1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 204-modda, № 5, 296-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
ikkinchi qismidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudining, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining” degan so‘zlar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudining raisi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari” degan so‘zlar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining raisi, viloyat, Toshkent shahar sudining raislari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismidagi “jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudiga, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat yoki Toshkent shahar sudlariga” degan so‘zlar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudiga, viloyat, Toshkent shahar sudiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;