[
OKOZ:
1.
18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.07.00 Qo‘shimcha pullik xizmatlar]
[
TSZ:
1.
Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]
O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirining
buyrug‘i
Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning maksimal miqdorlariga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 1-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3235-1]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel PQ-3666-son “
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida
”gi va 2020-yil 22-oktabrdagi PQ-4871-son “
Favqulodda vaziyatlardan jabr ko‘rgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida
”gi qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-maydagi 112-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3235, 2020-yil 29-may) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2020-y., 10/20/3235/0698-son) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning maksimal miqdorlarining
izohi
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-oktabrdagi PQ-4871-son “Favqulodda vaziyatlardan jabr ko‘rgan fuqarolarni ijtimoiy himoya qilishning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan maishiy tusdagi ofatlar (turar, noturar-joyning yong‘ini yoki qulashi, transport vositasining yong‘ini) yuz berganligi oqibatida jismoniy shaxslarning aybisiz yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan notarial tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlari, hujjatlarning ko‘chirma nusxalari hamda reyestrlardan ko‘chirmalar berishda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun haq undirilmaydi.”;
to‘rtinchi xatboshi
beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.
2021-yil 1-aprel,
9-mh-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2021-y., 10/21/3235-1/0268-son,)