LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli “Moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR Moliya vazirligi haqidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 1971-yil 3-sentabrdagi 432-son qarori (O‘zSSR QT, 1971-yil 9-son, 56-modda) “O‘zbekiston SSR Narxlar qo‘mitasi haqidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 1971-yil 6-sentabrdagi 434-son qarori (O‘z SSR QT, 1971-yil 9-son 57-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublikaning markaziy moliya-iqtisodiy organi sifatida O‘zbekiston Respublikasining moliyaviy, monopoliyaga qarshi narx siyosatini hayotga tatbiq etadi va uning butun hududida moliya, narx-navoni tashkil etish faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-fevraldagi 63-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasining vazifalari va funksiyalarini amalga oshirish uchun zarur moliyaviy negiz yaratishni, respublika budjetini ishlab chiqish va ijro etishni, uning daromad qismi barqarorligini ta’minlashni, valyuta rejasini tuzish va ijro etishni, pul resurslaridan oqilona va tejab sarflashni ta’minlaydi.
3. Moliya vazirligi respublika budjeti ham daromadlar, ham xarajatlar bo‘yicha ijro etilishi uchun, moliyaviy resurslarni umumrespublika ehtiyojlariga safarbar etish ishlarini tashkil etish uchun javob beradi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari boshqarmalari va bo‘limlari, davlat sug‘urta idoralari, shuningdek, ularga qarashli davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yagona tizimini tashkil etadi.
5. Moliya vazirligi o‘z tizimiga kiruvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatini to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki o‘zi tashkil etadigan organlar orqali muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi.
6. Moliya vazirligi tizimiga kiruvchi organlarni boshqarish jarayonida Vazirlik O‘zbekiston Respublikasining moliyaviy va narx-navo siyosatini amalga oshirishning birligini ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimi tarkibiga kiruvchi organlar faoliyatini kelishilgan yagona moliyaviy, soliq, valyuta, monopoliyaga qarshi va narx-navo siyosatini shakllantirish ishlarini olib borishga, oltin zaxirasini ko‘paytirish yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasining moliyaviy mustaqilligini ta’minlashga, respublika iqtisodiyotini sog‘lomlashtirishga, bozor munosabatlarini shakllantirish sharoitida narx-navoni tartibga solishning iqtisodiy usullari rolini kuchaytirishga va aholini ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltiradi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-fevraldagi 63-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
xalq xo‘jaligi va ijtimoiy-madaniy sohani mablag‘ bilan ta’minlaydi, respublika mintaqalarining yaxlit ishlab chiqarish va ijtimoiy taraqqiyoti uchun moliyaviy negiz yaratadi;
o‘z vakolati doirasida respublika moliya tizimi tarkibiga kiruvchi organlar faoliyatini nazorat qilishni tashkil etadi va amalga oshiradi, ular faoliyati usullari va shakllarini takomillashtiradi, mazkur organlar xodimlarining kasb mahoratini oshirish ishlarini muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar, preyskurantlar va boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi va chiqaradi;
respublika xalq xo‘jaligini, O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik va boshqa davlat muassasalarini, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga a’zolik badallari to‘lashni valyuta bilan ta’minlaydi.
7. Moliya vazirligi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va boshqa me’yoriy aktlarga amal qiladi.
Moliya vazirligi respublikada moliyaviy faoliyatning huquqiy asoslari mustahkamlanishini ta’minlaydi, qonun loyihalari bo‘yicha moliyaviy xulosa beradi va o‘z huquqi doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llanish amaliyotini umumlashtiradi, bu qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi va ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi, shuningdek, o‘z huquq doirasida idoraviy me’yoriy aktlar chiqaradi.
Moliya vazirligi o‘z faoliyati jarayonida respublikaning moliyaviy manfaatlariga, korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlariga rioya etilishini, shuningdek, Vazirlik tizimida qonunchilik to‘g‘ri qo‘llanishini ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
moliya tizimining, soliq, monopoliyaga qarshi va narx-navo siyosatining O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga faol ta’sir ko‘rsatishini, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishini, milliy daromadning, korxonalar va tashkilotlar daromadlarining va boshqa moliyaviy resurslarning o‘sishini ta’minlash, moliya-kredit vositalarining xo‘jalik mexanizmining boshqa elementlari bilan aloqalarini mustahkamlash;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-fevraldagi 63-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
respublikaning moliyaviy resurslarini ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirish va fan-texnika taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlariga jamlash, ijtimoiy rivojlanishni jadallashtirish, ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan yaxlit xalq xo‘jaligi dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlash, zarur moliya, valyuta rezervlarini tashkil etish;
rahbarlikning iqtisodiy usullari, uzoq muddatli me’yorlar va normativlardan keng foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish, moliyaviy resurslarni rejalashtirish va ulardan foydalanish masalalarini hal etishda markazlashtirilgan asoslarni mintaqalarning o‘zini o‘zi boshqaruvi, korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning mustaqilligi bilan qo‘shib olib borish asosida moliya, sug‘urta, narx belgilashning davlat tomonidan boshqarilishini takomillashtirish;
moliya va narx mexanizmining aksilxarajat yo‘nalishini oshirish, uni resurslarning barcha turlaridan oqilona foydalanishni rag‘batlantirish tomon yo‘naltirish, nobudgarchiliklarni bartaraf etish, ishlab chiqarish va muomala chiqimlarini kamaytirish, foyda (daromad)ni ko‘paytirish;
moliya, budjet, valyuta va soliqni rejalashtirish va mablag‘ bilan ta’minlash usullarini takomillashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta munosabatlari barcha qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududidagi sug‘urta tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish;
(8-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-iyuldagi 286-sonli qarori bilan to‘ldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
korxonalar, vazirliklar, idoralar, banklar va davlat sug‘urta tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish va takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish, xo‘jalik yuritishning yangi shakllarini joriy etish sohasida mahalliy moliya organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
soliq solish, monopoliyaga qarshi siyosat, narx belgilash, sug‘urta, valyuta-moliya va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida qonunchilik va me’yoriy aktlarni ishlab chiqishda qatnashish;
moliya, soliq, monopoliyaga qarshi siyosat, narx belgilash, sug‘urta, valyuta va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish.
(8-bandning sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-fevraldagi 63-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
respublika yig‘ma moliya balansining moliyaviy resurslarini shakllantirishning uzoq muddatli va qisqa muddatli istiqbolni belgilashlarini tuzish ishida, shuningdek, umumrespublika maqsadli budjetdan tashqari pul jamg‘armalarini shakllantirishda qatnashadi, ularni tashkil etish, foydalanish va miqdorlari tartibi, O‘zbekiston Respublikasi mintaqalari tomonidan mazkur pul jamg‘armalariga mablag‘ ajratish kvotalari to‘g‘risidagi takliflarni tayyorlaydi;
respublika va mahalliy budjetlarni shakllantirishning yangi usullari asosida hududiy moliya-budjetni, soliqni rejalashtirishni takomillashtiradi;
moliya-budjetni va soliqni rejalashtirish, narx belgilash, xalq xo‘jaligi va ijtimoiy-madaniy sohani mablag‘ bilan ta’minlash sohasida uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, respublika va mahalliy budjetlardan sarflanayotgan xarajatlar smetasini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ijro etishning umumiy qoidalarini belgilaydi;
respublika vazirliklari, idoralari va korxonalari tomonidan respublika budjetining ijro etilishini, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va respublikaning boshqa banklari tomonidan budjetning kassa ijrosi qoidalariga rioya qilinishini, shuningdek, banklar tomonidan kapital sarmoyalarni mablag‘ bilan ta’minlashni va budjet mablag‘lari hisobidan ro‘yobga chiqariladigan boshqa tadbirlarni nazorat qilishni amalga oshiradi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishgan holda respublika budjeti ijrosiga tegishli masalalarni hal qiladi;
joriy yilda respublika budjeti va valyuta rejasining bajarilishi yuzasidan hisobot tayyorlaydi va uni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
xalq xo‘jaligi tarmoqlari va mintaqalar iqtisodiyoti va moliyasi holatini tahlil qiladi, vazirliklar va idoralarga, shuningdek, mahalliy boshqaruv organlariga korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarda moliya-iqtisod ishlarini tashkil etish bo‘yicha uslubiy va amaliy yordamlar ko‘rsatadi, moliya-kredit mexanizmini takomillashtirish, jamg‘arma fondi va iste’mol fondi o‘rtasidagi mutanosiblikni takomillashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning moliyaviy jihatlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
vazirliklar, idoralar, korxonalar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kapital qurilish boshqarmalari va bo‘linmalarining buxgalteriya hisobotlari va balanslarini ko‘rib chiqadi, ularning moliyaviy faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha talablar qo‘yadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korxonalar, tashkilotlar, mahalliy boshqaruv organlarining narx belgilash masalalari bo‘yicha monopoliyaga qarshi siyosat va faoliyatini muvofiqlashtiradi; mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarning Moliya vazirligiga biriktirilgan nomenklaturasi bo‘yicha chegaraviy narxlari va tariflarini tasdiqlaydi; xalq xo‘jaligi tarmoqlarida narxlar va tariflarning to‘g‘ri belgilanishi va qo‘llanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda narxlar ustidan davlat, idoraviy va jamoatchilik nazorati darajasini oshirish choralarini ko‘radi;
(9-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-fevraldagi 63-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
ishlab chiqarishni va tovarlar muomalasi sohasini monopoliyadan chiqarish, parallel tuzilmalar tashkil etish ham shu jumlaga kiradi, shuningdek yuqori monopoliyalashgan xo‘jalik subyektlarini ajratish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
Keyingi tahrirga qarang.
birlashgan bozorda xo‘jalik subyektlari tomonidan egalik qiluvchi holatni suiiste’mol qilishga va g‘irrom raqobatga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha MDHga a’zo bo‘lgan boshqa davlatlar bilan xatti-harakatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, erishilgan bitimlarni ro‘yobga chiqarish chora-tadbirlarini ko‘radi;
Keyingi tahrirga qarang.
manfaatdor vazirliklar va idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalar bilan birgalikda tashkiliy tuzilmalarning yangi turlarini tashkil etishning maqsadga muvofiqligi va ularning faoliyati masalalarini o‘rganadi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish chog‘ida monopoliyaga qarshi ekspertiza o‘tkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
o‘z materiallari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, jamiyatlar va iste’molchilar ittifoqlari, boshqa jamoat tashkilotlari va fuqarolarning arizalari, prokuratura, sud va xo‘jalik sudi materiallari asosida monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarining va narx belgilash tartibining buzilishi hollari bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
(9-bandning o‘n birinchi—o‘n to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-fevraldagi 63-sonli qarori bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini, shuningdek ular tomonidan sug‘urta to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishini nazorat qiladi;
(9-bandning o‘n beshinchi va o‘n oltinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-iyuldagi 286-sonli qarori bilan to‘ldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
muntazam ravishda narxlar darajasi va o‘zgarishini, bozorlardagi vaziyatni va ulardagi raqobatni yaxlit tahlil qiladi, ana shular asosida bozorning amal qilishini takomillashtirish, raqobatni rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqadi;
davlat korxonalari va tashkilotlarini mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirishdan tushgan mablag‘larni ulardan belgilangan tartibdagi maqsadlarda foydalanishga safarbar qilishni tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda pul muomalasini mustahkamlash, so‘mning xarid quvvatini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, pul daromadlari va aholi xarajatlarining muvozanatliligini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot beradi, respublika davlat ichki zayomlarini chiqarish va ularni tarqatish, shuningdek, lotereyalar o‘tkazish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
bozor infrastrukturasini shakllantirish, xalq xo‘jaligini boshqarishda iqtisodiy usullarni kuchaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
qimmatbaho qog‘ozlar bozorini shakllantirish hamda qimmatbaho qog‘ozlar emissiyasi va harakati ustidan nazoratni amalga oshiradi, moliyaviy bozorni shakllantirish ishlarini muvofiqlashtiradi; aksionerlik jamiyatlari va cheklangan mas’uliyatli jamiyatlarning yagona reyestrini yuritadi, korxonalarning qimmatbaho qog‘ozlarini ro‘yxatga oladi;
aholini ijtimoiy himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlash manbalarini aniqlaydi va mablag‘ bilan ta’minlaydi;
respublika davlat boshqaruv organlarining tashkiliy tuzilmasini yaxshilashga va ularni saqlash xarajatlarini arzonlashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqadi;
budjetni muvozanatlashtirish zaruratidan kelib chiqib, soliqlar tizimini respublikadagi boshqa daromadlarni takomillashtirish, davlat moliya mablag‘larini mustahkamlash, korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyati hamda fuqarolarning tadbirkorlik ishlari uchun eng maqbul moliyaviy sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi bilan MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlar, chet davlatlar o‘rtasida tuzilgan bitimlarni mablag‘ bilan ta’minlash yuzasidan muzokaralar olib boradi;
respublika moliya-valyuta siyosatining asosiy prinsiplarini shakllantirishda qatnashadi, respublikaning valyuta rejasini (to‘lov balansini) tuzadi va ijro etadi, valyuta resurslarini ko‘paytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi, ularni oqilona taqsimlashni hamda ajratilgan valyuta mablag‘laridan samarali va maqsadga muvofiq foydalanishni nazorat qilishni ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy investorlarning investitsiya faoliyatini moliyaviy va soliqlar bilan tartibga solishini amalga oshiradi, respublika iqtisodiyotiga xorijiy sarmoya kelishi uchun qulay moliyaviy shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun respublika Hukumati tomonidan xorijiy kreditlar jalb qilish zarurati bo‘yicha ekspertiza o‘tkazadi, hujjatlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi, respublika Hukumati tomonidan olingan xorijiy kreditlarning kelib tushishini hisobga olish va nazorat qilishni amalga oshiradi; O‘zbekiston Respublikasining tashqi qarzi o‘z vaqtida to‘lanishi va tashqi qarz bilan bog‘liq ishlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlarga beg‘araz yordam ko‘rsatishi, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga a’zolik badallarini to‘lash, O‘zbekistonning MDH davlatlari va xorijiy davlatlardagi elchixonalari konsulxonalari, vakolatxonalari va boshqa diplomatik muassasalarini saqlash bilan bog‘liq a’mollarni hisobga olishni va ularni mablag‘ bilan ta’minlashni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning 27 xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 2-martdagi 76-sonli qarori bilan chiqarilgan)
korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning buxgalterlik hisobi va hisobotlari yuzasidan metodologik rahbarlikni amalga oshiradi hamda ularni takomillashtirish chora-tadbirlarini ko‘radi; turli darajadagi budjetlarning ijrosi, budjetdagi muassasalar xarajatlar smetasining ijrosi bo‘yicha buxgalterlik hisobini yuritish tartibini belgilaydi; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda budjetlarning kassa ijrosi bo‘yicha hisob-kitob va hisobotlar shakllarini belgilaydi; balansning hisob-kitob moddalari, qimmatbaho narsalarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va natijalarini rasmiylashtirish tartibini belgilaydi, schyotlarning namunaviy rejalarini, buxgalteriya hisobi va hisobotining namunaviy shakllarini, ularni qo‘llash va to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomalarni tasdiqlaydi;
respublika va mahalliy budjetlardan mablag‘ bilan ta’minlanadigan korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va muassasalarning moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qiladi va tekshiradi, respublika budjetini tuzish va ijro etish bo‘yicha moliya idoralari ishini yaxlit taftish qiladi, zarurat bo‘lganda vazirliklar idoralar, birlashmalar, konsernlar, uyushmalar, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini taftish qiladi va tekshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
tugallangan taftish va tekshirish natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur ko‘rsatmalar beradi;
fuqarolarning Vazirlik vakolatiga tegishli xat, taklif, mulohaza va shikoyatlarining o‘z vaqtida va diqqat bilan ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi, shuningdek, fuqarolar tomonidan ma’lum qilingan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi;
qimmatbaho metallar va qimmatli toshlarni jo‘natish rejalari loyihalarini hamda vazirliklar va idoralar tomonidan metall parchalari va chiqindilar tarzidagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni respublika davlat jamg‘armasiga topshirish rejalarini, O‘zbekiston Respublikasining oltin zaxirasini shakllantirishda ishtirok etuvchi korxonalar uchun hisob-kitob narxlarini, qimmatbaho metallardan foydalanuvchi korxonalar uchun sotish narxlari loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
respublika vazirliklari va idoralaridan, boshqa boshqaruv organlaridan, korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlardan respublika budjeti istiqbolini belgilash, valyuta rejasini tuzish va ularning ijrosini nazorat qilishni amalga oshirish uchun materiallarni, buxgalteriya hisob-kitoblari va balanslarni, moliya-budjet, valyuta va soliq rejalashtirishi, budjetdan va valyuta jamg‘armasidan sarflanadigan xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun boshqa materiallar va hisobotlarni, narx belgilashga oid materiallarni va monopoliyaga qarshi faoliyat olish;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-fevraldagi 63-sonli qarori tahririda)
kredit muassasalaridan banklar haqidagi qonunchilikka, ularning Ustavlariga muvofiq muassasalar, korxonalar, tashkilotlarning a’mollari va schyotlari haqidagi materiallarni olish;
mablag‘larni qonunsiz ravishda sarf qilganliklari yoki ilgari berilgan mablag‘larni sarflaganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni va boshqa hisobotlarni taqdim etmaganligi uchun tegishli vazirliklar va idoralar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning rahbarlarini xabardor qilgan holda korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlarni budjetdan va valyuta jamg‘armasidan mablag‘ bilan ta’minlashni cheklab qo‘yish, zarur hollarda umuman to‘xtatish hamda Vazirlik huquqi doirasida amaldagi qonunchilikda belgilangan boshqa jazolarni qo‘llash;
xalq xo‘jaligi tarmoqlarini va ijtimoiy sohani rivojlantirishning budjetni ijro etish davomida paydo bo‘luvchi ayrim masalalarini hal qilish uchun respublika budjetida zaxira tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
respublika mintaqalari budjeti bo‘yicha vaqtinchalik kassa farqlarini qoplash uchun zarur hollarda ularni joriy yilda qaytarish sharti bilan respublika budjetidan ssuda berish;
amaldagi qonunchilikka muvofiq korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar uchun qimmatbaho metallar va qimmatli toshlarni olish va ulardan foydalanish tartibini belgilash;
qimmatbaho metallar va qimmatli toshlarni ularning barcha turlari bo‘yicha va har qanday maqsadda (eksport ham shu jumlaga kiradi) qazib oluvchi, izlab topuvchi, qayta ishlovchi va ulardan foydalanuvchi istisnosiz barcha korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarda taftish va tekshirishlar o‘tkazish, shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq metall va toshlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ana shu metall va toshlardan qanday foydalanayotganliklarini nazorat qilishni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
taftish va tekshirishlar davomida naqd pullarni, qimmatbaho qog‘ozlarni, buxgalteriya hisobi reyestrlarini, hisobotlar, smetalar va rejalarni ko‘rsatishni talab qilish; soxtaliklar va boshqa suiiste’molliklar aniqlangan hollarda hujjatlar yig‘majildida hujjatni olganlik to‘g‘risidagi qaydnoma yoki ana shu hujjatning nusxasini, olib qo‘yilgan hujjatlarning reyestrini qoldirgan holda zarur hujjatlarni olib qo‘yish; boshqa muassasalar, korxonalar va tashkilotlardan tekshirilayotgan obyektlarning a’mollari bilan bog‘liq ma’lumotlarni va hujjatlarning nusxalarini olish, moliyaviy faoliyatning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ularning rahbarlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
vazirliklar va idoralar, korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlarning hisobotlari va balanslariga zarur tuzatishlar kiritish yuzasidan takliflar berish, shuningdek, ana shu takliflarni bajarish uchun ko‘rilgan chora-tadbirlarni tekshirish;
mahsulotlarni sotish hajmlari va soliq stavkalarining o‘zgarishi bilan bog‘liq daromadlar va daromad manbalari bo‘yicha viloyatlar bo‘yicha o‘zgarishlar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, uyushmalari, konsernlari, tashkilotlariga narx preyskurantlari, monopolistik faoliyat, tariflar, ustamalar va chegirmalar loyihalarini, uslubiy ko‘rsatmalar va normativlarni ishlab chiqishni topshirish;
(10-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-fevraldagi 63-sonli qarori tahririda)
respublika vazirliklari, idoralari, uyushmalari, konsernlari, korxonalari va tashkilotlari o‘rtasida narx belgilash masalasida paydo bo‘luvchi kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish va ular bo‘yicha qaror chiqarish;
Keyingi tahrirga qarang.
respublika korxonalari, tashkilotlari, uyushmalari, konsernlarida ularning mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, narxlar va tariflarning to‘g‘ri belgilanganligini va qo‘llanilishini tekshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, respublika vazirliklari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, korxonalari va tashkilotlari tomonidan amaldagi qonun hujjatlari talablari buzilgan holda tasdiqlangan iqtisodiy asoslanmagan narxlar va tariflarni bekor qilish, shuningdek ular tomonidan monopoliyaga qarshi faoliyat bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni, agar ular amaldagi qonun hujjatlariga yoki belgilangan tartibga zid bo‘lsa, bekor qilish;
(10-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-fevraldagi 63-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
sug‘urta tashkilotlari uchun majburiy bo‘lgan iqtisodiy normativlarni belgilash va ularga rioya qilinishini tekshirish;
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8-iyuldagi 286-sonli qarori asosan hatboshi bilan to‘ldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
monopoliyaga qarshi qonunchilik va narx belgilash tartibi buzilgan hollarda xo‘jalik subyektlariga bajarilishi majburiy hisoblangan buzilishlarni to‘xtatish, dastlabki holatni tiklash, asossiz olingan daromadni maxsus ochiladigan budjetdan tashqari “narxni tartibga solish fondi” schyotiga o‘tkazish, xo‘jalik subyektlarini majburiy tartibda maydalashtirish, ajratish hamda bozorda xo‘jalik subyektlarining ustuvor mavqeyini bartaraf etish bozorda xo‘jalik subyektlarining ustuvor mavqeyini bartaraf etish yoki kamaytirishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar ko‘rish, shuningdek xo‘jalik subyektlariga, boshqaruv organlariga va mansabdor shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan shartlarda va miqdorlarda jarimalar solish;
ko‘rsatma bajarilmagan taqdirda tegishli ariza bilan sudga yoki xo‘jalik sudiga murojaat qilish. Sudning yoki xo‘jalik sudining qarori bo‘yicha bozorda egalik qilish mavqeyi yoki g‘irrom raqobat natijasida xo‘jalik subyekti tomonidan olingan daromad hamda unga solingan jarima musodara qilinadi hamda budjetdan tashqari “narxni tartibga solish fondi schyotiga o‘tkaziladi;
(10-bandning oxiridan ikkinchi hatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-fevraldagi 63-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
o‘tkazilayotgan taftish va tekshirishlar natijasida aniqlangan kamomad, o‘g‘rilik, qonunsiz ravishda xarajatlar puli, qo‘shimcha daromadlarning aniqlangan puli, narx intizomini buzish ham shunga kiradi, so‘mlarda va valyuta budjet daromadiga tushishining 15 foizi hisobidan O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimini ijtimoiy rivojlantirish va uning xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tasdiqlaydigan Vazir boshchilik qiladi.
Moliya vaziri Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan o‘rinbosarlarga ega bo‘ladi. O‘rinbosarlar o‘rtasidagi vazifalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan taqsimlanadi.
12. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri vazirlikka yuklatilgan vazifa va majburiyatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, Vazirlik faoliyatining alohida sohalariga va Vazirlik tizimidagi muassasalar, korxonalar va tashkilotlar ishiga rahbarlik qilish uchun Vazir o‘rinbosarlarining, Vazirlik mustaqil tarkibiy bo‘linmalari boshliqlarining mas’uliyati darajasini belgilaydi.
13. Moliya vazirligi o‘z huquq doirasida amaldagi qonunchilik aktlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga asosan va ularni bajarish yuzasidan buyruqlar, yo‘riqnomalar, qoidalar, nizomlar chiqaradi hamda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vazirliklar, idoralar, shuningdek, o‘z huquq doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar hamda fuqarolar bajarishi majburiy bo‘lgan boshqa ko‘rsatmalar beradi.
Moliya vazirligi zarur hollarda respublikaning boshqa vazirliklari va idoralar bilan birgalikda qo‘shma me’yoriy aktlar chiqaradi.
14. Moliya vazirligida Vazir (rais) va lavozimi bo‘yicha vazir o‘rinbosarlaridan, shuningdek vazirlikning boshqa rahbar xodimlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
15. Moliya vazirligi hay’ati muntazam o‘tkaziladigan o‘z majlislarida moliyaviy mexanizmni takomillashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etishning, respublika budjeti loyihasi va ijrosini tuzishning asosiy masalalarini hamda Vazirlik faoliyatining boshqa masalalarini, Vazirlik tizimidagi muassasalar, korxonalar va tashkilotlarga amaliy rahbarlik qilish masalalarini, muhim buyruqlar, qoidalar, yo‘riqnomalar va boshqa me’yoriy aktlarni ko‘rib chiqadi.
Hay’at qarori, odatda, Vazirning buyrug‘i bilan hayotga tatbiq etiladi. Vazir bilan hay’at o‘rtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan holda Vazir o‘z qarorini hayotga tatbiq etadi, paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga axborot beradi, o‘z navbatida hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini Vazirlar Mahkamasiga bildirishlari mumkin.
16. Moliya-budjetni rejalashtirish va respublika xalq xo‘jaligini mablag‘ bilan ta’minlash metodikasini, buxgalteriya hisobi va hisoboti, nazorat-taftish ishlari, narx belgilash masalalari metodologiyasini takomillashtirish borasidagi takliflarni ko‘rib chiqish uchun tegishli masalalar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar, ilmiy muassasalarning xodimlari, boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat metodologik va boshqa kengashlar tuzilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Moliya vazirligi moliya, narx, kredit, pul muomalasi, tovar-pul munosabatlarining butun jami sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning nazariy darajasini, sifatini va amaliy ahamiyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi, xalq xo‘jaligini boshqarish amaliyotida iqtisodiy vositalar va rag‘batlarning butun majmuidan samaraliroq foydalanishga qaratilgan aniq takliflarni ishlab chiqish uchun iqtisodiy ixtisosdagi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlaydi.
18. Moliya vazirligining markaziy apparati tuzilmasi, xodimlari soni, mehnatga haq to‘lash fondi miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Moliya vazirligi markaziy apparatining shtat jadvali, shuningdek, uning mustaqil tarkibiy bo‘linmalari haqidagi nizom Moliya vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
19. Moliya vazirligi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.