Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 06.05.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
tibbiy muolajalar mazkur Farmonning 1-bandi to‘rtinchi xatboshisiga muvofiq o‘rta tibbiyot xodimlari maqomini oshirishdan kelib chiqib bajarilishi;
Belgilansinki, Jamg‘arma mablag‘lari tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanadigan Ishchi guruhining qaroriga asosan hududiy tibbiyot muassasalariga xorijdan ishga jalb qilinadigan malakali mutaxassislar, shuningdek, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan iqtidorli mutaxassislarga zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan ularni moddiy rag‘batlantirish to‘lovlarini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni amalga oshirish uchun yo‘naltiriladi.
13. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur Farmonning 3 va 7-bandlari 26 ta tuman (shahar)larda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6110-son Farmonida, Sirdaryo viloyatida esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4890-son qarorida belgilangan xususiyatlarni inobatga olgan holda qo‘llanilishi mumkin.

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

“Tibbiyot brigadalari”ning samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

1. Oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar hamda tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarning yangilangan shtat normativlarini tasdiqlash.

2021-yil 1-iyun

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov)

2. “Tibbiyot brigadalari” faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 10 mingta shtatlar ajratish.

2021-yil 1-iyul

3. Aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatilishida “mahallabay” yondashuvni samarali tashkillashtirish, joylarda tibbiyot xodimlariga tizimli ravishda amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlash.

2021-yil 1-avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)

2.

O‘rta tibbiyot xodimlarining kasbiy malakalarini rivojlantirish.

1. Xalqaro tajribadan kelib chiqib, o‘rta tibbiyot xodimlarining kasbiy malakalariga qo‘yiladigan talablarni va ularning tibbiyot tizimidagi vazifalari va funksiyalarini o‘rganish.

2. O‘rta tibbiyot xodimlarining malaka talablari, vazifalari, vakolatlari, javobgarligi, ixtisoslik yo‘nalishlari va lavozimlarini qayta ko‘rib chiqish.

3. Oliy va o‘rta maxsus tibbiyot ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlari va rejalarini to‘liq qayta ko‘rib chiqish.

4. O‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

2021-yil 1-avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshqulov)

3.

Markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining davlat budjetidan moliyalashtiriladigan koykalar fondini qayta ko‘rib chiqish.

1. Respublika bo‘yicha Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan koykalar fondidan foydalanish samaradorligini shifoxonalar kesimida o‘rganish.

2. Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan koykalar fondini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga ta’minlanadigan koykalar fondiga o‘tkazish bo‘yicha shifoxona kesimida yillik istiqbolli parametrlarni (grafiklarni) ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-2023-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

4.

Bepul tibbiy yordam olish huquqini beruvchi yo‘llanma (order) berish tizimini axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi.

2021-yil 1-avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),Moliya vazirligi (Ishmetov)

5.

Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining malakali mutaxassislarini markazdan tizimli asosda hududlarga jalb qilish mexanizmini ishlab chiqish.

1. Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari mutaxassislarini shartnoma asosida tibbiy xizmatlar ko‘rsatish uchun hududlarga jalb etish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

2021-yil 1-iyul

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar

va Toshkent shahar hokimliklari, Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)

2. Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan hududlarda ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar uchun narxlarni shakllantirish tartibini tasdiqlash.

2021-yil 1-avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (Shoraxmetov)

6.

Oilaviy shifokorlarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va malakasini oshirib borish.

Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha hududlardagi oilaviy shifokorlarni qisqa muddatli kurslarda o‘qitishni tashkil etish.

Reja-jadvalga muvofiq

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)

7.

Olis va chekka hududlardagi shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojni qoplash uchun “Qishloq shifokori” dasturini samarali amalga oshirish choralarini ko‘rish.

1. Olis va chekka hududlardagi shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib bo‘sh shifokor ish o‘rinlari ro‘yxatini tuzish va talabgorlarni har bir mahalla kesimida aniqlash.

2021-yil 1-iyun

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)

2. “Qishloq shifokori” dasturi doirasida talabgorlar bilan shartnomalar imzolash, ularga uy-joy ajratish va tegishli mablag‘lar to‘lanishini ta’minlash.

2022-yil 1-avgust

3. “Qishloq shifokori” dasturi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritish.

2021-yil 1-oktabr va 2022-yil 1-yanvar

8.

Xorijdagi tibbiyot tashkilotlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan katta ilmiy va amaliy tajribaga ega mutaxassislarni mamlakatimizdagi tibbiyot tashkilotlarida professional faoliyat olib borishiga ko‘maklashish.

1. Xorijdagi tibbiyot tashkilotlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan mutaxassislar to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini shakllantirish va uning yangilab borilishini ta’minlash.

2. Xorijdagi mutaxassislarni mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalariga ishga joylashtirish, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yashash joyi bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

2021-2022-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Tashqi ishlar vazirligi (Kamilov), Moliya vazirligi (Ishmetov), “El-yurt umidi” jamg‘armasi (Bekmurodov), manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3. Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritish.

Har yarim yil yakuni bo‘yicha

9.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tizimini takomillashtirish.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibini axborot texnologiyalarini keng joriy qilishni nazarda tutgan holda qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash.

Bunda, tibbiyot muassasalarida bevosita diagnostika va davolash-profilaktika faoliyati bilan shug‘ullanayotgan ilmiy darajasi mavjud bo‘lgan yoki, istisno tariqasida, sog‘liqni saqlash vazirining taqdimnomasiga ko‘ra ilmiy darajasi mavjud bo‘lmasada, yuqori nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarga bir pog‘ona yuqori malaka toifasi berishga ruxsat berishni nazarda tutish.

2021-yil 1-iyul

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi(Sadikov)

10.

Respublikada kasbiy faoliyatni amalga oshirayotgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini ro‘yxatga olish hamda ular to‘g‘risida yagona elektron ma’lumotlar bazasini yaratishga yo‘naltirilgan axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda — Ro‘yxatga olish axborot tizimi) joriy etish.

1. Ro‘yxatga olish axborot tizimini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. Sog‘liqni saqlash vazirligining asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra Ro‘yxatga olish axborot tizimini yaratish va amaliyotga joriy etish uchun Davlat budjetidan zarur mablag‘larni ajratish.

2022-yil 1-yanvar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),Moliya vazirligi (Ishmetov)

11.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini ro‘yxatga olish tizimini 2024-yilgacha bosqichma-bosqich joriy etish.

Xalqaro tajribadan kelib chiqib, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini ID raqam berish orqali ro‘yxatga olish tizimini 2024-yilgacha bosqichma-bosqich joriy etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil 1-noyabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Hududlar uchun zarur bo‘lgan tor mutaxassislikdagi shifokorlarni tayyorlash ko‘lamini oshirish.

1. Klinik ordinatura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul kvotalarini qayta ko‘rib chiqish.

2021-yil 1-avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)

2. Hududlarda tor mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash va klinik ordinaturada o‘qitish uchun mahalliy budjetlardan grantlar ajratish.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Nodavlat tibbiyot tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda, shu jumladan quyidagilar nazarda tutiladi:

nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan “Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimlari yagona kompleksi doirasida tibbiy hisobot topshirish mexanizmini takomillashtirish;

qo‘shimcha tibbiy ixtisoslik turini yoki nodavlat tibbiyot tashkiloti filialini litsenziyalashda uning litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini o‘rganish, o‘rganishlarni faqat so‘ralayotgan tibbiy ixtisoslik turi hamda tashkilot filiali qismida o‘tkazish;

tibbiy faoliyatni amalga oshi�ish uchun litsenziya talablari va shartlari buzilgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishi faqat bunday buzilishlarga yo‘l qo‘yilgan tibbiy ixtisoslik turi qismida to‘xtatish (tugatish).

2021-yil 1-iyul

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasini 2022 — 2025-yillarda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

Bunda, 2019 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish natijalarini chuqur tahlil qilish hamda xalqaro ekspertlar ishtirokida kelgusi yillar uchun ustuvor vazifalarni belgilashga alohida e’tibor qaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 1-yanvar

Vazirlar Mahkamasi (Musayev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Davolash-profilaktika muassasalari, ovqatlanish, mehnat, kommunal xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlardagi sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini xalqaro standartlarga muvofiq qayta ko‘rib chiqish va tubdan takomillashtirish bo‘yicha dastur qabul qilish.

1. Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish uchun Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va yetakchi xorijiy ekspertlarni jalb qilish.

2021-yil 1-iyul

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Sanitariya-epidemiologiya xizmati (Yusupaliyev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov), Qurilish vazirligi (Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Dastur loyihasini ishlab chiqish, keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish.

2021-yil 1-sentabr

3. Dastur loyihasini amalga oshirish.

2021-yil 1-oktabrdan boshlab

a) 3-band quyidagi tahrirdagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
sakkizinchi — o‘n birinchi xatboshilar tegishincha to‘qqizinchi — o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 6-bandning uchinchi xatboshisidan “tibbiyot oliy ta’lim tashkilotini oxirgi 3 yil ichida tamomlagan va” so‘zlari chiqarib tashlansin.
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshisida “20 foizi” so‘zlaridan keyin “shuningdek, tibbiy faoliyatni litsenziyalash uchun undiriladigan yig‘imlar”so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
oltinchi xatboshida “xorijiy ekspertlar va konsalting tashkilotlarini jalb qilish” so‘zlari “mahalliy va xorijiy ekspertlar hamda konsalting tashkilotlarini jalb qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshida “oliy” so‘zidan keyin “va o‘rta” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
a) 4-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
ikkinchi xatboshidagi “2020-yil 1-noyabrdan” so‘zlari “2021-yil 1-iyundan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-noyabrdagi “Sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini Sirdaryo viloyatida joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4890-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomning 28-bandida “2 yildan 5 yilgacha — 0,1, 5 yildan 10 yilgacha — 0,2, 10 yildan 15 yilgacha — 0,3, 15 yildan 20 yilgacha — 0,4, 20 yildan 25 yilgacha — 0,5, 25 yildan yuqori — 0,6” so‘zlari “1 yildan 3 yilgacha — 0,3, 3 yildan 5 yilgacha — 0,6, 5 yildan 10 yilgacha — 0,8, 10 yildan 15 yilgacha — 1,0, 15 yildan 20 yilgacha — 1,2, 20 yildan yuqori — 1,5” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 1-bandning uchinchi xatboshisidan “tibbiy oliy ta’lim tashkilotini oxirgi 3 yil ichida tamomlagan va” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 2-bandning to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 7-band “mutaxassislar” so‘zidan keyin “va (yoki) tibbiyot xodimlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
ikkinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishincha uchinchi-o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
a) 5-bandning ikkinchi xatboshisi “respublika bolalar tibbiyot muassasalari” so‘zlaridan keyin “va hududiy bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 6-band quyidagi tahrirdagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) 10-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) 2-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 7-band chiqarib tashlansin;
g) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 6-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
7, 10, 15 va 17-bandlari 2021-yil 1-iyundan;
8-bandi 2021-yil 1-iyuldan boshlab amalga kiritiladi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi