[
OKOZ:
1.
05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.03.00 Ishsizlar (maqom)]
[
TSZ:
1.
Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining
buyrug‘i
Mehnat organlarida fuqarolarni ro‘yxatga olish, ularni ishga joylashtirish, ishsizlik nafaqasini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 1-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 831-3]
O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi
Qonuniga
asosan buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Davlat statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir N. XUSANOV
Toshkent sh.,
2021-yil 24-mart,
14-2021-B son
Kelishildi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining raisi B. BEGALOV
2021-yil 24-mart
Moliya vaziri T. IShMETOV
2021-yil 01-mart
Vazir D. KUChKAROV
2021-yil 18-mart
O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining 2021-yil 24-martdagi 14-2021-B-son
buyrug‘iga
ILOVA
O‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasi mehnat vaziri tomonidan 1999-yil 30-avgustda 1569/03-1-son bilan tasdiqlangan Mehnat organlarida fuqarolarni ro‘yxatga olish, ularni ishga joylashtirish, ishsizlik nafaqasini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi
nizom
(ro‘yxat raqami 831, 1999-yil 13-oktabr).
2. O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 28-sentabrdagi 170-son “Mehnat organlarida fuqarolarni ro‘yxatga olish, ularni ishga joylashtirish, ishsizlik nafaqasini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 831-1, 2010-yil 29-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 44-45-son, 388-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yil 4-iyundagi 27-B-son “Mehnat organlarida fuqarolarni ro‘yxatga olish, ularni ishga joylashtirish, ishsizlik nafaqasini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 831-2, 2012-yil 3-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 26-27-son, 305-modda).
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2021-y., 10/21/831-3/0265-son)