LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 375-sonli “Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq respublikada:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari huzurida tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamg‘armalari;
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi huzurida tabiatni muhofaza qilish Respublika jamg‘armasi tashkil etiladi.
2. Tabiatni muhofaza qilishning mahalliy jamg‘armalari zararli moddalarning atmosfera havosiga chiqarib tashlanishini, ifloslangan oqova suvlarning suv obyektlariga oqizilishini, tuproqning ifloslanishini kamaytirish, chiqindilarni qisqartirish va ulardan qayta foydalanish, hayvonot va o‘simlik dunyosini saqlab qolishga qaratilgan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha hududiy va tarmoqlararo chora-tadbirlarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun tuziladi.
3. Tabiatni muhofaza qilish Respublika jamg‘armasi umumrespublika va davlatlararo ahamiyatga ega bo‘lgan tabiat muhofazasi chora-tadbirlari (dasturlari)ni, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiat muhofazasini mahalliy jamg‘armalar hamda korxona va tashkilotlar (tabiatdan foydalanuvchilar)ning o‘z mablag‘lari hisobidan tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini o‘tkazish bilan bartaraf qilinmagan xo‘jalik faoliyatining tabiiy muhitga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirini yo‘qotish ishlarini mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida shakllantiriladi.
4. Tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalarini shakllantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi aksionerlik-tijorat dehqonchilik sanoati bankining tegishli bo‘limlarida maxsus budjetdan tashqari schyotlar ochiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlari 50 foizi hisobiga;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
tabiatdan foydalanuvchilardan ifloslantiruvchi moddalarni avariya tufayli ko‘plab chiqarib tashlash bilan (oqova oqizish bilan, chiqindilarni joylash bilan) atrof-muhitga yetkazilgan zarar uchun undiriladigan jarimalar va mablag‘lar 50 foizi hisobiga;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
tabiatdan foydalanuvchilardan tabiiy resurslardan hamda ulardan tayyorlanuvchi xomashyodan me’yoridan ortiqcha va nokompleks foydalanganlik (nobud qilganlik) uchun to‘lovlar 50 foizi hisobiga;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
tabiatdan foydalanuvchilardan xo‘jalik faoliyati natijasida tabiiy muhitni muhofaza qilish obyektlariga yetkazilgan zararni qoplash uchun undiriladigan mablag‘lar 50 foizi hisobiga;
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
tabiatni muhofaza qilish qonunlarini buzishda aybdor jismoniy va yuridik shaxslardan ma’muriy tartibda va sud orqali undiriladigan jarimalar va haqlar “O‘zsanoatkontexnazorat” davlat qo‘mitasining Mehnat xavfsizligi va yer osti boyliklarini muhofaza qilish fondi haqidagi Nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida ovchilik va baliq ovchiligi yuritish to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq undiriladigan jarimalar va haqlar bundan mustasno 50 foizi hisobiga;
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
qo‘shma korxonalardan, shuningdek, boshqa davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslaridan tabiat muhofazasi qonunlarini buzganlik uchun va atrof-muhit obyektlariga yetkazilgan zararni qoplash tartibida ma’muriy va sud orqali chet el valyutasida (rubl kursi bo‘yicha) undiriladigan jarimalar va haqlar, O‘zbekiston Respublikasi hududida ovchilik va baliq ovchiligi xo‘jaligini yuritish to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq undiriladigan jarimalar va haqlar bundan mustasno 50 foizi hisobiga;
(5-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlashda ulush qo‘shib qatnashuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablag‘lari;
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning, shuningdek, xayriya tashkilotlari va jamg‘armalarning ixtiyoriy badallari;
Oldingi tahrirga qarang.
Undirilgan jarimalar, 15 foizgacha bo‘lgan miqdordagi summasi 50 foizi yer va suv qonunchiligini, yer osti boyliklari to‘g‘risidagi, atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi, o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish haqidagi qonunlarning buzilganligini aniqlagan davlat nazoratchilari va boshqa shaxslarni mukofotlash uchun ajratilganidan tashqari, Tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamg‘armalariga yo‘naltiriladi.
(5-bandning oxirgi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
hududiy ahamiyatga ega bo‘lgan tabiatni muhofaza qilish obyektlarini qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, rekonstruksiya qilish va asosli tuzatishga;
tabiatni muhofaza qilish texnikasi va texnologiyalari, ekologik monitoring tizimlari, priborlar va asbob-uskunalar yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot, loyiha-qidiruv va tajriba-konstruktorlik ishlariga;
tabiatni muhofaza qilishning uzoq muddatli ilmiy-texnika dasturlarini, hududiy kompleks sxemalarni hamda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo‘yicha boshqa hududiy ishlanmalarni yaratish va amalga oshirishga;
atrof tabiiy muhit ifloslantirilishi sababli kelib chiqadigan salbiy oqibatlarning o‘rnini qoplash yoki oldini olishni ko‘zda tutuvchi chora-tadbirlar ko‘rishga;
sanitariya-himoya va suvni muhofaza qiladigan zonalarni barpo etish va tiklash, kichik daryolar va boshqa suv obyektlarini saqlash va tiklash bo‘yicha ishlarga;
davlat qo‘riqxonalari tarmog‘ini, milliy bog‘larni, zakazniklarni, tabiat yodgorliklari hamda alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va obyektlarni saqlash va rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarga;
Keyingi tahrirga qarang.
xo‘jalik faoliyati natijasida atrof-muhitga keltiriladigan zararli ta’sirni baholash bo‘yicha ishlarga;
tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlashda hissa qo‘shib qatnashish, tabiatni muhofaza qilish ahamiyatiga ega bo‘lgan yirik sarmoya talab qiladigan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun korxonalar tomonidan olingan bank kreditlarini to‘la yoki qisman to‘lashga;
ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilaridan foydalanish tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlashda hissa qo‘shib qatnashishga;
tabiiy atrof muhitning ifloslanishi natijasida jabr ko‘rgan fuqarolarning salomatliklarini tiklash uchun sog‘liqni saqlash obyektlari qurishga;
tabiatni muhofaza qilish organlarining o‘z moddiy-texnika negizini rivojlantirish, ekologiya axboroti va nazorat tizimlarini tashkil etish va yuritishga;
aholini ekologik jihatdan tarbiyalash va unga ekologik ta’lim berishni tashkil etish, ekologik bilimlarni targ‘ib qilish, noshirlik faoliyatini amalga oshirish, tabiatni muhofaza qilish mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlashga;
ishlab chiqarish jamoalarini, fuqarolarni, shuningdek, tabiatni muhofaza qilishning mahalliy organlari xodimlarini mukofotlash va rag‘batlantirishga;
tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat inspektorlarini majburiy sug‘urta qilish, shuningdek, xizmat vazifalarini bajarayotgan chog‘larida ularga tegishli mulkka yetkazilgan zararni qoplashga;
7. Tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamg‘armalarining mablag‘lari tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamg‘armalarining Kengashlari tomonidan ishlab chiqiladigan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan yillik dasturlarga muvofiq sarflanadi.
8. Tabiatni muhofaza qilish Respublika jamg‘armasi tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamg‘armalari mablag‘larining 25 foizi miqdoridagi ajratmalardan, shu jumladan, chet el valyutasi tushumlari hisobidan, shuningdek:
tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini, shuningdek, birgalikdagi ekologik dasturlar va loyihalarni moliyaviy ta’minlashda hissa qo‘shib qatnashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mablag‘laridan;
Oldingi tahrirga qarang.
tabiatni muhofaza qilish qonunlarini buzganlik uchun hamda atrof-muhit obyektlariga yetkazilgan Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi markaziy apparati va uning respublika tashkilotlari davlat nazoratchilari tomonidan aniqlangan zararni, ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq mukofot pulini chiqarib tashlagan holda, qoplash uchun jismoniy va yuridik shaxslardan undiriladigan, shu jumladan, chet el valyutasida undiriladigan jarimalar va haqlar (O‘zbekiston Respublikasi hududida ovchilik va baliq ovchiligi xo‘jaligini yuritish to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq undiriladigan jarimalar va haqlar bundan mustasnodir)dan 50 foizi hisobiga;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
ekologiya mavzularidagi noshirlik faoliyatidan, ekologik pul-buyum lotereyasi, ekologiya xayriya chora-tadbirlari, konferensiyalar, yarmarkalardan tushadigan daromadlardan;
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar, shuningdek, xayriya tashkilotlari va jamg‘armalarining ixtiyoriy badallaridan;
tabiatni muhofaza qilish texnikasi va texnologiyalari, ekologik monitoring tizimlari, priborlar va asbob-uskunalar yaratish hamda ularni takomillashtirishga oid ilmiy-tadqiqot, loyiha-qidiruv va tajriba-konstruktorlik ishlari (shu jumladan, litsenziyalar sotib olish)ga;
tabiatni muhofaza qilish yuzasidan umumrespublika va davlatlararo ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy-tadqiqot ishlari, ilmiy-texnika dasturlari, me’yoriy-uslubiy hujjatlar, respublika andozalari, me’yorlar hamda qoidalar ishlab chiqishga;
xo‘jalik faoliyati natijasida atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zararli ta’sirni baholashga oid ishlarni olib borishga;
ekologik ma’lumotlar banklari hamda ekologik axborot va nazoratning respublika avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etish va yuritishga;
ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilaridan foydalanish tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlashda hissa qo‘shib qatnashishga;
keng ko‘lamli va ko‘p sarmoya talab qiladigan tabiatni muhofaza qilish maqsadidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun korxonalarning banklardan olgan qarzlarini qisman uzishga;
tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha hududiy dasturlar va kompleks sxemalarni ishlab chiqishda hissa qo‘shib qatnashishga;
davlat quriqxonalari va boshqa alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar hamda obyektlar tashkil etish va ularni obodonlashtirishga;
Keyingi tahrirga qarang.
xo‘jalik yuritish faoliyati bilan buzilib ketgan tabiiy obyektlarni tiklash, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va qayta ko‘paytirishga;
ekologik bilimlarni targ‘ib qilish, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tizimi xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash, ko‘rik-tanlovlar, konferensiyalar o‘tkazish, reklama ishlari va noshirlik faoliyatiga;
ishlab chiqarish jamoalarini, fuqarolarni, shuningdek, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi xodimlarini mukofotlash va rag‘batlantirishga;
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi markaziy apparatining tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat inspektorlarini majburiy sug‘urta qilish, shuningdek, xizmat vazifalarini bajarayotganlarida ularga tegishli bo‘lgan mulkka yetkazilgan zararni qoplashga;
hissa qo‘shib qatnashish tartibida amalga oshiriladigan, ushbu Nizomning 6-bandida sanab o‘tilgan boshqa tadbirlar hamda tabiatni muhofaza qilishning mahalliy jamg‘armalariga moliyaviy yordam ko‘rsatishga sarflanadi.
10. Tabiatni muhofaza qilish Respublika jamg‘armasining mablag‘lari tabiatni muhofaza qilish Respublika jamg‘armasi Kengashi tomonidan ishlab chiqiladigan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan yillik dasturga muvofiq sarflanadi.
11. Tabiatni muhofaza qilishning mahalliy hamda Respublika jamg‘armalari mablag‘larining 15 foizgacha bo‘lgan qismi tabiatni muhofaza qilish va resurslarni tejash faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ishlab chiqarish jamoalari, fuqarolar, shuningdek, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi tizimining xodimlarini mukofotlash va rag‘batlantirish uchun sarflanishi mumkin.
12. Tabiatni muhofaza qilish Respublika jamg‘armasiga rahbarlik qilishni, uning ishini tashkil etishni va mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining raisi boshchilik qiladigan jamg‘arma Kengashi amalga oshiradi.
Tabiatni muhofaza qilish Respublika jamg‘armasi Kengashining tarkibiga tabiatni muhofaza qilish organlarining xodimlari, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi taniqli olimlar, yirik mutaxassislar va jamoat tashkilotlarining vakillari kiradi.
Tabiatni muhofaza qilish respublika jamg‘armasi Kengashining shaxsiy tarkibi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining hay’ati tomonidan tasdiqlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalari huzurida ham shunga o‘xshash tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamg‘armalarining kengashlari tashkil etiladi.
Tabiatni muhofaza qilishning mahalliy va Respublika jamg‘armalari kengashlari jamoatchilik asosida ishlaydilar va jamg‘arma ishining muhim masalalari yuzasidan, jamg‘arma mablag‘laridan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash, tabiat muhofazasi tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlashning eng maqbul shakllari va shart-sharoitlarini belgilash yuzasidan kollegial qaror qabul qiladigan organlar hisoblanadilar.
13. Jamg‘armalarning faoliyat ko‘rsatishi uchun xodimlar sonini Respublika va mahalliy jamg‘armalar kengashlari belgilaydigan va shu fondlar mablag‘lari hisobiga saqlanadigan tegishli tarkibiy bo‘linmalar tashkil etiladi.
14. Jamg‘armalarning kengashlari manfaatdor tashkilotlar orasidan tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan ta’minlanadigan aniq tadbirlarni bajarish bo‘yicha buyurtmachini belgilaydilar.
15. Tabiatni muhofaza qilishning mahalliy va Respublika jamg‘armalarining hisobot yilida ishlatilmay qolgan mablag‘lari olib qo‘yilmay, keyingi yilga o‘tkaziladi va ushbu Nizomda ko‘zda tutilgan maqsadlarga sarflanadi.
16. Tabiatni muhofaza qilish mahalliy jamg‘armalarining kengashlari jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida yilning har choragida Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga va tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining ijroiya organlariga hisobot topshiradilar, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi esa yiliga bir marta O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Respublika jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida hisobot topshiradi.