Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 02.04.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Jamg‘arma mazkur bandning birinchi xatboshisidagi tashkilotlarning barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Vazirlik (I.Y. Abduraxmonov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari bilan birgalikda bir oy muddatda 3-ilovada ko‘rsatilgan tumanlarni innovatsion hududlarga aylantirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Biotexnologiyalarni rivojlantirish sohasida

1.

Biotexnologik yo‘l bilan O‘zbekiston sharoitida koronavirus infeksiyasiga qarshi mahalliy vaksina yaratish.

1. Biotexnologik yo‘l bilan koronavirus infeksiyasiga qarshi yangi avlod vaksinalarini yaratishga yo‘naltirilgan texnologiyalarni ishlab chiqish uchun ilmiy izlanishlarni olib borish.

2021-yil 1-iyul

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablag‘lar, ijrochilar mablag‘lari, davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlar

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Genomika va bioinformatika markazi,

O‘simlik moddalari kimyosi instituti,

Mikrobiologiya instituti,

Bioorganik kimyo instituti,

Immunologiya va inson genomikasi instituti,

Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti,

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

2. Vaksinalarning laboratoriya sharoitida tajriba namunalarini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish, vaksina samaradorligi va xavfsizligini aniqlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish.

2021-yil 15-sentabr

3. Yaratilgan vaksinalarning tajriba namunalarini ishlab chiqish va ilmiy-texnikaviy hujjatlarni shakllantirish.

2021-yil 1-dekabr

4. Yaratilgan vaksinal�rning klinik sinovlarini o‘tkazish.

2022-yil 1-dekabr

5. Biotexnologik yo‘l bilan yaratilgan mahalliy vaksinalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.

2022-yil 1-mart

2.

Yuqumli kasalliklarni aniqlash uchun yangi tashxislash test-tizimlari — gepatit V virusi DNKsini aniqlash uchun sezuvchanligi 99 foizdan kam bo‘lmagan PZR diagnostikum ishlab chiqish.

1. Gepatit V virusi genomining genetik strukturasini tahlil qilish, PZR tahlilini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sintezlangan va tozalangan praymer hamda fluoresent zondlarning eritmalarini tayyorlash.

2021-yil 1-sentabr

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablag‘lar

Fanlar akademiyasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

O‘simlik moddalari kimyosi instituti

2. Gepatit V virusining DNKsi PZR tahlilini laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazish va natijalariga ko‘ra gepatit V virusining DNKga nisbatan yuqori aniqlik va sezuvchanlikka ega bo‘lgan praymyerlar va fluoresent zondlarini tanlab olish.

2022-yil 1-mart

3. Ishlab chiqilgan diagnostikumni tibbiyot muassasalarida klinik sinovlardan o‘tkazish va uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun texnik hujjatlarni tayyorlash.

2022-yil 10-avgust

4. Sezuvchanligi 99 foizdan kam bo‘lmagan va 100 foiz o‘ziga xoslikka ega PZR diagnostikumini ishlab chiqish, uni PZR tahlillari yordamida klinik namunalarda gepatit V virusi DNKsini aniqlash uchun qo‘llash.

2022-yil 15-sentabr

5. Diagnostikumni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

2022-yil 15-noyabr

3.

Zamonaviy post-genomik texnologiyalar asosida o‘simliklarning yangi genotiplari — makkajo‘xorining qurg‘oqchilikka, sho‘rxoklikka va sovuqqa bardoshligi yangi navlarini yaratish.

1. Qishloq xo‘jaligi ekinlarida qurg‘oqchilikka aloqador nomzod genlar ro‘yxatini tuzish. NCBI, Ensemble Plants databazalaridan nomzod genning makkajo‘xoridagi ortologini izlab topish. Vektor konstruksiya tayyorlashda foydalaniladigan oraliq vektorlarni ko‘paytirib olish.

2021-yil 1-dekabr

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablag‘lar

Fanlar akademiyasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Genomika va bioinformatika markazi

2. To‘qima kulturasi va somatik embriogenez usullarini qo‘llagan holda genetik konstruksiyani makkajo‘xori hujayrasiga kiritish.

2022-yil 1-noyabr

3. Genomida CRISPR/CAS9 vektor konstruksiya o‘tirgan T0 o‘simliklardan T1 avlod olish va fitotron sharoitida dastlabki morfologik belgilarni aniqlash.

2022-yil 15-dekabr

4. Zamonaviy genlarni tahrirlovchi texnologiyalardan foydalangan holda qurg‘oqchilik, sho‘rxoklik va sovuqqa bardoshli yangi makkajo‘xori navlarini yaratish, ko‘pgina resurslarni, xususan, suv, mineral o‘g‘itlar va ko‘plab ishchi kuchini tejab, ko‘proq hosil olishga erishish.

2022-yil 21-dekabr

4.

“Gene pyramiding” texnologiyalari asosida tola sifati yuqori bo‘lgan, qurg‘oqchilik va sho‘rxoklikka chidamli, yuqori hosildor paxta navini yaratish.

1. Tola sifati va vilt kasalligiga chidamli bo‘lgan bir nechta QTL (Quantitative trait locus-miqdoriy belgilar lokuslari) lokuslarini genlarni piramidalash usuli bilan bir genotipga jamlangan avlod duragaylarini olish uchun ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.

2021-yil 10-dekabr

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablag‘lar

Fanlar akademiyasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Genomika va bioinformatika markazi

2. Qurg‘oqchilik va sho‘rxoklikka chidamli bo‘lgan g‘o‘za liniyalari asosida yangi avlod duragay namunalarini olish.

2022-yil 15-noyabr

3. Olingan yangi avlod duragaylarida laboratoriya tahlillarini o‘tkazish hamda urug‘larini tayyorlash.

2022-yil 1-dekabr

4. Yangi avlod duragaylari laboratoriya tahlillarini davom ettirish hamda urug‘larini tayyorlab dala sharoitida ko‘chatzorlar tashkil etish uchun ekish.

2022-yil 1-dekabr

5. Qurg‘oqchilik, sho‘rlanishga chidamlilikni ta’minlovchi va tola sifati belgilariga genetik birikkan yangi g‘o‘za navini belgilangan tartibda sinovdan o‘tkazish. Taqdim etilgan yangi g‘o‘za naviga patent olish choralarini ko‘rish.

2022-yil 15-dekabr

II. Tuproq unumdorligini oshirish sohasida

5.

Namangan va Toshkent viloyatlarida mobil laboratoriyalar tarmog‘ini tashkil etib, tuproqdagi mavjud foydali va zararli moddalarni aniqlash asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarining agrokimyoviy xaritalarini ishlab chiqish.

1. Namangan va Toshkent viloyatlarida mobil laboratoriyalar tarmog‘ini tashkil etish.

2021-yil 1-dekabr

Ilmiy loyihalarga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari, mahalliy budjet mablag‘lari

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Namangan viloyati hokimligi,

Toshkent viloyati hokimligi

2. Mobil laboratoriyalar va qishloq xo‘jaligi korxonalari hamkorligida ekin yerlari tuprog‘ida mavjud foydali va zararli moddalar darajasini baholash ishlarini tashkil etish.

2022-yil 1-fevral

3. Mobil laboratoriyalarda agrokimyoviy xaritalarni ishlab chiqish va ular asosida tavsiyalar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.

2022-yil 1-mart

6.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Farg‘ona, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida tanlab olingan pilot yer maydonlarida tuproqlarning sog‘lomlik darajasini baholovchi tuproq-ekologik xaritalarini ishlab chiqish.

1. Tuproqning sog‘lomlik darajasini baholovchi indekslarni va uslubiy ko‘rsatmani ishlab chiqish.

2021-yil 1-sentabr

Ilmiy loyihalarga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari, mahalliy budjet mablag‘lari

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Namangan, Farg‘ona, Surxondaryo va Toshkent viloyati hokimliklari

2. Tuproqning sog‘lomlik darajasini baholovchi indekslar asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan, Farg‘ona, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida tanlab olingan pilot yer maydonlarida dala tadqiqotlarini o‘tkazish va tuproq-ekologik xaritalarini ishlab chiqish.

2021-yil 1-dekabr

7.

Ishlab chiqilgan agrokimyoviy va tuproq-ekologik xaritalari asosida tanlab olingan pilot yer maydonlarida asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlarini sinovdan o‘tkazish.

1. Asosiy qishloq xo‘jaligi ekin turlarini aniqlab olish va ekilishini ta’minlash.

2022-yil 1-aprel

Ilmiy loyihalarga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti

2. Vegetatsiya davrida har bir ekin turi bo‘yicha fenologik kuzatuvlarni olib borish, tuproq tarkibidagi zaharli elementlarni o‘simlik vegetativ organlariga va hosiliga ta’sirini o‘rganish.

2022-yil 1-oktabr

3. Olingan yakuniy ma’lumotlar asosida zaharli elementlarning tuproqqa, asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlariga va hosiliga salbiy ta’sirlari va tuproqni sog‘lomlashtirish tadbirlari yuzasidan uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish.

2022-yil 1-dekabr

8.

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani tuproqlarida agrokimyoviy xaritalar asosida tuproq resurslarini kompleks monitoring qilish va boshqarish tizimining informatsion ta’minotini ishlab chiqish.

1. Sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar texnologiyalari asosida tahlil qilishning mavjud uslublarini o‘rganish va yangi mos uslublar ishlab chiqish hamda raqamli tuproqshunoslik asoslarini shakllantirish.

2021-yil 1-dekabr

Ilmiy loyihalarga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

2. Mirzaobod tumani tuproqlarini kompleks tahlil qilish asosida tuproq holati ma’lumotlari bazasini shakllantirish.

2022-yil 1-iyul

3. Sun’iy intellekt texnologiyalarida katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish uslublaridan foydalangan holda tuproq holati, uning unumdorlik ko‘rsatkichlari hamda mazkur ko‘rsatkichlarning o‘zaro funksional bog‘lanishi asosida intellektual modellar ishlab chiqish.

2022-yil 1-sentabr

4. Ishlab chiqilgan modellar asosida tuproq resurslarini tezkor, aniq va samarali tahlil qilish, baholash, monitoring qilish hamda boshqarish yuzasidan ilmiy asoslangan tavsiyalar beruvchi interaktiv tizimni ishlab chiqish va joriy qilish.

2022-yil 1-dekabr

9.

Buxoro viloyati Buxoro tumanida geoaxborot tizimi texnologiyalari yordamida tuproqlar degradatsiyasini baholash va xaritalash.

1. Tuproqlar degradatsiyasini baholash uchun zarur indikatorlar tizimini ishlab chiqish.

2021-yil 1-may

FAO grant mablag‘lari, Ilmiy loyihalarga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti,

Buxoro viloyati hokimligi

2. Buxoro tumani misolida tuproqlar degradatsiyasi holatini tahlil qilish va tanlab olingan degradatsiya indikatorlari asosida baholash.

2021-yil 1-oktabr

3. Geoaxborot tizimi texnologiyalaridan foydalangan holda pilot yer maydoni degradatsiyasi holatining 3D agrokimyoviy va tuproq ekologik xaritalarini ishlab chiqish.

2021-yil 1-dekabr

10.

Farg‘onaviloyatiFurqat tumanidagi pilot yer maydonlar misolida sug‘oriladigan sho‘rlangan qishloq xo‘jaligi yerlarining tezkor ma’lumotlari va ularni qayta ishlashga yo‘naltirilgan “Sho‘rlangan tuproq” mobil ilova yaratish

1. “Sho‘rlangan tuproq” mobil ilovasini yaratish maqsadida Farg‘ona viloyati Furqat tumanidan yer maydoni tanlash hamda dala tuproq tadqiqotlarini bajarish.

2022-yil 1-aprel

Ilmiy loyihalarga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy tadqiqot instituti,

Farg‘ona viloyati hokimligi

2. Laboratoriya va kameral sharoitda tanlangan yer maydoni tuproqlarining umumiy holati bo‘yicha ma’lumotlarni olish.

2022-yil 1-avgust

3. Pilot yer maydoni tuproqlarining mexanik tarkibi, sho‘rlanish darajasi va tiplari, umumiy va zaharli tuzlar miqdori, tuproq muhitining ma’lumotlari bazasini yaratish.

2022-yil 1-noyabr

4. Sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari sho‘rlangan maydonlarining geoserver xaritasidan foydalangan holda mobil ilovasini yaratish.

2022-yil 1-dekabr

5. Mobil ilovaga yerdan foydalanuvchilarning joylashgan o‘rnini aniqlash imkonini beruvchi “geolokatsiya” funksiyasini kiritish.

2022-yil 1-dekabr

6. Yerdan foydalanuvchilar uchun sho‘rlangan yerlardan samarali foydalanish tadbirlarini keng tatbiq qilish mavzularida ilmiy-amaliy roliklar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida yoritish.

2022-yil 1-dekabr

III. “Sun’iy intellekt”ni joriy etish sohasida

11.

Toshkent shahri Nurafshon ko‘chasida “aqlli svetofor”lar orqali yo‘l harakatini tartibga solish tizimini joriy qilish.

1. Nurafshon ko‘chasida 12 ta “aqlli svetofor” o‘rnatilishi uchun mavjud chorrahalar tahlilini qilish va takliflar ishlab chiqish.

2021-yil
aprel

Mahalliy budjet va shu maqsadlar uchun jalb qilingan boshqa mablag‘lar hisobidan

Toshkent shahar hokimligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. “Aqlli svetofor” obyektlarini qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2021-yil
may

3. Nurafshon ko‘chasida 12 ta “aqlli svetofor” o‘rnatish va 3 oy sinov muddati davomida monitoring ishlarini olib borish.

2021-yil avgust

12.

O‘zbek tili nutqini tanib olish va sintez qilish texnologiyasini yaratish.

1. Nutqni tanib olish, sintez qilish va tahrirlashning raqamli texnologiyasini yaratish mavzusida tanlov e’lon qilish.

2021-yil 1-may

Ilmiy loyihalarga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari

Innovatsion rivojlantirish vazirligi

2. Kelib tushgan loyihalarni ilmiy-texnik ekspertizadan o‘tkazish.

2021-yil 1-iyun

3. Tanlovda g‘olib bo‘lgan loyiha ijrochisi bilan shartnoma tuzish.

2021-yil 1-iyul

4. Ilmiy-tadqiqot loyihasini moliyalashtirish.

2021-yil 1-sentabr

13.

Ta’lim jarayonida keng foydalaniladigan “aqlli displey” texnologiyalarini joriy etish.

1. “Aqlli displey” prototiplarini yaratish uchun texnik topshiriq ishlab chiqish.

2021-yil 1-iyun

Ilmiy loyihalarga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari, mahalliy va xorijiy investitsiyalar, budjetdan tashqari mablag‘lar

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

loyiha tashabbuskorlari

2. “Aqlli displey”larni mahalliylashtirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

2021-yil 1-iyul

3. Ilmiy loyiha tanlovini e’lon qilish va tanlov natijasiga ko‘ra g‘oliblarni aniqlash, loyihalarni moliyalashtirish va amalga oshirilishini monitoring qilish.

2021-yil 1-sentabr

4. “Aqlli displey”ning dasturiy ta’minoti va kontentini ishlab chiqish.

2021-yil 1-noyabr

5. “Aqlli displey” qurilmalarini forsayt, forum va innoweyek tadbirlari doirasida joriy etilishini ta’minlash.

2022-yil 1-aprel

6. Tayyor mahsulotni elektrotexnika va elektronika sanoatiga shartnoma asosida yetkazib berish.

2022-yil 1-may

14.

“I-SUD” intellektual tizimini joriy qilish.

1. Nutq va matnni tanib olish hamda matnlarni tasniflash uchun ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

2021-yil 1-iyul

Ilmiy loyihalarga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari

Oliy sud,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. Sud hujjatlarini avtomatik ravishda tayyorlashda intellektual dasturiy ta’minotni yaratish.

2021-yil 1-oktabr

3. Dasturiy ta’minotni sinovdan o‘tkazish.

2021-yil 1-dekabr

4. “I-SUD” intellektual tizimini joriy qilish.

2022-yil 1-fevral

IV. Qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish sohasida

15.

Vodorod olish uchun mo‘ljallangan quyosh energiyasi asosida ishlaydigan qurilmaning tajriba namunasini yaratish.

1. Quyosh elektr modullari asosida elektrolizer ishlab chiqish metodikasini yaratish.

2021-yil 1-may

Ilmiy loyihalarga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari

Fanlar akademiyasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Energetika vazirligi,

Materialshunoslik instituti

2. Quvvati 10 kVtga teng elektrolizer tajriba nusxasini yaratish va sinovdan o‘tkazish.

2021-yil 1-noyabr

3. Yaratilgan texnologiya asosida vodorodning tajriba partiyasini ishlab chiqarishni tashkil qilish.

2022 yil 1-iyul

16.

O‘zbekistondagi “Katta quyosh pechi”da quyosh termokimyoviy sikli yordamida vodorod ishlab chiqarish.

1. Termokimyoviy sikl asosida vodorod olish tizimini modellashtirish.

2021-yil 1-oktabr

Ilmiy loyihalarga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lar

Fanlar akademiyasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Energetika vazirligi,

Fizika-texnika instituti

2. Quvvati 10 kVtga teng reaktorning tajriba nusxasini yaratish va sinovdan o‘tkazish.

2021-yil 31-dekabr

3. Yaratilgan texnologiya asosida vodorodning tajriba partiyasini ishlab chiqarishni tashkil qilish.

2022 yil 31-dekabr

17.

Respublikada karbon tolalarini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish.

1. Ilmiy loyiha tanlovini e’lon qilish.

2021-yil 1-iyun

Ilmiy loyihalarga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Materialshunoslik instituti

2. G‘olib loyihani moliyalashtirish.

2021-yil 1-sentabr

3. Texnologiyaning tajriba-pilot qurilmasini yaratib, tijoratlashtirishga tayyorlash.

2023-yil 1-may

4. Yaratilgan texnologiya asosida mahsulotning tajriba partiyasini ishlab chiqarishni tashkil qilish.

2023-yil 1-iyul

18.

Import o‘rnini bosuvchi neft-gaz konlaridan kern namunalari olish snaryadlarini yaratish.

1. Ilmiy loyiha tanlovini e’lon qilish.

2021-yil 1-iyun

Ilmiy loyihalarga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari, ijrochilar mablag‘lari

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Davlat geologiya qo‘mitasi,

“O‘zbekneftgaz” AJ

2. G‘olib loyihani moliyalashtirish.

2021-yil 1-sentabr

3. Texnologiyaning tajriba-pilot qurilmasini yaratib, tijoratlashtirishga tayyorlash.

2022-yil 1-may

4. Yaratilgan texnologiya asosida mahsulotning tajriba partiyasini ishlab chiqarishni tashkil qilish va iste’molchilarga shartnoma asosida yetkazib berish.

2022-yil 1-iyul

V. Chorvachilikni rivojlantirish sohasida

19.

Jaydari “merinos” zotli qo‘y va “angor” zotli echkilarning sermahsul genotiplarini yaratish, go‘shtdor va jundor qo‘ylarning genofondini saqlash va ko‘paytirish.

1. Loyihani amalga oshirish uchun asosiy materiallar, shu jumladan, seleksiya va genetika amallari uchun zarur uskuna va jihozlarni xarid qilish.

2021-yil 1-oktabr

Ilmiy loyihalarga ajratilgan davlat budjeti, Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasi, mahalliy budjet mablag‘lari

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi

2. Toshkent viloyati Ohangaron tumanida go‘shtdor va jundor qo‘ylarning genofondini tahlil qilish asosida jaydari zotli qo‘y va “angor” zotli echkilarning sermahsul genotiplarini yaratishning seleksiya usullarini ishlab chiqish.

2022-yil 1-aprel

3. Reproduktiv funksiya va hayotiylik darajasining pasayishi, anomaliyalar tarqalishining sabablarini tahlil qilish orqali ularning oldini olishning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish.

2022-yil 1-avgust

4. Go‘shtdor va jundor (“merinos”) qo‘ylarning sonini 25 ming boshga, iqtisodiy samaradorligini 32 foizga, sof jun miqdorini 65tonna/yil, go‘sht va sut mahsuldorligini 30 — 32 foizga oshirish.

2022-yil 1-oktabr

5. Jaydari zotli qo‘y va “angor” zotli echkining molekulyar genetik�si laboratoriyasini yaratish, qishloq xo‘jaligi hayvonlarida molekulyar genetik va tsitogenetik tadqiqotlar boshlash va shu asosda hayvonlarning genetik monitoringini yo‘lga qo‘yish.

2022-yil 1-iyul

20.

Sut mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda innovatsion yashil gidroponika ozuqasini yetishtirishni tashkil qilish.

1. Loyihani amalga oshirish uchun asosiy materiallarni xarid qilish.

2021-yil 1-sentabr

Ilmiy loyihalarga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari, loyiha tashabbuskorlari mablag‘lar

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

loyiha tashabbuskori

2. Qurilish-montaj ishlarini tashkillashtirish.

2021-yil 1-sentabr

3. Innovatsion yashil gidroponika uskunasini sertifikatsiyadan o‘tkazish.

2022-yil 1-fevral

4. Innovatsion yashil gidroponika ozuqasini yetishtirish.

2022-yil 1-may

21.

Yuqori oqsilli va kompakt ko‘rinishdagi silos tayyorlash texnologiyasini joriy qilish.

1. Loyihani amalga oshirish uchun asosiy materiallar, shu jumladan ozuqa-em tayyorlash uchun zarur uskunalar hamda materiallar xarid qilish.

2021-yil 1-noyabr

Ilmiy loyihalarga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari, loyiha tashabbuskorlari mablag‘lari

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

loyiha tashabbuskorlari

2. Ozuqa ekini yetishtiriladigan yer maydonlarini tayyorlash.

2021-yil 1-noyabr

3. Amarant, makkajo‘xori va vigna o‘simliklari ekishni tashkillashtirish.

2022-yil 1-aprel

4. Amarant, makkajo‘xori va vigna o‘simliklari birlashmasidan granulalangan yem-ozuqa tayyorlashni yo‘lga qo‘yish. Bunda yangi silosning an’anaviy silosga nisbatan ozuqa miqdori kamida 8-marta va hajmi 3-marta yuqori bo‘lishiga erishish.

2022-yil 1-noyabr

5. Yangi ishlab chiqarilgan ozuqani belgilangan tartibda sertifikatsiyadan o‘tkazish.

2022-yil 1-dekabr

22.

Turli tuproq-iqlim sharoitlarida kasalliklar va zararkunandalarga chidamli ozuqabop lavlagining “O‘zbekiston-85” navi birlamchi urug‘chiligini tashkil qilish.

1. Loyihani amalga oshirish uchun asosiy materiallar va zarur uskunalarni xarid qilish.

2021-yil 1-oktabr

Ilmiy loyihalarga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari, loyiha tashabbuskorlari mablag‘lari

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

loyiha tashabbuskorlari

2. Ozuqabop lavlagining “O‘zbekiston-85” navi ekiladigan yer maydonlarini tayyorlash.

2021-yil 1-noyabr

3. Ozuqabop lavlagining “O‘zbekiston-85” navini Ohangaron tumanida ekishni tashkillashtirish. Bunda ildizmeva hosildorligini 900 ts/ga (amalda 500 ts/ga), undagi qand miqdorining 9 foizga hamda sut mahsuldorligini 15 foizga oshirishni ta’minlash.

2022-yil 1-aprel

4. Onalik ko‘chatzorlarda 25 tonna ildizmevalar va urug‘lik ko‘chatzorlaridan 2 tonna urug‘lik tayyorlanishini yo‘lga qo‘yish.

2022-yil 1-noyabr

5. Chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarini elita urug‘lik materiallari bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘yish.

2022-yil 1-dekabr

23.

Qashqarbedani boshoqli ekinlar bilan aralash holda yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish.

1. Loyihani amalga oshirish uchun asosiy materiallar va zarur uskunalarni xarid qilish.

2021-yil 1-oktabr

Ilmiy loyihalarga ajratilgan davlat budjeti mablag‘lari, loyiha tashabbuskorlari mablag‘lari

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

loyiha tashabbuskorlari

2. Qashqarbeda ozuqa ekinini “Oqjo‘xori-8” bilan “qo‘sh ekin” texnologiyasi asosida ekiladigan yer maydonlarini tayyorlash.

2021-yil 1-noyabr

3. Qashqarbeda va “Oqjo‘xori-8” ozuqa o‘simliklarini ekishni tashkillashtirish. Bunda hosildorlikni 430 ts/ga (amalda 200 ts/ga) yetkazish.

2022-yil 1-aprel

4. Qashqarbeda o‘simligi hosilidan 62 tonna elita urug‘ tayyorlash.

2022-yil 1-noyabr

5. Yangi ishlab chiqarilgan ozuqani belgilangan tartibda sertifikatsiyadan o‘tkazish.

2022-yil 1-dekabr

24.

Ozuqabop o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlash asosida yem-ozuqa ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish.

1. Loyihani amalga oshirish uchun asosiy materiallar va zarur uskunalarni, shu jumladan granulalashtiradigan uskunalarni xarid qilish.

2021-yil 1-oktabr

Ilmiy loyihalarga ajratilgan davlat budjeti, loyiha tashabbuskorlari mablag‘lari

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

loyiha tashabbuskorlari

2. 25 turdagi ozuqabop ekinlar yetishtiriladigan yer maydonlarini har bir o‘simlik xususiyati asosida tayyorlash.

2021-yil 1-noyabr

3. Yer tuproq-iqlim sharoitini inobatga olib, ozuqa ekinlarini ekishni tashkillashtirish. Bunda hosildorlikni 30 tonna/ga (amalda 15 tonna/ga) yetkazish agrotexnik choralarini ko‘rish.

2022-yil 1-aprel

4. 25 turdagi ozuqabop ekinlar hosilidan chorvachilik uchun oqsilga boy granulalangan tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish.

2022-yil 1-noyabr

5. Yangi ishlab chiqarilgan ozuqa mahsulotlarini belgilangan tartibda sertifikatsiyadan o‘tkazish.

2022-yil 1-dekabr

25.

O‘zbekistonning yagona milliy qoramol zoti — “Bushuyev” zotli qoramollarning genetik pasportini yaratish, uning mahsuldorlik va pushtdorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash.

1. Turli genotipdagi “Bushuyev” zotli qoramollardan qon namunalarini olish va ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish.

2021-yil 1-avgust

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablag‘lar

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. “Bushuyev” zotli qoramollarning qon oqsil polimorf tizimlarini o‘rganish va tahlil etish orqali zotning molekulyar panelini ishlab chiqish hamda genetik pasportini yaratish.

2022-yil 10-avgust

3. Turli genotipdagi “Bushuyev” zotli qoramollarning mahsuldorlik ko‘rsatkichlari ular qon, oqsil, polimorf tizimlariga bog‘liq ravishda o‘rganish orqali genetik markyerlar asosida zotning mahsuldorlik va pushtdorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash.

2022-yil 15-sentabr

4. Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida “Bushuyev” zotli qoramollarni aholi xonadonlarida ko‘paytirish, uning mahsuldorlik va pushtdorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha tadqiqotlarni amalga oshirish.

2022-yil 1-dekabr

VI. Qishloq xo‘jaligi sohasida

26.

Chust tumani fermer xo‘jaliklari uchun mayda urug‘li sabzavot ekinlarini ekish mashinasining sanoat namunasini yaratish.

1. Loyihani ilmiy-texnik ekspertizadan o‘tkazish va moliyalashtirish.

2021-yil 1-aprel

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablag‘lar

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

AJ “O‘zavtosanoat” Namangan muhandislik qurilish instituti

2. Uskunaning tajriba nusxasini yaratib, tijoratlashtirishga tayyorlash.

2021-yil 1-noyabr

3. Yaratilgan texnologiya asosida mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilish.

2021-yil 1-dekabr

4. Ishlab chiqilgan mahsulotni fermer xo‘jaliklariga shartnoma asosida yetkazib berish.

2022-yildan boshlab

27.

Chust tumani fermer xo‘jaliklari uchun kartoshka kovlagichning sanoat namunasini yaratish.

1. Loyihani ilmiy-texnik ekspertizadan o‘tkazish va moliyalashtirish.

2021-yil
1-aprel

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablag‘lar

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

AJ “O‘zavtosanoat”,

Namangan muhandislik-qurilish instituti

2. Uskunaning tajriba nusxasini yaratib, tijoratlashtirishga tayyorlash.

2021-yil 1-oktabr

3. Yaratilgan texnologiya asosida mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilish.

2021-yil 1-noyabr

4. Ishlab chiqilgan mahsulotni fermer xo‘jaliklariga shartnoma asosida yetkazib berish.

2022-yildan boshlab

28.

Dehqon va fermer xo‘jaliklari uchun keng qamrovli chizel-kultivatorning sanoat namunasini yaratish.

1. Loyihani ilmiy-texnik ekspertizadan o‘tkazish va moliyalashtirish.

2021-yil 1-aprel

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablag‘lar

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

AJ “O‘zavtosanoat”,

Namangan muhandislik-qurilish instituti

2. Chizel-kultivatorning sanoat namunasini tayyorlash uchun texnik hujjatlar ishlab chiqish va ishlab chiqaruvchiga taqdim etish.

2021-yil 25-mart

3. Texnologiyaning sanoat namunasini yarati�, sinovdan o‘tkazish.

2021-yil 1-oktabr

4. Yaratilgan texnologiya asosida mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilish.

2021-yil 1-dekabr

5. Ishlab chiqilgan mahsulotni fermer xo‘jaliklariga shartnoma asosida yetkazib berish.

2022-yildan boshlab

29.

Tolaning sifatini yaxshilash maqsadida paxta separatoriningsanoat namunasini yaratish.

1. Loyihani ilmiy-texnik ekspertizadan o‘tkazish va moliyalashtirish.

2021-yil 1-aprel

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablag‘lar

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

AJ “O‘zavtosanoat”

2. Texnologiyaning tajriba nusxasini yaratib, tijoratlashtirishga tayyorlash.

2021-yil 1-oktabr

3. Yaratilgan texnologiya asosida mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilish.

2021-yil 1-noyabr

4. Ishlab chiqilgan mahsulotni paxta tozalash zavodlariga shartnoma asosida yetkazib berish.

2022-yildan boshlab

30.

Yeryong‘oq hosilini yig‘ishtirish mashinasining ko‘p funksiyali (kovlash, poyasini donidan ajratish, saralash va yuklash) mukammallashtirilgan konstruksiyasini yaratish.

1. Loyihani ilmiy-texnik ekspertizadan o‘tkazish va moliyalashtirish.

2021-yil
1-aprel

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablag‘lar

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

AJ “O‘zavtosanoat”

2. Texnologiyani tajriba nusxasini yaratib, tijoratlashtirishga tayyorlash.

2021-yil 1-oktabr

3. Yaratilgan texnologiya asosida mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilish.

2021-yil 1-oktabr

3. Yaratilgan texnologiya asosida mahsulot ishlab chiqarishni tashkil qilish.

2022-yildan boshlab

31.

Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida g‘o‘za va soyani, soya va makkajo‘xorini qo‘sh ekin usulida ekish texnologiyasini yaratish.

1. Sirdaryo tumanida qo‘sh ekin uchun pilot yer maydonlarini tanlash va qishloq xo‘jaligi korxonasi bilan ijara shartnomasini rasmiylashtirish.

2021-yil 1-aprel

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablag‘lar, mahalliy budjet mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Sirdaryo viloyati hokimligi,

loyiha tashabbuskori

2. Soya va makkajo‘xorining qo‘sh ekin sifatida ekishga mos keladigan navlarini tanlash.

2021-yil 1-aprel

3. Soya va makkajo‘xorining urug‘larini, o‘g‘itlar va boshqa moddiy texnika jihoz va uskunalarini xarid qilish.

2021-yil 1-aprel

4. G‘o‘za va soyani, g‘o‘za va makkajo‘xorini qo‘sh ekin usulida ekishni tashkil qilish.

2021-yil 1-aprel

5. Qo‘sh ekin usulida ekilgan soya donini yig‘ishtirib olish. Har bir gektar yer maydonidan qo‘shimcha 12 — 14 sentner soya doni olish. Tuproq tarkibidagi gumus, azotva fosfor miqdorini 15 foizga oshirishga erishish.

2021-yil 1-avgust

6. Qo‘sh ekin usulida ekilgan makkajo‘xori va soya ko‘k massasini (mahsulotini) yig‘ishtirib olish. Gektaridan 650 sentner ko‘k massa va silos tarkibidagi hazm bo‘ladigan protein miqdorini 35 foizga (amalda 950 kg/ga; qo‘sh ekinda 1 250 kg/ga) oshirishga, bir gektar yer maydonidan olinadigan ozuqa birligini 26 foizga (amaldagi 10,6 tonna/ga dan 13,4 tonna/ga) oshirishga erishish, tuproq unumdorligini saqlab qolish.

2021-yil 1-oktabr

32.

Respublikaning turli tuproq-iqlim sharoitlariga mos uzumning agrobiologik xususiyatlarini Toshkent viloyatining Qibray tumanida o‘rganish asosida eksportbop xo‘raki va istiqbolli texnik navlarni yaratish.

1. Tashkiliy texnika va uzumning texnik va xo‘raki navlarini qayta ishlash uskuna va jihozlarini xarid qilish.

2021-yil 1-oktabr

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablag‘lar, mahalliy budjet mablag‘lari

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti

2. Uzumning texnik va xo‘raki navlarini laboratoriya sharoitida mexanik tahlilini o‘tkazish. Tahlil va belgilangan tadbirlarni amalga oshirish natijasida uzumning texnik navida sharbat miqdorini 700 litr/tonnaga (amalda 600 litr/tonna) va xo‘raki navlarda quruq massa miqdorini 35 kg/ts (amalda 20 kg/ts) ga yetkazish.

2021-yil 1-noyabr

3. Uzumning qish va bahorgi sovuqlarga va boshqa agressiv iqlim sharoitlariga chidamligini dala sharoitida o‘rganish. Yo‘qotish darajasini 30 foizgacha kamaytirish (hozirda 50 foiz va undan yuqori).

2022-yil 1-aprel

4. Uzumni qayta ishlash va uning yakuniy mahsulot — vinoga nisbatan yaroqliligi darajasini tahlil qilish. Uzum mahsulotlarining import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan vino mahsulotiga nisbatan yaroqliligi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

2022-yil 1-oktabr

33.

Toshkent (Bo‘stonliq va Ohangaron tumanlari), Jizzax (Zomin, Baxmal va Forish) hamda Surxondaryo viloyatlarida kovul dorivor o‘simligini yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasini joriy etish.

1. Kovul dorivor o‘simligini innovatsion texnologiya asosida yetishtirishni yo‘lga qo‘yish.

2021-yil 1-dekabr

Mahalliy budjet mablag‘lari, loyiha tashabbuskorlari mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Toshkent, Jizzax va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari

2. Yaratilgan texnologiya asosida s�noat korxonalarida mahsulotni qayta ishlab chiqarishni tashkil qilish.

2022-yil 1-aprel

34.

Namangan viloyati Chust tumanida Goji (dereza) dorivor o‘simligini yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasini joriy etish.

1. Chust tumanida Goji (dereza) dorivor o‘simligini yetishtirish, qayta ishlash te?nologiyasini (urug‘ mahsulotini) tijoratlashtirishga tayyorlash.

2021-yil 1-oktabr

Mahalliy budjet mablag‘lari, loyiha tashabbuskorlari mablag‘lari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Namangan viloyati hokimligi

2. Mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va ishlab chiqilgan mahsulotni qayta ishlashni tashkil etish.

2022-yildan boshlab

35.

Xorazm, Toshkent, Andijon viloyatlari va Surxondaryo viloyati (Sho‘rchi tumani)da steviya dorivor o‘simligini yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasini joriy etish.

1. Yaratilgan texnologiya asosida sanoat korxonalarida mahsulotni qayta ishlab chiqarishni tashkil qilish.

2021-yil 1-oktabr

Mahalliy budjet mablag‘lari, loyiha tashabbuskorlari mablag‘lari

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Xorazm, Toshkent, Andijon va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari

2. Mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va ishlab chiqilgan mahsulotni qayta ishlashni tashkil etish.

2022-yil 1-yanvardan boshlab

3. Steviya o‘simligining poyasi va barglaridan qand-shakar o‘rnini bosadigan modda ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish.

2022-yil

T/r

Ko‘rsatkichlar nomi

O‘lchov birligi

Amaldagi

2021-yil natijalari bo‘yicha

2022-yil natijalari bo‘yicha

1.

Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan xodimlar soni (1 mln. aholi soniga nisbatan)

nafar

932

950

1 050

2.

Ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni moliyalashtirishga xorijdan jalb etilgan mablag‘lar

mlrd so‘m

6,9

7,2

12,0

3.

Xorijga qisqa muddatli ilmiy stajirovka o‘tashga yuborilayotgan yosh olimlar

nafar

180

242

450

4.

Xalqaro qo‘shma ilmiy loyihalar soni

dona

21

49

79

5.

Startap loyihalar akseleratsiyasi dasturlaridagi ishtirokchilar soni

dona

50

60

210

6.

Tijoratlashtiriladigan ilmiy ishlanmalar jami soni

dona

-

102

200

7.

Tijoratlashtirilgan ilmiy ishlanmalarga asoslangan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi

mlrd so‘m

-

35

70

8.

O‘zbekiston sharoitida koronavirus infeksiyasiga qarshi biotexnologik yo‘l bilan yaratiladigan mahalliy vaksina soni

dona

-

2

2

9.

Post-genomik texnologiyalar asosida yaratiladigan makkajo‘xorining qurg‘oqchilikka, sho‘rxoklikka va sovuqqa bardoshli yangi navining hosildorlik ko‘rsatkichi

ts/ga

20 — 35

20 — 35

45 — 50

10.

SNP-mikrochiplashtirish texnologiyasiga asoslangan GWAS usuli yordamida olingan molekulyar markyerlar soni

dona

-

-

384

11.

Metabolomik muhandislik texnologiyasi asosida olinadigan g‘o‘zaning transformant liniyalari sinovdan o‘tkaziladigan eksperimental-tajriba maydonlari

ga

-

-

10

12.

Chorvachilik sohasi uchun ozuqabop lavlagining “O‘zbekiston-85” navini Ohangaron tumanida yetishtirishdan olinadigan hosildorlik dinamikasi

ts/ga

500

500

900

13.

Qashqarbeda va “Oqjo‘xori-8” ozuqa o‘simliklarini yetishtirishdan olinadigan hosildorlik dinamikasi

ts/ga

200

200

430

14.

Respublika hududlarida tashkil etiladigan tuproqning agrokimyoviy, mikrobiologik va biokimyoviy tahlilini amalga oshiruvchi va uning tarkibidagi zararli moddalarni aniqlovchi innovatsion “tuproq klinikalari” soni

dona

-

2

5

15.

Makkajo‘xori va soyani qo‘sh ekin usulida yetishtirish natijasida olinadigan

ko‘k massasi miqdori ko‘rsatkichi

ts/ga

420

650

720

silos tarkibidagi protein miqdori

kg/ga

950

1 250

1 420

ozuqa birligi miqdori

tn/ga

10,6

13,4

14,8

16.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida sut mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun innovatsion yashil gidroponika usulida tayyorlanadigan ozuqa miqdori

kg

671 000

1 073 600

1 525 000

a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

1.

A.N. Aripov

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Kengash raisi

2.

A.A. Abduvaxitov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Kengash raisi o‘rinbosari

3.

X.M. Sultonov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi — Spichrayteri, Kengash raisi o‘rinbosari


Kengashning adabiyot sohasi bo‘yicha sho‘basi:

4.

S.S. Saidov

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, sho‘ba mudiri

5.

N.M. Mahmudov

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor (tilshunos)

6.

B. Sayfullayev

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport qo‘mitasi raisi

7.

Sh.T. Rizayev

“O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, filologiya fanlari nomzodi, dotsent (adabiyotshunos)

8.

Sh.S. Sirojiddinov

Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor (ad�biyotshunos)

9.

E.A. Sidikova

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Farg‘ona viloyati bo‘limi rahbari, O‘zbekiston xalq shoiri

10.

E.J. Shukurov

“Ma’naviy hayot” jurnali bosh muharriri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

11.

K.A. Karimov

Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist


Kengashning san’at va me’morchilik sohasi bo‘yicha sho‘basi:

12.

O.A. Nazarbekov

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri, sho‘ba mudiri

13.

A.V. Nuriddinov

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi, O‘zbekiston xalq rassomi

14.

Lavozimiga ko‘ra

Toshkent shahar Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari — shahar bosh arxitektori

15.

R. Abdullayev

O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi raisi, O‘zbekiston san’at arbobi

16.

S.A. Abdullayev

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn inst�tuti professori, O‘zbekiston san’at arbobi (rassom)

17.

N.G‘. Karimova

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, san’atshunoslik fanlari nomzodi (kinotanqidchi)

18.

M.M. Azizov

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori, O‘zbekiston xalq artisti

19.

M.Q. Ahmedov

Toshkent arxitektura-qurilish instituti professori, arxitektura fanlari doktori

20.

I. Jabborov

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professori, O‘zbekiston san’at arbobi (haykaltarosh)

21.

M.M. Muratov

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri direktori

22.

M.A. Yo‘lchiyeva

Y. Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati instituti “Maqom xonandaligi” kafedrasi professori, O‘zbekiston xalq artisti

23.

A.M. Mansurov

O‘zbekiston davlat konservatoriyasi prorektori, professor

24.

Q.T. Mo‘minov

“O‘zbekiston” ashula va raqs ansambli badiiy rahbari, �zbekiston xalq artisti

25.

O. Matyakubov

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Davlat mukofoti sohibi, musiqashunos

26.

M.J. Sapayeva

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri artisti, O‘zbekiston xalq artisti

27.

A.Sh. Shahobiddinov

“O‘zbekfilm” kinostudiyasi rejissori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

28.

O.A. Vasilyev

O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist

”;

3-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
4-bandning beshinchi xatboshisi, 6-bandning to‘rtinchi va oltinchi xatboshilaridagi “kengash” so‘zi “kengashlar” so‘zi bilan almashtirilsin;
7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
8-banddagi “kengash” so‘zi “kengashlar” so‘zi bilan almashtirilsin.
a) 1-banddan “1-ilovaga muvofiq qatnashuvchilar tarkibi bilan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) 5-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 6-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshidagi “iqtisodiyot” so‘zi “innovatsion rivojlanish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

1.

A.N. Aripov

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, komissiya raisi

2.

O.M. Umarov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi, komissiya raisining o‘rinbosari

3.

Sh.M. Sadikov

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

4.

T.A. Ishmetov

moliya vaziri

5.

R.K. Davletov

adliya vaziri

6.

A.V. Shin

maktabgacha ta’lim vaziri

7.

Sh.X. Shermatov

xalq ta’limi vaziri

8.

A.X. Toshqulov

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri

9.

A.M. Xadjibayev

sog‘liqni saqlash vaziri

10.

A.S. Sultanov

energetika vaziri

11.

J.A. Xodjayev

qishloq xo‘jaligi vaziri

12.

Sh.R. Xamrayev

suv xo‘jaligi vaziri

13.

N.B. Xusanov

bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

14.

B.E. Zakirov

qurilish vaziri

15.

I.Y. Abduraxmonov

innovatsion rivojlanish vaziri

16.

I.R. Maxkamov

transport vaziri

17.

Sh.D. Kudbiyev

Davlat soliq qo‘mitasi raisi

18.

M.B. Azimov

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi

19.

I.I. Norqulov

iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari

20.

B.E. Zaxidov

Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari

21.

O.A. Pekos

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari

22.

A.J. Ortikov

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

23.

G‘.M. Ziyayev

Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i

24.

A.D. Xadjayev

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi

25.

F.K. Umarov

Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari — Kadastr agentligi direktori

26.

U.I. Muhammadiyev

Davlat xizmatlari agentligi direktori

27.

B.K. Ziyayev

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktori v.b., komissiya kotibi

”.

a) 1-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilaridagi “2018 — 2021-yillarda” so‘zlari “2018 — 2022-yillarda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) 1-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
g) 1 — 6-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 2-bandning birinchi xatboshisidagi “Innovatsiyalar yarmarkalari va xalqaro forumlarni” so‘zlari “Haftalikni” so‘zi bilan almashtirilsin;
v) 3-bandning birinchi xatboshisidagi “innovatsiyalar yarmarkasini” so‘zlari “haftalikni” so‘zi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidagi “innovatsiyalar yarmarkalarini” so‘zlari “haftalikni” so‘zi bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “innovatsiyalar yarmarkalarini o‘tkazishning” so‘zlari “haftalikni o‘tkazish joyi,” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
d) 5 va 7-bandlardagi “innovatsiyalar yarmarkalari va xalqaro forumlarni” so‘zlari “haftalikni”so‘zi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “innovatsiyalar yarmarkalari va xalqaro forumlarda” so‘zlari “haftalikda” so‘zi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “innovatsiyalar yarmarkalari va xalqaro forumlarning” so‘zlari “haftalikning” so‘zi bilan almashtirilsin;
j) 9-bandning uchinchi xatboshisidagi “innovatsiyalar yarmarkalari va xalqaro forumlarning” so‘zlari “haftalikning” so‘zi bilan almashtirilsin.
a) 1-bandning beshinchi xatboshisidagi “xulosasiga asosan Innovatsion rivojlanish vazirligining qarori bo‘yicha” so‘zlari “qaroriga binoan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 4 — 6 va 8-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
d) 12-banddagi “Innovatsion rivojlanish” so‘zlari “Qishloq xo‘jaligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
birinchi xatboshidagi “davlat-xususiy sheriklik shartlarida” so‘zlari “davlat tashkilotlarining budjetdan tashqari innovatsiyalarni rivojlantirish jamg‘armalari mablag‘larini, xalqaro moliya institutlarining grant va/yoki kreditlarini, xorijiy investorlarning mablag‘ va sarmoyalarini jalb qilgan holda hamda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
birinchi xatboshidagi “davlat-xususiy sheriklikning” so‘zlari “markazlar tashkil etishning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “davlat sherigi” so‘zlari “mahalliy hokimiyatlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 4-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
oltinchi xatboshidan “markazlarni tashkil etish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuvda belgilangan muddatlarni hisobga olgan holda” so‘zlari chiqarib tashlansin;
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishlicha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
birinchi xatboshidagi “bo‘yicha davlat qo‘mitasi” so‘zlari “va tashqi savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidan “davlat-xususiy sheriklik” so‘zlari chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshidagi “mazkur qarorning mazmun-mohiyatini” so‘zlari “markazlar faoliyatini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi “tuman (shahar)larda” so‘zlaridan keyin “xorijiy investorlar yoki homiylar ishtirokida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
e) 8-banddagi “davlat va xususiy sheriklarning” so‘zlari “tashabbuskorlar” so‘zi bilan almashtirilsin.
ikkinchi xatboshi “lavozimga tayinlash” so‘zlaridan keyin “va lavozimidan ozod etish” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar tegishlicha o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) 6-bandning birinchi xatboshisidan “o‘z xarajatlarini o‘zi qoplash asosida” so‘zlari chiqarib tashlansin;
g) 7-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
ikkinchi xatboshidagi “va ilmiy-texnikaviy faoliyat natijalaridan foydalangan” so‘zlari “faoliyat natijalarini qo‘llagan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 7-banddagi va 9-bandning “v” kichik bandidagi “bo‘yicha davlat qo‘mitasi” so‘zlari “va tashqi savdo vazirligiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati xodimlarining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati hamda Qoraqalpog‘iston va Navoiy bo‘limlari ma’muriy-boshqaruv xodimlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati xodimlari” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi boshqaruv apparati hamda Qoraqalpog‘iston, Navoiy bo‘limlari ma’muriy-boshqaruv xodimlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
b) beshinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) 1-ilovaning 4, 5, 6, 14-pozitsiyalari “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Davlat ilmiy-texnik dasturlarini” so‘zlari “Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “vazirining birinchi” so‘zlari “vaziri tomonidan uning tegishli” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Iqtidorli yoshlar bilan ishlash” so‘zlari “Yoshlar salohiyatini rivojlantirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 15-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
d) 3-ilovaning 13-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “2020-yil 15-sentabr” so‘zlari “Tadbir doirasida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 4-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi