[
OKOZ:
1.
09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.04.00 Suv transporti]
[
TSZ:
1.
Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining
buyrug‘i
Kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarining 5-ilovasiga o‘zgartirish kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 7-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2967-2]
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2021-yil 25-oktabrdagi 302-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi
buyrug‘iga
(ro‘yxat raqami 3331, 04.11.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-son “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoniga
muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2017-yil 27-dekabrdagi 529-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2967, 2018-yil 6-fevral) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2018-y., 10/18/2967/0659-son) bilan tasdiqlangan Kichik hajmli kemalarni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalarining
5-ilovasi
matnidagi “Pasport” degan so‘z “biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir T. XUDAYBERGANOV
Toshkent sh.,
2021-yil 23-mart,
86-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.04.2021-y., 10/21/2967-2/0304-son)