‘larini” degan so‘zlardan keyin “va valyuta qimmatliklarini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Kreditlar hukumatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan miqdorda ushbu Qonun 30-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan va bir yil ichida qiymati to‘lanadigan aktivlar garovga qo‘yilishi sharti bilan beriladi”;
“VIII. Banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini, shuningdek qimmatbaho qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishni tartibga solish hamda nazorat qilish”;
Markaziy bank moliya-bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida banklar, kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini tartibga soladi hamda nazorat qiladi.
Markaziy bank banklar va kredit uyushmalarini ro‘yxatga oladi, shuningdek bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar beradi, kredit uyushmalari, garovxonalar faoliyatini va qimmatbaho qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalaydi.
Banklar va kredit uyushmalarini ro‘yxatga olish, shuningdek banklar, kredit uyushmalari va garovxonalarga litsenziyalar berish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qimmatbaho qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarishga litsenziyalar berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Banklar va kredit uyushmalarini ro‘yxatga olish, shuningdek banklar, garovxonalarga hamda qimmatbaho qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishga litsenziyalar berish haq evaziga amalga oshiriladi.
Markaziy bank Banklarni davlat ro‘yxatiga olish daftari, kredit uyushmalari, garovxonalarga hamda qimmatbaho qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishga berilgan litsenziyalar reyestrini yuritadi. Berilgan litsenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinishi kerak”;
bank operatsiyalarini amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va bank statistika hisobotini yuritish, yillik hisobotlar tuzish yuzasidan banklar uchun majburiy bo‘lgan qoidalarni;
moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish yuzasidan kredit uyushmalari uchun majburiy bo‘lgan qoidalarni;
faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan garovxonalar uchun majburiy bo‘lgan qoidalarni belgilaydi.
banklar, kredit uyushmalari va garovxonalarning hisoboti va boshqa hujjatlarini olish va tekshirish, ularning faoliyati, shu jumladan operatsiyalari to‘g‘risida axborot so‘rash hamda olish;
banklar va kredit uyushmalarining, ularning filiallari va ular bilan uzviy bog‘langan shaxslarning, shuningdek garovxonalarning faoliyatini tekshirish, qoidabuzarlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llash;
bank aktivlari sifatini tasnif qilish va aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar o‘rnini qoplash uchun shunga monand rezervlar yaratishga doir talablarni belgilash;
banklar, kredit uyushmalari va garovxonalarga ularning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf qilish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar yuborish;
bank aksiyadorlari ustav kapitalining qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan ortiqroq qismini sotib olgan taqdirda ularning moliyaviy ahvoli hamda obro‘-e’tibori haqida axborot so‘rash va olish;
banklarning va ular filiallarining rahbarlari, boshqaruv a’zolari hamda bosh buxgalterlariga, kredit uyushmalari ijro organlarining rahbarlariga nisbatan malaka talablarini qo‘yish huquqiga ega”;
ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi “yoki uning filiali rahbarlarini” degan so‘zlardan keyin “shu jumladan bank kengashi rahbarlari va a’zolarini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Kredit uyushmalari, garovxonalar, shuningdek qimmatbaho qog‘ozlar blankalari ishlab chiqaruvchilarga nisbatan choralar va sanksiyalar qo‘llash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi”;
Markaziy bank xalqaro tashkilotlar, chet davlatlarning markaziy banklari hamda bank nazoratining boshqa organlari bilan hamkorlik qiladi va axborot ayirboshlaydi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(IX bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(X bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi O‘RQ-163-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 29-30-son, 278-modda)
XI. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5–6, 61-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda) 4-moddasining birinchi qismidagi ikkinchi va uchinchi jumlalar chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
XII. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Noshirlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 137-modda):
Nashriyotlarning (noshirlarning) noshirlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etishlari monitoringi, shuningdek litsenziya talablari va shartlariga rioya etishlari ustidan nazorat vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar noshirlik faoliyatini litsenziya olganidan keyin amalga oshirishga haqli.
Bolalar adabiyoti, o‘quv adabiyoti, normativ ma’lumotnomalar, fan va texnikaga oid adabiyotni nashrga tayyorlash va ularni nashr etish uchun litsenziya berganlik hamda litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun davlat bojlarining imtiyozli miqdorlari belgilanishi mumkin”;
2) 9-moddasining beshinchi xatboshisi “o‘z mahsulotini realizatsiya qilish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Noshirlik faoliyati litsenziya belgilangan tartibda bekor qilinganda yoki uning amal qilishi tugatilganda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda tugatiladi”.
XIII. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabr va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9–10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda):
“Lizing shartnomasi bo‘yicha lizing beruvchi (ijaraga beruvchi) bir taraf lizing oluvchi (ijaraga oluvchi) ikkinchi tarafning topshirig‘iga binoan sotuvchi uchinchi taraf bilan undan lizing oluvchi uchun mol-mulk sotib olish haqida kelishish majburiyatini oladi, lizing oluvchi esa buning uchun lizing beruvchiga lizing to‘lovlarini to‘lash majburiyatini oladi”;
to‘rtinchi qismidagi “ishlab chiqaruvchiga”, “ishlab chiqaruvchi” degan so‘zlar tegishli kelishikdagi “sotuvchi” degan so‘z bilan almashtirilsin;
“Lizing to‘lovi lizing beruvchining lizing obyektini sotib olish uchun qilgan xarajatlarining hammasi yoki ko‘p qismi, shuningdek lizing obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlari lizing oluvchi tomonidan qoplanishi hamda lizing beruvchining daromadidan iborat bo‘ladi”;
“Mol-mulk yetkazib berilmagan, to‘liq yetkazib berilmagan, muddati kechiktirib yetkazib berilgan yoki uning sifati tegishli darajada bo‘lmagan taqdirda, lizing oluvchi, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa”;
“Lizing shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda lizing oluvchi ilgari bo‘nak sifatida to‘lagan pullarini, lizing obyektidan foydalanishdan olgan foydaning qiymatini chegirib tashlab, o‘ziga qaytarib berishni talab qilishga haqli”;
“Lizing oluvchi lizing to‘lovlarini to‘lash majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, lizing beruvchi o‘ziga tegishi kerak bo‘lgan to‘lovlarni foizi bilan olishi mumkin”;
to‘rtinchi qismidagi “muntazam to‘lovlarni” degan so‘z “lizing to‘lovlarini” degan so‘z bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(XIV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
XV. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Boj tarifi to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 228-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda) 33-moddasi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“lizingga berish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan texnologiya uskunalari, vakolatli bankning tegishli tasdig‘i bo‘lgan taqdirda”.
XVI. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 78, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 82-modda):
“5) savdo, tovarlarni berish va xizmatlar ko‘rsatish qoidalariga, shuningdek naqd pul tushumining bankka vaqtida topshirilishiga rioya etilishini tekshirish”;
XVII. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda) 195-moddasining birinchi qismi “shikoyat qilish muddati o‘tganidan keyin” degan so‘zlardan keyin “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
XVIII. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova) 17-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nikohlanuvchi shaxslar davlat sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida bepul asosda tibbiy ko‘rikdan o‘tadilar. Tibbiy ko‘rikdan o‘tish hajmi va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
XIX. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 28-avgustda qabul qilingan “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 165-modda) 6-moddasining oltinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(XX bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyuldagi O‘RQ-163-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 29-30-son, 278-modda)
XXI. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 14-aprelda qabul qilingan “Lizing to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 108-modda):
“Lizing (moliyaviy ijara) ijara munosabatlarining alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib oladi va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga o‘n ikki oydan ortiq muddatga beradi. Bunda lizing shartnomasi quyidagi shartlardan biriga muvofiq bo‘lishi kerak:
lizing shartnomasining muddati lizing obyekti xizmat muddatining sakson foizidan ortiq bo‘lsa yoki lizing obyektining lizing shartnomasi tugaganidan keyingi qoldiq qiymati uning boshlang‘ich qiymatining yigirma foizidan kam bo‘lsa;
lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing oluvchi lizing obyektini uning bozor qiymatidan past narxda evazini to‘lab sotib olish huquqiga ega bo‘lsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi lizing obyekti qiymati asos bo‘ladi;
lizing shartnomasi amal qiladigan davr uchun lizing to‘lovlarining umumiy summasi lizing obyekti qiymatining to‘qson foizidan ortiq bo‘lsa”;
“Yer uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlar, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo‘lishi cheklangan boshqa mol-mulk lizing obyektlari bo‘lishi mumkin emas”;
“Lizing obyekti lizing oluvchining krediti (qarzi) hisobidan olingan taqdirda, aniq lizing obyektiga nisbatan lizing beruvchining kreditori va lizing oluvchi bir shaxs timsolida ish ko‘rishiga yo‘l qo‘yilmaydi”;
“Lizing faoliyati lizing beruvchi tomonidan o‘z mablag‘lari va (yoki) jalb etilgan mablag‘lar hisobidan lizing obyektining sotib olinishi va uni lizing shartnomasi bo‘yicha lizing oluvchiga berilishi borasidagi investitsiya faoliyati turidir”;
mol-mulk lizing obyekti hisoblanib, u haqda tuziladigan bitimlar qonunga muvofiq notarial tasdiqlanishi talab qilinadigan hollarda notarial tasdiqlanishi lozim”;
“qonun hujjatlarida yoki lizing shartnomasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda lizing oluvchidan lizing obyektini talab qilib olish”;
“lizing obyekti yetkazib berilmagan, to‘liq yetkazib berilmagan, yetkazib berish muddati o‘tkazib yuborilgan yoki sifati talab darajasida bo‘lmagan lizing obyekti yetkazib berilgan taqdirda, agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, lizing to‘lovlari to‘lashni kechiktirish, yetkazib beriladigan lizing obyektidan voz kechish va lizing shartnomasining bekor qilinishini talab etish;
lizing shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda, o‘zi ilgari avans sifatida to‘lagan to‘lovlarni lizing obyektidan foydalanishdan olingan foydaning qiymatini chegirib tashlagan holda, qaytarib berishni talab qilish”;
ikkinchi qismi “lizing to‘lovlari qoldig‘ini” degan so‘zlardan keyin “lizing beruvchining qolgan davrda oladigan daromadini chegirib tashlagan holda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Lizing shartnomasining amal qilish muddati tugagunga qadar barcha lizing to‘lovlari lizing beruvchining lizing shartnomasi muddati tugagunga qadar qolgan davrda oladigan daromadi chegirib tashlangan holda to‘langan taqdirda, agar lizing shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, lizing obyektiga bo‘lgan mulk huquqi lizing oluvchiga o‘tishi mumkin”;
“Lizing oluvchi lizing beruvchining ruxsati bilan lizing shartnomasi bo‘yicha o‘z huquqlaridan to‘liq yoki qisman uchinchi shaxslar foydasiga voz kechishi mumkin”;
“Lizing beruvchi lizing oluvchining oldindan roziligini olmay turib, lizing obyektidan garov sifatida foydalanish huquqiga ega emas”;
“Lizing to‘lovlari lizing beruvchining lizing obyektini olish uchun qilgan xarajatlarining hammasi yoki ko‘p qismi, shuningdek lizing obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlari lizing oluvchi tomonidan qoplanishi hamda lizing beruvchining daromadidan iborat bo‘ladi”;
14) 23-moddasining nomi va matnidagi “undirish” degan so‘zlar “talab qilib olish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
XXII. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 210-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda):
“maxsus vakolatli organlar — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan vakolatlarga muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi sohasidagi boshqaruv va nazoratni amalga oshiruvchi organlar”;
2) 12-moddasining birinchi qismidagi “giyohvandlik vositalarini nazorat qilish bo‘yicha maxsus vakolatli organ (bundan buyon matnda maxsus vakolatli organ deb yuritiladi)” degan so‘zlar “maxsus vakolatli organ” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
XXIII. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 223-modda):
“gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradi, shuningdek gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi normalari va qoidalari qo‘pol ravishda buzilgan hollarda xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar jumlasiga kiruvchi gidrotexnika inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turish va tugatish haqida takliflar kiritadi”;
2) 8-moddasining to‘rtinchi xatboshisi “xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar jumlasiga kiruvchi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin”;
Keyingi tahrirga qarang.
XXIV. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 142-modda):
“Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda ko‘rsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi”;
“Litsenziyalanadigan faoliyatni ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlaridagi talablarni buzgan holda amalga oshirish faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi”;
Keyingi tahrirga qarang.
XXV. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 11-12, 222-modda; 2002-yil, № 6-7, 105-modda) 1-ilovasining o‘n ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish), saqlash, realizatsiya qilish (berish), taqsimlash, tashish, ishlab chiqish va ishlab chiqarish, tayyorlash, yo‘q qilish, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va o‘quv maqsadlarida, shuningdek ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shu jumladan tibbiyotda va veterinariyada foydalanish”.