23.02.2021 yildagi 95-son
Hujjat 24.02.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 11-dekabrdagi PQ-4919-son qarori ijrosini ta’minlash hamda qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
16. Ushbu Nizomning 15-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmagan yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan holda taqdim qilinganda, tuman ishchi guruhi tomonidan arizani qabul qilish rad etiladi.
ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda loyiha to‘g‘risida ma’lumot;
taqdim qilingan hujjatlar ushbu Nizomning 25-bandiga muvofiq bo‘lmagan, 2019-yildan oldin tashkil qilingan, shuningdek, intensiv bo‘lmagan bog‘ va tokzorlar uchun subsidiyalar so‘ralganda talabgorlarni bu haqida xabardor qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
34. Agentliklar tomonidan ushbu Nizomning 33-bandi talablarining buzilish holatlari aniqlangan taqdirda, ajratilgan subsidiyalarni Agentliklarga qaytarish haqida talabgorlarga yozma xabarnoma yuboriladi.
44. Tuman ishchi guruhi tuzilgan dalolatnomaga muvofiq talabgorga subsidiyaning ushbu Nizomning 38-bandida belgilangan miqdorini subsidiyani ajratgan mas’ul idoraga ochiladigan shaxsiy g‘aznahisobvarag‘ini ko‘rsatgan holda qaytarish to‘g‘risida ogohlantirish xati beradi.

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Talabgorlar

Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha manzilli ro‘yxatga kiritish to‘g‘risida tuman ishchi guruhining ishchi organiga yozma yoki elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi.

Har kalendar yilining 1-iyuliga qadar

2-bosqich

Tuman ishchi guruhi

1. Talabgorlarning arizalarini qabul qiladi hamda joyiga chiqib o‘rganadi.

2. O‘rganish natijasi bo‘yicha suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha tuman manzilli ro‘yxatlarini shakllantiradi.

3. Tuman manzilli ro‘yxatlari tuman ishchi guruhining barcha a’zolari tomonidan imzolanadi va tuman ishchi guruhining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Tasdiqlangan tuman manzilli ro‘yxatlari ko‘rib chiqish va umumlashtirish uchun hududiy ishchi guruhga belgilangan tartibda taqdim qilinadi.

Uch ish kunida

Har kalendar yilining 10-iyuliga qadar

3-bosqich

Hududiy ishchi guruh

1. Taqdim etilgan tumanlar manzilli ro‘yxatlarini tahlil qiladi, zaruratga ko‘ra talabgorlarning takliflarini joyiga chiqib o‘rganadi va hududiy manzilli ro‘yxatlarni shakllantiradi.

2. Manzilli ro‘yxatlar hududiy ishchi guruhning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi hamda hududiy ishchi guruh rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Tasdiqlangan hududiy manzilli ro‘yxatlar Suv xo‘jaligi vazirligiga belgilangan tartibda taqdim qilinadi.

Uch kun muddatda

Har kalendar yilining 10-iyuliga qadar

Har kalendar yilning 15-iyuliga qadar

4-bosqich

Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Agentliklar

Hududiy manzilli ro‘yxatlarni belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarga mosligini tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda kelgusi yilda suvni tejaydigan texnologiyalarga subsidiya ajratish maqsadida budjet parametrlarini shakllantirishda inobatga olish uchun Moliya vazirligiga taqdim qiladi.

Har kalendar yilning 20-iyuliga qadar

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Talabgorlar

Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha manzilli ro‘yxatga kirgan talabgorlar subsidiya ajratish uchun tuman ishchi guruhiga ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.

Suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish ishlari yakunlangandan so‘ng

2-bosqich

Tuman ishchi guruhi

1. Talabgorlarning tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarda borligini tekshiradi.

Besh ish kuni ichida

2. Talabgorlar va pudrat tashkilotlari vakili ishtirokida joriy qilingan suvni tejaydigan texnologiyalarning to‘liq ishlash jarayonini joyida o‘rganadi.

Texnologiya sifatli qurilgan, to‘liq ishlagan va belgilangan texnik talablarga javob bersa, subsidiya ajratilishi maqsadga muvofiqligi yuzasidan ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan namunaga asosan tegishli xulosa tayyorlaydi.

Uch ish kuni ichida

3. Suvni tejaydigan texnologiyalar talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq bo‘lmaganda, sifatsiz qurilgan va texnik talablarga javob bermaganda yoki aniqlangan kamchiliklar yetti kun ichida bartaraf qilinmagan taqdirda, aniq sabablarni ko‘rsatgan holda talabgorga subsidiya ajratilishi maqsadga muvofiqligi yuzasidan xulosa berishni rad etish haqidagi qarorni qabul qiladi va bu haqida yozma ravishda talabgorga ma’lum qiladi.

Uch ish kunida

Talabgorlarga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalar umumlashtirilib, ro‘yxat asosida har o‘n kunda hududiy ishchi guruhga ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda taqdim etiladi.

Har o‘n kunda

3-bosqich

Hududiy ishchi guruh

1. Talabgorlarga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalarni tushgan kundan e’tiboran ularni umumlashtiradi va tahlil qiladi;

Uch ish kuni ichida

Agar taqdim etilgan hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlarda kamchilik aniqlansa, joyiga chiqqan holda texnologiyaning ishlash jarayonini o‘rganadi.

Har o‘n kunda

2. Subsidiya oladigan talabgorlarning ro‘yxatlarini umumlashtirib, tegishliligicha Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Suv xo‘jaligi vazirligiga taqdim etadi.

1-dekabrga qadar

4-bosqich

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

1. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha (paxta yetishtirishda joriy qilingan suvni tejaydigan texnologiya bo‘yicha ro‘yxat bundan mustasno) taqdim etilgan talabgorlar ro‘yxatlarini Suv xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda ko‘rib chiqadi va umumlashtiradi;

2. Yakuniy kelishilgan ro‘yxatlarga muvofiq talabgorlarning suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida ularning tijorat banklardagi hisobvaraqlariga subsidiyalarni o‘tkazib beradi.

O‘n kun ichida

4-bosqich

Suv xo‘jaligi vazirligi

1. Paxta yetishtirish uchun joriy etilgan suvni tejaydigan texnologiyalar bo‘yicha taqdim etilgan talabgorlar ro‘yxatlarini Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda ko‘rib chiqadi va umumlashtiradi.

2. Yakuniy kelishilgan ro‘yxatlarga muvofiq talabgorlarning paxta yetishtirish uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida ularning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga subsidiyalarni o‘tkazib beradi.

O‘n kun ichida

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Talabgorlar

Subsidiya olish uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish ishlari va burg‘ilangan quduq, shuningdek, nasos stansiyasini qurish ishlari yakunlangandan so‘ng Agentliklarga yozma yoki elektron shaklda tegishli hujjatlarni taqdim qiladi.

Tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish ishlari va burg‘ilangan quduq, shuningdek, nasos stansiyasini qurish ishlari yakunlangandan so‘ng

2-bosqich

Agentliklar

1. Talabgorlar tomonidan subsidiyalar olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlarning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini o‘rganib chiqadi.

2. Taqdim qilingan hujjatlar ushbu Nizomning 25-bandiga muvofiq bo‘lmagan, 2019-yildan oldin tashkil qilingan, shuningdek, intensiv bo‘lmagan bog‘ va tokzorlar uchun subsidiyalar so‘ralganda talabgorlarni bu haqida xabardor qiladi.

3. Talabgorlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar Agentliklar tomonidan xabardor qilgandan so‘ng yetti ish kuni mobaynida bartaraf qilinmagan taqdirda, hujjatlarni talabgorlarga qaytaradi.

4. Talabgorlarning subsidiyalar olish bo‘yicha ushbu Nizom talablariga muvofi� bo‘lgan hujjatlarini tegishliligicha Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi qoshidagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiyalar berish bo‘yicha kengashining navbatdagi yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish uchun kiritadi.

Etti ish kunida

3-bosqich

Kengashlar

Agentliklar tomonidan talabgorlarning subsidiyalar ajratish yuzasidan kiritgan hujjatlarini (takliflarini) ko‘rib chiqadi, subsidiyalar ajratish to‘g‘risida yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida tegishli qarorlarni qabul qiladi hamda subsidiyalar ajratiladigan talabgorlarning manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlaydi.

Bir oy ichida

4-bosqich

Agentliklar

1. Kengashlar tomonidan qabul qilingan qarorlar to‘g‘risida talabgorlarni xabardor qiladi;

Bir kun ichida

2. Kengashlar tomonidan s�bsidiya berish to‘g‘risida qabul qilingan qarorlar asosida talabgorlar bilan subsidiyalar ajratish to‘g‘risida tegishli shartnomalarni rasmiylashtiradi.

Uch ish kuni ichida

3. Agentliklar va talabgorlar o‘rtasida subsidiya ajratish to‘g‘risida shartnomalar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgandan so‘ng subsidiyalar xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklarida ochilgan maxsus 22626-hisobvaraqlariga ajratiladi.

Bir oy muddatda

5-bosqich

Agentliklar

Agentliklar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari, tuman (shahar) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari bilan birgalikda besh yil mobaynida shartnomada ko‘rsatilgan parametrlari bajarilishi yuzasidan monitoring olib boradi.

Besh yil mobaynida

a) 2-bandning oltinchi xatboshisi “15 foizini” so‘zlaridan keyin “hamda sotib olingan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foizini” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 14-bandning birinchi xatboshisi, 15-bandning ikkinchi xatboshisi va 16-bandning oltinchi xatboshisidagi “15 foizi” so‘zlaridan keyin “va lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foizi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
v) 1-ilovada “15 foizi” so‘zlaridan keyin “va lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foizi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
a) 5-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
b) 6-bandning birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan Jamg‘arma hisobiga ajratiladigan har yillik subsidiyalar hisobidan” so‘zlari “Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.