Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korxonalarning bankrotligi to‘g‘risidagi qonunchilikni amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1996-yil 11-dekabrdagi PF-1658-son Farmonini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita deb ataladi) to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Qo‘mita boshqaruvi tashkiliy tuzilmasi, markaziy apparati tuzilmasi va qo‘mitaning hududiy boshqarmalari namunaviy tuzilmasi 2 — 4-ilovalarga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Qo‘mita va uning hududiy organlari xodimlarining cheklangan soni 240 nafardan iborat etib, shu jumladan markaziy apparat xodimlari soni — 40 nafardan iborat etib belgilansin (binoni qo‘riqlash va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari).
Belgilab qo‘yilsinki, Qo‘mita raisi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi hamda lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi kotibi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qo‘mitaga raisning ikki o‘rinbosariga ega bo‘lishga ruxsat berilsin, ular lavozimga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Qo‘mita xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy-maishiy hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish shartlari joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari hududiy boshqarmalari rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining tegishli hududiy boshqarmalari rahbarlarining taqdimnomasiga ko‘ra Qo‘mita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Qo‘mita markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari joriy faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash manbai etib respublika budjeti mablag‘lari belgilansin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika budjetini shakllantirishda Qo‘mita markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalariga zarur mablag‘ ajratilishini nazarda tutsin.
Qo‘mita mablag‘larini to‘ldirish uchun bankrot korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan kimoshdi savdosi orqali tushuvchi mablag‘larning bir qismini kreditorlarning talablari qondirilishi sharti bilan mulkni sotish va baholash qiymati o‘rtasidagi farq hisobidan foydalanish huquqi berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
qarzdor korxonani ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish tartibi haqidagi Nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga kiritsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Mehnat vazirligi Aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Qo‘mitaga joriy faoliyatni amalga oshirish va moddiy-texnik bazani mustahkamlash uchun teng ulushlarda 20 mln. so‘m miqdorida bir martalik tekin yordam ko‘rsatsinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi yuqorida ko‘rsatilgan manzildagi bino qurilishi tugallangunga va ishga tushirilgunga qadar Qo‘mitani vaqtincha o‘z binosida joylashtirsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Qo‘mita hududiy boshqarmalari ijro etuvchi apparatlarini joylashtirish masalasini hal etsinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Qo‘mitani belgilangan tartibda telefon va teleks aloqasi, shu jumladan Hukumat aloqasi bilan ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qo‘mitaga ikkita yengil avtomobil uchun zarur limit ajratsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish bosh vazirning o‘rinbosarlari V.A. Chjen va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korxonalarning bankrotligi to‘g‘risidagi qonunchilikni amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1996-yil 11-dekabrdagi PF-1658-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat Qo‘mitasi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita deb ataladi) o‘z funksiyalarini kreditorlarning tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini to‘lash bo‘yicha talablarini qondirishga, shu jumladan budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga majburiy to‘lovlarni ta’minlashga qodir bo‘lmagan, korxonalarning iqtisodiy nochorligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tashkiliy, iqtisodiy va boshqa sharoitlarni tashkil etish maqsadida amalga oshiradi.
3. Qo‘mita o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki Qo‘mitasining davlat boshqaruvi organi huquqiga ega bo‘lgan mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi hamda o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi;
Bankrotlik va sanatsiya masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda — Komissiya deb ataladi) ishchi organi bo‘lib xizmat qiladi;
mol-mulkida davlat mulki ulushi bo‘lgan iqtisodiy nochor xo‘jalik yurituvchi subyektlar to‘g‘risidagi masalalarni hal etish chog‘ida davlat manfaatlarini ifodalaydi;
mulkchilikning barcha shakllaridagi iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish yoki sanatsiyalash jarayonida kreditorlarning manfaatlari va aksionyerlar (paychilar)ning mulkiy huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi.
5. Qo‘mita yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
korxonalar va tashkilotlar moliya-xo‘jalik ahvoli monitoringi ular faoliyatining moliyaviy natijalarini tahlil qilish hamda iqtisodiy nochor xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha takliflar tayyorlash;
“Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini qo‘llanishdan kelib chiqadigan jarayonlarni amalga oshirish maqsadida normativ va uslubiy bazani yaratish borasidagi ishlarni tashkil etish;
iqtisodiy nochor xo‘jalik yuritish subyektini bankrot deb topish yoki qarzdor korxonani sanatsiyalash to‘g‘risidagi iltimosnomalarni bankrotlikning tashqi belgilariga ega bo‘lgan korxonalarni qayta tashkil etish va tugatish mexanizmiga doir takliflarni Komissiyaga kiritish;
xo‘jalik sudining qarorlariga muvofiq iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiyalash yoki tugatish jarayonini tashkil etish, kreditorlarning bankrot korxonaga nisbatan da’volari qondirilishiga ko‘maklashish, tugatish hamda sanatsiyalash jarayonida aksionyerlar (paychilar)ning mulkiy huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;
iqtisodiy nochor korxonani qayta tashkil etish davrida Komissiyaning qaroriga binoan shu korxona mulkini boshqarishga vakil qilingan organ vazifalarini bajarish;
iqtisodiy nochor korxonalar, ularning qarz miqdorlari hamda yig‘ilib qolgan qarzlarning turlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish;
nochor qarzdorning mulkini ro‘yxatga olish va qiymatini baholash hamda uning kreditorlar oldidagi, budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlari bo‘yicha majburiyatlarini ro‘yxatdan o‘tkazib baholash borasidagi ishlarni tashkil qilish;
bankrotlik xavfini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yordam ko‘rsatish.
ijroiya hokimiyat respublika va mahalliy organlari bilan birgalikda korxonalarning bankrotligining oldini olishga qaratilgan davlat siyosati o‘tkazilishini ta’minlaydi;
davlat korxonasining va qarzdor korxonaga nisbatan qo‘llaniladigan ish tartiblari bilan qarzdor korxonaning egasi qatnashishi nazarda tutilgan hollarda ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxona egasining vakolat berilgan vakili sifatida ish ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, tijorat banklari bilan birgalikda bankrotlikning tashqi belgilariga ega bo‘lgan korxonalarning iqtisodiy va moliyaviy ahvolini tahlil qiladi hamda iqtisodiy nochor korxonalar bo‘yicha tavsiyalar tayyorlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda sanatsiyalashni o‘tkazishni boshlash to‘g‘risida ajrim chiqarilishida xo‘jalik sudlariga ko‘maklashish maqsadida sanatsiya qatnashchilarining takliflari samaradorligini baholash prinsiplari, mezonlari, shuningdek usullarini ishlab chiqish ishlarini olib boradi;
iqtisodiy nochor korxonalar masalalari bo‘yicha normativ hujjatlar, hukumat qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda Komissiyaga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlarning yoki davlat korxonalari rahbar organlarining takliflari asosida qarzdor korxona tomonidan iqtisodiy nochorlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida xo‘jalik sudiga ariza berilishi haqidagi taklifni Komissiyaga kiritadi;
vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va muassasalar ishtirokida tegishli dasturlarni ishlab chiqadi hamda bankrotlik va korxonalar sanatsiyasi masalalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash tizimini tashkil etadi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yangi ish joylari tashkil etish, qarzdor korxonalar tugatilishi natijasida bo‘shab qolgan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va qayta tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
korxonalarning bankrotligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari qo‘llanilishiga doir xorijiy amaliyotini o‘rganadi;
vazirliklar, idoralar va ijroiya hokimiyat mahalliy organlari ishtirokida korxonalar bankrotligining oldini olishga qaratilgan hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishini tashkil etadi;
xo‘jalik sudlari tomonidan bankrot deb topilgan va belgilangan tartibda tugatilishi kerak bo‘lgan iqtisodiy nochor korxonalarning mol-mulkini baholashga doir tavsiyalarni tayyorlaydi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda korxonalarni sanatsiyalashni o‘tkazishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
korxonalarni sanatsiyalash jamg‘armasi shakllanishida va Komissiyaning qaroriga ko‘ra ushbu jamg‘arma mablag‘laridan to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan korxonalar sanatsiyasini o‘tkazish yoki bankrot deb topilgan korxonalarni tugatish uchun foydalanishda belgilangan tartibda qatnashadi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki Qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda qatnashadi;
mol-mulkida davlatga qarashli mulk ulushi mavjud bo‘lgan iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan qayta tashkil etish tartiblari qo‘llanilishi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha manfaatdor shaxslarning murojaatlari va takliflarini ko‘rib chiqadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Davlat mulki qo‘mitasining hududiy boshqarmalari huzurida tashkil etiladigan Qo‘mitaning hududiy boshqarmalariga rahbarlik qilish;
kreditorlarning e’tirozlarini qondirishga ko‘maklashish va xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan qarzdor korxonalarning debitorlik qarzlarini to‘lash (undirish) masalalarini hal etish;
korxonalarning moliyaviy ahvolini ko‘rib chiqish hamda Komissiyaga iqtisodiy nochor Davlat korxonalarini majburiy xususiylashtirish zarurligi to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishi to‘g‘risida taklif kiritish;
Komissiyaning iqtisodiy nochor korxona tomonidan iqtisodiy nochorlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida xo‘jalik sudiga ariza kiritish haqidagi qarori qarzdor korxona uchun bajarilishi shartligi ustidan nazorat qilish;
to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan korxonalarni qayta tashkil etish, sanatsiyalash va bankrot korxonalarni tugatish uchun, Komissiya qarorlari asosida, sanatsiyalash jamg‘armasi mablag‘larini tasarruf etish;
sanatsiyalashga ajratilgan moliyaviy resurslardan korxona tomonidan foydalanilishi ustidan nazorat qilish;
xo‘jalik sudining korxonani bankrot deb topish to‘g‘risidagi qarori bajarilishini tashkil etish, tugatish va sanatsiyalash jarayonlariga rahbarlik qilish;
iqtisodiy nochor xo‘jalik yuritish subyektlarini tugatish yoki sanatsiyalash rejasini tuzish, soliq organlari va kreditorlarni ularning moliyaviy ahvolidan xabardor qilish;
tugatish davomida kreditorlar, aksionyerlar (paychilar), boshqa manfaatdor tomonlarning, shu jumladan qarzdor korxona mehnat jamoasi a’zolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash.
iqtisodiy nochor korxonalarni qayta tashkil etish dasturlarini tuzishda, xo‘jalik sudi tomonidan bankrot deb topilgan nochor qarzdor korxonalarni tugatishda ishtirok etish;
tugatish jarayonida ishonchli shaxs sifatida qatnashish, bankrot bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektni tugatish bo‘yicha tugatuvchi komissiyalarni tashkil etish;
belgilangan tartibda markaziy iqtisodiy organlardan, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlaridan, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, tijorat banklari, korxonalar va tashkilotlardan o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni olish;
ekspertizalarni o‘tkazish, nochor qarzdorlarni tugatish yoki korxonalarni sanatsiyalash rejalarini ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning, auditorlik firmalarining mutaxassislarini jalb etish;
korxonalar tomonidan sanatsiyalash chora-tadbirlari amalga oshirilishining borishini va ushbu maqsadlar uchun yo‘naltiriladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish;
korxonalarning nochorligi (bankrotligi) to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ishlab chiqilishi va qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarda o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi xorijiy mamlakatlar organlari bilan bitimlar tuzilishida qatnashish;
korxonalarni sanatsiyalash va ularning mol-mulkini sotish chog‘ida investorlarni, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb etish;
10. Qo‘mita o‘ziga yuklangan funksiyalarni va berilgan vakolatlarni bevosita o‘z hududiy boshqarmalari orqali amalga oshiradi.
11. Qo‘mitaga O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki Qo‘mitasining raisi taqdimnomasiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi tayinlaydigan rais boshchilik qiladi.
Qo‘mita raisi lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki Qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va Bankrotlik va sanatsiya masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining kotibi hisoblanadi.
Qo‘mita xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, Qo‘mita raisi o‘rinbosarlari etib tayinlashga nomzodlar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun kiritadi. Qo‘mita raisi o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning va Qo‘mita tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining javobgarligi darajasini belgilaydi;
xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida Qo‘mitaning tuzilmasi va shtat jadvalini, uning bo‘linmalari to‘g‘risidagi Nizomni, shuningdek tegishli davrga ajratilgan mablag‘lar doirasida boshqaruv apparatiga sarflanadigan xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
13. Qo‘mita raisi Qo‘mita nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, uning manfaatlarini ifodalaydi, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq uning mol-mulki va mablag‘larini boshqaradi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi.
14. Qo‘mitaning markaziy apparatiga, uning hududiy organlari apparatiga sarflanadigan xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Qo‘mitaga Qo‘mitaning mablag‘larini to‘ldirish uchun bankrot korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan kimoshdi savdosi orqali tushuvchi mablag‘larning bir qismini kreditorlarning talablari qondirilishi sharti bilan mulkning sotish va baholash qiymati o‘rtasidagi farq hisobidan foydalanish huquqi berilgan.
15. Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa schyotlarga, shu jumladan valyuta schyotlariga ega bo‘ladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korxonalarning bankrotligi to‘g‘risidagi qonunchilikni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1996-yil 11-dekabrdagi PF-1658-con Farmoniga asosan ishlab chiqilgan va xo‘jalik yurituvchi subyektlar — qarzdorlarning to‘lov qobiliyatini cog‘lomlashtirish hamda tiklash maqsadida o‘tkaziladigan nochor korxonalarni sanatsiyalash masalalarini tartibga soladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizomning amal qilishi “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini sanatsiya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq qishloq xo‘jaligi korxonalarini suddan oldin sanatsiya qilishga tatbiq qilinmaydi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-fevraldagi 61-sonli qaroriga muvofiq kiritilgan)
2. Zarar ko‘rib ishlaydigan, to‘lov qobiliyati bo‘lmagan va iqtisodiy nochor korxonani sanatsiyalash deyilganda mulkdor, kreditor (kreditorlar) yoki boshqa shaxslar, shu jumladan davlat tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatish yo‘li bilan xo‘jalik subyekti faoliyatini moliyaviy sog‘lomlashtirish tushuniladi.
Xo‘jalik subyektining to‘lov qobiliyatini tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga haq to‘lash bo‘yicha kreditorlar talablari, shu jumladan budjet va budjetdan tashqari to‘lovlarni ta’minlash qobiliyatini qondirish, shuningdek korxonalarning samarali faoliyatini davom ettirishi uchun moliyaviy sharoitlar yaratish sanatsiyalashning maqsadi hisoblanadi.
3. Zarar ko‘rib ishlaydigan, to‘lov qobiliyati bo‘lmagan yoki iqtisodiy nochor korxonani sanatsiyalashning vazifasi uning barqaror moliyaviy ta’minlanishi, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish, sotishni boshqarish, tashkil etish, uning texnika va texnologiyasida zarur qayta o‘zgarishlarni oqilona va samarali amalga oshirishni ta’minlashdir.
4. Zarar ko‘rib ishlaydigan, to‘lov qobiliyati bo‘lmagan yoki nochor korxonani davlat tomonidan sanatsiyalash korxona — qarzdorga xo‘jalik sudida uning iqtisodiy nochorligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilgunga qadar, shuningdek bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish chog‘idagi dastlabki tadbirlar jarayonida moliyaviy yordam ko‘rsatish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Xo‘jalik sudining qaroriga muvofiq nodavlat korxonalari uchun sanatsiyalash davri 6 oygacha uzaytirilishi mumkin.
Sanatsiyalash boshlanishidan 12 oy o‘tgach kreditorlarning talablari umumiy summasidan kamida 40 (qirq) fizi qondirilishi lozim.
6. Zarar ko‘rib ishlaydigan, to‘lov qobiliyati bo‘lmagan yoki iqtisodiy nochor korxonalarning mulkdorlari, kreditorlar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar sanatsiyalash subyektlari hisoblanadilar. Davlat O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Korxonalarning iqtisodiy nochorligi to‘g‘risidagi ishlar Qo‘mitasi shaxsida sanatsiyalash subyekti sifatida qatnashadi.
7. Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar Davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash asosida amalga oshiriladigan sanatsiyalash obyektlari hisoblanishi mumkin.
8. Sanatsiyalashda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash davlat tomonidan o‘tkazilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy siyosat ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda, Bankrotlik va korxonalarni sanatsiyalash bo‘yicha Hukumat komissiyasining qaroriga muvofiq zarar ko‘rib ishlayotgan, to‘lov qobiliyati bo‘lmagan va iqtisodiy nochor korxonalarga ko‘rsatiladi. Bunda mehnat bozorini shakllantirish, va ayniqsa ish tanqis bo‘lgan tumanlarda, ish bilan ta’minlash jarayonlarini tartibga solish nuqtai nazaridan korxonalar va ishlab chiqarish alohida hisobga olinadi.
tog‘-kon qazish, energetika, metallurgiya, kimyo, mashinasozlik sanoati va dehqonchilik sanoati majmui korxonalari;
10. Bundan tashqari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning quyidagi guruhlariga ham davlat yordami ko‘rsatilishi mumkin:
iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, birinchi navbatda ishlab chiqarish infratuzilmasining ishlab chiqarishni texnologik qayta qurishni jadallashtirish uchun zarur bo‘lgan qismida xo‘jalik faoliyatini faollashtirish holatida bo‘lgan istiqbolli korxonalarga;
raqobatga bardoshli, eksportga yo‘naltirilgan hamda, import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga;
energiya tejash texnikasini ishlab chiqarish hamda mehnat mahsuldorligini oshiruvchi, mehnatning ijtimoiy sharoitlarini yaxshilovchi, yangi materiallarni qo‘llash, ishlab chiqarishni ishlab chiqarishning ekologik xavfsizligini ta’minlovchi ishlab chiqarishni avtomatlashtirilishiga mo‘ljallangan yangi ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirishni ta’minlovchi korxonalarga;
11. Zarar ko‘rib ishlayotgan, to‘lov qobiliyati bo‘lmagan va iqtisodiy nochor bo‘lgan korxonalarni sanatsiyalashni o‘tkazish va ularni sanatsiyalanadigan obyektlar ro‘yxatiga kiritish uchun xo‘jalik subyekti—qarzdorning faoliyatni davom ettirish uchun to‘lov qobiliyatini tiklashning real imkoniyati mavjudligi to‘g‘risida dalolat beruvchi moliya va xo‘jalik faoliyati tahlili natijalari asos hisoblanadi.
12. Zarar ko‘rib ishlayotgan, to‘lov qobiliyati bo‘lmagan (qarzlarning to‘lov muddati 2 oydan ortiq o‘tkazib yuborilgan) va iqtisodiy nochor (qarzlarning to‘lov muddati 3 oydan ortiq o‘tkazib yuborilgan) korxonalar monitoringi “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, tijorat banklari, soliq organlari va budjetdan tashqari fondlar tomonidan har oyda beriladigan muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi axborotga asosan Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Zarar ko‘rib ishlayotgan, to‘lov qobiliyati bo‘lmagan va iqtisodiy nochor korxonalarni hisobga olish shakllari “O‘zistiqbolstat” davlat Qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi, ularni aniqlash tartibi va uslubi Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va ma’qullanadi.
13. Korxonalarning iqtisodiy nochorligi to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha Qo‘mita zarar ko‘rib ishlayotgan, to‘lov qobiliyati bo‘lmagan va iqtisodiy nochor korxonalar to‘g‘risidagi, shuningdek, belgilangan tartibda Bankrot deb e’tirof etilgan korxonalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bankini shakllantiradi.
14. Zarar ko‘rib ishlayotgan, to‘lov qobiliyati bo‘lmagan va iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy va xo‘jalik faoliyatini baholash Bankrotlik va korxonalarni sanatsiyalash masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi ma’qullagan korxonalar moliyaviy faoliyatini tahlil etish uslubi asosida Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Baholash natijalari bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘lov qobiliyatini tiklashning real imkoniyati mavjudligi va sanatsiyalashning maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa beriladi.
15. Zarar ko‘rib ishlayotgan, to‘lov qobiliyati bo‘lmagan yoki iqtisodiy nochor qarzdorlarga nisbatan davlat ishtirokida sanatsiyalashni o‘tkazish to‘g‘risidagi xulosa keyinchalik xo‘jalik sudiga qaror qabul qilish uchun kiritilgan holda Bankrotlik va korxonalarni sanatsiyalash masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
16. Zarar ko‘rib ishlovchi, to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan va iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiyalash davlat mablag‘lari ishtirokisiz va ishtiroki bilan ham pulga, ham pulsiz asosda, shu jumladan, tanlov asosida amalga oshiriladi.
zarar ko‘rib ishlovchi, to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan qarzdor korxonalarga xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘lov qobiliyatini tiklash va uning faoliyatining davom etishi uchun manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatish;
qarzdor bilan kreditorlar o‘rtasida kreditorlarga hisoblanadigan to‘lovlar muddatini uzaytirish va ularni bo‘lib-bo‘lib berish to‘g‘risidagi shartlashuvga erishish yoki xo‘jalik yurituvchi qarzdor subyektning faoliyat ko‘rsatishi uchun qarzlaridan chegirma olishga qaratilgan qarzdor bo‘lgan kreditorlar o‘rtasida bitimlar tuzish;
iqtisodiy nochor korxona—debitorni ixtiyoriy ravishda tugatish yoki uni o‘z kreditorlarining to‘lov qobiliyatlarini tiklash maqsadida qonunchilik bilan belgilangan tartibda bankrot deb e’tirof etish;
iqtisodiy nochor qarzdorni kimoshdi savdosi yoki tanlov asosida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish.
18. Zarar ko‘rib ishlayotgan, to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan va iqtisodiy nochor, davlat mablag‘lari ishtirokidagi korxonalarni sanatsiyalash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
soliqlar va majburiy to‘lovlarni to‘lashdagi muddatni sanatsiyalash muddatiga uzaytirish, biroq uning muddati 18 oydan oshib ketmasligi kerak;
korxonani sanatsiyalashga oid dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun korxonani sanatsiyalash fondidan mablag‘larni maqsadli ajratish;
ishlab chiqarishni raqobatbardosh mahsulot (ishlar, xizmat)lar ishlab chiqarish uchun qayta ixtisoslashtirish;
korxonaga o‘z mahsulotlarini shartnoma asosida davlat ehtiyojlari uchun yetkazib berishni amalga oshirish imkoniyatlarini berish;
tashkiliy-ishlab chiqarish menejmentini, shu jumladan, buning uchun chetdan jalb etiladigan yuqori malakali mutaxassislarni menejment, ishlab chiqarishni tashkil etish va marketing bo‘yicha haq to‘lash yo‘li bilan o‘zgartirish;
korxonalar mulk egalarining, kreditorlar, birlashmalar (xo‘jalik uyushmalari), boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy yordami;
iqtisodiy nochor korxonalar to‘g‘risida ishlar Qo‘mitasi huzuridagi Korxonalarni sanatsiyalash fondi mablag‘lari.
20. Iqtisodiy nochor korxonalar to‘g‘risida ishlar Qo‘mitasi huzuridagi Korxonalarni sanatsiyalash fondi mablag‘lari quyidagi manbalardan shakllanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat Qo‘mitasi va Mehnat vazirligining Aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi fondning teng ulushlarda bo‘lgan 100 mln. so‘m miqdoridagi mablag‘lari hisobiga beg‘araz moliyaviy yordamlari;
davlat mulki obyektlarini xususiylashtirishdan tushadigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat Qo‘mitasi tasarrufida qoladigan ulush hisobidagi 5 foiz miqdoridagi mablag‘lar;
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlarning shartnoma asosida ixtiyoriy taqdim etiladigan mablag‘lari;
davlatga tegishli korxonalarning mulkidagi ulush bo‘yicha hisoblangan va belgilangan maqsad uchun foydalanilmagan dividendlar.
21. Zarar ko‘rib ishlayotgan, to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan va iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash, ularning moliya-xo‘jalik faoliyatini baholash natijalarini ko‘rib chiqish, sanatsiyalanganligi to‘g‘risida xulosalar chiqarish, ularning shakllari va usullari tartibini Bankrotlik va korxonalarni sanatsiyalash qilish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi, Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasi taqdimnomasiga ko‘ra, keyinchalik qarorlar qabul qilish uchun ishlarni xo‘jalik sudiga kiritish bilan amalga oshiradi.
22. Zarar ko‘rib ishlayotgan, to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lmagan va iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiyalashni tashkil etishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan amaldagi Nizomga muvofiq Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi amalga oshiradi.
23. Xo‘jalik yurituvchi qarzdor subyektlarni sanatsiyalashning qanday borayotganligini nazorat qilishni Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasi amalga oshiradi. Sanatsiyalash uchun mablag‘lardan qanday foydalanilayotganligini nazorat qilish Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
24. Sanatsiyalash uni o‘tkazishning belgilangan muddati tugashi, mazkur Nizom va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari bajarilmaganligi sababli sanatsiyalash nosamarali belgilanishi sababli va amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa sabablar bilan to‘xtatilishi mumkin.
Sanatsiyalashni to‘xtatish haqidagi qarorni Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasining taqdimnomasiga ko‘ra chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.