16.06.2021 yildagi PF-6247-son
Hujjat 17.06.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
“Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi Qonun amalga oshirilishi ustidan nazoratni, shuningdek, Jahon odil sudlov loyihasining “Hukumatning ochiqligi” indikatori bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilashga oid kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
mazkur Farmonning 11-bandida ko‘rsatilgan metodika asosida har yil yakuni bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining Ochiqlik indeksi aniqlanadi;

T/r

Axborotning turi, toifalar nomlanishi (parametrlar)

Ma’lumot joylashtirilgan resurs

Taqdim etish va yangilash muddati

Joylashtirish uchun mas’ul davlat organlari va tashkilotlari

1.

Davlat organlari va tashkilotlarining o‘z faoliyatiga oid hisoboti (davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar bundan mustasno).

Rasmiy veb-saytlar

Har yili 1-martga qadar

Davlat organlari va tashkilotlari

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar, shu jumladan individual imtiyozlar berilgan subyektlar, ularning yakuniy benefitsiar (foyda oluvchi) jismoniy shaxslari, ularning to‘lagan soliqlari va moliyaviy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi axborotlar.

Ochiq ma’lumotlar portali, rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi

3.

Davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan davlat xaridlarini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar).

Ochiq ma’lumotlar portali, rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Davlat organlari va tashkilotlari

4.

Mansabdor shaxslarning xizmat safarlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari (xizmat safarining yoki tashrifning maqsadi, sutkalik pul, transport va yashash bilan bog‘liq xarajatlar (davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar bundan mustasno).

Ochiq ma’lumotlar portali, rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Davlat organlari va tashkilotlari

5.

Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobiga xarid qilinishi rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar (xarid e’lon qilinishidan kamida 6 oy oldin).

Rasmiy veb-saytlar

doimiy ravishda

Davlat organlari va tashkilotlari

6.

Davlat xaridlari va investitsiya loyihalari doirasida hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish bo‘yicha tashkil etiladigan xarid komissiyalar�ning tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan:

xarid komissiyasi tarkibini tasdiqlash haqidagi qaror;

xarid komissiyasi a’zolarining ma’lumotlari (familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi va egallab turgan lavozimi).

Rasmiy veb-saytlar

doimiy ravishda

Davlat organlari va tashkilotlari

7.

Davlat siri bo‘lgan ma’lumotlarning yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirning muhofaza qilinishini ta’minlagan holda tegishlicha o‘tkazilgan har bir taftish va tekshiruv (nazorat obyekti nomi, nazorat tadbirining maqsadi va muddatlari, uni o‘tkazgan davlat xizmatchisining lavozimi, familiyasi, ismi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar (tegishli nazorat qiluvchi organning rahbarini xabardor etgandan so‘ng).

Ochiq ma’lumotlar portali

har chorakda

Hisob palatasi, Moliya vazirligi, nazorat qiluvchi organlar

8.

Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar hamda davlat unitar korxonalari (keyingi o‘rinlarda — davlat ishtirokidagi korxonalar) ro‘yxati (davlat nomidan aksiyador (ishtirokchi, mulkdor) funksiyalarini amalga oshirayotgan tashkilot, korxona hududi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, davlat ulushi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda), shuningdek, ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan orti�i davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar ro‘yxati.

Ochiq ma’lumotlar portali

har chorakda

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

9.

O‘zlari aksiyador (ishtirokchi, mulkdor) funksiyalarini bajaruvchi davlat ishtirokidagi korxonalarning ijroiya organi (direktor, boshqaruv raisi, boshqaruv a’zolari) va kuzatuv kengashi a’zolarining ismi va familiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Ochiq ma’lumotlar portali

har chorakda

Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Davlat ishtirokidagi korxonalar, shuningdek, ushbu korxonalarga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar tasarrufidagi yengil avtomobillar, xizmat uylari va boshqa ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Ochiq ma’lumotlar portali, rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi, Davlat soliq qo‘mitasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan yil (chorak) yakuni bo‘yicha to‘langan dividendlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Ochiq ma’lumotlar portali

har chorakda

Davlat soliq qo‘mitasi

12.

Davlat ishtirokidagi korxonalarga sarflangan Davlat budjeti mablag‘lari, tegishlicha xorijdan jalb etilgan mablag‘lar, shu jumladan davlat tashqi qarzi summalari hamda ularning sarflanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Ochiq ma’lumotlar portali

har chorakda

Moliya vazirligi

13.

Davlat muassasalari ro‘yxati (tashkil topgan sanasi, yuqori turuvchi organ) hamda xususiylashtirilgan davlat mulki obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (davlat sirini tashkil etuvchi maxfiy vazifa yuklatilgan davlat korxonalari va muassasalari bundan mustasno).

Ochiq ma’lumotlar portali

har chorakda

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

14.

Tasdiqlangan yillik xarajatlar smetasi bilan bir qatorda, uning ijrosi, shu jumladan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlari, avtomototransport vositalarini sotib olish va saqlash xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Davlat organlari va tashkilotlari

15.

Davlat organlari va tashkilotlari tasarrufidagi xizmat avtomototransport vositalari, xizmat uylari va boshqa ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (tezkor-qidiruv, harbiy va boshqa maxsus xizmatlarda foydalaniladigan ashyolar bundan mustasno).

Ochiq ma’lumotlar portali, rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Davlat organlari va tashkilotlari

16.

Litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishga vakolatli hamda xabarnomalarni qabul qiladigan organlarning hududlar kesimida mas’ul xodimlari, shu jumladan ushbu toifadagi hujjatlarni berishni tashkillashtiradigan tegishli komissiya a’zolari (familiyasi, ismi va otasining ismi, egallab turgan lavozimi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Rasmiy veb-saytlar, shu jumladan “licence.gov.uz” sayti

har chorakda

Davlat organlari va tashkilotlari

17.

Quyidagi litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar egalarining ismi va familiyalari:

xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish;

iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish;

bank faoliyatini amalga oshirish;

mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish;

farmatsevtika faoliyati;

ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyati;

neft, gazni (shu jumladan siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini) va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyati;

magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish hamda ularni ta’mirlash faoliyati;

import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish;

davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan zaxira yerlarida pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish.

Rasmiy veb-saytlar, shu jumladan “licence.gov.uz” sayti

har chorakda

Davlat organlari va tashkilotlari

18.

Tegishlicha yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar egalari, taqdim etilgan uchastka (maydonlar, foydali qazilmalar) to‘g‘risidagi va boshqa ma’lumotlar.

Ochiq ma’lumotlar portali, rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

19.

Daryolar o‘zanlarida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlariga Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo” davlat unitar korxonasi (xo‘jalik jamiyati) tomonidan belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb etilgan tadbirkorlik subyektlari va boshqa tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Ochiq ma’lumotlar portali, rasmiy veb-sayt

har chorakda

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

20.

O‘zbekiston Respublikasi o‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun berilgan barcha ruxsatnomalar egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Ochiq ma’lumotlar portali, rasmiy veb-sayt

har chorakda

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

21.

O‘zbekiston Respublikasi davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlari hududida tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun berilgan ruxsatnoma egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Ochiq ma’lumotlar portali, rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Turizm va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

22.

Davlat oliy ta’lim muassasalarining daromadlari, xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Ochiq ma’lumotlar portali, rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tarkibida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan davlat organlari

23.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalariga mulk yoki ijara huquqini elektron auksion (“E-IJRO AUKSION”) orqali sotib olgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar.

Ochiq ma’lumotlar portali, rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

24.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga ijara huquqini berish bo‘yicha ochiq tanlov g‘oliblari bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar.

Ochiq ma’lumotlar portali, rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

25.

Mahalliy budjetlarning har chorak yakunida shakllantiriladigan daromadlar va xarajatlar smetasi, rejadan orttirib bajarilgan qismi va mazkur mablag‘lar yo‘naltirilgan maqsadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Rasmiy veb-saytlar

har chorak yakunida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman va shahar hokimliklari

26.

Quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar:

maxsus avtomatlashtirilgan foto va vide� qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilgan aniq manzillar;

individual tartibda har bir dasturiy-texnik vositasi qayd etadigan yo‘l harakati qoidalari buzilishi turi.

Rasmiy veb-saytlar

har oyda

Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

27.

Ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam olayotgan shaxslar (14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam hamda un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun har �ylik pulli kompensatsiyani olayotganlar) haqida hamda ishsizlik nafaqasini olayotgan shaxslar (familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan sanasi) to‘g‘risidagi viloyat, tuman, shaharlar kesimidagi ma’lumotlar.

Ochiq ma’lumotlar portali, rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

28.

Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarning ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratish haqida bergan arizalari ro‘yxati (navbati) to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Rasmiy veb-saytlar

doimiy ravishda onlayn rejimda

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, tuman va shahar hokimliklari

29.

Davlat organlari va tashkilotlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan:

jamoatchilik kengashining tasdiqlangan a’zolari haqidagi ma’lumotlar bilan bir qatorda ularning aloqa ma’lumotlari (telefon, pochta va elektron manzillari);

jamoatchilik kengashining yig‘ilishlari va kun tartibidagi masalalar.

Rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Davlat organlari va tashkilotlari

30.

Davlat organlari va tashkilotlarining tasdiqlangan yarim yillik va (yoki) yillik ish rejalari (davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar bundan mustasno).

Rasmiy veb-saytlar

har yarim yillikda

(har yili)

Davlat organlari va tashkilotlari

31.

Davlat organlariga doimiy foydalanish uchun berilgan yer maydonlari va boshqa mol-mulklarni davlat-xususiy sheriklik asosida olgan yuridik va jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Davlat organlari va tashkilotlari

32.

Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarning tashqi yoki ishonchli boshqaruvga berilgan davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari, ishonchli boshqaruvchi tomonidan jalb qilingan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Davlat organlari va tashkilotlari

33.

Ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari to‘g‘risidagi axborot bazasida quyidagilar haqidagi ma’lumotlarni aks ettirish:

ovchilik xo‘jaliklari;

ov qilish taqiqlangan joylar;

yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ajratilgan kvota;

ovchilik xo‘jaligiga va insonning xo‘jalik faoliyatiga zarar yetkazuvchi deb e’tirof etilgan yovvoyi hayvonlar;

muayyan ov qilish joylarida ov qilish uchun taqiq belgilanganligi;

yovvoyi hayvonlarning ayrim turlariga nisbatan ov qilish uchun taqiq belgilanganligi;

muayyan jinsdagi va yoshdagi yovvoyi hayvonlarga nisbatan ov qilish uchun taqiq belgilanganligi;

ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi tuzilgan barcha shartnomalar, ovchilik xo‘jaligini yuritish huquqi tugatilgan holatlar hamda undirilgan haq miqdorlari;

yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnoma berilgan barcha shaxslar va ruxsatnomadagi ma’lumotlar hamda undirilgan haq miqdorlari;

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan ajratib olishga doir berilgan barcha ruxsatnomalar va ulardagi ma’lumotlar hamda undirilgan haq miqdorlari;

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining o‘rmon-ovchilik xo‘jaliklari tomonidan berilgan ovchilik yo‘llanmalari (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasi) hamda undirilgan haq miqdorlari.

Ochiq ma’lumotlar portali, rasmiy veb-saytlar

2021-yil 1-avgustdan boshlab doimiy ravishda

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Xalqaro standartlarni inobatga olgan holda, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonun loyihasini ishlab chiqish:

Qonun konsepsiyasi

2022-yil 1-yanvar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, “Yuksalish” umummilliy harakati, manfaatdor vazirlik va idoralar

“shaffoflik, ochiqlik va hisobdorlik” tamoyili ostida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining shaffofligi va ochiqligini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;

jismoniy va yuridik shaxslarning hamda fuqarolik jamiyati institutlarining davlat boshqaruvida ishtirok etish huquqini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ta’minlash;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ma’lumotlari ochiqligi prezumpsiyasini joriy etish, unga muvofiq, qonunchilik hujjatlari bilan cheklanmagan har qanday ma’lumotni ochiq ma’lumot hisoblash;

fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari va jamoat tashkilotlari istalgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan o‘z huquq va manfaatlariga oid ma’lumot yoki hujjatlarni (davlat sirlaridan tashqari) so‘rab olishlari mumkinligi, ushbu organlar esa bunday murojaatni ko‘rib chiqishga majburligini nazarda tutish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rahbarlari yoki axborot xizmatlari rahbarlari (matbuot kotiblari) tegishlicha jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari haqida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, rasmiy veb-saytlar, shuningdek, boshqa axborot r�surslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, media sayohatlar tashkil etish yo‘li bilan aholiga muntazam, to‘liq va tezkor ravishda shaxsan axborot taqdim etib borishini nazarda tutish;

mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘zlarining faoliyatiga oid ma’lumotlarni aholiga yetkazish, shuningdek, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish jarayoniga fuqarolarni jalb etish uchun choralar ko‘rish va ko‘maklashish.

Qonun loyihasi

2022-yil 1-aprel

2.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2021-yil avgust

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Xalqaro standartlarni inobatga olgan holda, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tahrirdagi “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonun loyihasini ishlab chiqish:

cheklab qo‘yilgan axborotlar ro‘yxati, undan foydalanish hamda ma’lumotlarni bunday axborotlar jumlasiga kiritish hamda chiqarish asoslari, muddatlari va tartibini belgilash;

cheklab qo‘yilgan axborotlar ro‘yxatiga kirmaydigan ma’lumotlarni maxfiylashtirishni taqiqlash;

cheklab qo‘yilishi fuqarolarning shaxsiy xavfsizligiga tahdid soladigan axborotlarning davlat sirlariga kiritilishini man etish;

fuqarolar, davlat organlari va tashkilotlarning davlat xizmatchilari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar bilan ishda foydalanishga ijozatni rasmiylashtirish shartlari va tartiblarini belgilash;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi va zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda davlat sirlarini saqlashning zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish va takomillashtirish.

Qonun loyihasi

2021-yil avgust

Davlat xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Adliya vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 355-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qo‘yiladigan asosiy talablarga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish:

a) yil davomida o‘tkaziladigan hisobot (hay’at) yig‘ilishlarining videoyozuvlari va ular yakuni bo‘yicha qabul qilingan qarorlar;

b) ochiq ma’lumotlar shaklida budjet hamda budjetdan tashqari jamg‘armalarning tushumlari va xarajatlari, shuningdek, amalga oshirilgan davlat xaridlari bo‘yicha ma’lumotlar;

v) rasmiy veb-saytda joylashtirilishi majburiy bo‘lgan axborotlarni yangilab borish davriyligi muddatini axborotlarning dinamik (o‘zgaruvchan) va statistik turlariga qarab tasniflagan holda amalga oshirish;

g) veb-saytda korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyati bo‘yicha alohida sahifa tashkil qilgan holda, unga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlarni kiritib borish:

korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, shu jumladan ushbu yo‘nalishda sohaga doir qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, odob-axloq qoidalari hamda normativ-huquqiy hujjatlarning ijro holati;

sohada korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida ishlab chiqilgan dastur, chora-tadbirlar rejasi va boshqa hujjatlar;

ichki idoraviy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertiza natijalari;

korrupsiyaviy huquqbuzarlik va jinoyatlar haqidagi statistik ma’lumotlar (sud qarori asosida), shu jumladan ko‘rilgan choralar yuzasidan ma’lumot va hisobotlar;

jismoniy va yuridik shaxs vakillari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida ma’lumot berish imkoniyatini beruvchi aloqa kanallari to‘g‘risida ma’lumot;

o‘tkazilgan tahlillar va jamoatchilik so‘rovlari, shu jumladan onlayn so‘rovnoma va uning natijalari;

korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida tayyorlangan targ‘ibot materiallari (slayd, rolik, ma’ruza matnlari, maqola, buklet, risola va boshqalar);

keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilgan seminar, trening, davra suhbati, muhokama, press-konferensiya va boshqa tadbirlar;

joriy etilgan ichki nazorat (komplaens nazorat) tizimi bo‘linmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va tatbiq etilgan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2021-yil sentyabr

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Quyidagi normativ-huquqiy hujjatlarni dolzarblik va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan qamrab olinganligi nuqtai nazaridan tanqidiy o‘rganish va zaruratga ko‘ra tegishli qaror loyihasini belgilangan tartibda kiritish:

Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 26-martdagi 137-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi axborot resurslarini tayyorlash va ularni ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida, shu jumladan Internetda tarqatish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 8-noyabrdagi 394-son “O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratiyalashtirish va qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy siyosiy jamg‘armasi to‘g‘risida”gi qarori.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2021-yil sentyabr

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK

6.

Barcha davlat organlari va tashkilotlariga tatbiq etiladigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida ochiqlik bo‘yicha monitoring o‘tkazish, ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash, ochiqlik indeksini hisoblashga qaratilgan Davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligini monitoring qilish va baholash bo‘yicha metodikani ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-oktabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Adliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Bosh prokuratura, Oliy sud, manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi huzuridagi Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash:

Jamg‘armaning asosiy vazifalari;

Davlat budjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar, Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘laridan ajratiladigan ajratmalarning aniq miqdorlarini belgilash;

jamg‘arma mablag‘larini sarflashning aniq va shaffof tartibi va mexanizmlari;

jamg‘arma daromadlari va xarajatlari bo‘yicha hisobot berish;

mablag‘larni taqsimlashda oshkoralik va xolislikni ta’minlash;

Agentlik direktoriga Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Agentlikning qo‘shimcha xodimlar shtat birliklarini kiritish huquqi.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2021-yil avgust

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

8.

Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bo‘yicha davlat xizmatchilari uchun qo‘llanmani ishlab chiqish hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan yuritilishi tavsiya etiladigan ijtimoiy tarmoqlar ro‘yxatini (“Tvitter” yoki boshqalar) shakllantirish.

Qo‘llanma

2021-yil sentyabr

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati

9.

Jamoatchili� kengashlari faoliyatini yaxshilash va takomillashtirishga qaratilgan Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyati samaradorligini reyting baholash metodikasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Metodika

2021-yil sentyabr

Adliya vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

10.

“Ochiq Hukumat hamkorligi” (Open Government Partnership, OGP) xalqaro tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasining a’zo bo‘lish shartlari va oqibatlari tahlili, shuningdek, mavjud salohiyat, xorijiy davlatlar tajribasini hisobga olgan holda asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Takliflar

2021-yil sentyabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Quyidagilarni amalga oshirish:

ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiq Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari, chet el davlatlari va xalqaro tashkilotlardan olingan tashqi qarzlar to‘g‘risidagi axborotning hajmi va aniq ro‘yxatini belgilash, uni detallashtirilgan holda jamoatchilikka yetkazish choralarini ko‘rish;

budjet shaffofligi bo‘yicha xalqaro reytingda yetakchi o‘rinlarni egallab turgan ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasini doimiy tahlil qilgan holda O‘zbekiston Respublikasining Budjet ochiqligi indeksida egallagan pog‘onasini oshirish yuzasidan takliflar tayyorlab borish;

Open Knowledge Foundation va boshqa shu kabi xalqaro hamda chet el tashkilotlari bilan birgalikda Davlat budjeti mablag‘lari aylanmasi ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga qaratilgan Open Spending (Where Does My Money Go, Citizen Budget va boshqalar) loyihalarini, ularning amaliy ahamiyatini hisobga olib amalga oshirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

fuqarolar va jamoat birlashmalarini budjet shakllanishi va tasarruf etilishi jarayoniga, shu jumladan dastlabki budjet loyihasi va auditorlik hisobot muhokamalariga real jalb etish mexanizmlarini nazarda tutuvchi amaliy chora-tadbirlarni qabul qilish.

Kompleks chora-tadbirlar rejasi

2021-yil avgust

Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorligini kuchaytirish, shu jumladan:

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar vakillari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari vakillarining axborot olish borasidagi huquq va majburiyatlari haqida xabardorligini oshirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda fuqarolar, jamoat birlashmalari va tadbirkorlik subyektlarining ishtirokini, ularning fikr va mulohazalarini hisobga olgan holda, ta’minlash imkoniyatini yaratish, doimiy axborot va muloqot tizimini yo‘lga qo‘yish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan o‘z yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda bajariladigan ishlarning holatini tanqidiy baho berish imkoniyatini yaratish, bunda davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini samarali ravishda yo‘lga qo‘yish, shu jumladan kengashning tarkibini shakllantirishda aksariyat a’zolarini tajribaga ega bo‘lgan mahalliy va chet ellik ekspertlar, olimlar va boshqa aloqador tashkilotlar vakillaridan tashkil topishini ta’minlash.

Kompleks chora-tadbirlar rejasi

2021-yil sentyabr

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, “Yuksalish” umummilliy harakati, “Madad” NNT, manfaatdor vazirlik va idoralar, nodavlat notijorat tashkilotlari

13.

“Hukumatning ochiqligi” omili (Open Government Factor, WJP Rule of Law Index) bo‘yicha mamlakatning o‘rnini yaxshilash maqsadida quyidagi yo‘nalishlarda kompleks tahlil o‘tkazish va natijasi bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish:

qonun hujjatlari hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni e’lon qilish holati;

jismoniy shaxslar va yuridik shaxs vakillarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotlardan foydalanish huquqi bilan ta’minlanganlik holati;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash sohasida fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ochiqlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganlik yuzasidan shikoyat qilish mexanizmlari joriy etilganligi va qo‘llanilishi holati.

Tashkiliy chora-tadbirlar dasturi

2021-yil sentyabr

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, “Yuksalish” umummilliy harakati, manfaatdor vazirlik va idoralar