19.04.2021 yildagi 221-son
Hujjat 19.04.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-son qarorining ijrosini ta’minlash, shuningdek, fuqarolarga va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
15. Malaka imtihoni topshiradigan talabgorlar ro‘yxati vakolatli organ tomonidan shakllantirilgandan so‘ng, ushbu Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan talablarning bajarilganligi tadbirkorlik subyekti joylashgan (unga eng yaqin) hududdagi davlat xizmati markazi xodimlari tomonidan imtihon kuniga qadar joyiga chiqqan holda tekshiriladi hamda natijasi bo‘yicha markaz direktori tomonidan vakolatli organga ma’lumot beriladi.
Mazkur Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan talablarning barchasini bajargan tadbirkorlik subyektining xodimlari (talabgorlar) malaka imtihoniga kirishiga ruxsat beriladi. Ushbu talablar to‘liq bajarilmagan taqdirda, talabgorlar talablarning barchasi bajarilgandan so‘ng navbatdagi malaka imtihoniga kiritilishi mumkin.
33. Ushbu Nizomning 29-bandi oltinchi xatboshisiga asosan sertifikatning amal qilishi tugatilgan, shuningdek, sertifikat bekor qilingan agentga, uning amal qilishi tugatilgan yoki bekor qilingan sanadan boshlab olti oy mobaynida sertifikat berilmaydi. Bunda agentga yangi sertifikat berish olti oydan so‘ng mazkur Nizomning 2-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
37. Tadbirkorlik subyektlari ushbu Nizomning 34-bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning o‘zgarganligi to‘g‘risida vakolatli organga uch kun ichida xabar berishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.