TAShQI IQTISODIY FAOLIYATNI YaNADA ERKINLAShTIRISh VA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-martdagi 137-sonli “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish to‘g‘risida”gi Farmonini bajarish yuzasidan, notarifli tartibdan tarif tartibiga o‘tish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash, ekspert-import operatsiyalarini amalga oshirish mexanizmini soddalashtirish, uni xalqaro amaliyotga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi 1871-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng qulay tartibni yaratish to‘g‘risida bitimga ega bo‘lmagan mamlakatlardan import qilinadigan tovarlarga nisbatan ikki baravar ko‘paytirilgan boj poshlinalari stavkalari qo‘llaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-martdagi 114-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 7-oktabrdagi 389-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi—to‘rtinchi xatboshilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi 1871-sonli Farmoni bilan chiqarilgan)
O‘zbekiston Respublikasining vakil qilingan organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘yicha eksport va import qilinadigan maxsus tovarlar (ishlar va xizmatlar) ro‘yxati 6-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning oltinchi—sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi 1871-sonli Farmoni bilan chiqarilgan)
respublikada ishlab chiqarilgan eksportga yetkazib beriladigan mahsulotni aniqlash qoidalari 11-ilovaga muvofiq;
xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar o‘z ehtiyojlari uchun import qiladigan mahsulotlarni aniqlash qoidalari 12-ilovaga muvofiq;
eksport-import yuklarni rasmiylashtirishda bojxona organlariga taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati 13-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning o‘n uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 23-martdagi 163-sonli qarori bilan chiqarib tashlangan)
6. Belgilansinki, 3-ilovaga muvofiq strategik muhim tovarlarning xo‘jaliklar va korxonalar ixtiyorida qoladigan hajmlariga eksport kvotalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan bir yilda bir marta tasdiqlanadi.
7. Belgilab qo‘yilsinki, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va unga qarashli bo‘linmalar tovarning kelib chiqishini sertifikatsiyalashni, respublikada ishlab chiqarilgan eksportga yetkazib beriladigan mahsulotni sertifikatsiyalashni hamda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar o‘z ehtiyojlari uchun import qiladigan mahsulotni sertifikatsiyalashni amalga oshiradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi sertifikatsiyalash tartibini belgilovchi normativ hujjatlarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
8. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar eksport qilinayotgan tovarga belgilangan shakldagi tovarning kelib chiqish sertifikatlarini ilova qilsinlar, shuningdek, import qilinayotgan tovarlarni qabul qilishni “O‘zdavstandart” markazida ro‘yxatdan o‘tkazilgan tashkilotlarning vakil qilingan ekspertlari ishtirokida amalga oshirsinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat ehtiyojlari uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini import qiluvchi tashqi savdo firmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomni hamda ushbu firmalar to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
10. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Moliya vazirligi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda bir oy muddatda tashqi savdo firmalari tomonidan davlat ehtiyojlari uchun 15-ilovaga muvofiq asosiy oziq-ovqat tovarlari yetkazib berish bo‘yicha tenderlar o‘tkazish tartibini ishlab chiqsin, ushbu tartibni, shuningdek, tender komissiyasi a’zolari tarkibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Adliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika atamashunoslik qo‘mitasi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik yurituvchi subyektlarini ro‘yxatga olishda ularga nom berishning yagona tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
12. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi korxonalarni, shu jumladan, sobiq SSSR subyektlari bo‘lgan mamlakatlar bilan tashqi savdo aloqalarini amalga oshirayotgan korxonalarni tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchisi sifatida ro‘yxatga olishda faqat 4 va 5-ilovalarda ko‘rsatilgan, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-son qaroriga muvofiq alohida faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyalariga ega bo‘lganlar tomonidan ishlab chiqariladigan maxsus tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga eksport va import nomenklaturasini belgilasin.
Boshqa mahsulotlar korxonalar tomonidan eksport va import nomenklaturasi taqdim etilmasdan eksport va import qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-martdagi 114-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
14. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 25-martdagi 163-son qarorining 2-bandi 2-xatboshi, 4-bandi 2, 3-xatboshilari, 2, 3, 4, 5, 6-ilovalari va Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 17-noyabrdagi 558-son qaroriga 1-ilova, Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-oktabrdagi 485-son qaroriga 4-5-ilovalar, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 14-apreldagi 210-son qarori 2-bandining markazlashtirilgan eksport kontraktlari bo‘yicha boj poshlinalari to‘lashga oid qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
15. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari o‘zlarining normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari O‘.T. Sultonov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-martdagi 114-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 20-martdagi 114-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi 1871-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi 1871-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi 1871-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
T/r | Qisqacha nomi | Ruxsat berish vakolati bo‘lgan organlar |
1. | O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet mamlakatlardagi va xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasidagi o‘z kasbi bo‘yicha faoliyati | Mehnat vazirligi |
2. | audio mahsulotlarini import-eksport qilish | Madaniyat ishlari vazirligi |
Kino va video mahsulotlarini import va eksport qilish” “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi | ||
3. | Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari, nou-xau, ixtirolarni eksport qilish | Fan va texnika davlat qo‘mitasi |
4. | Chet mamlakatlarga investitsiyalar | Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi |
5. | Xalqaro transport yuk tashishlar | Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi |
6. | San’at asarlarini eksport qilish | Madaniyat ishlari vazirligi |
7. | O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlar va o‘simliklarni eksport qilish | Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi |
(6-ilovaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 30-yanvardagi56-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 18-iyundagi 219-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi 1871-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 10-oktabrdagi 1871-sonli Farmoniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
1. Tovarlar ishla6 chiqarilgan mamlakatni aniqlashning mazkur qoidalari O‘zbekiston Respublikasi boj hududiga tovar importini hamda ushbu hududdan tovarlar eksportini tartibga solishning tarifli va tarifsiz chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan. Tovarlar kelib chiqqan mamlakatni aniqlash prinsiplari mavjud xalqaro amaliyotga asoslanadi.
2. Mahsulotni O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan deb hisoblash belgilangan shakldagi tovarlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi (keyingi o‘rinlarda sertifikat deb ataladi) sertifikat bilan tasdiqlanadi.
3. Mazkur qoidalar O‘zbekiston Respublikasi qatnashchisi hisoblangan xalqaro bitimlarga va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasiga import qilinadigan va uning hududidan eksport qilinadigan tovarlarga tatbiq etiladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi preferensiyalarning Umumiy tizimi doirasida tarif preferensiyalari beradigan mamlakatlardan import qilinadigan tovarlarga nisbatan tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash uchun 1980-yilgi “Preferensiyalarning Umumiy tizimi doirasida tarif preferensiyalarini berishda tovarlarning rivojlanayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarilganligini aniqlovchi birxillashtirilgan qoidalar to‘g‘risidagi bitim” qoidalari qo‘llaniladi.
5. Tovarlar to‘liq ishlab chiqarilgan yoki yetarlicha qayta ishlangan yoki ularga ishlov berilgan mamlakat tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakat hisoblanadi.
a) uning hududida yoki hududi suvlarida yoki uning kontinental shelfida va, basharti mamlakat ushbu yer osti boyliklarini qazib olishda mutlaq huquqlarga ega bo‘lsa, dengiz ostidan qazib olingan foydali qazilma boyliklar;
e) Jahon okeanida ushbu mamlakat kemalari yoki u tomonidan ijaraga olingan kemalar tomonidan tutilgan va (yoki) ishlab chiqarilgan dengiz ovchiligi mahsulotlari;
j) ushbu mamlakatda amalga oshiriladigan ishlab chiqarish operatsiyalari va boshqa operatsiyalarning natijasi hisoblangan ikkilamchi xomashyo va chiqitlar;
z) ushbu mamlakatga tegishli bo‘lgan yoki u tomonidan ijaraga olingan koinot kemalarida ochiq koinotda olingan yuqori texnologiyali mahsulotlar;
i) ushbu mamlakatda istisnosiz mazkur bandning “a” — “z” kichik bandlarida ko‘rsatilgan mahsulotlardan ishlab chiqarilgan tovarlar.
7. Agar tovarni ishlab chiqarishda ikki yoki undan ortiq mamlakat qatnashsa, tovarning kelib chiqishi “yetarlicha qayta ishlash” mezoniga muvofiq aniqlanadi.
a) tovarni qayta ishlash natijasida TIF TN bo‘yicha dastlabki 4 belgining istalgan biri darajasida TIF TN bo‘yicha tovar pozitsiyasida (tovarning tasniflash kodi)da yuz bergan o‘zgarish;
b) tovar ushbu operatsiyalar amalga oshirilgan mamlakatdan kelib chiqqan deb hisoblanishi uchun kifoya qiladigan yoki kifoya qilmaydigan ishlab chiqarish yoki texnologik operatsiyalarni bajarish;
v) advalor ulush qoidasi — tovar qiymatini o‘zgartirish, bunda foydalanilgan materiallar qiymati yoki qo‘shilgan qiymatning foiz ulushi yetkazib beriladigan tovar narxining belgilangan ulushiga etadi.
9. Aniq tovarlar yoki aniq mamlakat (mamlakatlar)ga nisbatan tovarlarning kelib chiqishi mezoni alohida aytilmasa, umumiy qoidalar qo‘llaniladi, ushbu qoidalarga muvofiq tovar, basharti Tovar nomenklaturasi bo‘yicha dastlabki to‘rt belgilardan istalgan biri darajasida tovar pozitsiyasi , (tovarning tasniflash kodi) o‘zgarsa, tovar yetarlicha qayta ishlangan hisoblanadi.
b) tovarlarni sotishga yoki transportda tashishga tayyorlash operatsiyalari (guruhlarga ajratish, jo‘natishlarni tashkil qilish, navlarga ajratish, qayta o‘rash);
g) tovarlar (komponentlar)ni olingan mahsulotning dastlabki tarkibidan jiddiy farqlaydigan tus bermaydigan qilib aralashtirish;
11. Etarlicha ishlov berish mezonlari advalor ulush orqali ifodalangan taqdirda qiymat ko‘rsatkichlari quyidagicha hisoblab chiqiladi:
a) Import qilingan materiallar uchun — olib kelishda boj solig‘i solinadigan qiymat bo‘yicha (SIF bazasida); yoki ularning kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan taqdirda — ishlab chiqarish amalga oshirilgan mamlakat hududidagi birinchi sotishning belgilangan narxi bo‘yicha;
12. Tovarlarni ishlab chiqarish yoki transport sharoitlariga ko‘ra bir partiyada yuklab jo‘natish mumkin bo‘lmaganda bir necha partiyalarga bo‘lib yuboriladigan qismlarga ajratilgan yoki yig‘ilmagan ko‘rinishdagi tovarlar, deklarantning istagiga ko‘ra, tovar ishlab chiqarilgan joyni aniqlash nuqtai nazaridan yagona buyum sifatida qaralishi kerak.
a) O‘zbekiston Respublikasi bojxona organining bo‘laklarga ajratilgan yoki yig‘ilmagan tovarni bir necha partiyaga ajratish to‘g‘risida buning sabablari ko‘rsatilgan oldindan bergan bildirishnomasi, TIF TN bo‘yicha tovarlar kodlari, har bir partiyaga kiruvchi tovarlarning qiymati va ular ishlab chiqarilgan mamlakat ko‘rsatilgan holda batafsil ro‘yxatini taqdim etish;
b) tovarlarni bir necha partiyalarga ajratish xato ekanligini, agar bir necha partiyaga ajratilgan bo‘lsa, hujjatlar bilan tasdiqlash;
d) tovarlarning barcha partiyalarini bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan sanadan boshlab yoki birinchi partiyaga nisbatan uni yetkazib berish muddatlari tamom bo‘lgandan keyin 6 oydan oshmaydigan muddatda yetkazib berish.
13. Tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlashda ularni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan issiqlik va elektr energiyasi, mashinalar, asbob-uskunalarning kelib chiqishi hisobga olinmaydi.
14. Tovar, agar ushbu tovar ishlab chiqarilgan joyning belgilangan mezonlariga va boshqa shartlariga mos kelibgina qolmasdan, balki eksport qiladigan mamlakatda belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan korxona, firma tomonidan bevosita xarid qilinsa va ushbu mamlakatdan import qilinadigan mamlakatga to‘g‘ridan to‘g‘riyuklab jo‘natish yo‘li bilan import qilinsa eksport qilingan mamlakatda ishlab chiqarilgan hisoblanadi.
Geografik, transport, texnik yoki iqtisodiy sabablar oqibatida bir yoki bir necha mamlakat hududi orqali transportda tashiladigan tovarlar, shuningdek, tovarlar hamma vaqt tranzit qiluvchi mamlakatning bojxona nazoratida bo‘lishi sharti bilan ushbu mamlakatlar hududidan vaqtincha olib o‘tilganda yoki omborlarda joylanganda ham to‘g‘ridan to‘g‘riyuklab jo‘natish talablariga javob beradi.
Bundan tashqari import qiluvchi tomonidan ko‘rgazmalarda yoki yarmarkalarda sotib olingan tovarlar ham ushbu tovarlar ko‘rgazma yoki yarmarkaga jo‘natilgandan keyin ko‘rgazma maqsadlaridan boshqa maqsadlarda foydalanilmasa hamda ko‘rgazma yoki yarmarka davomida bojxona nazorati ostida bo‘lsa to‘g‘ridan to‘g‘riyuklab jo‘natish qoidalariga javob beradi.
15. O‘zbekiston Respublikasi bojxona organi tovarning ushbu mamlakatda ishlab chiqarilganligiga ishonch hosil qilish uchun tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikat taqdim etilishini talab qilishga haqlidir.
16. Tovarlarni O‘zbekiston Respublikasidan eksport qilishda sertifikat zarur bo‘lganda va bu tegishli kontraktlarda, import qiluvchi mamlakat milliy qoidalarida qayd etilgan yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarida nazarda tutilgan hollarda beriladi.
17. O‘zbekiston Respublikasining boj hududiga tovarlarni import qilishda sertifikat majburiy tartibda:
a) O‘zbekiston Respublikasi boj tartibi bo‘yicha tarif preferensiyalari beruvchi mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga;
b) ushbu mamlakatdan import qilish miqdoriy cheklashlar (kvotalar) bilan yoki tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning boshqa usullari bilan tartibga solinadigan tovarlarga;
v) agar bu O‘zbekiston Respublikasi qatnashchisi hisoblangan xalqaro bitimlarda, shuningdek, atrof muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligi, iste’molchilarning huquqlarini, jamoat tartibini, davlat xavfsizligini va O‘zbekiston Respublikasining boshqa hayotiy muhim manfaatlarini himoya qilish sohasida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa;
g) bojxona rasmiylashtirishi uchun taqdim etiladigan hujjatlarda tovarlar ishlab chiqarilgan joy to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan yoxud bojxona organi tovarlar ishlab chiqarilgan joy to‘g‘risida haqiqiy bo‘lmagan ma’lumotlar deklaratsiya qilinayapti deb hisoblashi uchun asos bo‘lgan hollarda taqdim etiladi.
18. Sertifikat ko‘rsatib o‘tilgan tovar tegishli mamlakatda ishlab chiqarilganligini aniq tasdiqlashi, ya’ni unga quyidagilar bo‘lishi kerak:
a) eksport qiluvchining tovar ishlab chiqarilgan joy to‘g‘risidagi tegishli mezonni qondirishi haqidagi yozma tasdiqnomasi;
b) sertifikatda berilgan ma’lumotlar haqiqatga muvofiqligi to‘g‘risida sertifikat bergan tovarni tashqariga chiqaruvchi mamlakat vakolatli organining yozma qaydi.
19. Agar O‘zbekiston Respublikasi bilan eksport qiluvchi mamlakat o‘rtasidagi bitimda o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, sertifikatda tovar to‘g‘risidagi quyidagi zarur ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
g) o‘rinlar soni va o‘rash-joylash turi, tovarni identifikatsiyalash uchun barcha zarur ma’lumotlar mavjud bo‘lgan tovar ta’rifi;
d) brutto va netto og‘irligi (ushbu ko‘rsatkichlar, masalan, transportda tashishga tovarning og‘irligi jiddiy ravishda o‘zgarganda birliklar yoki hajm soni yoki ushbu birliklar tovarning ushbu turiga andozali qo‘llanganda boshqa ko‘rsatkichlar bilan almashtirilishi mumkin);
20. Sertifikat O‘zbekiston Respublikasi bojxona organiga mashinkada yozilgan holda tuzatishlarsiz, rus yoki ingliz, yoki fransuz, yoki ispan tillarida taqdim etiladi.
21. Sertifikat yukning bojxona deklaratsiyasi hamda boj rasmiylashtirilishida zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar bilan birgalikda taqdim etiladi.
22. Tovarlarning uncha katta bo‘lmagan partiyalari (faktura qiymati 5000 AQSh dollarigacha bo‘lgan) ishlab chiqarilgan joyni tasdiqlashda eksport qiluvchi tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni schyot-fakturada yoki tovarga ilova qilingan boshqa ilova hujjatlarida deklaratsiya qilishi mumkin.
23. Zarur tartibda rasmiylashtirilgan sertifikat yoki tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar taqdim etilmagunga qadar tovar ushbu mamlakatda ishlab chiqarilgan deb hisoblanmaydi.
24. Zarur tartibda rasmiylashtirilgan sertifikat yoki tovar ishlab chiqarilgan joy to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilmasligi tovarni O‘zbekiston Respublikasi boj chegarasi orqali o‘tkazib yuborishni rad etish uchun asos bo‘lib hisoblanmaydi.
Bojxona organi yuk O‘zbekiston Respublikasi qatnashchisi hisoblangan xalqaro bitimlarga, va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tovarlar O‘zbekiston Respublikasiga kiritilishi mumkin bo‘lmagan mamlakatda ishlab chiqarilgan deb hisoblanishi uchun yetarlicha asoslar mavjud bo‘lgan taqdirdagina tovarni o‘tkazib yuborishni rad etishi mumkin.
Ushbu bandning ikkinchi xatboshi qoidalarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan joyi ishonchli ravishda aniqlanmagan tovarlar O‘zbekiston Respublikasiga O‘zbekiston Respublikasi boj tarifining eng yuqori stavkalari bo‘yicha boj poshlinalari to‘langan holda o‘tkaziladi.
25. 24-bandning uchinchi xatboshida ko‘rsatilgan tovarlarga ularning ishlab chiqarilgan joyi to‘g‘risida tovar yetkazib berilgandan (o‘tkazib yuborilgandan) keyin kamida bir yildan kechikmay ular ishlab chiqarilgan joy to‘g‘risida tegishli tasdiqnoma olingan taqdirda eng qulay tartib yoki preferensiya tartibi qo‘llanilishi (tiklanishi) mumkin.
1. Korxonalar o‘zlari ishlab chiqargan eksportga yetkazib beriladigan mahsulotni aniqlashning mazkur Qoidalari (keyingi o‘rinlarda — Qoidalar deb ataladi) “Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasini amalga oshirish maqsadida, shuningdek, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotni aniqlash tartibini takomillashtirish va korxonalar o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotni eksport qilishda bojxona nazoratini tartibga solish zaruriyati munosabati bilan ishlab chiqilgan.
2. Mahsulotni o‘zi ishlab chiqargan mahsulot deb hisoblash mezoni o‘zi ishlab chiqargan mahsulot sertifikati bilan tasdiqlanadi. Sertifikat olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati, ularni taqdim etish va ko‘rib chiqish tartibi, sertifikat berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan o‘zi ishlab chiqargan mahsulot sertifikati to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq belgilanadi.
3. Mazkur Qoidalar Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan beriladigan litsenziyalar bo‘yicha eksport qilinadigan mahsulot turlariga joriy etiladi.
4. Korxonalarning o‘zi ishlab chiqargan mahsulot deganda to‘liq ushbu korxonada ishlab chiqarilgan yoki quyidagi asosiy qoidalarga rioya qilingan holda qayta ishlov berilgan mahsulotlar tushuniladi:
a) amaldagi qonunchilik bilan belgilangan hollarda faoliyatning tegishli turini amalga oshirishga maxsus ruxsatnoma mavjudligi;
b) moddiy va (yoki) moliyaviy resurslar ko‘rinishidagi o‘z asosiy va oborot fondlaridan foydalanilishi;
v) mahsulot ishlab chiqarishning asosiy texnologik jarayonlari ushbu korxonada ish bilan doimiy ravishda band bo‘lgan xodimlar tomonidan bajarilishi;
g) tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (TIF TN) pozitsiyasi raqamli kodini mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan tayanch xomashyo va materiallarga nisbatan dastlabki to‘rt belgi (neftni qayta ishlash korxonalari uchun — keyingi uch belgi) bo‘yicha tayyorlangan mahsulot tasnifi o‘zgartirilishi (qazib oluvchi sanoat tarmoqlari korxonalarining xomashyo mahsulotidan tashqari);
d) eksportga mo‘ljallangan pirovard mahsulot qiymatida ushbu korxonada qo‘shilgan qiymat kamida 30 foiz bo‘lishi (qazib oluvchi sanoat tarmoqlari korxonalarining xomashyo mahsulotidan va mazkur qoidalarning 6, 7 va 8-bandlarida ko‘rsatilgan mahsulotdan tashqari).
5. Qazib oluvchi sanoat tarmoqlari korxonalari uchun korxona tomonidan yer osti boyliklaridan foydalanish huquqini beruvchi litsenziyada belgilangan hajmlar doirasida haqiqatda qazib olinadigan mahsulot, shuningdek, uni qayta ishlash natijasida ushbu korxonada tegishli hajmlarda ishlab chiqarilgan mahsulot o‘zi ishlab chiqargan mahsulot hisoblanadi.
Qazib olingan mahsulotni ulushli taqsimlash to‘g‘risida bitim mavjud bo‘lgan taqdirda ko‘rsatib o‘tilgan bitimga muvofiq korxonaga beriladigan mahsulotning bir qismi o‘zi ishlab chiqargan mahsulotga tegishli bo‘ladi.
6. Mahsulot korxonaning o‘zi ishlab chiqargan mahsulot hisoblangan xomashyodan hamda ushbu korxona tomonidan qayta ishlash uchun berilgan yoki sotilgan xomashyodan ishlab chiqarilgan hollarda o‘zi ishlab chiqargan pirovard mahsulot deb:
xomashyo egasi uchun — mahsulotning qayta ishlash uchun haq to‘lash sifatida qayta ishlovchi korxona ixtiyorida qoladigan qismini chiqarib tashlagan holda xomashyo qayta ishlangandan keyin olingan mahsulotni;
qayta ishlovchi korxona uchun — korxonadan sotib olingan xomashyo qayta ishlanganligi yoki xomashyodan olingan mahsulotga haq to‘lash sifatida uning ixtiyorida qoluvchi mahsulotni hisoblash kerak.
7. Neft va gaz qazib oluvchi hamda neft va gazni qayta ishlovchi korxonalar uchun “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasi tomonidan o‘zi ishlab chiqargan mahsulotni aniqlashning qo‘shimcha shartlari belgilanadi.
8. Mazkur Qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda mahsulotni o‘zi ishlab chiqargan mahsulotga tegishli deb hisoblash haqidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Bojxona bosh boshqarmasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining tegishli vazirliklari va idoralari bilan kelishgan holda qabul qilinadi.
1. Mazkur Qoidalar “Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasini amalga oshirish hamda xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar o‘z ehtiyojlari uchun import qilayotgan mahsulotlarni aniqlash tartibini takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar o‘z ehtiyojlari uchun import qilayotgan mahsulotlar sertifikati (keyingi o‘rinlarda sertifikat deb ataladi) qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyozlar ushbu korxonaning iltimosi (buyurtmanomasi) bo‘yicha beriladi.
Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar o‘z ehtiyojlari uchun import qilayotgan mahsulotlar sertifikatining yo‘qligi amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan umumiy tartibda ular tomonidan amalga oshiriladigan import bo‘yicha faoliyatni cheklash uchun asos hisoblanmaydi.
2. Mahsulotlarni xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar (keyingi o‘rinlarda korxona deb ataladi) o‘z ehtiyojlari uchun import qilayotgan mahsulotlar toifasiga tegishli deb topish fakti tegishli sertifikat bilan tasdiqlanadi.
Sertifikatni olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati, ularni taqdim etish va ko‘rib chiqish tartibi, sertifikat berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar o‘z ehtiyojlari uchun eksport qilayotgan mahsulotlar sertifikati to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq belgilanadi.
3. O‘z ehtiyojlari uchun import qilinayotgan mahsulotlar deganda korxonalarning mol-mulki, shu jumladan, xomashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, asbob-uskunalar hamda korxonalar tomonidan texnologiya jarayonida quyidagi asosiy talablarga rioya qilgan holda bevosita foydalaniladigan boshqa materiallar tushuniladi:
a) amaldagi qonunchilik bilan belgilangan hollarda faoliyatning tegishli turini amalga oshirishga maxsus ruxsatnoma borligi;
b) mahsulotning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan ekologik normalarga muvofiqligi;
v) moddiy va (yoki) moliyaviy resurslar ko‘rinishidagi o‘z asosiy va oborot fondlaridan foydalanilishi;
g) ishlab chiqarishning asosiy texnologik jarayonlari yoki mahsulot sifatini yaxshilash ushbu korxonada doimiy ravishda ish bilan band bo‘lgan xodimlar tomonidan amalga oshirilishi;
d) korxonaning ishlab chiqarish maydonlarida (shu jumladan, ijaraga olingan) ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining yoki mahsulot sifatini yaxshilashning amalga oshirilishi.
4. Sertifikatda ushbu korxonaning imkoniyatlaridan va o‘z mahsulotini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan import qilinadigan mahsulot sarfi normalaridan kelib chiqib korxona tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun import qilinadigan mahsulot hajmlari ko‘rsatiladi.
5. Korxona tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun import qilinadigan mahsulot sifati darajasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida shunga o‘xshash mahsulotga qo‘yiladigan talablardan past bo‘lmasligi kerak, bu sertifikat beruvchi tashkilot tomonidan tasdiqlanadi.
6. Sertifikat olgan korxona har olti oyda sertifikat bergan tashkilotga o‘z ehtiyojlari uchun import qilinadigan mahsulotdan foydalanish to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etadi.
Ko‘rsatilgan deklaratsiya taqdim etilmagan taqdirda yoki agar sertifikat bergan tashkilot o‘z ehtiyojlari uchun import qilingan mahsulotdan o‘z mahsulotini ishlab chiqarish yoki uning sifatini yaxshilash uchun emas, balki mazkur qoidalarda nazarda tutilmagan boshqa maqsadlarda (qayta sotish, barter almashtirish va boshqalar) foydalanilganligini aniqlasa, korxona amaldagi qonunchilikka muvofiq javob beradi, shuningdek, berilgan sertifikatdan mahrum etiladi.
7. Mazkur Qoidalarning amal qilishi bo‘yicha nizoli masalalar paydo bo‘lgan taqdirda mahsulotni korxonaning o‘z ehtiyojlari uchun import qilinadigan mahsulotlarga tegishli deb hisoblash haqidagi qaror O‘zbekiston Respublikasining tegishli vazirliklari va idoralari bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Bojxona bosh boshqarmasi tomonidan birgalikda qabul qilinadi.