23.02.2021 yildagi 99-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 24.02.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Ko‘chaboshi va uyboshilar mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida rag‘batlantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Ko‘chaboshi va uyboshilar faoliyatining samaradorligi har chorakda fuqarolar yig‘inining kengashi tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovada belgilangan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarga kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarini to‘lash baholash mezonlari asosida baholab boriladi.
8. Har oylik kompensatsiya pul to‘lovlari ushbu Nizomga ilovada nazarda tutilgan mezonlardan kelib chiqqan holda 70 balldan yuqori ball to‘plagan ko‘chaboshi va uyboshilarga to‘lanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyekt

Bajarish mexanizmi

Bajarish muddatlari

1. Ko‘chaboshi va uyboshilar faoliyatining samaradorligi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarni rag‘batlantirish tariqasida ularga kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha har oyda kompensatsiya pul to‘lovlarini to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom”ning 6-bandida ko‘rsatilgan asosiy ko‘rsatkichlar orqali baholanadi;

2. Ko‘chaboshi va uyboshilar faoliyatini baholashda ularning biriktirilgan ko‘cha yoki uyda kamida bir chorak davomida faoliyat ko‘rsatganligi inobatga olinadi;

3. Ko‘chaboshi va uyboshilar faoliyatini baholash natijalarini muhokama qiladi;

4. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan ko‘chaboshi

va uyboshilar ro‘yxatini majlis bayoni bilan tasdiqlaydi.

Fuqarolar yig‘ini kengashi

Bir chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 2 sanasiga qadar

1-bosqich

Rag‘batlantirish tariqasida faol ko‘chaboshi va uyboshilarga kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida har oylik kompensatsiya pul to‘lovlarini to‘lab berish yuzasidan tuman (shahar) Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tuman (shahar) bo‘limiga taklif kiritadi.

Fuqarolar yig‘ini raisi

Bir chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 5 sanasiga qadar

2-bosqich

Faol ko‘chaboshi va uyboshilar ro‘yxatini ularga chorak davomida kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida har oylik kompensatsiya pul to‘lovlarini to‘lab berish uchun tuman (shahar) hokimliklarga yuboradi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi

Bir chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 7 sanasiga qadar

3-bosqich

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan ko‘chaboshi va uyboshilarni rag‘batlantirish mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari hisobidan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tuman (shahar) bo‘limlarining maxsus hisobvarag‘i orqali amalga oshiriladi.

Tuman (shahar) hokimliklari

Bir chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 15 sanasiga qadar

4-bosqich

Ko‘chaboshi va uyboshilarga rag‘batlantirish mablag‘larini to‘lash Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan bank kartalari orqali to‘lab beriladi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi

Bir chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 20 sanasiga qadar

5-bosqich

Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Faoliyatni baholash mezonlari

Baholash ballari

1.

Ko‘chalar va ko‘p kvartirali uylar atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, joriy va to‘liq ta’mirlash hamda bolalar maydonchalarini tashkil etish va jihozlashga doir chora-tadbirlar rejalari loyihalariga kiritilgan takliflar

20

1.1.

ko‘chalar va ko‘p kvartirali uylarning obodonlashtirilganligi hamda ko‘kalamzorlashtirilganligi

7

1.2.

ko‘chalar va ko‘p kvartirali uylarning ta’mirlanganligi

7

1.3.

bolalar maydonchalari tashkil etilganligi va jihozlanganligi

6

2.

Aholining “temir daftar”, “ayollar daftari” va “yoshlar daftari”ga kiritilishi, ularga moddiy yordam ko‘rsatilishi va kelgusida mazkur daftarlardan chiqarilishi to‘g‘risida fuqarolar yig‘ini kengashiga kiritilgan takliflar

20

2.1.

“temir daftar”da qayd qilish orqali moddiy yordam ko‘rsatilgan fuqarolar

7

2.2.

“ayollar daftari”da qayd qilish orqali moddiy yordam ko‘rsatilgan xotin-qizlar

7

2.3.

“yoshlar daftari”da qayd qilish orqali moddiy yordam ko‘rsatilgan yoshlar

6

3.

O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalarni, boquvchisini yo‘qotgan oilalarni, notinch va muammoli oilalarni, qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan kambag‘al oilalarni, pensionerlarni va nogironlarni o‘rganish va moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularga homiylik yordamlarini ko‘rsatish bo‘yicha fuqarolar yig‘ini kengashiga kiritilgan takliflar

20

3.1.

moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlangan yolg‘iz keksalar

4

3.2.

moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlangan boquvchisini yo‘qotgan oilalar

4

3.3.

moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlangan notinch va muammoli oilalar

4

3.4.

moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlangan kambag‘al oilalar

4

3.5.

moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlangan pensionerlar va nogironlar

4

4.

Aholining issiqlik va elektr energiyasidan, tabiiy gazdan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanishlarini targ‘ib qilishda, shuningdek, tegishli hududni namunali saqlashda shaxsiy tashabbus ko‘rsatganligi

10

4.1.

aholi tomonidan issiqlik va elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq va sovuq suvdan foydalanish tartiblarining buzilishiga yo‘l qo‘yilmaganligi

6

4.2.

biriktirilgan hududning namunali saqlanganligi

4

5.

To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish masalalari bo‘yicha fuqarolar yig‘ini kengashiga kiritilgan takliflar

10

5.1.

o‘rnatilgan tartiblar asosida o‘tkazilgan to‘y-hashamlar

6

5.2.

o‘rnatilgan tartiblar asosida o‘tkazilgan oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar

4

6.

Fuqarolar yig‘iniga yoki mutasaddi organlarga xabar berish natijasida oldi olingan huquqbuzarliklar

10

6.1.

ma’muriy huquqbuzarliklarning aniqlanishi va jinoyatlarning fosh etilishi hamda notinch oilalarda kelib chiqqan nizolarni bartaraf etish

4

6.2.

sud qaroriga ko‘ra voyaga yetmagan farzandi uchun aliment pullarining o‘z vaqtida to‘lanishi

4

6.3.

ota-onasining qaramog‘isiz qolgan bolalarning aniqlanishi

2

7.

Fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) qarorlari bo‘yicha amalga oshirilgan targ‘ibot va tashviqot ishlari

10

7.1.

biriktirilgan hududda aholi orasida targ‘ibot va tashviqot tadbirlarining o‘tkazilganligi

6

7.2.

fuqarolar bilan uyma-uy (xonadonma-xonadon) yurish orqali targ‘ibot va tashviqot o‘tkazilganligi

4