LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi O‘RQ-707-sonli “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ushbu Qonun davlat statistikasini tashkil etish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi, davlat statistikasi organlarining vakolatlarini belgilaydi hamda yagona statistika axboroti tizimi yuritilishi uchun normativ asos yaratadi.
Davlat statistikasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining davlat statistikasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlar hamda ularning natijalari to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil etish va e’lon qilish;
davlat organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, yuridik shaxslar, davlat muassasalari va xalqaro tashkilotlarni, shuningdek jamoatchilikni belgilangan tartibda statistika ma’lumotlari bilan ta’minlash;
statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy-statistika tasniflagichlar tizimini hamda Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish.
statistika hisobotini yig‘ish, qayta ishlash va umumlashtirish tartibiga har qanday aralashishni istisno etuvchi statistika ishlarini tashkil etish tizimini yaratish.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 3-yanvardagi O‘RQ-315-sonli Qonuniga asosan birinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 1-son, 1-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat statistikasi vakolatli organi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi, tumanlar va shaharlardagi organlari davlat statistikasi organlari hisoblanadi. Davlat statistikasi vakolatli organining rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 8-yanvardagi 8-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga qarang.
(5-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 3-sentabrdagi O‘RQ-253-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-yil, 35-36-son 299-modda)
Davlat statistikasi organlari ma’lumotlar manbalarini, statistika usullarini, statistika ma’lumotlarining mazmuni, shakli, vaqti va tarqatilishini tanlashda mustaqildir. Davlat statistikasi organlarining faoliyatiga davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat statistikasi organlarini moliyalashtirish hamda moddiy-texnika jihatidan ta’minlash Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Davlat statistika ishlari dasturiga kiritilmagan statistika ishlariga haq to‘lash buyurtmachi tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Davlat statistikasi organlarining ayrim bo‘linmalari o‘z faoliyatini shartnoma asosida amalga oshirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
davlat statistikasi sohasidagi yagona siyosatni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, uni tashkil etishning samarali tizimini ta’minlaydi;
davlat statistikasi sohasida muvofiqlashtirib borish va funksional tartibga solishni amalga oshiradi;
yagona statistika uslubiyatini va davlat statistika kuzatuvlarining shakllarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda joriy etadi;
statistika ko‘rsatkichlarining tezkorligi, ishonchliligi va xolisligini ta’minlaydi, statistika axborotidan foydalanish erkinligini, uning ochiqligi va oshkoraligini kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
davlat statistikasi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqadi va qabul qiladi;
boshqa davlatlarning statistika organlari va xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlik to‘g‘risida belgilangan tartibda bitimlar tuzadi.
Davlat statistikasi vakolatli organi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(51-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 3-yanvardagi O‘RQ-315-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2012-y., 1-son, 1-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan, banklardan, boshqa yuridik shaxslardan (zarur hollarda ularning vakolatxonalari va filiallaridan) davlat statistika hisobotlarini olish hamda ulardan statistika maqsadlarida foydalanish;
yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatining davlat statistika kuzatuvlarini o‘tkazish va olingan ma’lumotlardan statistika maqsadlarida foydalanish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, davlat tashkilotlaridan davlat statistika ishlarini olib borish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni (ularni tayyorlashning har qanday bosqichida), shuningdek ularga ilova qilinadigan tushuntirishlarni so‘rash va olish;
olinayotgan davlat statistika ma’lumotlarining to‘liqligi, xolisligi va ishonchliligini ekspertizadan o‘tkazish;
davlat statistika ma’lumotlarida qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish haqida ko‘rsatmalar berish hamda jamlanma davlat statistika ma’lumotlariga tegishli tuzatishlar kiritish;
davlat statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzgan mansabdor shaxslarga nisbatan qonunga muvofiq ma’muriy jazo choralarini qo‘llash;
yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlardan Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish uchun zarur ma’lumotlarni olish;
Davlat statistika ishlari dasturiga kiritilmagan, statistika, tahliliy, axborot, noshirlik xizmatlari va boshqa xizmatlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shartnoma asosida ko‘rsatish;
Keyingi tahrirga qarang.
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 3-yanvardagi O‘RQ-315-sonli Qonuni tahrirda — O‘R QHT, 2012-y., 1-son, 1-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
davlat statistikasi prinsiplariga rioya etilishini va xalqaro standartlarga monand statistika uslubiyati birligini ta’minlashi;
mamlakatni, uning mintaqalarini, iqtisodiyotning tarmoqlari va shu’balarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlarining bajarilish jarayoni ustidan davlat statistika kuzatuvlarini tashkil etishi;
davlat statistika hisobotlarini yig‘ish ishini, uy xo‘jaliklarining statistika kuzatuvlarini ro‘yxatga olish, bir marotabalik hisobga olish, so‘rovlar, tanlanma monografik va boshqa xil kuzatuvlar o‘tkazilishini tashkil etishi va ta’minlashi;
davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini belgilangan tartibda statistika ma’lumotlari va tahliliy axborot bilan ta’minlashi;
jamlanma statistika ma’lumotlari e’lon qilinishini hamda yuridik va jismoniy shaxslarga ularning so‘rovlariga binoan shartnoma asosida taqdim etilishini ta’minlashi;
yakka tartibdagi statistika ma’lumotlarining maxfiyligini, davlat sirlari va yuridik shaxslarning tijorat sirlariga rioya etilishini, jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning egasi mavhumlashtirilishini ta’minlashi;
davlat statistikasi axborot tizimi davlatning boshqa axborot tizimlariga moslashuvchanligini hamda O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot makonida o‘zaro hamkorlik qilishini ta’minlashi;
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini hamda davlat statistikasi uchun zarur bo‘lgan tasniflash tizimini yuritishi shart.
Davlat statistikasi organlari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Statistika kengashi davlat statistikasi vakolatli organi huzuridagi davlat statistikasining rivojlantirilishi, faoliyat ko‘rsatishi va muvofiqlashtirilishi muammolari bo‘yicha kollegial maslahat organidir.
Statistika kengashi davlat statistikasining ayrim masalalarini ko‘rib chiqish uchun ekspert komissiyalari tayinlashi mumkin. Statistika kengashi va ekspert komissiyalarining yig‘ilishlariga ekspertlar taklif etilishi, yig‘ilishlarda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar vakillarining davlat statistikasi masalalari bo‘yicha axborotlari eshitilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat statistikasi organlari Davlat statistikasi ishlari dasturini bajarishda davlat statistikasi organlariga ko‘maklashishi shart bo‘lgan boshqa davlat organlari hamda yuridik shaxslar bilan statistika ishlarini hamkorlikda bajaradi, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik qilishdan foydalangan holda bajaradi.
(9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Davlat statistikasi organlari o‘zlarining vakolat doirasiga kiruvchi ayrim ishlarning boshqa davlat organlari hamda yuridik shaxslar tomonidan bajarilishiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘l qo‘yadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Boshqa davlat organlari hamda yuridik shaxslar Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq davlat statistika kuzatuvlarini, shuningdek davlat statistikasi vakolatli organi bilan kelishilgan shakllarda idoraviy statistika kuzatuvlarini o‘tkazadi.
(9-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 3-yanvardagi O‘RQ-315-sonli Qonuni tahrirda — O‘R QHT, 2012-y., 1-son, 1-modda)
Idoraviy statistika kuzatuvlarining ma’lumotlari davlat statistikasi vakolatli organiga uning so‘roviga binoan taqdim etiladi.
Davlat statistika ishlari dasturi mamlakatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlar to‘g‘risida statistika axborotini tayyorlash uchun aniq yo‘naltirilgan topshiriqlar hamda statistika ishlarini moliyalashtirish hajmlari qamrab olingan hujjatdir.
Davlat statistikasi vakolatli organi statistika ma’lumotlaridan foydalanuvchilar talabini o‘rganish asosida ko‘p yillik Davlat statistika ishlari dasturini ishlab chiqadi, bu dasturda davlat statistikasining istiqbolga mo‘ljallangan maqsadlari va yo‘nalishlari belgilab beriladi.
Davlat statistika ishlari ko‘p yillik dasturini bajarish maqsadida davlat statistikasi vakolatli organi tomonidan davlat statistika ishlari yillik dasturi ishlab chiqilib, unda ishlarning bajarilish muddatlari, davlat statistika kuzatuvlari davriyligi va shakllari belgilab olinadi.
Davlat statistika ishlari dasturi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat statistika kuzatuvlari iqtisodiyotda va jamiyatda sodir bo‘layotgan hodisalar hamda jarayonlar to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarini muntazam ravishda yig‘ib borishdan iborat bo‘lib, ular birlamchi hisob hujjatlari asosida va bevosita kuzatuvlar yo‘li bilan o‘tkaziladi.
Davlat statistika kuzatuvlarini o‘tkazish uslublari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat statistikasi vakolatli organi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat statistika kuzatuvlarining shakllari statistika ma’lumotlarini taqdim etuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, banklar, boshqa yuridik shaxslar (ularning vakolatxonalari va filiallari), jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun majburiydir.
Davlat statistikasi organlari davlat statistika kuzatuvlarini o‘tkazish uchun shartnoma asosida yuridik va jismoniy shaxslarni jalb etishi mumkin.
Davlat statistika kuzatuvlari davlat statistikasi organlari tomonidan Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.
Yuridik shaxslar davlat statistika kuzatuvlari o‘tkazilayotganida qonun hujjatlariga muvofiq xizmat binolari va yer uchastkalariga kirishni ta’minlashi shart.
Uy xo‘jaliklari so‘rovi davlat statistika kuzatuvlarining turlaridan biridir va u qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Idoraviy statistika kuzatuvlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshirilishi mumkin.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 3-yanvardagi O‘RQ-315-sonli Qonuni tahrirda — O‘R QHT, 2012-y., 1-son, 1-modda)
Davlat statistika organlari Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini, shuningdek to‘planadigan ma’lumotlar hisobga olinishini va ko‘rsatkichlar identifikatsiya qilinishini ta’minlaydigan statistika kuzatuvlari obyektlarining statistika registrlarini yuritadi.
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri axborot-ma’lumotnoma xususiyatidagi, vaqti-vaqti bilan yangilab turiladigan ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi avtomatlashtirilgan tizim bo‘lib, korxonalar va tashkilotlar yagona tasniflash tizimi asosida davlat hisobiga olinishi va identifikatsiya qilinishini ta’minlaydi.
Yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar registrini va axborot bazalarini yaratadigan va yuritadigan davlat organlari hamda ularning tasarrufidagi tashkilotlar davlat statistikasi organlariga Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini shakllantirish hamda uning dolzarbligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan axborotni bepul beradi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 25-sentabrdagi 274-son qarori bilan tasdiqlangan “Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri to‘g‘risida”gi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Statistika ma’lumotlari to‘liq, xolis, ishonchli bo‘lishi hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, banklar, boshqa yuridik shaxslar (zarur hollarda ularning vakolatxonalari va filiallari), jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan davlat statistikasi vakolatli organi tasdiqlagan muddatlarda va davlat statistika kuzatuvlari shakllari bo‘yicha bepul taqdim etilishi kerak.
Davlat statistika kuzatuvlarining shakllari bo‘yicha statistika ma’lumotlari qonun hujjatlariga muvofiq qog‘ozda yoki elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Buxgalteriya hisobi, moliyaviy va boshqa hisobotlarni tartibga soluvchi, qonun hujjatlari bilan belgilangan normalar statistika hujjatlarini to‘ldirish (statistika ko‘rsatkichlari hisobi) uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 3-yanvardagi O‘RQ-315-sonli Qonuni tahrirda — O‘R QHT, 2012-y., 1-son, 1-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Statistika ma’lumotlaridan davlat manfaatlarini ko‘zlab va ilmiy maqsadlarda, jamoatchilikni xabardor etish, bunday ma’lumotlardan foydalanuvchilarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash uchun foydalaniladi.
Davlat statistikasi organlari yuridik shaxslardan, ularning vakolatxonalari va filiallaridan, jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlardan olgan birlamchi statistika ma’lumotlari faqat jamlanma statistika ko‘rsatkichlarini tayyorlashda statistika maqsadlarida ishlatiladi hamda jamlanma holatda va egasi mavhumlashtirilgan tarzda e’lon qilinadi.
Tarkibida davlat siri va tijorat sirlari bo‘lgan statistika ma’lumotlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat statistika hisobotlarini buzib ko‘rsatganlik, statistika ma’lumotlarini yashirganlik va davlat statistikasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzganlikda aybdor shaxslar qonunga muvofiq jinoiy, ma’muriy va boshqa yo‘sinda javobgar bo‘ladilar.
Keyingi tahrirga qarang.