14.01.2021 yildagi 16-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.01.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ekspertlar guruhi ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shaklda tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga joylashtiriladigan tibbiyot tashkilotini tashqi kompleks baholash dasturini tuzadi.
Tibbiyot tashkiloti ushbu Reglamentga 6-ilovaga muvofiq shaklda aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari rejasini tuzadi.
52. Ushbu Reglamentning 51-bandi uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda akkreditatsiyalovchi organ tomonidan Komissiya qaroriga muvofiq akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi olti oy muddatga to‘xtatiladi.
Ushbu Reglament 51-bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish akkreditatsiyalovchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
53. Ushbu Reglamentning 51-bandi uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda akkreditatsiya obyekti mavjud nomuvofiqliklarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqadi va akkreditatsiyalovchi organga taqdim etadi. Bunda nomuvofiqliklarni bartaraf etish muddati akkreditatsiyalovchi organ tomonidan Komissiya qaroriga asosan belgilangan muddatdan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari


I bosq�ch

Tibbiyot tashkiloti

Akkreditatsiya standartlariga muvofiqligini mustaqil ravishda yoki mustaqil ekspertlar ko‘magida o‘z-o‘zini baholaydi.

Tibbiyot tashkilotining xohishiga ko‘ra


II bosqich


Ariza beruvchi


Ishchi organ

Akkreditatsiya qiluvchi organga Markazlar yoki Yagona portal orqali arizani ko‘rib chiqish uchun arizani topshirish kunida qonun bilan belgilangan ikki bazaviy hisoblash miqdorida to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi kvitansiyani ilova qilgan holda elektron shaklda murojaat qiladi.

Ariza beruvchi Markazlar yoki Yagona portal orqali arizasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi hamda o‘zini-o‘zi baholash natijalarini ko‘rib chiqish va hujjatlar ekspertizasini o‘tkazish uchun elektron shakldagi shartnomani yuboradi.

Hujjatlar nusxalarini ilova qilish bilan o‘zini-o‘zi baholash natijalarini tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritish uchun imkoniyat yaratadi.


Ariza beruvchining xohishiga ko‘ra



2 ish kunida


III bosqich

Ariza beruvchi

O‘zini-o‘zi baholash natijalarini ko‘rib chiqish va hujjatlar ekspertizasini o‘tkazish uchun to‘lanadigan xizmat narxining kamida 15 foizi miqdorida avans to‘laydi va akkreditatsiya standartlarida ko‘zda tutilgan hujjatlarni ilova qilgan holda, o‘zini-o‘zi baholash natijalarini tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritadi.

10 ish kunida


IV bosqich

Ishchi organ

1. Tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimi orqali kelib tushgan o‘zini-o‘zi baholash natijalari va ularga biriktirilgan hujjatlarning akkreditatsiya standartlariga muvofiqligini va to‘liqligini o‘rganadi:

a) agar o‘zini-o‘zi baholash natijalari va ularga biriktirilgan hujjatlar nusxalari izchil va to‘liq bo‘lsa, Ishchi organ o‘zini-o‘zi baholash va hujjatlarni tekshirish natijalarini ko‘rib chiqish uchun xizmat narxini to‘liq to‘lash zarurligi to‘g‘risida Markazlar yoki Yagona portal orqali akkreditatsiya obyektini xabardor qiladi.

Ariza beruvchi tomonidan to‘lov to‘liq amalga oshirilganidan so‘ng murojaat etuvchiga Markazlar yoki Yagona portal orqali tashqi kompleks baholashni o‘tkazish uchun xizmat umumiy narxining kamida 15 foizini oldindan to‘lash sharti bilan elektron shakldagi shartnomani yuboradi;

b) ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan o‘zini-o‘zi baholash natijalar to‘liqsiz va nomuvofiq bo‘lganda, ishchi organ o‘zini-o‘zi baholash natijalari qayta ko‘rib chiqilgandan so‘ng tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga qayta kiritilishi to‘g‘risida Markazlar yoki Yagona portal orqali murojaat etuvchini xabardor qiladi

v) qayta ko‘rib chiqilgandan so‘ng ariza beruvchi to‘g‘rilangan va to‘ldirilgan ma’lumotlarni tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritadi.


15 ish kunida











1 oy muddat ichida


V bosqich

Ishchi organ

2. Ariza beruvchi tomonidan oldindan to‘lov amalga oshirganidan so‘ng Akkreditatsiya organi rahbarini ko‘rsatgan holda ekspertlar guruhining tarkibini buyruq bilan tasdiqlaydi, shuningdek, tibbiyot tashkilotining tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga joylashtiriladigan tashqi kompleks baholash dasturini tuzadi.

3 ish kunida


VI bosqich


Ekspert guruhi





Ekspert guruhi rahbari

1. Joyida tashqi kompleks baholashni o‘tkazadi va tashkilotning boshqa manzilida joylashgan har bir tarkibiy bo‘linmasi, shu jumladan, filiallari bo‘yicha natijalarini tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga alohida-alohida kiritadi.

Ma’lumotlar tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimiga kiritilganidan so‘ng standart (blok)lar bo‘yicha to‘ldirilgan baholash varaqalari ekspert guruhi a’zolari tomonidan ekspert guruhi rahbariga topshiriladi.

2. Agar o‘tkazilgan tashqi kompleks baholash natijalari bo‘yicha akkreditatsiya standartlari talablariga nomuvofiqliklar aniqlanganda, akkreditatsiya obyektiga ularni bartaraf etish uchun qo‘shimcha muddat beriladi.

Ishchi organga baholash natijalari bo‘yicha tibbiy xizmatlar sifatini boshqarish axborot tizimida shakllantirilgan yakuniy hisobotni yuboradi.

5 ish kunida


3 oy muddat ichida


3 oy muddat ichida

2 ish kunida


VII bosqich

Ishchi organ Akkreditatsiya organi

1. Akkreditatsiya obyektini tashqi kompleks baholash uchun to‘liq to‘lovni amalga oshirish zarurligi to‘g‘risida Markazlar yoki Yagona portal orqali xabardor qiladi.

2. Tashqi kompleks baholash natijalarini ko‘rib chiqish uchun Komissiya muhokamasiga kiritadi.

Komissiya yig‘ilishidan so‘ng akkreditatsiyalovchi organ akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlaydi.


2 ish kunida



2 ish kunida


VIII bosqich

Ishchi organ

1. Komissiyaning akkreditatsiya guvohnomasini berish to‘g‘risidagi qarori haqida akkreditatsiya obyektini xabardor qiladi va akkreditatsiya organi bilan tibbiyot tashkiloti o‘rtasidagi inspeksiya nazoratini amalga oshirish bo‘yicha shartnomani Markazlar orqali yoki Yagona portal orqali elektron shaklda yuboradi.


2 ish kunida

2. Inspeksiya nazoratini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolanganidan so‘ng, ishchi organ Nizomga 7-ilovaga muvofiq akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani Markazlar yoki Yagona portal orqali akkreditatsiya obyektiga elektron shaklda yuboradi.

2 ish kunida

Keyingi tahrirga qarang.

________________
(sana)

________________
(raqam)


ARIZA
I. Ariza mazmuni:

1. Akkreditatsiyani o‘tkazish.
2. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish.
3. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish (Tashkilotning nomi, pochta manzili, tashkiliy-huquqiy shakli o‘zgargan taqdirda).
4. Akkreditatsiya sohasini kengaytirish.
5. Akkreditatsiya sohasini qisqartirish.
6. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddatini to‘xtatib turish (tiklash).
7. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish.


II. Tibbiyot tashkiloti to‘g‘risida ma’lumot:

1. Yuridik shaxs nomi.
2. Yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli.
3. Pochta manzili.
4. Tibbiy faoliyat manzili.
5. Elektron pochtasi.
6. Telefon raqami.
7. Bank muassasasining nomi.
8. Bankdagi hisobraqami.
9. Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (INN).


III. Ilova qilinadigan ma’lumotlar ro‘yxati:

1. Tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyaning amal qilish muddati: (bunda litsenziyaning amal qilish muddati 1 yildan kam bo‘lmasligi kerak).
2. Ilgari berilgan (amalda bo‘lgan) akkreditatsiya guvohnomasi bo‘yicha ma’lumotlar (uzaytirilgan, qayta rasmiylashtirilgan, kengaygan, qisqartirgan, to‘xtatib turilgan, bekor qilgan).
3. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish uchun asos bo‘ladigan hujjatlar.
4. Akkreditatsiya sohasi.

Ariza beruvchining akkreditatsiya qiluvchi organning tibbiy xizmat sifatini boshqarish axborot tizimiga o‘zini-o‘zi baholash natijalarini kiritishga roziligi, shuningdek, akkreditatsiya talablari va shartlariga muvofiqligi. Yuridik shaxsning elektron imzosi.