O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida” 2004-yil 3-dekabrdagi 711–II-son qarorining 2-bandini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-sonli qaroriga asosan kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 502-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undiriladigan jarima miqdorlarini hisoblash taksalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1995-yil 27-iyuldagi 293-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 7-son, 26-modda):
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1998-yil 10-martdagi 104-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 3-son, 9-modda):
“3. Quyidagilar muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastrini hisobga olish obyektlari hisoblanadi:
davlat qo‘riqxonalari, kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy bog‘lar, davlat tabiat yodgorliklari, zakazniklari va tabiat pitomniklari, tabiiy kurort hududlari, dam olish hududlari, suvni muhofaza qilish zonalari va qirg‘oqbo‘yi polosalari, yer usti va yer osti suvlari hosil bo‘ladigan hududlar (daryo vodiylari, surilma konuslari, tog‘ etaklari) baliqchilik xo‘jaligi hududlari, alohida tabiiy resurslarni boshqarish uchun hududlar, davlat biosfera rezervatlari hamda qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalar bilan muhofaza etiladigan toifaga kiritilgan boshqa tabiiy hududlar.
4. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar o‘zining faoliyat ko‘rsatish maqsadi va rejimiga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linadi:
5. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘ysunishi, muhimligi, shuningdek tabiiy obyektlarning noyobligiga ko‘ra mahalliy va umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lishi mumkin”;
2-shakl — “Davlat qo‘riqxonalari, kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy bog‘lar, davlat biosfera rezervatlarining er-suv resurslari”;
3-shakl — “Davlat qo‘riqxonalari, kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy bog‘lar, davlat biosfera rezervatlarining o‘simlik dunyosi”;
4-shakl — “Davlat qo‘riqxonalari, kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy bog‘lar, davlat biosfera rezervatlarining hayvonot dunyosi”;
5-shakl — “Davlat tabiat yodgorliklarining, alohida tabiiy obyektlar va komplekslarni saqlash, ko‘paytirish va tiklash uchun hududlarning umumiy tavsifi”;
6-shakl — “Muhofaza etiladigan landshaftlarning, alohida tabiiy resurslarni boshqarish uchun hududlarning umumiy tavsifi”;
7-shakl — “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tabiatni muhofaza qilish faoliyatining asosiy natijalari”.
“Yer osti chuchuk suvlarining shakllanish hududlari bo‘yicha kadastr ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan tuziladi”;
birinchi xatboshidagi “(alohida muhofaza etiladigan III toifa tabiiy hududlar bo‘yicha ma’lumotlardan tashqari)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “(alohida muhofaza etiladigan III toifa tabiiy hududlar bo‘yicha)” so‘zlari chiqarib tashlansin;
4. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-maydagi 210-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiya liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalarining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“8. Alohida hollarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan kelishilgan holda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda aloqa kommunikatsiyalari qurilishiga yo‘l qo‘yiladi, davlat qo‘riqxonalari, tabiiy bog‘lar va davlat biosfera rezervatlarining qo‘riqxona hududlari bundan mustasno”.
5. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 22-noyabrdagi 506-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 11-son, 68-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida o‘rmonni parvarish qilish uchun kesish qoidalarida:
30-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “Suv ta’minoti manbalarining sanitariya muhofazasi, kurortlarning sanitariya muhofazasi” so‘zlari “Suv obyektlari, tabiiy kurort hududlari va dam olish hududlarining sanitariya muhofazasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
31-banddagi “o‘rmon qo‘riqxona uchastkalarida” so‘zlari “kompleks (landshaft) zakazniklarda, tabiiy bog‘lar va davlat biosfera rezervatlarining qo‘riqxona hududlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
32-banddagi “Davlat milliy” so‘zlari chiqarib tashlansin, “bog‘lari” so‘zidan keyin “va davlat biosfera rezervatlarida (ularning qo‘riqxona hududlaridan tashqari)” so‘zlari qo‘shilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Chimyon-Chorvoq zonasi tabiiy boyliklarini saqlash hamda hududni o‘zlashtirishga kompleks va izchillik bilan yondoshishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 10-martdagi 83-son qarorining 1-bandidagi “kurort va dam olish maqsadlari uchun maxsus muhofaza qilinadigan” so‘zlari “muhofaza etiladigan tabiiy hudud — tabiiy kurort hududi va dam olish hududi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-iyundagi 215-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 6-son, 28-modda) bilan tasdiqlangan O‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalarini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizomda:
“o) kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy bog‘lar va davlat biosfera rezervatlaridagi o‘rmonlar”;
8-banddagi “va milliy tabiiy bog‘larda, qo‘riqxona o‘rmon uchastkalarida” so‘zlari “tabiiy bog‘lar va davlat biosfera rezervatlari hududlaridagi qo‘riqxonalarda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Tabiiy kurort hududlari va dam olish hududlari o‘rmonlariga muhofaza etiladigan, belgilangan tartibda tashkil etilgan ushbu tabiiy hududlar chegaralaridagi o‘rmonlar kiradi”;
“Kompleks (landshaft) zakazniklar, tabiiy bog‘lar va davlat biosfera rezervatlari o‘rmonlariga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan tashkil qilingan muhofaza etiladigan ushbu tabiiy hududlardagi o‘rmonlar kiradi.
Alohida ekologik, tarixiy va estetik qimmatga ega bo‘lgan tabiiy obyektlar va komplekslarni saqlash maqsadida atrof tabiiy muhit holatini saqlash muhofaza etiladigan ushbu tabiiy hududlar o‘rmonlarining asosiy vazifasi hisoblanadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-noyabrdagi 914-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2018-y., 09/18/914/2164-son)
9. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 3-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 5-bandning uchinchi xatboshidagi “qo‘riqxona ishlarini yuritish va milliy tabiiy hamda xalq bog‘larini boshqarish” so‘zlari “davlat qo‘riqxonalari, tabiiy bog‘lar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 6-banddagi “va qo‘riqxona, xalq bog‘lari ishlarini” so‘zlaridan keyin “davlat qo‘riqxonalari, tabiiy bog‘lar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatishi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “xalq bog‘lari, zakazniklar” so‘zlari “tabiiy bog‘lar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘n yettinchi xatboshidagi “qo‘riqxonalar, milliy tabiiy, xalq bog‘lari” so‘zlari “davlat qo‘riqxonalari, tabiiy bog‘lar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 9-bandning ikkinchi xatboshidagi “va qo‘riqxona ishlari, milliy tabiiy, xalq bog‘lari, zakazniklar” so‘zlari “davlat qo‘riqxonalari, tabiiy bog‘lar va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 31-dekabrdagi 491-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 11-12-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risidagi nizomda:
o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshi tegishli ravishda o‘n ikkinchi va o‘n uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
“keyinchalik ularga alohida muhofaza etiladigan hududlar va favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida hududlarni kompleks tekshirish materiallari, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari loyihalari — ishlab chiqilgan hujjatlar taqdim etiladi”.
“keyinchalik ularga alohida muhofaza etiladigan hududlar va favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat zonalari maqomini berish maqsadida hududlarni kompleks tekshirish materiallari, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalari loyihalari”;
g) 23-bandning oxirgi xatboshidagi “Ijtimoiy sohani” so‘zlaridan keyin “shuningdek davlat tomonidan muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarini” so‘zlari qo‘shilsin;
d) Davlat ekologik ekspertizasi (DEE) o‘tkazilishini tashkil etish sxemasi 1-satridagi “Ijtimoiy sohani” so‘zlaridan keyin “shuningdek davlat tomonidan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish rejalarini” so‘zlari qo‘shilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Vazirlar Mahkamasining “Chuchuk yer osti suvlari hosil bo‘ladigan zonalarga alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maqomini berish to‘g‘risida” 2002-yil 16-yanvardagi 23-son qarori nomidagi, 1-bandning birinchi xatboshidagi hamda 4-bandidagi “alohida” so‘zi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-maydagi 93-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 153-modda)
13. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti chuchuk suvlari hosil bo‘ladigan zonalarga respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomini berish to‘g‘risida” 2002-yil 26-avgustdagi 302-son qarori nomidagi, shuningdek qarorning 1 va 5-bandlaridagi, qarorga 1, 2, 3, 4-ilovalar nomidagi “alohida” so‘zi chiqarib tashlansin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida va Toshkent shahrida Chirchiq daryosining suvni muhofaza qilish zonasi va qirg‘oqbo‘yi polosasini belgilash to‘g‘risida” 2003-yil 29-oktabrdagi 471-son qarori 2-bandidagi, qarorga 2-ilova nomidagi va 4-ilovaning 7-bandidagi “alohida” so‘zi chiqarib tashlansin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti chuchuk suvlari chiqadigan zonalarni belgilash to‘g‘risida” 2004-yil 12-yanvardagi 14-son qarorining 5-bandidagi, qarorga 1, 2 va 3-ilovalar nomidagi hamda beshinchi ustun nomidagi “alohida” so‘zi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 5-fevraldagi 26-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2007-y., 4-6-son, 47-modda)
17. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish sxemasining “Davlat kadastrlari” ustunidagi “alohida” so‘zi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.