20.04.2021 yildagi PF-6208-son
Hujjat 21.04.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul vazirlik va idoralar

1.

2023-yil 1-yanvarga qadar ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi Davlat budjetidan to‘liq qaytarib berilishini joriy etish.

Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar olti oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qaytarishini nazarda tutish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-may

Davlat budjeti mablag‘lari

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Davlat soliq qo‘mitasi (Kudbiyev),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (Norkulov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov)

2.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda “Yoshlar daftari” jamg‘armalari hisobidan subsidiya ajratilishini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-may

“Yoshlar daftari” jamg‘armalari

Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun bino va inshootlarni ijaraga olgan yosh tadbirkorlarga bir yillik ijara xarajatlarining 30 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha bo‘lgan miqdorini “Yoshlar daftari” jamg‘armalari hisobidan kompensatsiya qilish tizimini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-may

“Yoshlar daftari” jamg‘armalari

Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

4.

Professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ular ishlab-chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliyot o‘tgan vaqtida, biroq olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda professional ta’lim tashkilotlari tomonidan Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida har oylik subsidiya ajratish tizimini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-iyun

Davlat budjeti mablag‘lari

Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshqulov)

5.

“Bir million dasturchi” lo�ihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan) xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda iste’mol kreditlari ajratish (foiz to‘lovlarini Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan kompensatsiya qilish) tizimini yo‘lga qo‘yish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-iyun

Davlat budjeti mablag‘lari

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov),

Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev),

AT “Xalq banki” (Salamov),

AT “Aloqa bank” (Irisbekova),

“Mikrokreditbank” ATB (Bo‘tayev)

6.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining 50 foizi, biroq umumiy hisobda bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha bo‘lgan miqdori hamda ular bo‘yicha milliy s�rtifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini Yoshlar ishlari agentligiga Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan kompensatsiya qilish tizimini joriy etish

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-iyun

Davlat budjeti mablag‘lari

Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshqulov),

Davlat test markazi (Karimov),

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev)

7.

“Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning haydovchilik kurslarida o‘qish xarajatlarini bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorigacha va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badalini Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan qoplash tizimini joriy qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-iyun

Davlat budjeti mablag‘lari

Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev),

Mudofaa vazirligi (Kurbonov),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

Xususiy korxona va tashkilotlarga ishga qabul qilingan hamda faoliyat boshlaganiga olti oydan oshmagan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qayta tayyorlov kurslarida o‘qitish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha bo‘lgan qismini mazkur xususiy korxona va tashkilotlarga Davlat budjetidan Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan kompensatsiya qilish tizimini joriy qilish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-iyun

Davlat budjeti mablag‘lari

Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Oliy ta’lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan har bir talabasi tomonidan to‘lanadigan turar joyning oylik ijara to‘lovlarini tegishli qismini qoplab berish tizimini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar, zarur bo‘lsa, normativ-huquqiy hujjat

2021-yil 1-may

Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshqulov),

Moliya vazirligi (Ishmetov),

Davlat soliq qo‘mitasi (Kudbiyev),

Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev)

10.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan dehqon xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga “Yoshlar daftari”, “Temir daftar” hamda “Ayollar daftari” jamg‘armalari hisobidan urug‘liklar va ko‘chatlarni xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari miqdorigacha subsidiya ajratish tizimini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-may

“Yoshlar daftari”, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” jamg‘armalari

Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Moliya vazirligi (Ishmetov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Yoshlarning muammolarini “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tartibni belgilash. Bunda:

“Yoshlar daftari”ni shakllantirish;

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;

“Yoshlar daftari”dan yoshlarni chiqarish tartibi kabi masalalarni nazarda tutish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-may

-

Vazirlar Mahkamasi, Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

12.

“Yoshlar daftari” elektron platformasini yaratish va uni amaliyotga to‘liq joriy etish.

Ushbu platforma orqali “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga oid zarur ma’lumotlarni belgilangan tartibda yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish, shuningdek, uni tegishli axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.

Elektron platformadan foydalanish joriy qilingunga qadar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi qaroriga asosan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar haqida ma’lumotni Yoshlar ishlari agentligi tuman (shahar) bo‘limi tomonidan berish amaliyotini vaqtincha joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-iyun

Yoshlar ishlari agentligiga ajratilgan budjet mablag‘lari

Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sadikov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar

13.

Yoshlar ishlari agentligida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash. Ushbu Jamg‘arma daromadlarini shakllantirishning qo‘shimcha manbalarini belgilash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-may

-

Vazirlar Mahkamasi, Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev),

Moliya vazirligi (Ishmetov)

14.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida repetitorlik faoliyatini olib boradigan fuqarolarga, ushbu faoliyatni sinf xonalarida (uydan tashqarida) ko‘rsatish huquqini berish.

Normativ-huquqiy hujjat

2021-yil 1-avgust

-

Davlat test markazi (Karimov),

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (Tashkenbayev),

Davlat soliq qo‘mitasi (Kudbiyev),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Xusanov),

Xalq ta’limi vazirligi (Shermatov)

15.

Ma’murjon Uzoqov nomidagi yosh ijrochilar respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil oktyabr-noyabr

Ijrochilar mablag‘lari

Madaniyat vazirligi (Nazarbekov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

16.

Yosh tadbirkorlar o‘rtasida tajriba almashish, hamkorlik o‘rnatish va kooperatsiya jarayonlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida:

Namangan viloyatida “To‘qimachilik sohasi ilg‘or yosh tadbirkorlari forumi”;

Buxoro viloyatida “Turizm sohasi yosh tadbirkorlari forumi”;

Farg‘ona viloyatida “Qishloq xo‘jaligi sohasi yosh tadbirkorlari forumi”;

Qashqadaryo viloyatida “Chorvachilik sohasi yosh tadbirkorlari forumi”;

Toshkent viloyatida “Asalarichilik sohasi yosh tadbirkorlari forumi”;

Toshkent shahrida “Sanoat ishlab chiqarish sohasi yosh tadbirkorlari forumi”ni tashkil etish va o‘tkazish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Ijrochilar mablag‘lari va mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Turizm va sport vazirligi (Abduxakimov),

Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev),

Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev),

tegishli vazirlik va idoralar