28.06.2021 yildagi 395-son
Hujjat 28.06.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
“Geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 24-avgustdagi PF-6044-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. “Geodeziya va kartografiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, umumdavlat ahamiyatiga molik bo‘lgan geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish natijasida olingan geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (ma’lumotlar) ekspertizadan o‘tkazilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Kadastr agentligi o‘n besh ish kundan oshmagan muddatda ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha Davlat kartografiya-geodeziya fondi tomonidan taqdim etilgan tegishli materiallar (ma’lumotlar) va bajarilgan ishlar haqidagi hisobotlarni ekspertizadan o‘tkazadi.
13. Reyestr mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha elektron ko‘rinishda yuritiladi.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ishlar ijrochilari

O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiya ishlarining barcha yakuniy va oraliq natijalari hamda bajarilgan geodeziya va kartografiya ishlari haqidagi hisobotni Kadastr agentligining Davlat kartografiya-geodeziya fondiga taqdim etadi.

Geodeziya va kartografiya ishlari tugatilgandan keyin 1 oy ichida

2-bosqich

Kadastr agentligining Davlat kartografiya-geodeziya fondi

Geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (ma’lumotlarni) Kadastr agentligiga ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim etadi.

1 ish kunida

3-bosqich

Kadastr agentligi

1. Taqdim etilgan materiallar (ma’lumotlar) geodeziya va kartografiya faoliyatini texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, geodeziya va kartografiya ishlarini bajarishga texnik loyihalar (dasturlar) talablariga, shuningdek, bajarilgan geodeziya va kartografiya ishlari haqidagi hisobotlar mazmuniga qanchalik muvofiqligini aniqlaydi.

2. Kadastr agentligi ekspertiza natijalari bo‘yicha ijobiy xulosalarni “Ishlar ijrochilarining elektron reyestri”ga joylashtiradi va ishlar ijrochilarini qabul qilingan qaror haqida xabardor qiladi.

15 ish kunida

4-bosqich

Kadastr agentligi

Materiallar (ma’lumotlar) yuzasidan salbiy ekspert xulosa olinganda, ekspert xulosani tizim orqali belgilangan tartibda ishlar ijrochilariga yuboradi.

3 ish kunida

5-bosqich

Kadastr agentligi

Materiallar (ma’lumotlar) va ular yuzasidagi salbiy ekspert xulosa nusxasini davlat kartografiya-geodeziya fondiga belgilagan tartibda qaytaradi.

1 ish kunida

6-bosqich

Kadastr agentligi

O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, umumdavlat ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish natijasida olingan geodeziya va kartografiyaga doir materiallar (ma’lumotlar)ning reyestrini yuritadi.

Doimiy ravishda

7-bosqich

Ishlar ijrochilari

Materiallarni (ma’lumotlarni) takroriy ekspertizadan o‘tkazishda ekspert xulosada belgilangan kamchiliklarni bartaraf etib, ushbu sxemaning 1-bosqichida belgilangan tartibda murojaat qiladi.

Salbiy ekspert xu�osa olingan kundan boshlab 15 ish kuni davomida

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
a) mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi ariza;
15. Mazkur Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar talabgor tomonidan Kadastr agentligiga shaxsan, pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali topshiriladi.
49. Malaka sertifikati talabgorning fotosurati aks ettirilgan qat’iy hisobda turadigan blankada mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida faoliyat olib borish uchun amal qiladi.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tinglovchi

Malaka oshirish kursida qatnashish uchun Kadastr agentligining Toshkent geodeziya va kartografiya kollejiga (malaka oshirish tashkilotiga) zarur hujjatlarni malaka oshirish tashkilotining veb-sahifasi yoki maxsus elektron dastur orqali yuboradi.

O‘z xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Malaka oshirish tashkiloti

1. Tinglovchi bilan shartnoma tuzadi.

2. Malaka oshirish kurslarida o‘quv jarayonini malaka oshirish tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan va Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejasi va o‘quv dasturlari asosida tashkil etadi.

1. Tinglovchi bilan kelishgan holda

2. Shartnoma tuzgandan so‘ng

3-bosqich

Tinglovchi

1. Malaka oshirish kurslariga ular bilan tuzilgan shartnomaga asosan malaka oshirish tashkiloti direktorining buyrug‘i bilan qabul qilinadi.

2. Davomiyligi 72 akademik soatdan kam bo‘lmagan malaka oshirish kurslaridan o‘tadi.

1. Shartnoma tuzgandan so‘ng

2. Malaka oshirish kursi davomida

4-bosqich

Talabgor

Malaka imtihonini topshirish uchun Kadastr agentligiga zarur hujjatlarni shaxsan, pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali ariza asosida topshiradi.

Malaka oshirish kursidan keyin o‘z xohishiga ko‘ra

5-bosqich

Kadastr agentligi

1. Taqdim etilgan hujjatlarning to‘liq va to‘g‘riligini o‘rganadi hamda malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish yoki rad etish haqida qaror qabul qiladi.

2. Imtihon o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi haqida imtihon o‘tkaziladigan kundan kamida 5 kun oldin mobil telefoni (mavjud bo‘lganda), pochta yoki elektron aloqa vositasi orqali xabardor qilinadi.

3. Malaka imtihonini o‘tkazadi.

4. Test sinovi natijalari bo‘yicha bayonnomani rasmiylashtiradi va e’lon qiladi.

3 ish kuni ichida

6-bosqich

Kadastr agentligi

Malaka sertifikatini rasmiylashtiradi, reyestrga tegishli belgi qo‘ygan holda pochta aloqasi vositasi orqali yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda elektron shaklda talabgorga taqdim etadi.

3 ish kuni ichida