LexUZ sharhi
Ushbu bandning “b” kichik bandiga muvofiq, har qanday Ahdlashayotgan davlat o‘z fuqaroligini taqdim etilishini nazarda tutib, shuningdek qonunga asosan o‘z fuqaroligini milliy qonun tomonidan belgilangan yosh va shartlar bilan taqdim etilishini ko‘zda tutishi ham mumkin.
2. Har qanday Ahdlashayotgan davlat ushbu moddaning 1-bandi “b” kichik bandiga muvofiq quyidagi shartlardan bir yoki bir nechtasidan kelib chiqib o‘z fuqaroligini taqdim etishi mumkin:
3. Mazkur moddaning 1-bandi “b” kichik bandi va 2-bandi qaroriga qaramasdan, qaysidir bir Ahdlashayotgan davlat hududida nikohdan va ushbu davlat fuqarosi bo‘lgan onadan tug‘ilgan farzand uning fuqaroligini oladi, aksincha bo‘lsa, u apatrid (fuqaroligi yo‘q shaxs) bo‘lardi.
5. Ahdlashayotgan davlat ushbu moddaning 4-bandi qarorlariga muvofiq quyidagi shartlardan bir yoki bir nechtasidan kelib chiqib o‘z fuqaroligini berishi mumkin:
2. Har qanday Ahdlashayotgan Davlat ushbu moddaning 1-bandi qarorlariga muvofiq quyidagi shartlardan bir yoki bir nechtasi bo‘yicha o‘z fuqaroligini taqdim etishi mumkin:
b) Ushbu bandning “a” kichik bandi qarori Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 1948-yil 10-dekabrda tasdiqlangan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 13 va 14-moddalarida bayon etilgan tamoyillariga zid bo‘lgan holatlarda qo‘llanilmaydi.
3. Ushbu moddaning 4 va 5-bandlari qarorlarida ko‘zda tutilgan istisnolar bilan Ahdlashayotgan davlatning fuqarosi ketish, chet elda yashash, ro‘yxatdan o‘tmaslik yoki qandaydir shu kabi sabablarga ko‘ra apatrid (fuqaroligi yo‘q shaxs) bo‘lishi oqibatida o‘z fuqaroligini yo‘qotmaydi.
2. Ushbu moddaning 1-bandi qaroriga qaramasdan, har qanday shaxs har qanday Ahdlashayotgan davlatning fuqaroligidan mahrum etilishi mumkin:
a) 7-moddaning 4 va 5-bandlariga muvofiq bo‘lgan holatlarda fuqarolikni yo‘qotishga yo‘l qo‘yiladi;
3. Ushbu moddaning 1-bandi qaroriga qaramasdan, har qanday Ahdlashayotgan Davlat har qanday shaxsni fuqaroligidan mahrum qilish huquqini saqlab qoladi, agar imzolash, ratifikatsiya qilish yoki qo‘shilish vaqtida o‘sha paytda uning milliy qonunida ko‘zda tutilgan bir yoki bir nechta quyidagi asoslar bo‘yicha fuqarolikdan mahrum qilish huquqini o‘zida saqlab qolishini ko‘rsatgan bo‘lsa;
4. Hech bir Ahdlashayotgan Davlatlar ushbu moddaning 2- yoki 3-bandlariga muvofiq yo‘l qo‘yiladigan fuqarolikdan mahrum qilish huquqini tegishli shaxs uchun sud yoki mustaqil muassasa tomonidan adolatli surishtiruv huquqini ko‘zda tutadigan qonunga muvofiqlikdan boshqacha tarzda amalga oshirmasligi kerak.
1. Ushbu Konvensiyaning 1-moddasi 1-bandi yoki 4-moddasida qonunga muvofiq ko‘zda tutilgan, tug‘ilish vaqtida fuqaroligi taqdim etilmaydigan Ahdlashayotgan davlatlarga nisbatan 1-modda 1-bandi yoki 4-moddaning qarorlari tegishli ravishda mazkur Konvensiya kuchga kirgunga qadar tug‘ilgan, shuningdek keyin tug‘ilgan shaxslarga qo‘llaniladi.
2. Ushbu Konvensiyaning 1-moddasi 4-bandi qarorlari u kuchga kirguniga qadar tug‘ilgan, shuningdek keyin tug‘ilgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.
3. Konvensiyaning 2-moddasi qarorlari har qanday Ahdlashayotgan Davlat hududida topilgan faqat yetimlarga ushbu Konvensiya mazkur davlatga nisbatan kuchga kirgandan so‘nggina qo‘llaniladi.
1. Ushbu Konvensiya Ahdlashayotgan Davlatlardan qaysidir biri xalqaro munosabatlari uchun mas’ul bo‘lgan barcha o‘zini o‘zi boshqarmaydigan, vasiylik ostidagi, mustamlaka va boshqa metropoliyadan tashqaridagi hududlarga tarqaladi. Tegishli Ahdlashayotgan Davlat, ushbu moddaning 2-bandi qoidalariga zid bo‘lmasligi uchun, imzolash, ratifikatsiya qilish yoki qo‘shilish paytida metropoliyadan tashqaridagi hududlarni yoxud ana shunday imzolash, ratifikatsiya qilish yoki qo‘shilish natijasida Konvensiya ipso facto tarqaladigan metropoliyadan tashqaridagi hududlarni ko‘rsatishi kerak.
3. Ushbu moddaning 2-bandida qayd etilgan o‘n ikki oylik muddat tugaganidan so‘ng, tegishli Ahdlashayotgan Davlatlar Bosh kotibga xalqaro munosabatlar uchun mas’ul bo‘lgan metropoliyadan tashqaridagi hududlar bilan maslahatlashuvlari natijalari va ulardan o‘zlarining hududlariga mazkur Konvensiya tarqalishi uchun rozilik olinmaganligi to‘g‘risida ma’lum qilishlari kerak.
4. Mazkur Konvensiya ushbu moddaning 2-bandida ko‘rsatilgan Davlatlarga qo‘shilish uchun ochiq. Qo‘shilish Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi huzurida qo‘shilish to‘g‘risida yorliqni deponiratsiya qilish orqali amalga oshiriladi.
2. 15-moddaning qoidalariga muvofiq, ushbu Konvensiya qaysidir Ahdlashayotgan Davlatning metropoliyadan tashqaridagi hududiga tarqaladigan bo‘lsa, shundan so‘ng, bunday Davlat xohlagan vaqtda tegishli hududning roziligi bilan mazkur Konvensiyani ushbu hududga nisbatan denonsatsiya qilish to‘g‘risida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga bildirgi yuborishi mumkin. Ana shu denonsatsiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi bildirgi olgan kunidan bir yil o‘tib kuchga kiradi. U barcha boshqa Ahdlashayotgan Davlatlarga bunday bildirgi va uni olgan kuni haqida ma’lum qiladi.
1. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi Bosh kotibi 16-moddada ko‘rsatilganidek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining barcha a’zolari bo‘lgan davlatlariga va ushbu Tashkilotga a’zo bo‘lmagan davlatlarga quyidagi holatlarni ma’lum qiladi:
a) 16-moddaga muvofiq imzolash, ratifikatsiya qilish va qo‘shilish to‘g‘risida;
b) 17-moddaga muvofiq qo‘shimcha shartlar to‘g‘risida;
s) 18-moddaga muvofiq ushbu Konvensiyaning kuchga kirgan kuni to‘g‘risida;
d) 19-moddaga muvofiq denonsatsiya to‘g‘risida;