19.06.2021 yildagi PQ-5150-son
Hujjat 19.06.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
12. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq moddiy madaniy meros obyektlari va muzeylar sohasidagi davlat xizmatlari 8-ilovaga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan boshlab elektron shaklda ko‘rsatiladi. Bunda, ushbu ro‘yxatga kiritilgan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda:
ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PF-6199-son Farmoni bilan tuzilgan Turizm, sport, madaniy meros, transport logistikasi va xizmatlar sohalarida davlat-xususiy sheriklik hamda raqamlashtirishni rivojlantirish masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tasdiqlanadi;

 

Madaniy meros agentligi

Ilmiy-ekspert kengash

O‘zbekiston davlat san’at muzeyi,

O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi,

O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi,

I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi,

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi,

O‘zbekiston zamonaviy san’ati muzeyi,

Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlari tarixi va madaniyati davlat muzeylari, Termiz arxeologiya muzeyi,

Angren shahar tarixi muzeyi,

Chirchiq shahar tarixi muzeyi,

Olmaliq shahar o‘lkashunoslik muzeyi,

Oqqo‘rg‘on tumani tarix-o‘lkashunoslik muzey-memoriali

“Buxoro”, “Shahrisabz”, “Samarqand”, “Termiz”, “Qo‘qon”, “Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmalari

Yangiyo‘l shahar Usmon Yusupov memorial uy-muzeyi,

Abdulla Qahhor uy-muzeyi,

G‘afur G‘ulom uy-muzeyi,

Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi,

Oybek uy-muzeyi,

Sergey Borodin uy-muzeyi,

Sergey Esenin muzeyi,

Tamaraxonim uy-muzeyi,

O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyi,

Yunus Rajabiy uy-muzeyi,

Abdulla Qodiriy uy-muzeyi,

Abdulla Qodiriy memorial muzeyi

Samarqand arxeologiya instituti (“Arxeologik topilmalar fondi” noyob ilmiy obyekti bilan)

Registon ansamblini ta’mirlash va undan foydalanish direksiyasi, “O‘zbek — Turkman do‘stlik uyi” va “Ulli hovli” majmuasi” direksiyasi, Abu Muin Nasafiy majmuasini boshqarish va obodonlashtirish direksiyasi

 

“Moziydan sado” jurnali tahririyati

Agentlik direktori

Ilmiy-ekspert kengashi

11

Direktorning birinchi o‘rinbosari

Direktor o‘rinbosari — Bosh me’mor

Direktor o‘rinbosari

Bosh arxeolog — boshqarma boshlig‘i

1

Muzeylarni rivojlantirish, yodgorliklarni muzeylashtirish va Milliy muzey fondi davlat katalogini yuritish boshqarmasi

5

Madaniy merosni asrashga doir ishlarni litsenziyalash, ruxsatnoma berish, ilmiy-texnik nazorat qilish boshqarmasi

5

Obyektlardan foydalanish, raqamlashtirish va davlat-xususiy sheriklikni joriy etish boshqarmasi

4

Arxeologiya tadqiqlarini muvofiqlashtirish va Arxeologiya ashyolari davlat katalogini yuritish boshqarmasi

4

Olib chiqiladigan va olib kiriladigan madaniy boyliklarni nazorat qilish boshqarmasi

6

Asrashga doir ishlarning loyiha-smeta hujjatlarini tarixiy-madaniy qimmatga ta’siri bo‘yicha ekspertiza qilish bo‘limi

3

Madaniy meros obyektlarini aniqlash, hisobi va kadastrini yuritish boshqarmasi

5

Direktorning matbuot kotibi — axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi

1

 

Madaniy boyliklarni ekspertizadan o‘tkazish bo‘limi

3

Alohida muhofaza qilinadigan va Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlarni himoya qilish bo‘limi

3

Madaniy merosni asrashga doir ishlarni rejalashtirish va tashkil qilish bo‘limi

3

O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga oid xorijdagi madaniy boyliklarni ilmiy-tadqiq etish boshqarmasi

5

Madaniy boyliklarni muhofaza

va realizatsiya qilish bo‘limi

3

Iqtisodiy-tahlil, moliya va buxgalteriya bo‘limi

2

Yuridik bo‘lim

3

Kadrlar, devonxona, murojaatlar bilan ishlash va ijro nazorati bo‘limi

3

 

 

Komplayens nazorat va ichki audit xizmati

2

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmalari

(keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar)

1. Hududiy boshqarmalarning Ilmiy-maslahat kengashi tomonidan asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini aniqlash bo‘yicha ishchi guruh tuziladi.

2. Ishchi guruhi tomonidan asrashga doir ishlar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha takliflar tayyorlanadi hamda hu�udiy boshqarmalarga taqdim etiladi.

3. Hududiy boshqarmalar va Ilmiy-maslahat kengashi bilan birgalikda ma’qullangan ro‘yxat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishiladi.

4. Kelishilgan ro‘yxatga kiritilgan har bir obyekt bo‘yicha Ilmiy-texnik tadqiqot guruhi tarkibiga kiritiladigan nomzodlarni aniqlaydi.

5. Kelishilgan ro‘yxat va Ilmiy-texnik tadqiqot guruhi tarkibiga kiritiladigan nomzodlar bo‘yicha takliflarni asoslovchi materiallar bilan birga Madaniy meros agentligiga (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) taqdim etadi.

Har yili
15-aprel
(2021-yilda
15-iyul)

2-bosqich

Agentlik

1. Ro‘yxatni umumlashtiradi va dastlabki bosqichda ko‘rib chiqadi.

2. Zarur hollarda:

hududiy boshqarma bilan birgalikda ro‘yxat va Ilmiy-texnik tadqiqot guruhiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi;

Ilmiy-texnik tadqiqot guruhi tarkibiga qo‘shimcha nomzodlar bo‘yicha vazirlik, idora, tashkilot va ilmiy muassasalarga so‘rovnomalar yuboradi.

3. Ro‘yxat va Ilmiy-texnik tadqiqot guruhlari tarkibini tasdiqlash uchun Agentlikning Ilmiy-ekspert kengashiga kiritadi.

Har yili
1-may
(2021-yilda
1-avgust)

3-bosqich

Ilmiy-ekspert kengashi

Ro‘yxat va Ilmiy-texnik tadqiqot guruhlari tarkibini ko‘rib chiqadi, tasdiqlaydi yoki ayrimlarini tasdiqlashni asoslangan holda rad etadi hamda Agentlikka taqdim qiladi.

Har yili
15-may
(2021-yilda
15-avgust)

4-bosqich

Agentlik

1. Ilmiy-texnik tadqiqot guruhi bilan fuqarolik shartnomasini tuzadi.

2. Ilmiy-texnik tadqiqot guruhini seminar, uslubiy va tegishli materiallar bilan ta’minlaydi.

Zarur hollarda asbob-uskunalar bilan ta’minlaydi hamda ularga shart-sharoitlar yaratib beradi.

Har yili
1-iyun
(2021-yilda
20-avgust)

5-bosqich

Ilmiy-texnik tadqiqot guruhi

1. Tegishli obyekt bo‘yicha ilmiy-texnik tadqiqotlar o‘tkazadi, dastlabki nuqson dalolatnoma va texnik topshiriqlarni ishlab chiqadi.

2. Ilmiy-texnik tadqiqot natijalari, dastlabki nuqson dalolatnoma va texnik topshiriqlar, to‘plangan materiallar, xulosa va takliflarini Agentlikka taqdim qiladi. Bunda dastlabki taxminiy hisob-kitob ishlab chiqiladi.

Har yili
15-iyun
(2021-yilda
30-avgust)

6-bosqich

Agentlik

1. Ilmiy-texnik tadqiqot natijalari, dastlabki nuqson dalolatnoma va texnik topshiriqlarni umumlashtiradi, zarur hollarda qo‘shimcha o‘rganish tashkil qiladi.

2. Asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan obyektlar manzilli ro‘yxatini Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasiga kiritadi.

Har yili
1-iyul
(2021-yilda
10-sentabr)

7-bosqich

Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi

1. Asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan obyektlarning manzilli ro‘yxatini ko‘rib chiqadi, zarur hollarda qo‘shimcha o‘rganish tashkil qiladi.

2. Ko‘rib chiqish natijasini inobatga olib, Bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziriga asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan obyektlar manzilli ro‘yxatini tasdiqlash uchun kiritadi.

3. Tasdiqlangan asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan obyektlarning manzilli ro‘yxatini Agentlikka taqdim etadi.

Zarur hollarda, Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi xulosasiga ko‘ra tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga Bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziri tomonidan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

Har yili
15-iyul
(2021-yilda
10-sentabr)

8-bosqich

Agentlik

1. Turizm va sport vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga kiritilgan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirishni kelgusi yilda moliyalashtirishni rejalashtirish choralari ko‘riladi.

2. Keyingi yilda asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun xarajatlarni moliyalashtirish joriy yilga ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.

3. Loyiha tashkilotlari bilan asrashga doir ishlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma tuzadi.

Har yili
1-avgustdan boshlab,
zarurat bo‘lganda oldinroq boshlash mumkin

9-bosqich

Ilmiy-texnik tadqiqot guruhlari

Tegishli loyiha tashkilotlari bilan birgalikda loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqishda ishtirok etib, takliflarini beradi.

Shartnomada ko‘rsatilgan muddat davomida

10-bosqich

Agentlik

1. Loyiha tashkilotlari tomonidan asrashga doir ishlarning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi, uning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi va Ilmiy-ekspert kengashining xulosasi olinishini tashkil qiladi.

2. Tegishli lizensiyaga ega bo‘lgan pudrat tashkilotlari bilan asrashga doir ishlarni amalga oshirish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma tuzadi.

Har yili
tegishli muddatlarda

11-bosqich

Ilmiy-texnik tadqiqot guruhlari

Pudrat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan asrashga doir ishlarni doimiy va uzluksiz ravishda nazorat qilib boradi, har oy yakuni bo‘yicha hisobot tuzadi.

Shartnomada ko‘rsatilgan muddat davomida

12-bosqich

Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi

Pudrat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilayotgan asrashga doir ishlarni davriy ravishda nazorat qilib boradi.

Reja bo‘yicha

13-bosqich

Agentlik

1. Agentlik buyurtmachi va sohada maxsus vakolatli davlat organi funksiyasidan kelib chiqib, asrashga doir ishlar ustidan nazorat o‘rnatadi.

2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ilmiy-texnik tadqiqot guruhi, loyiha tashkilot va Agentlik xodimlaridan iborat komissiya tuzgan holda asrashga doir ishlar yakunlangan obyektni qabul qilib oladi.

Shartnomada ko‘rsatilgan muddatda

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ullar

1.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda qonun loyihasini belgilangan tartibda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish:

moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish, bunday toifadagi obyektlarga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazganlikni ifodalovchi qilmishlarni og‘ir jinoyatlar toifasiga kiritish;

moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazishga oid jinoyatlar bo‘yicha dastlabki tergovni o‘tkazishni prokuratura organlariga yuklash;

Agentlikning ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma va taqdimnomalarini belgilangan muddatda va to‘liq bajarilmaganligi yuzasidan javobgarlikni belgilash.

2021-yil
1-oktabr

-

Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev),
Madaniy meros agentligi,
Adliya vazirligi (Davletov)

2.

Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi faoliyatini tanqidiy o‘rganish.

O‘rganish natijalarini inobatga olib, Badiiy ekspertlar kengashi faoliyatini takomillashtirish va uni Madaniy meros agentligi huzuriga o‘tkazish.

2021-yil
1-oktabr

-

Madaniy meros agentligi,
Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev),
Madaniyat vazirligi (Nazarbekov),
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (Umerova)

3.

Muzeylar ekspozitsiyasi va fond saqlash sharoitlarini bosqichma-bosqich yaxshilash bo‘yicha aniq manzilli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil
1-noyabr

-

Madaniy meros agentligi,
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
Moliya vazirligi (Ishmetov),
tarkibida muzeylar bo‘lgan
vazirlik va idoralar

4.

Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va ekspertizadan o‘tkazish tartibini belgilash.

2021-yil
1-dekabr

-

Madaniy meros agentligi,
Qurilish vazirligi (Zakirov),
Moliya vazirligi (Ishmetov)

5.

2023-yil 1-yanvardan boshlab moddiy madaniy meros obyektlari va muzeylar sohasidagi elektron shaklda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bunda:

moliyalashtirishning aniq manbalari va miqdorini;

ijro uchun mas’ullarni;

davlat xizmatlarini amalga oshirish bosqichlarini va boshqa tadbirlarni belgilash.

2021-yil
1-dekabr

Madaniy meros sohasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar,
Madaniy meros jamg‘armasi
(keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma)

Madaniy meros agentligi,
Adliya vazirligi (Davletov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

6.

Madaniy meros obyektlarining o‘ziga xos xususiyatini inobatga olib, ularga har qanday salbiy ta’sirlarni oldini olish, uzluksiz ravishda davlat va ilmiy-texnik nazorat olib borishni nazarda tutgan holda sohada davlat-xususiy sheriklikni joriy etish tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil
dekabr

-

Madaniy meros agentligi,
Moliya vazirligi (Ishmetov),
Qurilish vazirligi (Zokirov)

7.

Xorijiy va ilg‘or tajribalarni o‘rgangan holda muzeylar va moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarida pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibin� belgilash.

2021-yil
30-dekabr

-

Madaniy meros agentligi,
Moliya vazirligi (Ishmetov)

8.

Malakali mutaxassislar iborat tarkibda idoralararo komissiya tuzgan holda madaniy meros obyektlarida olib borilgan asrashga doir ishlarning 3 yillik holatini tekshirish hamda kelgusida bu boradagi salbiy holatlar takrorlanishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilash.

2021-yil
dekabr

-

Vazirlar Mahkamasi (Abduxakimov),
Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev),
Davlat xavfsizlik xizmati (Azizov),
Hisob palatasi (Turabov),
Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Moliya vazirligi (Ishmetov),
Qurilish vazirligi (Zokirov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Sharahmetov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimlarining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari mutasaddiligidagi tegishli hududiy boshqarmalarni bitta binoga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish.

2022-yil
1-yanvar

-

Vazirlar Mahkamasi (Abduhakimov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Tegishli oliy ta’lim muassasasida madaniy merosni boshqarish bo‘yicha ta’lim yo‘nalishi va fakultet tashkil etish masalasini o‘rganib, uning natijalari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2022-yil
1-mart

-

Madaniy meros agentligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Tashkulov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Norqulov)

11.

Moddiy madaniy meros obyektlarining tarixiy va badiiy qimmatiga yetkazilgan zarar miqdorini har bir holat bo‘yicha obyektning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda maxsus ekspert komissiyasi tomonidan aniqlashni takomillashtirish.

Bunda ekspertlar (mutaxassislar)ning malakasini oshirish, ularni o‘qitish, moddiy madaniy meros obyektining tarixiy va badiiy qimmatiga yetkazilgan zararni aniqlash bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalarni yaratish, xalqaro va xorijiy ilg‘or tajribalarni atroflicha o‘rganish va amaliyotga joriy etish.

2022-yil
1-mart

-

Madaniy meros agentligi,
Adliya vazirligi (Davletov),
Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
Badiiy akademiya (Nuridinov)

12.

Samarqand arxeologiya institutining moddiy-texnik bazasini tubdan yaxshilash maqsadida:

arxeologiya tadqiqotlari uchun zarur bo‘ladigan maxsus texnika, transport, asbob-uskuna va jihozlar ro‘yxatini Turizm va sport vazirligi tomonidan tasdiqlash;

ushbu ro‘yxat asosida maxsus texnika, transport, asbob-uskuna va jihozlarni xarid qilish uchun mablag‘ ajratish va ularning xarid qilinishini ta’minlash.

2022-yil
1-mart

Jamg‘arma mablag‘lari

Turizm va sport vazirligi (Azamov),
Madaniy meros agentligi

13.

Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilishda Eron va Turkiya davlatlari bilan hamkorlikni, jumladan, ularning tajribali usta-restavratorlarini O‘zbekistonga olib kelib va mahalliy ustalarni xorijiy mamlakatlarga olib borish orqali ularning malakasini oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Bunda Eron va Turkiya davlatlaridan 15 kishidan kam bo‘lmagan malakali mutaxassisni O‘zbekistonga taklif qilish va ular ishtirokida asrashga doir ishlarni tashkil etish.

2022-yil
1-martdan reja asosida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2021-yil
9-fevraldagi
PF-6165-son Farmonining

9-bandiga muvofiq ajratilgan mablag‘lar hisobidan

Madaniy meros agentligi,
Tashqi ishlar vazirligi
(Kamilov),
Moliya vazirligi (Ishmetov)

14.

Xususiy muzeylarni tashkil etish tartibini soddalashtirish, ularga davlat tomonidan subsidiya berish va boshqa moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish.

Bu boradagi ilg‘or xorijiy tajribalarni atroflicha o‘rganib, Vazirlar Mahkama�iga tegishli qaror loyihasini kiritish.

2022-yil
1-aprel

-

Madaniy meros agentligi,
Moliya vazirligi (Ishmetov),
Adliya vazirligi (Davletov),
Savdo-sanoat palatasi (Ikramov), Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (Umerova)

15.

Arxeologiya sohasiga oid qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil
1-may

-

Madaniy meros agentligi,
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
Adliya vazirligi (Davletov)

16.

Zamonaviy san’at muzeylari (Museum of modern art) bo‘yicha xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish, zamonaviy san’atni rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilash.

2022-yil
1-may

-

Madaniy meros agentligi,
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (Umerova),
Badiiy akademiya (Nuridinov),
Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev)

17.

Madaniy meros agentligi va uning hududiy boshqarmalarini quyidagilar bilan ta’minlash:

transport vositasi — 18 ta, shu jumladan, 4 ta markaziy apparatga va 14 tasi hududiy boshqarmalarga;

maxsus planshetlar — 30 ta;

zamonaviy kompyuter jamlanmasi — 70 ta.

2022-yil
1-iyun

Davlat budjeti,
Jamg‘arma va mahalliy budjet mablag‘lari

Madaniy meros agentligi,
Moliya vazirligi
(Ishmetov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

18.

Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarini ularning tarixiy-madaniy qimmati, jahon va mamlakat miqyosidagi ahamiyati, noyobligi kabi mezonlar asosida toifalash, shundan kelib chiqqan holda ularni muhofaza qilish tartibini belgilash.

2022-yil
1-iyun

-

Madaniy meros agentligi,
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
Qurilish vazirligi (Zakirov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

19.

Muzeylar faoliyatini keng targ‘ib qilish maqsadida tajribali ekspert, mutaxassis va dizaynerlarni jalb etib:

har bir muzeyning “Museum brendbook”ini yaratish;

Wikipedia — ommaviy ochiq ensiklopediyada har bir muzey bo‘yicha 6 ta jahon tilida material joylashtirish;

har bir muzeyning rasmiy veb-saytini zamon talabidan kelib chiqib, to‘liq yangilash, ularning mobil ilovasini yaratish;

Youtube, Facebook, Twitter va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda verifikatsiya qilingan holda muzeylarning akkauntlarini tashkil etish, yuritib borish.

2022-yil
1-iyul

Jamg‘arma va muzeylarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Madaniy meros agentligi,
tarkibida muzeylari bo‘lgan
vazirlik va idoralar

20.

Madaniy meros obyektlari, shu jumladan, muzey ashyolari va kolleksiyalari, madaniy boyliklar haqidagi barcha axborotlarni to‘plash va ularni qayta ishlash maqsadida maxsus server moslamalarini xarid qilish hamda uning samarali ishlashini ta’minlash.

2022-yil
1-iyul

Jamg‘arma, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021-yil
9-fevraldagi
PF-6165-son Farmonining
9-bandiga muvofiq ajratilgan mablag‘lar,
Davlat budjeti mablag‘lari

Madaniy meros agentligi,
Moliya vazirligi (Ishmetov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov)

21.

Birinchi va ikkinchi renessans, jumladan buyuk daholar va davlatchilik tarixi bo‘yicha muzeylar turkumini yaratish bo‘yicha tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda jumladan:

buyuk allomalar — Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu ali ibn Sino, Ahmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Koshg‘ariy, Mahmud Zamaxshariy, Buxoriy, Termiziy, Moturudiy, Nasafiy, Rumiy, Mirzo Ulug‘bek, G‘iyosiddin Koshiy, Ali Qushchi, Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo, Sharafiddin Ali Yazdiy, Kamoliddin Behzod singari mutafakkirlar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan;

davlatchilik tarixi — Katta Xorazm va Baqtriya, Xorazm, Qang‘, Qadimgi Farg‘ona va Kushon, Xorazmshohlar, Temuriylar kabi sivilizatsiyaga kuchli ta’sir ko‘rsatgan davlatlar to‘g‘risida ekzpozitsiyalarni nazarda tutish.

2022-yil
1-avgust

-

Madaniy meros agentligi,
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

22.

Madaniy boyliklar, ayniqsa, rang-tasvir asarlarini yuqori aniqlikda fotofiksatsiya, material tarkibi, yaratilgan vaqti bo‘yicha spektr va boshqa usullarda tahlil qilish tizimini yo‘lga qo‘yish.

Ushbu maqsadlar uchun zamonaviy rentgen-spektr tahlili uskuna va jihozlarini xarid qilish, ulardan samarali foydalanish bo‘yicha mutaxassislarni o‘qitish.

2022-yil
1-avgust

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021-yil
9-fevraldagi
PF-6165-son Farmonining
9-bandiga muvofiq ajratilgan mablag‘lar, Jamg‘arma mablag‘lari

Madaniy mer�s agentligi,
Moliya vazirligi (Ishmetov),
Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (Umerova)

23.

Madaniy meros agentligi tizimida arxeologiya tadqiqotini samarali tashkil etish maqsadida tegishli hududlarda arxeologiya-ekspeditsiya baza va otryadlarini tashkil qilish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

2022-yil
1-noyabr

Davlat budjeti mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2021-yil
9-fevraldagi
PF-6165-son Farmonining
9-bandiga muvofiq ajratilgan mablag‘lar

Madaniy meros agentligi,
Moliya vazirligi (Ishmetov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

24.

Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi va uning mintaqaviy restavratsiya markazlari faoliyatini bosqichma-bosqich tashkil etish.

Direksiyaning moddiy-texnik bazasini yaratish uchun zarur bo‘ladigan texnika, asbob-uskuna va jihozlar ro‘yxatini Turizm va sport vazirligi tomonidan tasdiqlash, ushbu ro‘yxat asosida ularni xarid qilish.

2022-yil
1-dekabr

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

2021-yil
9-fevraldagi
PF-6165-son Farmonining

9-bandiga muvofiq ajratilgan mablag‘lar hisobidan

Turizm va sport vazirligi (Azamov), Moliya vazirligi (Ishmetov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

25.

“Virtual Museum” (Virtual muzey) loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Virtual muzey bo‘yicha Xalqaro muzeylar kengashi (ICOM), ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va O‘zbekistonda qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

2022-yil
1-dekabr

Jamg‘arma va muzeylarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Madaniy meros agentligi,
Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Badiiy akademiya (Nuridinov) ,
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov),
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov),
tarkibida muzeylar bo‘lgan vazirlik va idoralar,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

26.

Muzeylar va turistik yo‘nalishlardagi madaniy meros obyektlarida “Museum shop” (muzey do‘kon) tizimini yo‘lga qo‘yish.

“Museum shop”larni tashkil qilish bo‘yicha:

Turkiya, Xitoy, Fransiya, AQSh kabi davlatlarning tajribasini o‘rganish va ularning ilg‘or tajribalarini O‘zbekistonda tatbiq etish bo‘yicha takliflarni,

o‘ziga xos brend va savdo belgilarini,

noyob muzey ashyolari nusxalarini ishlab chiqish;

savdo maydonlari tashkil etish uchun joy ajratish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2022-yil
1-dekabr

Jamg‘arma va muzeylarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Madaniy meros agentligi,
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (Umerova),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

27.

Masofadan turib nazorat qilish va o‘rganish maqsadida uchuvchisiz uchish apparatlarini xarid qilish.

Uchuvchisiz uchish apparatlaridan belgilangan tartibda foydalangan holda respublika bo‘yicha video-kuzatuv shaklida quyidagilarni har oyda:

moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektini;

2022-yil
dekabr

Jamg‘arma va Davlat budjeti mablag‘lari

Madaniy meros agentligi,
Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi,
Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov),
Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), Qurilish vazirligi (Zakirov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

“Buxoro”, “Samarqand”, “Ichan qal’a”, “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonalari hududlari va qo‘riqlanadigan tegralarini monitoring qilish.

Monitoring natijalarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqib, aniqlangan qonunbuzilish holatlariga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikni ta’minlash.

Monitoring davomida to‘plangan video, foto materiallarni yagona axborot bazaga jamlash.

doimiy

28.

Alohida ahamiyatga ega bo‘lgan madaniy meros obyektlarining Bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziri tomonidan tasdiqlangan ro‘yxati bo‘yicha:

maxsus to‘siq, xususan, 3D metall panjara bilan to‘sish, bunda obyektning umumiy ko‘rinishni buzmaslik;

videokuzatuv moslamalarini o‘rnatish va ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarning nazorat maskanlari bilan integratsiya qilish;

Davlat budjeti hisobidan maxsus kiyimga (nimcha) ega bo‘lgan nazoratchi lavozimini joriy etish.

2022-yil dekabr

Mahalliy budjet mablag‘lari

Madaniy meros agentligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov),
Ichki ishlar vazirligi (Bobojonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

29.

Birinchi navbatda, turistik yo‘nalishlardagi madaniy meros obyektlarini badiiy yoritishni tashkil etish. Bunda:

quyosh energiyasidan foydalanish tizimini joriy qilish;

badiiy yoritish tashkil etiladigan obyektlar ro‘yxatini Bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziri tomonidan tasdiqlash.

2022-yil
1-dekabr

Jamg‘arma,
muzey-qo‘riqxonalar, Davlat budjeti mablag‘lari

Madaniy meros agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

30.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5054-son qaroriga asosan tegishli madaniy meros obyektlarida asrashga doir ishlar ustuvor ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi va uning mintaqaviy restavratsiya markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunda:

Madaniy meros obyektlari restavratsiyasi direksiyasi tomonidan asrashga doir ishlar amalga oshiriladigan obyektlar ro‘yxati Ilmiy-ekspert kengash tavsiyasiga muvofiq, Bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziri tomonidan tasdiqlanishini;

ushbu alohida ro‘yxatga kiritilmagan obyektlarda asrashga doir ishlar tegishli lizensiyaga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan umumiy tartibda amalga oshirilishini nazarda tutish.

Har yili tasdiqlangan ro‘yxat asosida

Madaniy meros sohasiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar

Turizm va sport vazirligi (Azamov), Moliya vazirligi (Ishmetov),
Madaniy meros agentligi

31.

Eng muhim yodgorliklarning innovatsion texnologiyalar asosida 3D modelini yaratish.

Bunda ushbu yodgorliklar ro‘yxatini Bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziri tomonidan tasdiqlash.

2022-yil
1-dekabr

Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar

Madaniy meros agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

32.

Birinchi bosqichda kamida 100 ta alohida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarda quyidagilarni tashkil qilish:

tashrif markazi (Visitor center);

tomosha minorasi (Watchtower).

Ularni tashqi ko‘rinishi bo‘yicha yodgorlikka uyg‘un holda yengil konstruksiya asosida qurish hamda ularda turistlar uchun savdo-xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish.

2022-yil
1-dekabr

Qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar,
mahalliy budjet mablag‘lari

Madaniy meros agentligi,
Qurilish vazirligi (Zakirov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

33.

Moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarining mustahkamligi va alohida muhim badiiy bezaklarning saqlanishi kabi texnik holatlarini to‘liq ilmiy-texnik tadqiq etish. Bunda:

ushbu obyektlar ro‘yxatini Bosh vazir o‘rinbosari — turizm va sport vaziri tomonidan tasdiqlash;

ilmiy-texnik tadqiq etish natijalari bo‘yicha har biri uchun aniq takliflar ishlab chiqish.

2022-yil
1-dekabr

Jamg‘arma va Davlat budjeti mablag‘lari

Madaniy meros agentligi,
Badiiy akademiya (Nuridinov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev), Qurilish vazirligi (Zakirov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

34.

Madaniy meros sohasi bo‘yicha 1 000 nafar mutaxassisni, xususan arxitektura yodgorliklari, arxeologiya, muzeyshunoslik, badiiy ekspertiza kabi yo‘nalishlardagi ixtisoslashgan mutaxassis-ekspertlar ro‘yxatini shakllantirish, malakasini oshirish hamda ularni sohaga keng jalb etish.

Ro‘yxat —
2021-yil
1-noyabr,
malaka oshirish — 2022-yil
1-dekabr

Jamg‘arma mablag‘lari

Madaniy meros agentligi,
Badiiy akademiya (Nuridinov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Tashkulov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

35.

Tarixiy xaritalarni o‘rganish, to‘plash, tiklash va ularning ahamiyatini ommalashtirish.

Tarixiy xaritalardagi yo‘n�lishlar bo‘yicha reja asosida ekspeditsiyalar o‘tkazish va turistik yo‘nalishlar tashkil qilish.

2022-yil
1-dekabr

Jamg‘arma mablag‘lari

Turizm va sport vazirligi (Azamov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
Kadastr agentligi (Umarov),
Qurilish vazirligi (Zakirov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

36.

Xususiy mulk hisoblangan madaniy boyliklarni sotib olish maqsadida Davlat budjetidan doimiy ravishda mablag‘ ajratishni yo‘lga qo‘yish.

Har yili

Jamg‘arma va Davlat budjeti mablag‘lari

Madaniy meros agentligi,
Moliya vazirligi (Ishmetov),
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi (Umerova)

37.

Arxeologiya tadqiqotlari uchun maxsus asbob-uskunalar xarid qilish:

Georadar — 5 ta

Teodolit — 15 ta

GPS — 15 ta

2021-2022-yillar

Jamg‘arma va Davlat budjeti mablag‘lari

Madaniy meros agentligi,
Moliya vazirligi (Ishmetov)

38.

Arxeologiya tadqiqotlari olib boruvchi davlat tashkilotlarida arxeologiya laboratoriyalarini tashkil etish.

2021-2022-yillar

Jamg‘arma va Davlat budjeti mablag‘lari

Madaniy meros agentligi,
vazirlik va idoralar

39.

Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi xiyobonini zamonaviy qiyofada qayta tashkil etish.

2022-yil

Mahalliy budjet mablag‘lari, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar

Toshkent shahar hokimligi (Artikxodjayev),
Badiiy akademiya (Nuridinov)

Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Muzey nomi

Muzey ashyolari soni

2021-yil

2022-yil

2023-yil

III chorak

IV chorak

I chorak

II chorak

III chorak

IV chorak

I chorak

II chorak

III chorak

IV chorak

Respublika bo‘yicha jami

2 402 321

116 904

136 922

173 472

194 828

227 346

238 497

270 675

308 430

339 454

395 793

shundan:

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi

81 064

5 000

6 000

6 000

7 000

7 000

10 000

10 000

10 000

10 000

10 064

2.

I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi

99 810

7 000

7 000

8 000

9 000

10 000

10 000

12 000

12 000

12 000

12 810

3.

Andijon viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

152 455

12 000

12 000

15 000

15 000

15 000

16 000

16 000

17 000

17 000

17 455

4.

“Buxoro” davlat muzey-qo‘riqxonasi

134 335

10 000

10 000

11 000

12 000

13 000

14 000

15 000

16 000

16 000

17 335

5.

Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

26 505

1 000

1 500

2 000

2 500

3 000

3 000

3 000

3 000

3 550

3 955

6.

Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

39 111

3 911

3 911

3 911

3 911

3 911

3 911

3 911

3 911

3 911

3 912

7.

“Shahrisabz” davlat muzey-qo‘riqxonasi

35 659

3 500

3 500

3 500

3 500

3 500

3 500

3 500

3 500

3 500

4 159

8.

Navoiy viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

25 897

2 500

2 500

2 500

2 500

2 500

2 500

2 500

2 500

2 500

3 397

9.

Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

98 343

7 343

8 000

9 000

10 000

10 000

10 000

11 000

11 000

11 000

11 000

10.

“Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi

238 739

8 000

10 000

12 000

14 739

18 000

26 000

32 000

38 000

40 000

40 000

11.

“Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi

61 917

3 500

3 500

4 000

4 000

5 917

7 000

8 000

8 000

8 000

10 000

12.

Termiz arxeologiya muzeyi

107 800

5 000

6 800

8 000

9 000

9 500

9 500

13 000

15 000

16 000

16 000

13.

Sirdaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

2 418

100

150

150

200

200

250

250

300

400

418

14.

Toshkent viloyati Angren shahar tarixi muzeyi

32 422

1 500

1 500

2 000

2 000

2 500

3 500

4 000

4 000

5 422

6 000

15.

Toshkent viloyati Chirchiq shahar tarixi muzeyi

34 845

1 500

2 000

3 000

3 000

3 500

3 500

3 500

4 845

5 000

5 000

16.

Yangiyo‘l shahar Usmon Yusupov memorial uy-muzeyi

4 570

150

200

300

400

500

500

600

600

650

670

17.

Olmaliq shahar o‘lkashunoslik muzeyi

13 682

500

682

700

800

1 000

1 000

1 000

2 000

3 000

3 000

18.

Oqqo‘rg‘on tumani “Tarix-o‘lkashunoslik” muzey memoriali

4 018

500

500

500

500

1 000

1 018

19.

Farg‘ona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi

84 965

3 000

3 000

4 000

5 000

6 000

8 000

9 965

12 000

16 000

18 000

20.

“Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonasi

47 815

2 000

2 000

3 000

3 000

4 000

4 000

5 000

6 815

8 000

10 000

21.

“Ichan-qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi

55 601

2 000

2 000

3 000

4 000

5 000

6 000

7 000

7 000

9 601

10 000

22.

O‘zbekiston zamonaviy san’ati muzeyi

777

777

23.

O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi

364 809

8 000

10 000

20 000

30 000

40 000

40 000

50 000

55 000

50 809

61 000

24.

Abdulla Qahhor uy-muzeyi

5 035

1 000

1 000

1 000

1 000

1 035

25.

G‘afur G‘ulom uy-muzeyi

11 501

100

200

400

600

800

1 000

1 500

1 500

2 001

3 400

26.

Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi

16 859

200

400

600

800

950

1 000

1 050

2 059

3 900

5 900

27.

Oybek uy-muzeyi

10 718

200

300

400

600

600

800

1 000

1 000

2 000

3 818

28.

Sergey Borodin uy-muzeyi

28 710

1 000

1 000

1 500

1 500

2 000

2 000

3 000

4 000

5 710

7 000

29.

Sergey Esenin muzeyi

3 005

500

500

1 000

1 005

30.

Tamaraxonim uy-muzeyi

6 608

1 000

1 000

1 000

1 000

1 000

1 000

608

31.

O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyi

4 046

1 000

1 000

1 000

1 046

32.

Yunus Rajabiy uy-muzeyi

6 524

1 000

1 000

1 000

1 000

1 000

1 524

33.

O‘zbekiston davlat san’at muzeyi

16 233

200

300

500

800

833

1 000

1 600

3 000

4 000

4 000

34.

O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi

7 771

1 000

1 000

1 000

1 000

1 000

1 000

1 771

35.

Olimpiya shon-shuhrat muzeyi

3 527

1 000

1 000

1 000

527

36.

Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi

1 002

500

502

37.

Davlat geologiya muzeyi

50 000

2 000

2 000

2 000

3 000

3 000

4 000

6 000

8 000

10 000

10 000

38.

Qurolli kuchlar tarixi davlat muzeyi

36 000

1 000

1 000

1 000

1 000

2 000

3 000

4 000

6 000

8 500

8 500

39.

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi

344 000

10 000

20 000

30 000

30 000

40 000

30 000

30 000

40 000

45 000

69 000

40.

Toshkent tarixi muzeyi

1 000

500

500

41.

Temuriylar tarixi davlat muzeyi

5 194

500

500

1 000

1 000

1 000

1 194

42.

Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi

66 000

5 000

5 000

5 000

5 500

5 500

6 000

7 000

8 000

9 000

10 000

43.

“Shon-sharaf” muzeyi

12 500

200

200

500

600

800

800

900

1 000

2 500

5 000

44.

Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi

16 120

500

500

600

800

800

1 000

1 020

1 400

4 500

5 000

46.

Sog‘liqni saqlash muzeyi

2 411

500

500

1 411