13.06.1997 yildagi 295-son
Hujjat 13.06.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
1. 5-bandning ikkinchi xatboshidagi “aniqlangan” so‘zi “joylashgan yoki saqlangan” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 8-banddagi “mahalliy organlar tomonidan maxsus ajratilgan davlat savdosi va matlubot kooperatsiyasi do‘konlari” so‘zlari chiqarib tashlansin va “shu maqsadlar uchun so‘zlaridan” so‘ng “mahalliy boshqaruv organlari tomonidan maxsus ajratilgan do‘konlar, shuningdek, Respublika fond birjasi va Respublika ko‘chmas mulk birjasi yoki ularning filiallari orqali amalga oshiriladi. Bunda ko‘chmas mulk obyektlarini sotish Respublika ko‘chmas mulk birjasi orqali, aksiyalarni sotish Respublika fond birjasi orqali belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Avtotransport vositalarini sotish ularni belgilangan tartibda kimoshdi savdolariga qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
3. 12-band “buyumlar” so‘zlaridan keyin “komissiya a’zolari ishtirokida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
4. 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
5. 16-bandning birinchi xatboshida “soliq organiga beriladi” so‘zlari “soliq organiga hamda bir nusxasi moliya organiga beriladi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. 17-banddagi birinchi xatboshi quyidagi gap bilan to‘ldirilsin:
7. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
8. 19-banddagi “0,5 foizi miqdorida” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan miqdorda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. 20-band “musodara qilingan” so‘zlaridan keyin “va egasiz” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
10. 21-band “ilmiy muassasalarga” so‘zlaridan keyin “baholash dalolatnomasiga ko‘ra” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
11. 23-band “qimmatbaho qog‘ozlar” so‘zlaridan keyin “aksiyalardan tashqari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
12. 33-banddagi birinchi va uchinchi xatboshilar quyidagicha yangi tahrirda bayon etilsin:
13. 33-bandning oxirgi xatboshidagi “Davlat soliq bosh boshqarmasi” so‘zlari “Davlat soliq qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.