Oldingi tahrirga qarang.
(qarorning nomlanishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-iyuldagi 362-sonli qarori tahririda)
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korxonalarning bankrotligi to‘g‘risidagi qonunchilikni amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1996-yil 11-dekabrdagi PF-1658-son Farmonini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-fevraldagi 77-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 7-son, 82-modda)
2. Qo‘mita va uning hududiy organlari xodimlarining cheklangan soni 240 nafardan iborat etib, shu jumladan markaziy apparat xodimlari soni — 40 nafardan iborat etib belgilansin (binoni qo‘riqlash va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari).
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-martdagi 133-sonli qarorga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Qo‘mitaga raisning ikki o‘rinbosariga ega bo‘lishga ruxsat berilsin, ular lavozimga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Qo‘mita xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy-maishiy hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish shartlari joriy etilsin.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-fevraldagi 77-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 7-son, 82-modda)
4. Qo‘mita markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari joriy faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash manbai etib respublika budjeti mablag‘lari belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika budjetini shakllantirishda Qo‘mita markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalariga zarur mablag‘ ajratilishini nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Qo‘mita yiliga Jamg‘arma mablag‘larining 5 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdordan Qo‘mitaning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda xodimlari mehnatini rag‘batlantirish uchun foydalanish huquqi berilsin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-iyuldagi 362-sonli qarori tahririda)
qarzdor korxonani ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish tartibi haqidagi Nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Mehnat vazirligi Aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Qo‘mitaga joriy faoliyatni amalga oshirish va moddiy-texnik bazani mustahkamlash uchun teng ulushlarda 20 mln. so‘m miqdorida bir martalik tekin yordam ko‘rsatsinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi yuqorida ko‘rsatilgan manzildagi bino qurilishi tugallangunga va ishga tushirilgunga qadar Qo‘mitani vaqtincha o‘z binosida joylashtirsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Qo‘mita hududiy boshqarmalari ijro etuvchi apparatlarini joylashtirish masalasini hal etsinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Qo‘mitani belgilangan tartibda telefon va teleks aloqasi, shu jumladan Hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qo‘mitaga ikkita yengil avtomobil uchun zarur limit ajratsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish bosh vazirning o‘rinbosarlari V.A. Chjen va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-iyuldagi 362-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-fevraldagi 77-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 7-son, 82-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-fevraldagi 77-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 7-son, 82-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-fevraldagi 77-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 7-son, 82-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-iyuldagi 362-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)