17.02.2021 yildagi PQ-4996-son
Hujjat 18.02.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni bilan tashkil qilingan “Raqamli O‘zbekiston — 2030” Strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasiga (A.N. Aripov) (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtirish komissiyasi) Dasturni hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish va qo‘llash bilan bog‘liq boshqa tashabbuslarni kompleks muvofiqlashtirish yuzasidan javobgarlik yuklansin.
departament xodimlari soni mazkur qarorning 5-bandiga muvofiq qayta tashkil qilinayotgan markazlarning shtat birliklari hisobidan shakllantiriladi;
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab 5 va 6-ilovalarda ko‘rsatilgan har bir oliy ta’lim muassasasiga kamida bir nafar yetakchi xorijiy ekspert va olimni sun’iy intellekt va uni qo‘llash texnologiyalari sohasida o‘qitishda ishtirok etish uchun jalb qilsin.
Mazkur qarorning 2, 3 va 4-ilovalarida ko‘rsatilgan vazirlik, idora va tashkilotlar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan holda yigirma kun muddatda yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “manzilli yo‘l xaritalari” (chora-tadbirlar dasturlari)ni tasdiqlasin.

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmlari

Ijro muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Sun’iy intellekt sohasidagi normativ-huquqiy bazani ishlab chiqish

1.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish:

sun’iy intellekt sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadli davlat dasturi, strategiyani amalga oshirishning bir yillik “Yo‘l xaritasi”, ushbu sohani yillar bo‘yicha rivojlantirish ko‘rsatkichlari (indikatorlari);

mashina yordamida o‘qitish va sun’iy intellekt algoritmlarini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan raqamli ma’lumotlar ochiqligi va sifatini oshirish;

sun’iy intellektni mashina yordamida o‘qitish uchun katta hajmda davlat tilidagi raqamli ma’lumotlarni shakllantirish, shuningdek, davlat tilidagi nutqni tahlil va sintez qilishni qo‘llovchi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish;

sun’iy intellekt sohasidagi vazifalarni hal qilish uchun zamonaviy yuqori texnologik infratuzilma va apparat komplekslarini yaratish;

sun’iy intellekt sohasida malakali mutaxassislarni, jumladan xorijiy o‘qituvchilarni jalb qilgan holda sohaga oid oliy ta’lim muassasalarida alohida yo‘nalishlarni ochish hamda iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruv tizimlari uchun kadrlarni maqsadli o‘qitish orqali tayyorlashni tashkil etish;

sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va qo‘llash, raqamli ma’lumotlarni qayta ishlashning umumiy tamoyillari va me’yorlari, shuningdek, yagona standartlari va qoidalari masalalarini tartibga solishning kompleks tizimini ishlab chiqish;

sun’iy intellekt sohasidagi xatarlarni nazorat qilish va oldini olish tizimini takomillashtirish, shu jumladan sun’iy intellekt texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan dasturlarning xavfsiz ishlashi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarning oldini olish, shuningdek, foydalaniladigan ma’lumotlarning konfidensialligini ta’minlash.

1. Xorijiy ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilgan holda strategiya loyihasini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhni shakllantirish.

2. Strategiyani tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash.

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil fevral



2021-yil sentyabr


2021-yil noyabr

Ijrochilar mablag‘lari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Markaziy bank, Fanlar akademiyasi, AT “Aloqabank”, “O‘zmilliybank” AJ, vazirliklar, idoralar, ilmiy va oliy ta’lim muassasalari

2.

Sun’iy intellekt sohasidagi xalqaro standartlarni O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari sifatida qabul qilish.

1. Sun’iy intellekt sohasidagi xalqaro standartlarni tahlil qilish va ul�rni O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari sifatida qabul qilish reja-jadvalini ishlab chiqish.

2021-yil mart

Ijrochilar mablag‘lari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “O‘zstandart” agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. O‘zbekiston Respublikasining sun’iy intellekt sohasidagi davlat standartlarini ishlab chiqish va tatbiq etish.

Reja-jadval asosida

3.

Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha maxsus huquqiy rejimni yaratish.

1. Ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda maxsus huquqiy rejimni yaratish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha idoral�raro ishchi guruhini shakllantirish.

2021-yil fevral

Ijrochilar mablag‘lari

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Maxsus huquqiy rejimni yaratishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash.

2021-yil aprel

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil may

II. Sun’iy intellekt texnologiyalarini davlat boshqaruvi tizimida keng qo‘llash

4.

Elektron hukumat va moliyaviy xizmatlar foydalanuvchilarini masofaviy identifikatsiya qilishni joriy qilish uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil may

-

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat personallashtirish markazi, Adliya vazirligi, Markaziy bank

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil iyul

5.

Ovozli biometriya va inson nutqini tanish texnologik yechimlarini joriy etish.

1. Loyihani amalga oshirishning moliyaviy va texnik masalalarini ishlab chiqish.

2021-yil mart

Ijrochilar mablag‘lari, grantlar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, AT “Aloqabank”

2. Ovozli biometriya yechimini AT “Aloqabank” aloqa markazi bilan integratsiyalash (tajriba-sinov loyiha).

2021-yil oktyabr

3. Nutqni tanish texnologik yechimini davlat tili nuqtai nazaridan mahalliylashtirish.

2022-yil mart

6.

“Sber” guruhi tajribasi asosida tadbirkorlik subyektlari va jismoniy shaxslar uchun raqamli ekotizim yaratish.

1. AT “Aloqabank” raqamli xizmatlari tomonidan biznesni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish (tajriba-sinov loyiha).

2021-yil may

Ijrochilar mablag‘lari

AT “Aloqabank”, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish:

tijorat banklari tomonidan alohida davlat xizmatlarining ko‘rsatilishi;

tijorat banklari tomonidan moliyaviy bo‘lmagan maslahat xizmatlarining ko‘rsatilishi;

tijorat banklarining u�arning raqamli ekotizimiga kiruvchi loyihalarda ulushli ishtirok etishlari imkonining yaratilishi.

2021-yil sentyabr

Markaziy bank, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari

III. Sun’iy intellekt sohasida innovatsion ishlanmalarning mahalliy ekotizimini yaratish

7.

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish.

1. Institut faoliyatini tashkil etish va uning tarkibiy tuzilmasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil mart

-

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Fanlar akademiyasi

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil aprel

8.

Sun’iy intellekt sohasidagi startap loyihalarni qo‘shma moliyalashtirish (kraudfanding) mexanizmlarini joriy etish.

1. Ishchi guruh tashkil etish.

2. Ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish.

2021-yil mart — dekabr

-

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, vazirlik va idoralar

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va kelishish.

2022-yil fevral

4. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil may

9.

Sun’iy intellekt sohasida tayanch doktorantura va tadqiqotchi-stajorlikka o‘qitish uchun har yili 5 nafardan maqsadli kvota ajratilishini belgilash.

1. “Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt” doktorantura ixtisosligini tashkil etish.

2021-yil avgust

-

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, vazirlik va idoralar

2. 2021/2022 o‘quv yili uchun kvotalarni iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda taqsimlash.

2021-yil sentyabr

3. “Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt” doktorantura ixtisosligini oliy malakali kadrlarning ilmiy va ilmiy-pedagogik mutaxassisliklar nomenklaturasiga kiritish.

2021-yil oktyabr

4. Keyingi uch yilga qabul kvotalari uchun tavsiyalar ishlab chiqish.

2021-yil noyabr

10.

Umumta’lim maktablarida “Axborot jamiyati va unda sun’iy intellektning o‘rni” mavzusida ochiq darslar o‘tkazish.

1. Umumta’lim maktablarining informatika fani o‘qituvchilari uchun har ikki yilda bir marotaba onlayn tarzda o‘tkaziladigan “Axborot jamiyatida axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt” mavzusidagi malaka oshirish va qayta tayyorlash qisqa muddatli kurslari dasturini (10 soatlik) tayyorlash.

2021-yil noyabr

Ajratilgan budjet mablag‘lari hisobidan

Xalq ta’lim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi

2. Umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun (5-sinf va undan yuqori) “Axborot jamiyati va unda sun’iy intellektning o‘rni” mavzusida bir yilda kamida ikki marotaba ochiq darslar tashkil etish.

2022-yil aprel oyidan boshlab

11.

Axborot texnologiyalari sohasiga ixtisoslashgan xodimlar uchun axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish o‘quv kurslarini tashkil etish hamda “Sun’iy intellekt” ta’lim yo‘nalishi fanlari bo‘yicha o‘qituvchilarni tayyorlash.

1. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimida “Raqamli iqtisodiyot va sun’iy intellekt” malaka oshirish o‘quv dasturini ishlab chiqish.

2021-yil dekabr

Ijrochilar mablag‘lari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Mehnat vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

2. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi negizida o‘qituvchilar uchun qisqa muddatli qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish hamda yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan tinglovchilarga oliy ta’lim muassasalari talabalariga ma’ruza o‘qish, mashg‘ulotlar o‘tish uchun sertifikatlar berish.

2021-yil mart oyidan boshlab

IV. Sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llovchi dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilariga raqamli ma’lumotlardan foydalanish uchun sharoit yaratish

12.

Raqamli davlat ma’lumotlaridan foydalanish uchun sharoit yaratish hamda ularni tezkor raqamlashtirishni ta’minlash.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

raqamlashtirilgan davlat ma’lumotlarini joylashtirish va shaxslarning ulardan foydalanishini tashkil etish;

raqamlashtirilishi shart bo‘lgan davlat ma’lumotlari ro‘yxatini shakllantirish;

raqa�lashtirish formatiga va raqamlashtirilgan zarur davlat ma’lumotlarini joylashtirish davriga qo‘yiladigan talablarni tasdiqlash.

2021-yil sentyabr

-

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zarxiv” agentligi, vazirlik va idoralar

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini loyihasini kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil dekabr

13.

Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimi ehtiyojlari uchun Sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma alyans faoliyatini tashkil etish.

1. Har yili Qo‘shma alyansning harakatlar rejasi va uning ishtirokchilari tarkibini tasdiqlash.

2021 va 2022-yillar dekabr

-

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, vazirlik va idoralar

2. Qo‘shma alyans ishtirokchilarining muammoli masalalarini taqdim etish va Sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasi doirasida tegishli loyihalar ishlab chiqish hamda amalga oshirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish.

2021 va 2022-yillar yanvar

3. Amalga oshirilgan loyihalar natijalarini eshitish va tegishli qarorlar qabul qilish.

2021 va 2022-yillar fevral

4. Har chorakda qo‘shma alyans faoliyati yuzasidan “Raqamli O‘zbekiston — 2030” Strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi majlisini o‘tkazish.

2021-2022-yillar mobaynida

14.

Davlat tilida sun’iy intellekt bo‘yicha izohli lug‘at ishlab chiqish.

1. Ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda sun’iy intellekt sohasidagi termin va ta’riflarni shakllantirish.

2021-yil may

Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining maxsus hisob raqami mablag‘lari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. Sun’iy intellekt bo‘yicha izohli lug‘at loyihasini ishlab chiqish va kelishish.

2021-yil sentyabr

3. Izohli lug‘atni e’lon qilish.

2021-yil dekabr

V. Sun’iy intellekt sohasidagi ilmiy ishlar va ishlanmalarning investitsion jozibadorligini shakllantirish

15.

Sun’iy intellekt sohasida amaliy algoritmlar yozishda tadqiqotchilarni rag‘batlantirish maqsadida doimiy ravishda “xakaton”lar va tanlovlar o‘tkazish.

1. Tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha yillik jadvalni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil mart

-

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, vazirlik va idoralar

2. Tadbirlarni o‘tkazish va ularni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2021-2022-yillar mobaynida

16.

Sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun maxsus huquqiy rejim doirasida tajriba-sinov loyihalarni amalga oshirish maqsadida maxsus ochiq maydoncha yaratish.

1. Loyiha-texnik hujjatini ishlab chiqish va uni belgilangan tartibda kelishish.

2021-yil avgust

Ijrochilar mablag‘lari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, vazirlik va idoralar

2. Dasturiy ta’minot va apparat-dasturiy komplekslari ishlab chiqaruvchi va integratorini aniqlash.

2021-yil oktyabr

3. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va joriy etish.

2022-yil may

17.

Telekommunikatsiya, xavfsizlik va boshqa davlat hamda hududiy dasturlar doirasida yo‘nalishlardagi loyihalarda ishtirok etish uchun ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik markazlari (R&D) faoliyatini tashkil etish uchun talablarni o‘rnatish.

1. Ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda takliflar tayyorlash bo‘yicha ekspert guruh sha�llantirish.

2021-yil fevral

Ijrochilar mablag‘lari

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil may

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil iyun

VI. Mahalliy korxonalar va mutaxassislarning sun’iy intellekt sohasidagi axborot resurslari va bilimlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash

18.

O‘zbekiston Respublikasi Ochiq davlat ma’lumotlari portali faoliyati doirasida sun’iy intellekt uchun raqamli ma’lumotlar platformasini yaratish, bunda shu jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

barcha foydalanuvchilar uchun teng imkoniyatlar yaratgan holda ochiq davlat ma’lumotlarini, integratsiya qilish talablarini va ulardan foydalanish to‘g‘risida ma’lumotlarni e’lon qilish;

sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish doirasida ochiq davlat ma’lumotlaridan bemalol foydalanish imkoniyatini olish uchun ariza berish.

1. Ochiq ma’lumotlar portali platformasida joylashtirish uchun ochiq ma’lumotlar va mas’ul tashkilotlar ro‘yxatini shakllantirish.

2021-yil mart

-

Davlat statistika qo‘mitasi, vazirlik va idoralar

2. Sun’iy intellekt doirasida ma’lumotlar to‘plamini joylashtirish imkoniyatlarini yaratish uchun Ochiq ma’lumotlar portalini modernizatsiya qilish hamda ma’lumotlarni avtomatik tarzda kiritish va yuklab olishda integratsiyani ta’minlash.

2021-yil iyul

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Statistika qo‘mitasi, vazirlik va idoralar

3. Sun’iy intellekt sohasidagi loyihalarda foydalanish uchun Portal platformasida ma’lumotlar to‘plamini o‘z vaqtida (shu jumladan avtomatlashtirilgan) joylashtirish.

2021-yil avgust

Vazirlik va idoralar

VII. Sun’iy intellekt va uni qo‘llash texnologiyalari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish

19.

Sun’iy intellektni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro hamkorlikdagi ilmiy tadqiqot faol�yatini rivojlantirish.

1. Sun’iy intellekt sohasida xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatini shakllantirish.

2021-yil oktyabr

-

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

2. Ilmiy tadqiqotda hamkorlikni o‘rnatish imkoniyatlarini o‘rganish.

2022-yil fevral

3. Tegishli xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha “Yo‘l xarita”sini ishlab chiqish.

2022-yil mart

20.

Hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksida (Government Artificial Intelligence Readiness Index) respublika pozitsiyasini yaxshilash choralarini ko‘rish.

1. Xorijiy tajribani o‘rganish va hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksi ko‘rsatkichlarini tahlil qilish.

2021-yil iyun

-

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, vazirlik va idoralar

2. Mamlakat pozitsiyasini yaxshilash bo‘yicha maqsadli harakatlar dasturini ishlab chiqish.

2021-yil avgust

3. Dastur lo�ihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil sentyabr

21.

Sun’iy intellekt sohasida milliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining hamkorlikdagi tadqiqot loyihalari faolligini oshirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi sun’iy intellekt sohasidagi ilmiy tashkilotlarning milliy va xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalari bilan 5 yillik hamkorlik rejasini ishlab chiqish:

iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimiga sun’iy intellektni joriy qilish bo‘yicha dolzarb mavzularni shakllantirish;

sun’iy intellekt sohasida tadqiqot loyihalarini moliyalashtirishda xususiy sektor ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish.

2022-yil fevral

-

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus t�’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi

22.

Sun’iy intellekt sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borayotgan yosh olimlarni qisqa muddatli xorijiy ilmiy stajirovkalarga yuborish.

1. Sun’iy intellekt sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borayotgan yosh olimlar ro‘yxatini shakllantirish va tanlov asosida saralash.

2. Ilg‘or xorijiy ilmiy tashkilotlari va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.

3. Tanlov asosida saralash orqali yosh olimlarni maqsadli xorijiy ilmiy stajirovkalarga o‘zaro kelishuv asosida yuborish.

2021-2022-yillar

Ijrochilar mablag‘lari

Innovatsion rivojlanish vazirligi, “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

23.

Sun’iy intellekt sohasidagi yetakchi ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish hamda ularning ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash.

1. Sun’iy intellekt sohasida o‘qitish va tadqiqot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash.

2021-yil aprel

Ijrochilar mablag‘lari

“El-yurt umidi” jamg‘armasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

2. Yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalar o‘rnatish.

2021-yil avgust

3. Magistratura va doktoranturada o‘qish uchun ilmiy-tadqiqot faoliyati va ta’limning maqsadli dasturini shakllantirish.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab

4. Sun’iy intellekt sohasidagi xalqaro konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar va boshqa tadbirlar to‘g‘risida axborotlarni e’lon qilib borish.

Har yili

24.

Sun’iy intellekt sohasida xususiy sektorni keng jalb qilgan holda muntazam tarzda xalqaro ilmiy konferensiyalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish.

1. “Sun’iy intellekt — texnologik rivojlanish asosi” shiori ostida axborot-texnologiyalari haftaligini o‘tkazish, shu jumladan oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar, Dasturiy mahsulot va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidentlari o‘rtasida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimi uchun sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqishga qaratilgan tanlov tashkil etish.

2. 2021-yilda “Innoweek” innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida xorijiy kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar va diplomatik vakolatxonalar, banklar, yirik ishlab chiqaru�chilar vakillari ishtirokida “Sun’iy intellekt — texnologik rivojlanish asosi” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etish.

2021-yil oktyabr-noyabr

Ijrochilar mablag‘lari, grantlar

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Markaziy bank, Savdo-sanoat palatasi

3. Xalqaro konferensiya va boshqa tadbirlar o‘tkazish konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish.

2021-yil dekabr

4. Yetakchi xorijiy ekspertlar va mutaxassislar, kompaniya va boshqa muassasalarni jalb qilgan holda xalqaro konferensiya va tadbirlarni tashkil qilish.

2022-yilda alohida reja asosida

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmlari

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

1.

Yerni masofadan zondlash ma’lumotlari asosida tuproq va qishloq xo‘jaligi ekinlari holatini, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi, shu jumladan kombaynlar ishini monitoring qilish jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash.

1. Loyiha-texnik hujjatini ishlab chiqi� va uni belgilangan tartibda kelishish.

2021-yil may

XMI va XHMT mablag‘lari va grantlar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbekkosmos” agentligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

2. Dasturiy ta’minot va apparat-dasturiy komplekslari ishlab chiqaruvchi va integratorini aniqlash.

2021-yil avgust

3. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va tajriba-sinov loyihasini joriy etish.

2021-yil dekabr

2.

Tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish samaradorligini oshirish va ular tomonidan tartibga solish talablari (SubTech va RegTech) bajarilishini soddalashtirish, shuningdek, bank xizmatlari ko‘rsatish sifatini tahlil qilish va kredit tavakkalchiliklarini baholash uchun sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash.

1. Xalqaro moliyaviy institutlar va konsalting kompaniyalari ko‘magida loyiha-texnik hujjatini ishlab chiqish va belgilangan tartibda kelishish.

2021-yil dekabr

Ijrochilar mablag‘lari

Markaziy bank, tijorat banklari, Banklar assotsiatsiyasi

2. Dasturiy ta’minot va apparat-dasturiy komplekslari ishlab chiqaruvchi va integratorini aniqlash.

2022-yil yanvar

3. Axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

2022-yil noyabr

3.

Budjet xarajatlari, pensiya, ijtimoiy va sug‘urta to‘lovlari, shuningdek, nafaqa to‘lovlarini tahlil qilish va samaradorligini oshirish uchun sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash.

1. Loyiha-texnik hujjatini ishlab chiqish va uni belgilangan tartibda kelishish.

2021-yil aprel

Ijrochilar mablag‘lari, grantlar va kreditlar

Moliya vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Dasturiy ta’minot va apparat-dasturiy komplekslari ishlab chiqaruvchi va integratorini aniqlash.

2021-yil may

3. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va tajriba-sinov loyihasini joriy etish.

2022-yil yanvar

4.

Yuridik shaxslarning soliq tushumlarini tahlil qilish, soliq to‘lovlaridagi tafovutlarni aniqlashda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash.

1. Loyiha-texnik hujjatini ishlab chiqish va uni belgilangan tartibda kelishish.

2021-yil may

Ijrochilar mablag‘lari, grantlar va kreditlar

Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Dasturiy ta’minot va apparat-dasturiy komplekslari ishlab chiqaruvchi va integratorini aniqlash.

2021-yil iyun

3. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va tajriba-sinov loyihasini joriy etish.

2022-yil may

5.

Lokomotivlarni boshqarish jarayonida ularning harakatini kuzatib borish va xavfli vaziyatlarda mashinistlarni ogohlantirishda, jamoat transporti harakatini tahlil qilish va ularning optimal yo‘nalishlarini aniqlashda, shuningdek, avtomobil harakatini va transportdagi tirbandliklarni monitoring qilishda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash.

1. Loyiha-texnik hujjatini ishlab chiqish va uni belgilangan tartibda kelishish.

2021-yil iyun

Ijrochilar mablag‘lari

Transport vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Toshshahar-transxizmat” AJ, Ichki ishlar vazirligi

2. Dasturiy ta’minot va apparat-dasturiy komplekslari ishlab chiqaruvchi va integratorini aniqlash.

2021-yil avgust

3. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va tajriba-sinov loyihasini joriy etish.

2021-yil dekabr

6.

Energiya resurslarini ishlab chiqarish va ularning iste’molini prognoz qilishda, texnologik uskunalar ishini optimallashtirishda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash.

1. Loyiha-texnik hujjatini ishlab chiqish va uni belgilangan tartibda kelishish.

2021-yil avgust

Ijrochilar mablag‘lari va kreditlar

Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

2. Dasturiy ta’minot va apparat-dasturiy komplekslari ishlab chiqaruvchi va integratorini aniqlash.

2021-yil oktyabr

3. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va tajriba-sinov loyihasini joriy etish.

2022-yil aprel

7.

Inson o‘pkasining kompyuter tomografiyasi tahlili asosida pnevmoniyani aniqlash hamda mammografiya tahlili asosida ko‘krak bezi saratoniga ilk bosqichda tashxis qo‘yish uchun sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash.

1. Loyiha-texnik hujjatini ishlab chiqish va uni belgilangan tartibda kelishish.

2021-yil iyun

Ijrochilar mablag‘lari va grantlar

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

2. Dasturiy ta’minot va apparat-dasturiy komplekslari ishlab chiqaruvchi va integratorini aniqlash.

2021-yil iyul

3. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va tajriba-sinov loyihasini joriy etish.

2021-yil noyabr

8.

Bozorning dori vositalari va tibbiy buyumlariga bo‘lgan ehtiyojlarini tahlil qilish va prognozlashtirishda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash.

1. Loyiha-texnik hujjatini ishlab chiqish va uni belgilangan tartibda kelishish.

2021-yil iyun

Ijrochilar mablag‘lari

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, “Dori-Darmon” AK, Sog‘liqni saqlash vazirligi

2. Dasturiy ta’minot va apparat-dasturiy komplekslari ishlab chiqaruvchi va integratorini aniqlash.

2021-yil iyul

3. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va tajriba-sinov loyihasini joriy etish.

2021-yil dekabr

9.

Elektron davlat va moliya xizmatlarini ko‘rsatishda foydalanuvchilarni masofadan turib biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) uchun sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash.

1. Loyiha-texnik hujjatini ishlab chiqish va uni belgilangan tartibda kelishish.

2021-yil may

Ijrochilar mablag‘lari

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat personallashtirish markazi, AT “Aloqabank”

2. Dasturiy ta’minot va apparat-dasturiy komplekslari ishlab chiqaruvchi va integratorini aniqlash.

2021-yil iyun

3. Biometrik ma’lumotlar bo‘yicha jismoniy shaxslarni identifikatsiya qilishning Yagona biometrik tizimi (YaBT)ni ishlab chiqish va tajriba-sinov loyihasini joriy etish.

2021-yil noyabr

Keyingi tahrirga qarang.

mlrd so‘m

T/r

Tashkilot nomi

Ustuvor yo‘nalish

Summa*

Moliyalashtirish manbalari

1.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Sun’iy intellekt texnologiyalari va katta ma’lumotlar bilan ishlash uchun superkompyuter va “bulutli” platformalarni rivojlantirish

15

Budjet mablag‘lari doirasida, grantlar, kreditlar, budjetdan tashqari mablag‘lar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

15

Budjet mablag‘lari doirasida, grantlar, kreditlar, budjetdan tashqari mablag‘lar

2.

Innovatsion rivojlanish vazirligi

Nutqni aniqlashva sintezlash texnologiyalari, tabiiy tilga ishlov berish va sun’iy intellektning boshqa yo‘nalishlarini rivojlantirish

15

Budjet mablag‘lari doirasida, grantlar, kreditlar, budjetdan tashqari mablag‘lar

3.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Boshqaruv qarorlarini qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashning intellektual texnologiyalarini rivojlantirish

15

Budjet mablag‘lari doirasida, grantlar, kreditlar, budjetdan tashqari mablag‘lar

4.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Yerni masofadan zondlash ma’lumotlari asosida tuproq va qishloq xo‘jaligi ekinlari ahvolini, shuningdek, global pozitsiyalash tizimlari ma’lumotlari asosida qishloq xo‘jaligi texnikasi, shu jumladan kombaynlar ishini monitoring qilish texnologiyalarini rivojlantirish

20

Budjet mablag‘lari doirasida, grantlar, kreditlar, budjetdan tashqari mablag‘lar

5.

Energetika vazirligi

Ashyolar interneti intellektual texnologiyalarini rivojlantirish

20

Budjet mablag‘lari doirasida, grantlar, kreditlar, budjetdan tashqari mablag‘lar

6.

Markaziy bank

Bank sohasida monitoring va tahlil qilish uchun intellektual texnologiyalarni rivojlantirish

10

O‘z mablag‘lari, grantlar, kreditlar

AT “Aloqabank”

10

O‘z mablag‘lari, grantlar, kreditlar

“O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ

20

O‘z mablag‘lari, grantlar, kreditlar

7.

“Olmaliq KMK” AJ

Sun’iy intellektdan foydalangan holda ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish

20

O‘z mablag‘lari, grantlar, kreditlar

“Navoiy KMK” DK

20

O‘z mablag‘lari, grantlar, kreditlar

“O‘zavtosanoat” AJ

20

O‘z mablag‘lari, grantlar, kreditlar

Jami

200

T/r

Raqamli ma’lumotlar nomi*

Mas’ul tashkilotlar

1.

Iqlim va ob-havo sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Gidrometeorologiya xizmati markazi

2.

Kompyuter tomografiyasi va monografiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar

(shaxsiy identifikatsiyasiz)

Sog‘liqni saqlash vazirligi

3.

Suv resurslari to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Suv xo‘jaligi vazirligi

4.

Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari, shu jumladan ularning konturlari va chegaralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar

(shaxsiy identifikatsiyasiz)

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Kadastr agentligi

5.

Markirovkalangan alkogol va tamaki mahsulot to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Davlat soliq qo‘mitasi

6.

Sud qarorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar

(shaxsiy identifikatsiyasiz)

Oliy sud

7.

Nazorat kassa mashinalari orqali aholi bilan pul operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar

(shaxsiy identifikatsiyasiz)

Davlat soliq qo‘mitasi

8.

Jamoat transporti harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlar**

Transport vazirligi

9.

Jamoat transportida yo‘lovchilarning harakatlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar

(shaxsiy identifikatsiyasiz)***

Transport vazirligi

10.

Ko‘chmas mulk, shu jumladan ularning konturlari va chegaralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar

(shaxsiy identifikatsiyasiz)

Kadastr agentligi

11.

Avtomototransport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar

(shaxsiy identifikatsiyasiz)

Ichki ishlar vazirligi

12.

Yo‘l-transport hodisalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar

(shaxsiy identifikatsiyasiz)

Ichki ishlar vazirligi

13.

Ma’muriy-hududiy birliklar va manzillar to‘g‘risidagi ma’lumotlar

Kadastr agentligi

14.

Tijorat banklarining muammoli kreditlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar

(shaxsiy identifikatsiyasiz)

Markaziy bank, Kredit byurosi

Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.