07.04.2021 yildagi PQ-5060-son
Hujjat 08.04.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Kino san’atini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari

1.

“Harakatlar strategiyasi hayotda” turkumida video va fotomateriallar arxivini yaratish va ulardan foydalangan holda ko‘p seriyali hujjatli filmlar ishlab chiqish maqsadida:

2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan xronikal video va fotomateriallarni to‘plash;

Kinematografiya agentligining “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUKga elektron axborot tashuvchi vositalarda taqdim etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-iyun

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, xo‘jalik birlashmalari va idoralar

2.

“Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tarkibida xronikal materiallarni tayyorlash bo‘yicha suratga olish guruhlarini tashkil qilish, davlat va jamiyat ahamiyatiga molik tadbirlar, voqealar, tashriflar va uchrashuvlarda ularning ishtirok etishini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 10-iyun

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot kotibi (Sh. Asadov), Bosh vazir matbuot xizmati (B. Xasanov)

3.

“Yangi O‘zbekiston kinosolnomasi” nomli filmlar turkumini yaratish, ushbu maqsadda:

hududlarning o‘ziga xos madaniyati, qadriyatlari, taniqli va tarixiy shaxslari haqida badiiy, hujjatli va animatsion filmlar, ijtimoiy roliklar, mamlakatda amalga oshirila�tgan islohotlar, muhim voqea va hodisalarga bag‘ishlangan ro‘yxat tuzish hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlash;

ro‘yxat bo‘yicha Milliy kinematografiyani rivojlantirish markaziga filmlar yaratish uchun buyurtma berish;

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan kinostudiyalarni jalb etgan holda filmlar ishlab chiqarishni tashkil qilish.

Filmlar yaratish

2021-yildan boshlab har yili

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

4.

Kinematografiya agentligi tizimida yangi tashkil etilgan, qayta tashkil etilgan va qayta nomlangan korxonalar ustavi, tuzilma va shtatlar sonini hozirgi zamon talablari asosida qayta ko‘rib chiqish, ularni malakali xodimlar bilan to‘ldirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-iyul

Respublika komissiyasi (A. Abduxakimov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

5.

Jahon tajribasi asosida yirik budjetli milliy filmlar yaratishni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish hamda Imom Buxoriy, Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod singari tarixiy shaxslar haqida, Buyuk Ipak Yo‘li, birinchi va ikkinchi Renessans kabi mavzularda hamda O‘zbekiston tarixiga bag‘ishlangan ko‘p seriyadan iborat filmlar yaratish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-2022-yillar

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Investitsiya va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov)

6.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, xo‘jalik birlashmalari va idoralar tomonidan buyurtma berish orqali tegishliligicha yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi bunyodkorlik ishlari, barcha sohalarda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, bunyodkor yoshlar obrazlarini yaratishga bag‘ishlangan filmlar ishlab chiqish.

Badiiy, qisqa metrajli filmlar va teleseriallar ishlab chiqish

doimiy

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, xo‘jalik birlashmalari va idoralar, Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), “Yoshlik” kinostudiyasi” DUK

7.

Xorijiy filmlarni sotib olish, davlat tiliga dublyaj qilish, namoyish etish va respublikada faoliyat yuritayotgan kinoteatrlarni davlat tiliga dublyaj qilingan xorijiy filmlar bilan ta’minlab borish tizimini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

doimiy

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi

Xususan, “O‘zbekfilm” kinokonserni” DUKda dublyaj studiyasini tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, xususiy investitsiya mablag‘larini jalb etgan holda dublyaj studiyalarini tashkil etish.

2021-yil 1 n�yabr

8.

O‘zbekiston milliy kinofondi faoliyatini tashkil qilish, respublika hududida ishlab chiqarilayotgan filmlar va seriallar nusxalarini saqlash, shuningdek, xorijiy davlatlar arxivida saqlanayotgan milliy filmlarimizni yurtimizga qaytarish.

Amaliy chora-tadbirlar, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-iyun

filmlarni qaytarish — reja-jadval asosida

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), “O‘zarxiv” agentligi (U. Yusupov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

“Quyosh ta’mi”, “Parining sovg‘asi”, “Baron-2” kabi ishlab chiqilayotgan filmlarga investitsiyalarni jalb etish. Bunda, jalb qilingan investitsiya mablag‘lari natijasida iqtisod qilingan budjet mablag‘larini Milliy kinematografiyani rivojlantirish markaziga eksperiment doirasida yo‘naltirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi

10.

Davlat buyurtmasi asosida filmlar ishlab chiqarishda shakllantiriladigan maslahatchilar guruhiga mas’ul xodimlarni Kinematografiya agentligi so‘rovi asosida jalb etish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), davlat organlari va tashkilotlari

11.

“Kinematografiya fidokori” ko‘krak nishoni loyihasi va uning tavsifini tayyorlash, ko‘krak nishoni bilan taqdirlash nizomini ishlab chiqish va uni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 7-iyun

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), O‘zbekiston Badiiy akademiyasi (A. Nuriddinov)

12.

Milliy filmlarni kinoteatrlarda namoyish etish bo‘yicha joriy etilgan kvotalash tizimi doirasida barcha kinoteatrlarni milliy filmlar bilan muntazam ta’minlab borish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

13.

O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, jumladan “Ilhom” jamoat fondi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish bo‘yicha taklif kiritish.

Ijrochilar qarori, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-avgust

O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi (M. Matchanov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), “Ilhom” jamoat fondi (J. Rizayev)

14.

O‘zbekistonning tarixiy shaxslari va afsonaviy qahramonlari to‘g‘risidagi to‘liq va qisqa metrajli badiiy filmlar, xronikal hujjatli filmlarni suratga olgan kinostudiyalarga Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan grantlar (loyiha qiymatining 30 foizi, lekin 3 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda) olishda ko‘maklashish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

15.

Milliy kinematografiyani rivojlantirish bo‘yicha yillik “yo‘l xarita”larini ishlab chiqish va Respublika komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritish.

“Yo‘l xarita”sini ishlab chiqish

2022-yildan boshlab har yili 1-fevral

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Filmlarning xarajatlar smetasini ekspertizadan o‘tkazuvchi auditorlik kompaniyalariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish.

Talablarni e’lon qilish

2021-yil 15-iyul

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

17.

Filmlarning xarajatlar smetasini o‘rganish va baholash bo‘yicha auditorlarning malakasini oshirish, bunda xorijiy mutaxassislarni jalb qilish hamda ularning xorijda tajriba orttirishlarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

reja-jadval asosida

Auditorlarning respublika jamoat birlashmasi, Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

18.

Davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlarida ishlab chiqarilishi belgilangan filmlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida ishlab chiqarish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil davomida

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

19.

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazining faoliyatini “loyihalar boshqaruvi” tamoyili asosida tashkil qilish, xodimlar ish haqi miqdorlarini erkin belgilash.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-iyun

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi

20.

Original kinomahsulotlardan noqonuniy foydalanish hamda kontrafakt kinomahsulotlarni tarqatish, mahalliy telekanallarda noqonuniy asosda xorijiy va milliy kinomahsulotlarni namoyish qilishga qarshi kurashish bo‘yicha manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikdagi harakatlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Harakatlar rejasi loyihasi

2021-yil 1-avgust

Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov), Bosh prokuratura (S. Yo‘ldoshev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), O‘zEOAVMA (R. Rajabov), nodavlat notijorat tashkilotlari

21.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi “Kino san’ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6202-son Farmoni ijrosini samarali tashkil etish uchun Kinematografiya agentligi tomonidan davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar va budjetdan tashqari m�blag‘lar hisobidan shartnoma asosida mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

22.

Kinematografiya sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar haqidagi statistik hisobotlarni qayta ko‘rib chiqish, mazkur korxonalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Kinematografiya agentligiga taqdim etib borish.

Statistik shakl ishlab chiqish

2021-yil 15-iyul

Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

II. Kinoteatrlar tarmog‘ini rivojlantirish, soha infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

23.

Kinematografiya agentligi bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning har bir tuman (shahar)larida tarkibida kinozallari mavjud savdo-ko‘ngilochar komplekslar qurilishi uchun 25 sotixdan ajratiladigan yer maydonlari ro‘yxatini shakllantirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 25-may

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Qurilish vazirligi (B. Zokirov), Respublika komissiyasi (A. Abduxakimov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

Ushbu ro‘yxatni Milliy kinematografiya, kinokompaniya va kinoteatrlar tarmog‘ini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) ko‘rib chiqish uchun kiritish;

2021-yil 1-iyun

Savdo-ko‘ngilochar komplekslarda kinozallarni tashkil etish bo‘yicha bir nechta loyiha-eskizlarini tadbirkorlik subyektlariga tavsiya etish.

2021-yil 1-sentabr

24.

Ajratilgan 25 sotix yer maydonlarida yangi tashkil etiladigan savdo-ko‘ngilochar komplekslarining old qismida kinoafisha va “LED” monitorlar joylashtirish, ularda milliy filmlarning reklama va piar-kampaniyasini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

Reja-jadval asosida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

25.

Qurilish me’yorlari va qoidalariga savdo maydoni 15 ming kvadrat metrdan ortiq savdo-ko‘ngilochar komplekslarni qurishda kinozallarni tashkil etish majburiyligi bo‘yicha tegishli o‘zgartirishlar kiritish.

Qurilish me’yorlari va qoidalarini takomillashtirish

2021-yil 1-iyul

Qurilish vazirligi (B. Zokirov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

Shuningdek, yangi kinozallarni tashkil etishda loyihalarni Respublika komissiyasi bilan kelishish amaliyotini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

26.

Savdo maydoni 15 ming kvadrat metrdan ortiq qurilishi rejalashtirilayotgan savdo-ko‘ngilochar komplekslar haqidagi ma’lumotlarni Kinematografiya agentligiga taqdim etib borish.

Ma’lumotlar bazasini shakllantirish

doimiy

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

27.

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida zamonaviy kinoshahar tashkil etish va bu maqsadda filmlar ishlab chiqarish uchun zarur infratuzilmaga ega bo‘lgan 50 gektardan kam bo‘lmagan yer maydonini ajratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kritish.

Taklif ishlab chiqish

2021-yil 1-sentabr

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Investitsiya va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Turizm va sport vazirligi (U. Azamov), Bo‘stonliq tumani hokimligi (J. Axmedov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi

28.

Davlat buyurtmasi doirasida ishlab chiqariladigan filmlarning dekoratsiyalarini “O‘zbekfilm” kinokonserni” DUK, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida ajratiladigan hudud va kinoshaharlarda qurishni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

29.

Respublikadagi madaniyat markazlarida milliy filmlar namoyishini, kinoijodkorlar bilan ijodiy kechalar va davra suhbatlarini o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

doimiy

Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Faoliyat yuritmayotgan madaniyat markazlarida davlat-xususiy sheriklik va boshqa samarali mexanizmlardan foydalangan holda kinozallar tashkil etish.

Taklif ishlab chiqish

2021-yil 15-noyabr

30.

Kvotalash tizimi doirasida kinoteatrlar tomonidan namoyish etilayotgan milliy filmlarning namoyish vaqtlarini Kinematografiya agentligi bilan kelishish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi

31.

“Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK faoliyatini takomillashtirish, zamonaviy kino ishlab chiqarish va server qurilmalari bilan jihozlash, ma’lumotlar bazasini shakllantirish, zamonaviy texnologiyalar asosida raqamli tizimni joriy etish hamda ushbu chora-tadbirlarni davlat budjetidan moliyalashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-avgust

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), “O‘zarxiv” agentligi (U. Yusupov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

32.

Respublikada faoliyat yuritayotgan kinoteatrlar faoliyatini avtomatlashtirishga qaratilgan axborot tizimini yaratish va uni birinchi bosqichda Toshkent shahrida joriy etish.

Axborot tizimini yaratish va tajriba sinovidan o‘tkazish

2022-yil 1-yanvar

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

33.

Kinoteatr (kinozal)larni jihozlash uchun import qilinayotgan mebel, o‘rindiq va boshqa zarur jihozlar haqida tadbirkorlik subyektlarini xabardor qilib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-avgust

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

34.

Respublikaning har bir hududi uchun mahalliy budjetlar daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan “Kinoklub” ixtisoslashtirilgan avtotransport vositasini 2 tadan sotib olish hamda Kinematografiya agentligiga berish.

Kinematografiya agentligi balansidagi “Kinoklub” ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalarini Milliy kinematografiyani rivojlantirish markaziga foydalanishga berish.

“Kinoklub” faoliyatini yo‘lga qo‘yish

2022-yil 31-dekabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi

35.

“Kinomobil? ko‘chma kinoteatrlarini tashkil etish bo‘yicha xorijiy taj?ibani o‘rganish, natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Taklif ishlab chiqish

2022-yil 10-mart

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

36.

Respublika hududlarida, jumladan oromgohlar va istirohat bog‘lari hududida yozgi (ochiq) kinoteatrlar tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq

2021-yil 15-iyul

Respublika komissiyasi (A. Abduxakimov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

37.

Toshkent shahrida joylashgan “Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi” va Toshkent viloyatida joylashgan “Do‘rmon kinoijodkorlar uyi” DUKlarni Milliy kinematografiyani rivojlantirish markaziga ishonchli boshqaruvga berish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-avgust

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi

38.

O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi va O‘zbekiston kino sanoati vakillari uyushmasini Kinematografiya agentligi tizimidagi tashkilotlar binolariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-may

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi (M. Matchanov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, O‘zbekiston kino sanoati vakillari milliy uyushmasi

39.

Davlat tashkilotlari tasarrufida saqlanayotgan qadimiy va retro transport vositalari, filmlar yaratilishida foydalaniladigan rekvizitlarni (kiyimlar, aloqa vositalari, buyumlar va boshqa anjomlar) “O‘zbekfilm” kinokonserni” DUK balansiga o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-yanvar

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), manfaatdor vazirlik va idoralar

40.

“Qoraqalpoqkino” agentligi va “Qoraqalpoqfilm” DUK faoliyati samaradorligini ko‘rib chiqish, Qoraqalpog‘iston Respublikasida kinematografiyani rivojlantirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Taklif ishlab chiqish

2021-yil 1-noyabr

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q. Sariyev), “Qoraqalpoqkino” agentligi

41.

“Qoraqalpoqfilm” DUK binosini Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalliy budjeti daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan rekonstruksiya qilish va jihozlash, zaruratga ko‘ra hududini kengaytirish hisobidan qo‘shimcha kinopavilonlar qurish, moddiy-texnik bazasini kuchaytirish.

Amaliy chora-tadbirlar, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil 1-iyun

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q. Sariyev), Qurilish vazirligi (B. Zokirov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

42.

Kinematografiya agentligi hisobidagi retro avtomobil va mototsikllarni ta’mirlash va restavratsiya qilish, yaroqsizlarini hisobdan chiqarish, 2021-yilda o‘tkaziladigan Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida ularning taqdimotlarini o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-sentabr

“O‘zavtosanoat” AJ (Sh. Umurzakov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

43.

Kinematografiya agentligi huzuridagi “Do‘rmon kinoijodkorlar uyi” DUK binosini rekonstruksiya qilish va jihozlash hamda kinoijodkorlar uchun zamonaviy dam olish maskanini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Toshkent viloyati hokimligi (D. Xidoyatov)

44.

Kinematografiya agentligining hududiy bo‘limlarini malakali kadrlar bilan to‘ldirish bo‘yicha agentlikka taklif kiritish, mahalliy budjetlar daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan hududiy bo‘limlarni agentlik bilan kelishgan holda bino bilan ta’minlash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-iyun

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

45.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi “2018-2019-yillarda zamonaviy kinoteatrlar tarmog‘ini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 372-son qarori doirasida qurilgan kinoteatrlarning joriy holati, dastur asosida amalga oshirilgan ishlar va imkoniyatlardan maqsadli foydalanilishi bo‘yicha hisobotlarni Respublika komissiyasiga taqdim etish.

Maqsadsiz foydalanilgan holatlar bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdimnoma kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-noyabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “O‘zmilliybanki” AJ (A. Mirsoatov)

46.

Kinematografiya agentligi tasarrufidagi bino, inshoot va yer maydonlarini xatlovdan o‘tkazish, so‘nggi besh yilda agentlik balansidan chiqarilgan ko‘chmas mulklarni o‘rganish hamda xatlov yakuni bo‘yicha agentlik tasarrufidagi mulklardan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Qonun buzilishi holatlari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qo‘shimcha o‘rganish uchun taqdimnoma kiritish.

Taklif ishlab chiqish

2022-yil 1-mart

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), Kadastr agentligi (F. Umarov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

III. Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish

47.

Kinematografiya sohasida mutaxassis kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan O‘zbekiston kinematografiya akademiyasini tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 15-iyul

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

48.

S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti filialini tashkil etish choralarini ko‘rish.

Amaliy chora-tadbirlar, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil 1-mart

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov), Tashqi ishlar vazirligi (A.Kamilov), Kinematografiya agentligi (F.Abduxalikov)

49.

O‘zbekiston kinematografiya akademiyasi qoshida filmning ijodiy guruhi ikkinchi tarkib mutaxassislarini tayyorlashga ixtisoslashgan o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-sentabr

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar

50.

O‘zbekiston kinematografiya akademiyasiga yodosh hududda kino san’atiga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabini Toshkent shahar mahalliy budjeti daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan tashkil etish, O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi ishtirokida maktab faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda uning tajribasini o‘rgangan holda boshqa hududlarda ham shu kabi ixtisoslashtirilgan maktablarni tashkil etish bo‘yicha taklif kiritish.

Ijodiy maktab faoliyatini yo‘lga qo‘yish

2021-yil 1-sentabr

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

51.

Kinematografiya yo‘nalishida malakali kadrlar tayyorlash bo‘yicha xorijiy oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga har yili 40 nafargacha, jumladan davlat budjetidan 15 nafar, grant mablag‘lari hisobidan 25 nafargacha yoshlarni o‘rnatilgan tartibda o‘qishga yuborish va ularning ta’lim olishini moliyalashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

52.

Kino ishlab chiqarish jarayoniga kinematografiya sohasida ta’lim olayotgan oliy ta’lim muassasalarining talabalarini tizimli ravishda jalb qilish hamda ularni rag‘batlantirib borish.

Yoshlarni kino ishlab chiqarish jarayoniga jalb etish

doimiy

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov)

53.

Kinematografiya sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining talabalarini qo‘llab-quvvatlash uchun davlat budjeti mablag‘lari g‘isobilan to‘lanadigan Xudoybergan Devonov nomidagi davlat stipendiyasini ta’sis etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-sentabr

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov)

54.

S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutida tahsil olish uchun saralab olingan 37 nafar yoshlarning ta’lim olishi bilan bog‘liq (avia chipta va talabalar turar joyi) xarajatlarini moliyalashtirish.

Amaliy chor�-tadbirlar

2021-yil 15-iyun

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), “El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

55.

Kino sohasida faoliyat yuritayotgan prodyuser, rejissor, operator va boshqa mutaxassislarning malaka oshirishlarini, jumladan chet ellik mutaxassislarni jalb etgan holda va xorijiy mamlakatlarda tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), “El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov)

56.

Yoshlarning kinematografiya sohasida boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari talabalarini fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida Kinematografiya agentligiga davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga jalb qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillarda

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov)

IV. Xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish

57.

Eng yaxshi mahalliy filmlar va ularning ijodkorlarini xalqaro kinofestivallarda, shuningdek, jahonning yirik kinobozorlarida muntazam ishtirokini ta’minlash hamda ularni moliyalashtirish bo‘yicha yillik dasturlar ishlab chiqish va tasdiqlash.

Amaliy chora-tadbirlar

har yili 1-yanvar va 1-iyul

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Kinematografiya a?entligi (F. Abduxalikov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

58.

“O‘zbek �inosi kunlari” tadbirlarini xorijiy davlatlarda muntazam ravishda o‘tkazib borish hamda xorijiy mamlakatlarning kino kunlari tadbirlarini respublikada o‘tkazilishini tashkil etish, ushbu tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yicha yillik dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

har yili 1-yanvar va 1-iyul

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

59.

Milliy kino sanoatini rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish va ularni joriy etish ishlarini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

reja-jadval asosida

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

60.

Xorijiy kinoshaharlar, kinostudiyalar, kino sohasidagi ta’lim muassasalari faoliyati va tajribasini o‘rganish, xalqaro kino tashkilotlari bilan tajriba almashish va hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

61.

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi huzurida O‘zbekiston nomidan respublika hududida xorijiy kinokompaniyalar bilan hamkorlik qiluvchi, ularga o‘z filmlarini ishlab chiqarishda xizmat ko‘rsatuvchi “O‘zbekiston Respublikasi kinokomissiyasi” va “Oskar” kino taqdimoti qo‘mitasini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-sentabr

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi

62.

Xorijiy hamkorlar ishtirokida yaratiladigan filmlarning suratga olish guruhlari uchun tashqi va ichki avia, temir yo‘l chiptalarini Kinematografiya agentligi so‘rovi asosida band qilib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

Transport vazirligi (I. Maxkamov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

63.

O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi elchixonalari tomonidan milliy kino sohasining salohiyati va istiqbollarini targ‘ib qilish, xorijiy kinokompaniyalar va investorlarni mamlakatga jalb qilish choralarini ko‘rish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

doimiy

Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Kudratov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

V. Kino tadbirlari, milliy filmlar marketingi va piar-kampaniyalar�ni tashkil qilish va o‘tkazish

64.

Davlat buyurtmasi doirasida ishlab chiqariladigan filmlar va seriallarning piar-kampaniyasi va targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tizimli ravishda o‘tkazib borish tizimini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), O‘zEOAVMA (R. Rajabov)

65.

Davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joylarida, harbiy qismlarda va ish rejimi vaxta usulida tashkil etilgan yirik korxonalarda milliy kino mahsulotlarining namoyishini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

Milliy kine�atografiyani rivojlantirish markazi,Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov), Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov), Energetika vazirligi (A. Sultanov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), manfaatdor vazirlik va idoralar

66.

“Oltin Humo” milliy kino taqdimotini “Do‘stlar klubi” va homiylik xayriyalari hamda Kinematografiya agentligi mablag‘lari hisobidan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib borish.

Milliy kino taqdimotini o‘tkazish

doimiy

O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi (M. Matchanov), “O‘zavtosanoat” AJ (Sh. Umurzakov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

67.

Kinoijodkorlar, xususan yoshlar ishtirokidagi kino tadbirlarini “Yoshlar ijod saroyi”da muntazam ravishda o‘tkazib borish.Bunda “Yoshlar ijod saroyi”dan bepul (kommunal to‘lovlar bundan mustasno) foydalanish.

Kino tadbirlarini o‘tkazish

doimiy

Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Yoshlar ittifoqi (M. Akramov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

68.

“Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK va O‘zEOAVMA hamkorligida korxona balansidagi ikki qavatli binoni assotsiatsiya mablag‘lari hisobiga ta’mirlash va unda Mediamarkaz tashkil qilish, binoni bepul foydalanish (kommunal to‘lovlardan tashqari) huquqi asosida ijaraga berish hamda qo‘shma dastur asosida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

Mediamarkaz tashkil qilish

2021-yil 15-avgust

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), O‘zEOAVMA (R. Rajabov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov)

69.

Hududlarda filmlar reklamasi uchun respublikaning har bir tumani va shahrida 5 tadan maxsus lavhalar, pannolar, bannerlar, LED monitorlar o‘rnatish uchun Kinematografiya agentligiga maxsus joy ajratish hamda agentlik tomonidan ularga investorlarni jalb qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Respublika komissiyasi (A. Abduxakimov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

70.

Filmlar ishlab chiqarish uchun Davlat budjetidan ajratilayotgan mablag‘lar doirasida ijtimoiy reklama va targ‘ibot-tashviqot roliklarini ishlab chiqish.

Targ‘ibot roliklarini ishlab chiqish

doimiy

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi

71.

Kino san’ati namoyandalari, xususan taniqli rejissor, aktyor va prodyuserlar ishtirokida premyeralar haqida ko‘rsatuvlar, tok-shoular, ochiq muloqotlar tashkillashtirish va boshqa media mahsulotlar yaratish hamda ularni targ‘ib qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi (M. Matchanov), O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), O‘zEOAVMA (R. Rajabov)

72.

Kinematografiya agentligi bilan kelishgan holda davlat va nodavlat teleradiokanallarida kino sohasini keng yoritish va milliy filmlarni targ‘ib etish uchun o‘zaro manfaatli shartnomalar asosida efir vaqti ajratish va filmlar yetkazib berish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), O‘zEOAVMA (R. Rajabov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

73.

Hududlarda kino ijodkorlari ishtirokida filmlar namoyishini nazarda tutuvchi “Kinokarvon” aks?yasini o‘tkazib borish va bu bilan bog‘liq xarajatlarni Kinematografiya agentligi va mahalliy budjetl?r daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan qoplash.

Amaliy chora-tadbirlar

reja-jadval asosida

O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi (M. Matchanov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

74.

Adiblar xiyobonida haykallari o‘rnatilgan atoqli shoir va yozuvchilar haqida hujjatli va badiiy filmlar yaratish.Bunda biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari tomonidan filmlar yaratishni moliyalashtirish.

Shoir va yozuvchilar haqida filmlar yaratish

2021-2022-yillar

buyurtma berish — 2021-yil 1-iyun

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov), biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari

75.

Kinematografiya agentligining notijorat tadbirlarini televideniye va tashqi reklama obyektlarida ijtimoiy reklama uchun ajratilgan vaqt doirasida joylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), O‘zEOAVMA (R. Rajabov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

76.

Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda kino san’atining atoqli ijodkorlari yubileylarini nishonlash va sohaga oid muhim tadbirlarni tizimli ravishda tashkil etish va o‘tkazib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

reja-jadval asosida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik va idoralar

77.

Davlat budjeti mablag‘lari asosida ishlab chiqilgan milliy filmlarni xatlovdan o‘tkazish hamda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markaziga ularning prokatini tashkil qilish huquqini berish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 20-iyun

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi

78.

Milliy kino arbobi Shuhrat Abbosov tavalludining 90 yillik yubileyi munosabati bilan uning byustini mahalliy budjet daromadlarining orttirib bajarilgan qismi hisobidan o‘rnatish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-sentabr

Toshkent shahar hokimiyati (J. Artikxodjayev), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

79.

Milliy kinematografiya san’atining rivojlanishiga o‘zining beqiyos hissasini qo‘shgan kino arboblar xotirasini abadiylashtirish, jumladan umumta’lim maktablariga sohaning taniqli namoyandalari nomlarini berish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Taklif ishlab chiqish

2021-yil 1-sentabr

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov)

80.

Adiblar xiyoboni haqida yaratilgan hujjatli va badiiy filmlar namoyishini tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

reja-jadval asosida

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), O‘zEOAVMA (R. Rajabov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

81.

O‘zbekiston kino san’atining shakllanish tarixi va rivojlanish jarayonlari hamda atoqli kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan sara filmlarga bag‘ishlangan hujjatli filmlar turkumini hamda “O‘zbekiston kino san’ati” kitob-albomini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-sentabr

Navoiy kon-metallurgiya kombinati

(K. Sanakulov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi (M. Matchanov)

VI. Milliy striming platformasini yaratish

82.

Xususiy investitsiya mablag‘larini jalb qilgan holda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi huzurida Axborot multimedia striming platformasini yaratish, uning faoliyatini xalqaro talablar va standartlar asosida yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rish.

Tashkiliy chora-tadbirlar, zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-dekabr

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

83.

Axborot multimedia striming platformasini kontent bilan to‘ldirib borilishini ta’minlash, bunda audiovizual mahsulotlarni striming platformaga joylashtirish uchun Milliy kinematografiyani rivojlantirish markaziga taqdim etish.

Amaliy chora-tadbirlar

doimiy

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Turizm va sport vazirligi (U. Azamov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev)

VII. Kinematografiya sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish

84.

Milliy kinematografiya sohasining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda davlat buyurtmasi asosida yaratiladigan filmlarning ijodiy tanlovini soddalashtirish, yaratilayotgan filmlarni moliyalashtirishda oldindan to‘lov miqdorlarini oshirish, tuziladigan shartnomalarning amal qilish muddatlarini yildan yilga o‘tishini ta’minlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Taklif ishlab chiqish

2021-yil 7-iyun

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

85.

Davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan film ijodkorlarini toifalash tartibini ishlab chiqish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Taklif ishlab chiqish

2021-yil 7-iyun

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

86.

Kinematografiya sohasida faoliyat yuritayotgan va davlat tomonidan taqdim etilgan imtiyozlardan foydalanayotgan tadbirkorlar to‘g‘risida Kinematografiya agentligiga ma’lumotlar taqdim etish hamda ularning reyestrini shakllantirish.

Reyestr shakllantirish

doimiy

Davlat bojxona qo‘mitasi (M. Azimov), Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

87.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining 2021-yilga mo‘ljallangan parametrlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha taklif tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-iyul

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

88.

Kinematografiya agentligi nizomini tasdiqlash, uning huzuridagi Badiiy kengash faoliyatini takomillashtirish, Ekspertlar kengashini tuzish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Badiiy kengash va Ekspertlar kengashi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida kengashlar a’zolarini rag‘batlant?rishni takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 15-iyun

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar

89.

Milliy kinematografiya sohasining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda sohada faoliyat yuritayotgan ijodkorlar va mutaxassislarning uzluksiz ish stajini yuritish, jumladan ularni o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar toifasiga kiritish masalasini o‘rganib chiqish hamda pensiyasini hisoblash tizimini joriy etish.

Ijrochilar qarori

2021-yil 1-iyul

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

90.

Kinematografiya agentligi tizimiga kiruvchi davlat mulki obyektlarini ijaraga berishda, istisno tariqasida, agentlik tomonidan o‘tkaziladigan tanlov asosida ijaraga berish hamda ijara to‘lovi mablag‘larini to‘liq Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Taklif ishlab chiqish

2021-yil 1-oktabr

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov)

91.

Xorijiy va mahalliy kinokompaniyalar uchun o‘z filmlarini respublika hududida yaratishdagi xarajatlarining bir qismini davlat budjeti hisobidan qoplab berish (“rebate”) tizimini soddalashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 15-oktabr

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Markaziy bank

(M. Nurmuratov), Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

92.

Kinematografiya agentligi qoshida ishchi guruh shakllantirish, ishchi guruh tomonidan filmlarni ishlab chiqarish xarajatlari smetasini shakllantirish me’yorlari bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish asosida milliy me’yorlarni ishlab chiqish.

Me’yorlarni ishlab chiqish

2022-yil 1-mart

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

93.

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi va O‘zbekiston kino sanoati vakillari uyushmasi nodavlat notijorat tashkilotlarini o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-iyun

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

94.

Kinematografiya sohasidagi amaldagi qonunchilik hujjatlarini xatlovdan o‘tkazish, tahlil qilish hamda ularni soddalashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Taklif ishlab chiqish

2021-yil 1-noyabr

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi (M.Matchanov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

95.

Respublika komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi “Kino san’ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6202-son Farmoni hamda “Kinematografiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish hamda soha vakillarining ijodiy faoliyati uchun munosib sharoit yaratish to‘g‘risida”gi PQ-5060-son qarori ijrosini har oyda muhokama qilib borish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

har oyda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli vazirlik va idoralar

96.

Kinematografiya sohasida qaroqchilikka qarshi kurashish, mualliflik huquqlarini himoya qilish, telekanallar, Internet veb-resurslar va platformalar orqali filmlar namoyishlarini tartibga solish, rag‘batlantirish va jazolash mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Taklif ishlab chiqish

2021-yil 1-avgust

Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov), Bosh prokuratura (S. Yo‘ldoshev), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev), O‘zEOAVMA (R. Rajabov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

97.

Davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan filmlar uchun 2021-yilda davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar miqdorini jahon tajribasidan kelib chiqqan holda hamda yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar asosida qayta ko‘rib chiqish.

Taklif ishlab chiqish

2021-yil 1-avgust

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)

VIII. “Kinematografiya to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish

98.

“Kinematografiya to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tarkibini shakllantirish va Respublika komissiyasiga tasdiqlash uchun kiritish.

Ishchi guruh tuzish

2021-yil 15-may

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

99.

“Kinematografiya to‘g‘risida”gi qonun loyihasida kino sanoati rivojlangan davlatlar tajribasi asosida Kinematografiya agentligining sohada regulyatorlik vakolatlarini, kinoteatr, ijodkor va kinokompaniyalar bilan hamkorligini belgilash.

Taklif ishlab chiqish

2021-yil 1-sentabr

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), manfaatdor vazirlik va idoralar

100.

“Kinematografiya to‘g‘risida”gi qonun loyihasida soha ijodkorlari va mutaxassislarini sohaning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda ijtimoiy himoya qilishni nazarda tutuvchi mexanizmlarni aks ettirish.

Taklif ishlab chiqish

2021-yil 1-oktabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirl�gi (N. Xusanov), Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov), manfaatdor vazirlik va idoralar

101.

“Kinematografiya to‘g‘risida”gi qonun loyihasini belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2022-yil 1-aprel

Kinematografiya agentligi (F. Abduxalikov)