Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

Hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish hamda ushbu jarayonda jamoatchilikning samarali ishtirokini ta’minlash

1.

O‘zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh sxemasini ishlab chiqish.

1. Bosh sxemani ishlab chiqish uchun yetakchi mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislar�i jalb qilish.

2023-yil oktyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(B. Zakirov), “O‘zshaharsozlik-LITI” bosh loyiha instituti,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyihani kelgusi yillar Investitsiya dasturiga kiritish bo‘yicha takliflar kiritish.

2023-yil oktyabr

3. Bosh sxema konsepsiyasini tayyorlash.

2024-yil dekabr

4. Bosh sxema loyihasini ishlab chiqish, vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025 — 2027-yillar

2.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish sxemalari hamda aglomeratsiya hududlarini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish.

1. Hududiy sxemalarni va aglomeratsiya hududlarini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish uchun yetakchi mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish.

2023-yil oktyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(I. Norqulov),

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

(B. Zakirov), “O‘zshaharsozlik-LITI” bosh loyiha instituti,

“ToshkentboshplanLITI” bosh loyiha instituti,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Loyihalarni kelgusi yillar Investitsiya dasturiga kiritish bo‘yicha takliflar kiritish.

2023-yil oktyabr

3. Hududiy sxemalarning konsepsiyasini tayyorlash.

2024-yil dekabr

4. Hududiy sxemalar va aglomeratsiya hududlarini rivojlantirish strategiyalari loyihalarini ishlab chiqish, vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2025 — 2027-yillar

3.

Hududiy “Dizayn-kod”ni joriy etish.

1. “Dizayn-kod”dan foydalanish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish.

2021-yil may

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Respublika hududlari shaharsozligining mahalliy xususiyatlarini o‘rganish.

2021-yil noyabr

3. “Dizayn-kod”ni qo‘llash bo‘yicha tavsiyaviy normativ hujjatni ishlab chiqish va qabul qilish.

2022-yil iyul

4.

Shahar muhitini matematik (3D) modellashtirish bo‘yicha standartlar majmuini joriy etgan holda “Aqlli shahar” texnologiyalari elementlaridan foydalanish.

1. Shahar muhitini matematik (3D) modellashtirish bo‘yicha standartlar majmuini ishlab chiqish.

2021-yil iyun

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Shahar muhitini matematik (3D) modellashtirish bo‘yicha standartlarni qabul qilish bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqish, kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil dekabr

5.

Aholi punktlarining bosh rejalariga ommaviy hujjat maqomini berish.

1. “Shaffof qurilish” MAT doirasida tegishli axborot portalini yaratish.

2021-yil avgust

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)

2. Portalni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.

2021-yil dekabr

3.Aholi punktlarining bosh rejalari axborot portalida joylashtirilganligi to‘g‘risidagi axborotnikeng yoritish.

2022-yil mart

4. Aholi punktlarining bosh rejalarini jamoatchilik ishtirokida tizimli ravishda muhokama qilish.

Doimiy ravishda

6.

2025-yilga borib shaharlarni bosh rejalar bilan to‘liq, shahar qishloqlarini 25 foizgacha qamrab olish.

1. Respublika shaharlarining bosh rejalari loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha 2018 — 2022-yillarga mo‘ljallangan dastur doirasida shaharlar va shahar qishloqlarining 18 ta bosh rejasi ishlab chiqilishini ta’minlash.

2021-2022-yillar

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish va qurishga doir shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha 2023 — 2025-yillarga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori loyihasini ishlab chiqish, kelishish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2022-yil avgust

7.

Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va qo‘llashning Yagona standartlarini yaratish.

1. Qurilish hamda iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirliklari, loyiha tashkilotlari xodimlari orasidan ishchi guruhi tuzish.

2021-yil mart

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va qo‘llashning Yagona standartlarini ishlab chiqish.

2021-yil dekabr

3. Yagona standartlarni tasdiqlash bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqish, kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil may

8.

Shaharni rejalashtirish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi shaharni rejalashtirish sohasidagi xorijiy tajribal�rni o‘rganish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish:

hududlarning bosh rejalarini ishlab chiqishga jalb qilingan Qurilish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, shuningdek, loyiha tashkilotlari mutaxassislaridan iborat tarkibda ishchi guruhini tashkil etish;

xizmat safarlari jadvalini tuzish orqali chet el tajribasini o‘rganishni tashkillashtirish;

mutaxassislarning malakasini oshirish tadbirlarini (ma’ruzalar, seminarlar, treninglar va hokazo) o‘tkazish uchun shaharlarni rejalashtirish sohasidagi yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;

har bir xizmat safari va (yoki) malaka oshirish tadbirlarining yakuni bo‘yicha shaharni rejalashtirish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflarni tayyorlash hamda Qurilish vazirligi hay’atida ko‘rib chiqish va muhokama qilish uchun kiritish;

Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasiga takliflarni kiritish.

2021-yil fevral

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Shaharsozlik faoliyati sifati va xavfsizligini oshirish

9.

Texnik jihatdan tartibga solishga doir milliy hujjatlarni geologiya, tabiiy-iqlim, seysmologiya va boshqa xususiyatlarni inobatga olgan xolda xorijiy normativ hujjatlar bilan uyg‘unlashtirish.

1. Xorijiy kompaniyani jalb qilish.

2021-yil yanvar

Shaharsozlik faoliyati sohasida texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlarni isloh qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (A. Ramatov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Texnik topshiriqlarni kelishish, shartnomalar tuzish.

2021-yil fevral

3. Jalb qilingan xorijiy kompaniya bilan birgalikda texnik tartibga solish sohasidagi milliy hujjatlarni o‘rganish va tahlil qilish hamda xalqaro normativ hujjatlar bilan solishtirish.

2024-yil oktyabr (doimiy asosda)

4. Xalqaro me’yorlarni texnik jihatdan tartibga solishga doir milliy normativlarga implementatsiya qilish bo‘yicha takliflarni tayyorlash.

2024-yil oktyabr

5. Texnik tartibga solish sohasidagi yangilangan milliy hujjatlarni tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2024-yil dekabr

6. Yangilangan normativ bazani yaratish.

2025-yil davomida

10.

Bino va inshootlarning xavfsizligi va energiya tejamkorligi, obyektning hayotiy davri mobaynida innovatsion texnologiyalarni qo‘llashga qaratilgan texnik jihatidan tartibga solishga doir milliy normativ hujjatlarni ishlab chiqish

1. Respublikamizda va xorijiy mamlakatlarda bino va inshootlarning xavfsizligi va energiya tejamkorligi, obyektning hayotiy davri mobaynida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha mavjud amaliyotni tahlil qilish;

2021-yil may

Qurilish vazirligi (B. Zakirov) Energetika vazirligi (A. Sultonov) Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev) Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (B. Gulyamov) Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (A. Maksudov) “O‘zstandart” Agentligi (D. Sattarov)

2. Bino va inshootlarning, shu jumladan tabiiy va texnogen xarakterdagi favqulodda holatlardagi xavfsizligiga (yong‘in, mexanika, ekologiya va boshqa) doir talablarni o‘z ichiga oluvchi bino va inshootlar xavfsizligi va energiya tejamkorligi bo‘yicha normativ huquqiy hujjatni ishlab chiqish, kelishish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil noyabr

11.

Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalari, alohida konstruktiv elementlarning texnik holatini “buzmaydigan” usul bilan monitorin� qilish tizimlarini joriy etish.

1. Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalari, alohida konstruktiv elementlarning texnik holatini “buzmaydigan” usul bilan monitoring qilish tizimlarini qo‘llash bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish.

2021-yil may

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov)

2. Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalari texnik holatini monitoring qilish tizimlarini joriy etish bo‘yicha texnik normativlar va standartlarni ishlab chiqish.

2022-yil yanvar

3. Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalari texnik holatini monitoring qilish tizimlaridan foydalangan holda loyiha yechimlarini qo‘llash masalalarini loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish amaliyotiga joriy etish.

Doimiy ravishda

12.

Shaharsozlik faoliyatini texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar, shu jumladan xorijiy normativ hujjatlar, ilmiy-texnik kutubxonasini tashkil qilish.

1. Ilmiy-texnik kutubxonani joylashtirish masalasini ishlab chiqish.

2021-yil iyul

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Shaharsozlik faoliyatini texnik tartibga solish sohasidagi milliy va xorijiy ilmiy-texnik adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirish.

2022-yil aprel

3. Ilmiy-texnik adabiyotlarni sotib olishni moliyalashtirish masalasini ishlab chiqish.

2022-yil oktyabr

4. Milliy va xorijiy ilmiy-texnik adabiyotlar kutubxonasi fondini shakllantirish.

2023-2024-yillar

13.

Loyiha-qidiruv yoki qurilish faoliyatiga sug‘urta qilish tamoyillarini joriy etish.

1. Loyiha-qidiruv va qurilish faoliyatida sug‘urta qilishni qo‘llashning eng yaxshi xalqaro tajribasini o‘rganish.

2021-yil aprel

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

2. Tahliliy ma’lumotnoma tayyorlash hamda aniq takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil may

14.

Davlat xizmatlarini hamda ruxsat berish tartib-taomillari, loyiha hujjatlar ekspertizasi, shuningdek, qurilish sohasidagi nazorat bilan shug‘ullanuvchi vakolatli organlar va tashkilotlarning xodimlarini davriy attestatsiyadan o‘tkazish tizimini joriy etish.

1. Qurilish obyektlarining xavflilik toifalariga qarab attestatsiyadan o‘tkazishga nisbatan tabaqalashtirilgan talablarni ishlab chiqish.

2021-yil oktyabr

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tizimli ravishda, ikki yilda kamida bir marta attestatsiyadan o‘tkazishni amaliyotga joriy etish.

2022-yildan boshlab

3. Vakolatli organlar va tashkilotlar xodimlarining yagona reyestrini tuzish va yuritish.

birinchi attestatsiyadan so‘ng, doimiy ravishda

15.

Yetakchi xalqaro arxitektorlar va loyihachilarni jalb qilgan xolda treninglar, seminarlar, mahorat darslari, o‘quv kurslarini tashkillashtirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlarni, jumladan O‘zbekiston arxitektorlar kengashi va O‘zbekiston muhandis-konsultantlar uyushmasining rolini oshirish.

Treninglar, seminarlar, mahorat darslari, o‘quv kurslarini tashkil etish uchun yetakchi xalqaro arxitektorlar va loyihachilarni jalb qilish bo‘yicha 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil may

Qurilish vazirligi (B. Zakirov) O‘zbekiston Arxitektorlar uyushmasi (A. Toxtayev), O‘zbekiston Muhandislar-konsultantlar uyushmasi (A. Xalmatov)

16.

Loyiha va pudrat ishiga “ustoz — shogird” tamoyillarini tatbiq qilish.

1. Ustozlar tomonidan yosh arxitektorlar, loyihachilar va quruvchilarning ishlariga taqriz berish tartibini joriy etishni nazarda tutuvchi ustozlik tamoyillaridan foydalanish bo‘yicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil yanvar

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), O‘zbekiston Arxitektorlar uyushmasi (A. Toxtayev), O‘zbekiston Muhandislar-konsultantlar uyushmasi (A. Xalmatov)

2. Ustozlikning mohiyatini tushuntirish uchun loyiha va qurilish pudrat tashkilotlari ishtirokida tematik seminarlar o‘tkazish.

2022-yil I yarim yillik

17.

Mahalliy dasturchilar tomonidan loyihalashtirish va qurilish ishlab chiqarishini boshqarish sohasida raqobatbardosh dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish.

1. Yetakchi IT-mutaxassislar va pudrat tashkilotlarini jalb qilgan holda tanlovlarni o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhi tuzish.

2021-yil mart

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), loyiha tashkilotlari, dasturiy mahsulotlar ishlab chiquvchilari

2. Mahalliy dasturchilar tomonidan dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil noyabr

18.

Xalqaro mehnat tashkilotining Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi to‘g‘risidagi 167-son Konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi.

1. Xalqaro mehnat tashkilotining Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi to‘g‘risidagi 167-son Konvensiyasiga (Jeneva, 1988-yil 20-iyun) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilish�ning maqsadga muvofiqligini o‘rganish va uning natijalariga ko‘ra asosli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

2021-yil iyun

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov) Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (B. Gulyamov), Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (K. Rafikov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xalqaro mehnat tashkilotining Qurilishda mehnat xavfsizligi va gigiyenasi to‘g‘risidagi 167-son Konvensiyasini ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish, kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil oktyabr

19.

Xalqaro ijtimoiy ta’minot assotsiatsiyasining (ISSA) konsepsiyasini joriy etishga asoslangan “Qurilish maydonchalarida jarohatlanishga barham berish” dasturini qabul qilish.

1. “Qurilish maydonchalarida jarohatlanishga barham berish” dasturini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhi tuzish.

2021-yil may

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (B. Gulyamov), Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi (U. Egamberdiyev), Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (K. Rafikov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Qurilish maydonchalarida jarohatlanishga barham berish” dasturini qabul qilish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash:

qurilish tarmog‘ining barcha tashkilotlarida mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish, shu jumladan mehnatni muhofaza qilish sohasidagi mutaxassis lavozimi kiritish;

sohaga malakali kadrlar, muhandislar va texnik mutaxassislarni jalb qilish, ish joylarida xavfsizlik va gigiyena masalalari bo‘yicha xodimlar, ishlab chiqarish xodimlari va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassislarning malakasini oshirish va bilimlarini tekshirishni tashkil etish;

qurilish maydonchalarida potensial tahdidlarni aniqlash, kasbiy xavf-xatarlarni baholash, nazorat qilish va boshqarishni o‘z ichiga oluvchi Mehnat xavfsizligi standartlari tizimiga muvofiq mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimi, ISO : 45001 xalqaro standarti qurilish tarmog‘i obyektlarida joriy etilishini ta’minlash.

2022-yil mart

20.

Ish joylarida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlikka rioya qilish masalalarida xodimlarning ishtirok etishi orqali kadrlarga investitsiya qilish, ularni rag‘batlantirish tizimini joriy etish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish:

ish joylarida xavfsizlik va gigiyena talablariga rioya qilish masalalarida xodimlarning ishtirok etishi orqali motivatsiya tadbirlarini o‘tkazish;

Xalqaro mehnatni muhofaza qilish kuni — 28-aprelda faxriy yorliqlar, ko‘krak nishonlari, mukofotlar, suvenirlar, sanatoriylarga imtiyozli yo‘llanmalar topshirgan holda “Mehnat muhofazasida faol, ilg‘or va a’lo rahbar”, “Mehnat muhofazasida faol, ilg‘or va a’lo mutaxassis” nominatsiyalari bo‘yicha tanlovlar o‘tkazishni amaliyotga kiritish.

2021-yil avgust

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (K. Rafikov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi (B. Gulyamov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi ma’muriy tartib-taomillarning samaradorligi, ratsionalligi va shaffofligini ta’minlash, shuningdek, qurilish tarmog‘i tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish

21.

Tadbirkorlik faoliyati obyektlarini qurishga yer uchastkalarini sotish uchun ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish va hujjatlarni tayyorlash muddatlarini qisqartirish.

1. Elektron auksionlarni o‘tkazish uchun hujjatlarni tayyorlash va kelishish, shu jumladan hujjatlarni kelishish muddatlarini tahlil qilish.

2021-yil mart

Kadastr agentligi (X. Turaxujayev), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ayrim ruxsat berish tartib-taomillari va hujjatlarni kelishish muddatlarini maqbullashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, Vazirlar Mahkamasiga tahliliy ma’lumotnoma kiritish.

2021-yil noyabr

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil fevral

22.

“Biznes yuritish” xalqaro indeksining (Doing Business Index) qurilishga ruxsatnomalar olish (Dealing with Construction Permits) qismida O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyasini yaxshilash.

1. Qurilishga ruxsatnomalar olish jarayonini (muddatlar, tartib-taomillar soni, qiymat, sifat) takomillashtirish qismida xalqaro tajribani o‘rganish.

2021-yil aprel

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov) manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ilg‘or xorijiy tajribani milliy tartib-taomillar bilan solishtirish.

2021-yil iyul

3. Takliflar va chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish.

2021-yil oktyabr

23.

Loyiha va pudrat ishlari (xizmatlari)ning xaridi jarayonlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda Vazirlar Mahkamasining qurilish sohasidagi xarid tartib tamoyillarini takomillashtirish bo‘yicha qarori loyihasini tasdiqlash:

elektron tender platformasini joriy etish;

xarid tartib-tamoyillariga sarflanadigan vaqtni ikki baravar qisqartirish;

elektron reytingni joriy etish hisobiga tanlov (tender) hujjatlarining umumiy va texnik qismlarini baholash tartibini bekor qilish;

namunaviy xarid qilish hujjatlarini tasdiqlash.

2021-yil yanvar

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov), “O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov)

24.

Shaharsozlik subyektlari faoliyatidagi litsenziyalash va ruxsatnoma tartib-tamoyillarini tubdan takomillashtirish.

1. Xorijga xizmat safarlarini tashkillashtirish yo‘li bilan loyiha tashkilotlarni litsenziyalash bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish;

2021-yil dekabr

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini litsenziyalash tartibini takomillashtirish:

a) xavflilikning I toifasidagi obyektlar uchun arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha faoliyatni litsenziyalash tartibini xabarnoma yuborish tartibiga o‘tkazish;

b) xavflilikning II, III, IV toifalaridagi obyektlar uchun arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha faoliyatni, loyihalashtirish va qurilish sohasidagi mutaxassislarni majburiy sertifikatlashga asoslangan holda litsenziyalash tartibini joriy qilish va bunda quyidagilarni nazarda tutish:

bilim, tajriba va ish staji, loyihalashtirishning zamonaviy uslublari va texnologiyalarini qo‘llash va boshqa mezonlarni baholash;

loyihalashtirish va qurilish sohasidagi mutaxassislarni qayta attestatsiyadan o‘tkazish (5 yilda kamida bir marta) asosida ularni davriy sertifikatlash;

v) loyihalashtirish va qurilish sohasidagi sertifikatlangan mutaxassislarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish, maxsus identifikatsiya kartalari va QR-koddan foydalangan holda ularning kasbiy faoliyatini kuzatib borish.

2022-yil may

Qurilish pudrat tashkilotlarini qurilish yo‘nalishlari va toifalari bo‘yicha, shuningdek, qurilish pudrat tashkilotlari elektron reytingiga bog‘lagan holda guruhlashni hisobga olib, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan hamda faoliyatini litsenziyalashdan tashqari usullar bilan tartibga solish mumkin bo‘lmagan, qurilish-montaj ishlarining alohida turlari bilan shug‘ullanuvchi qurilish pudrat tashkilotlarini litsenziyalash tartibini takomillashtirish:

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

a) qurilish pudrat tashkilotlarini litsenziyalash bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish;

2021-yil yanvar

b) elektron reyting doirasida qurilish pudrat tashkilotlarining faoliyatini tahlil qilish hamda qurilish-montaj ishlarining turlari va/yoki qurilish obyektlarining xavflilik toifalari kesimida litsenziyalashga muayyan mezonlarni qo‘llash bo‘yicha takliflar tayyorlash;

2021-yil mart

v) qurilish pudrat tashkilotlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish, kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil aprel

25.

Kafolat muddati tugagach kafolat summasini to‘lash miqdorini qayta ko‘rib chiqish.

1. Kafolat muddati tugagach obyektlarning xavflilik toifasiga qarab kafolat summasini to‘lash miqdorini aniqlash bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, shuningdek, uni to‘lash muddatlarini qayta ko‘rib chiqish.

2021-yil sentyabr

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Markaziy bank (M. Nurmuratov)

2. Takliflar ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga tahliliy ma’lumotnoma kiritish.

2021-yil noyabr

3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil mart

26.

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishning “hajm” uslubini bosqichma-bosqich joriy etish va uning asosida shaharsozlik faoliyati subyektlari (buyurtmachi, loyihachi va pudratchi) tomonidan qurilish-montaj ishlarining amalga oshirilishi.

1. Xorijiy mamlakatlarning eng yaxshi tajribasini o‘rganish, zarur bo‘lganda, qurilishda xarid qilish uchun boshlang‘ich qiymatni aniqlashni, o‘zaro hisob-kitoblarning narx shakllanishini, hisobotlarni shakllantirish va moliyalashtirishni tahlil qilish uchun xalqaro konsalting kompaniyalari va ekspertlarni jalb qilish.

2021-yil sentyabr

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Transport vazirligi (I. Maxkamov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

2. O‘rganish asosida “resurs” va “hajm” uslublarini solishtirish.

2022-yil yanvar

3. “Hajm” uslubini joriy qilishni davom ettirish bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil noyabr

4. Markazlashtirilmagan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar doirasida “hajm” uslubini tajriba-sinov tarzida qo‘llash bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish.

2022-yil mobaynida

5. Investitsiya dasturining kamida yuzta loyihasi bo‘yicha “hajm” uslubini kiritish.

2023-2024-yillar

6. Qurilish obyektlarining umumiy sonida “hajm” uslubi ulushini 50 foizgacha yetkazish.

2025-yil dekabr

27.

“Qurilish materiallari milliy klassifikatori” elektron platformasini joriy etish.

1. Elektron platformani joriy etish bo‘yicha ishchi guruh tuzish.

2021-yil fevral

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Transport vazirligi (I. Maxkamov), Davlat statistika qo‘mitasi (B. Begalov), “O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov), “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (A. Baxodirov)

2. Ishchi guruh tomonidan Texnik topshiriq hamda vakolatli organlarning o‘zaro aloqa qilishi mexanizmini ishlab chiqish.

2021-yil iyul

3. Qurilish materiallariga mavjud standartlarni va statistik hisobotlar shakllarini xatlovdan o‘tkazish, yaratilayotgan klassifikatorning tuzilishi bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2021-yil dekabr

4. Qurilish materiallari milliy klassifikatorini, shu jumladan har biriga individual kodlarni bergan holda qurilish materiallarining batafsil texnik tavsiflarini shakllantirish.

2022-yil iyul

5. Shu jumladan ishlab chiqaruvchilar dislokatsiyasi va logistika haqidagi axborotni o‘z ichiga olgan elektron platformani tajriba-sinov tarzida ishga tushirish.

2023-yil fevral

28.

Qurilish qiymatini aniqlashning bozor tamoyillari hamda buyurtmachi, loyihachi va pudratchi o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlarga asoslangan muqobil mexanizmlarini parallel ravishda ishlab chiqqan holda loyihaoldi va loyiha hujjatlarining smeta qismini davlat ekspertizasidan o‘tkazishga doir talablarni bekor qilish.

1. Bozor tamoyillari hamda shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachi va ishlar (xizmatlar) ijrochisi o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlarga asoslangan qurilish qiymatini aniqlash bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil fevral

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)

2. Qurilish vazirligi tomonidan loyihaoldi va loyiha hujjatlari smeta qismini davlat ekspertizasidan o‘tkazishga doir majburiy talablarni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror loyihasini ishlab chiqish, kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil oktyabr

29.

Davlat va unga tenglashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtiriladigan obyektlar bo‘yicha qurilish sohasidagi texnik buyurtmachilar tizimini xususiy tadbirkorlik subyektlarini texnik buyurtmachi funksiyalarini amalga oshirishga jalb qilish hisobiga tubdan isloh qilish.

1. Eksperiment tariqasida Toshkent shahrida buyurtmachi funksiyalarini amalga oshiruvchi xususiy tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatini tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Maktabgacha ta’lim vazirligi(A. Shin), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Toshkent shahrida qurilish-montaj ishlari tugallanguncha va tanlab olingan obyektlar foydalanishga topshirilguncha 10 ta loyihani amalga oshirishni boshqarish, shu jumladan “autsorsing” asosida injiniring xizmatlarini jalb qilish (mualliflik va texnik nazorat, loyihani boshqarish) bo‘yicha eksperiment o‘tkazish.

2022-yil dekabr

30.

Davlat loyiha-qidiruv tashkilotlarini transformatsiya qilish

1. Davlat loyiha-qidiruv tashkilotlarini moliyaviy va texnologik auditdan o‘tkazish uchun xorijiy ekspertlarni jalb qilish.

2021-yil yanvar

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev)

2. Har bir davlat loyiha instituti bo‘yicha rivojlantirishning tijorat konsepsiyalarini, shu jumladan texnik-iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish.

2021-yil aprel

3. Investitsiyalar jalb qilish va (yoki) qurilish tashkilotlarining davlat loyiha tashkilotlari bilan kooperatsiyasini ta’minlash maqsadida investorlar qidirish hamda investorlar va muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan qurilish kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazish.

2022-yil yanvar

4. Muzokaralar yakunlaridan kelib chiqib davlat aksiyalar (ulushlar) paketlarini tanlov asosida ishonchli boshqaruvga berish, aksiyalarni qo‘shimcha emissiya qilgan holda (ustav fondini ko‘paytirgan holda) investitsiyalarni jalb qilish to‘g‘risida yoki boshqa kelishuvlarga ko‘ra bo‘yicha bitimlar tuzish.

Doimiy ravishda, bitimlar tuzish yakunlariga ko‘ra

5. Quyidagilar orqali loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatida davlat ishtiroki ulushini qisqartirish:

loyiha-qidiruv tashkilotlari ustav kapitalidagi davlat aksiyalar paketini sotish;

xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va loyiha-qidiruv tashkilotlari aksiyalarini (ustav fondini oshirgan holda) qo‘shimcha emissiya qilish.

2021-2022-yillar

31.

Ko‘chmas mulk obyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng ipoteka obyektini rasmiylashtirish sharti bilan tijorat banklari tomonidan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish davrida beriladigan, qurilishning ulushli ishtirokchilari ipoteka krediti mablag‘lari hisobiga qurilish pudrat tashkilotlarini moliyalashtirishni tezlashtirish imkoniyatini ta’minlash.

1. Tijorat banklari tomonidan ulushli ishtirok etish asosida ko‘p kvartirali uylarning qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish davrida ipoteka kreditlari bosqichma-bosqich berilishini ta’minlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2021-yil fevral

Markaziy bank (M. Nurmuratov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

2. Ipoteka krediti va hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish, kelishish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.

2021-yil avgust

32.

Qurilish klasterlarini joriy etish.

1. Xalqaro tajribani o‘rganish, Ispaniya, Finlyandiya va boshqa mamlakatlarning qurilish klasterlarini bo�ib ko‘rish.

2021-yil avgust

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (A. Baxodirov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Muvofiqlashtiruvchi organni belgilash.

2021-yil oktyabr

3. Xorijiy tajribani o‘rganish asosida respublika hududlarining ehtiyojiga qarab klaster hamkorligi (ishlab chiqarish-qurilish, investitsiya-qurilish va loyiha-qurilish klasterlari) uslubiyatini ishlab chiqish.

2022-yil fevral

4. Klaster usulida tajriba almashish hamda qurilish-montaj jarayonlarining alohida yo‘nalishlari bo‘yicha ustalar va tor ixtisoslik mutaxassislarini o‘qitish tizimini kiritish.

2022-yil avgust

5. Ikkinchi bosqichda klaster hamkorlikni qurilish, loyihalashtirish va birgalikda investitsiyalash yo‘nalishlari bo‘yicha kengaytirish.

2023-yildan boshlab, doimiy ravishda

33.

Muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infrastrukturasining yetarli quvvati bilan ta’minlangan ko‘p kvartirali uylarni qurish uchun yer uchastkalarini auksionga qo‘yish.

1. Xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilib, quyidagilarni hisobga olgan holda respublika shaharlaridagi seliteb hududlarni rivojlantirishning tijorat konsepsiyalarini ishlab chiqish:

istiqbolda urbanizatsiyalashuv jarayonlari;

istiqbolda aholi tomonidan uy-joy mulkining sotib olinishiga prognoz ehtiyojni o‘rganish va tahlil qilish;

yetarli quvvatga ega bo‘lgan muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infrastrukturasining mavjudligi.

2021-yil noyabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Kadastr agentligi (X. Turaxujayev)

2. Respublika shaharlaridagi seliteb hududlarni rivojlantirish konsepsiyalarining qoidalari va taqdimotlarini mahalliy va xalqaro ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2022-yil mobaynida

3. Investorlarni tanlashning aniq mezonlarini (“zamonaviy menejment” tizimining joriy etilganlik darajasi, ularning faoliyatini boshqarish tizimi, rejalashtirish samaradorligini baholash), tegishli investitsiya shartlarini bajarishga doir talablarni belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

2023-yil dekabr

4. Ko‘p kvartirali uylarni qurish uchun yer uchastkalarini auksionga qo‘yish reja-jadvalini ishlab chiqish va sotish.

2024-2025-yillar

34.

Qurilishda an’anaviy loy g‘isht o‘rnini bosuvchi energiya tejamkor qurilish materiallarining yangi turlarini qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2022-2023-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va tasdiqlash:

mahalliy xomashyo asosida an’anaviy loy g‘isht o‘rnini bosuvchi qurilish materiallarining yangi turlarini joriy etish masalasini ishlab chiqish;

ishlab chiqarish jarayonida mahalliy texnogen chiqindilarning qayta ishlanmalari va resurs tejamkor texnologiyalar, tabiiy gaz o‘rnini bosuvchi yonilg‘i-energetika resurslarining qayta tiklanadigan va muqobil turlarini qo‘llash imkoniyatini o‘rganish.

2022-yil yanvar

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (A. Baxodirov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (A. Maksudov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Energetika vazirligi (A. Sultanov)

35.

Tabiiy dekorativ va pardozlash toshlari zaxiralarining yangi konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlarini tezlashtirish.

1. Mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta ishlab chiqarish davlat dasturi doirasida tabiiy dekorativ va pardozlash toshlari (granit, marmar, travertin, gabbro va boshqalar) zaxiralarining yangi konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlarini olib borish.

2021 — 2023-yillar

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (B. Islamov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

2. Har bir obyekt bo‘yicha quyidagilarga oid aniq muddatlar va chora-tadbirlarni belgilashni nazarda tutuvchi “tarmoq jadvallari”ni ishlab chiqish va tasdiqlash:

geologiya-qidiruv ishlarini olib borishga geologik topshiriqlar va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

prognoz resurslar va foydali qazilmalar zaxiralari o‘sishini hisoblagan holda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish;

geologiya-qidiruv ishlarining natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarni Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi majlislarida ko‘rib chiqish uchun taqdim etish.

2021-yil fevral

36.

Qurilishda energiya jihatidan samarador va energiya tejamkor materiallarni qo‘llash amaliyotini kengaytirish.

Qurilishda energiya jihatidan samarador va energiya tejamkor materiallarni (gazobeton, penobeton, polistirolbeton, bazalt asosida issiqlik saqlovchi materiallar, polistirol bilan to‘ldirilgan sendvich panellar va boshqalar) qo‘llashni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil fevral

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi (A. Baxodirov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

37.

Bino va inshootlarning energetika auditi tizimini keng joriy etish.

1. Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Energetika vazirligi (A. Sultanov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

2. Bino va inshootlarning energiya samaradorlik sinflari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

Doimiy ravishda

38.

Kompleks qurilish sinov laboratoriyasini tashkil qilish.

1. Kompleks qurilish sinov laboratoriyasi binosini qurish va asbob-uskuna, mashina va mexanizmlar bilan jihozlash.

2021-yil avgust

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

2. Qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash obyektlarining konstruksiyalari, qurilish materiallari va buyumlarini sinovdan o‘tkazish ishlarini boshlash.

2021-yil sentyabr

IV. Shaharsozlik faoliyatini raqamlashtirish, tarmoqqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish

39.

Joriy etilgan elektron platformalar ishlashini “Shaffof qurilish” MAT bilan qamrab olish.

1. Elektron platformalarni O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida joriy etish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda Qurilish vazirligi tizimiga kiruvchi tarkibiy va hududiy bo‘linmalar mutaxassislarini ulardan foydalanish bo‘yicha o‘qitish.

2020-yil dekabr

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq o‘qitishni amalga oshirish va elektron platformalardan sinov tarzida foydalanish.

2021-yil fevral

40.

“Shaffof qurilish” MATning elektron platformalari va geoportalni idoralararo axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilish.

1. “Shaffof qurilish” MAT va geoportalni boshqa axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilish bo‘yicha texnologik yo‘riqnoma ishlab chiqish.

2021-yil yanvar

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. “Shaffof qurilish” MATning quyidagilar bilan integratsiya qilinishini ta’minlash:

elektron hukumat tizimlari;

yuridik shaxslarning ma’lumotlar bazalari;

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;

Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat statistika qo‘mitasining axborot tizimlari.

2021-yil mart

3. Geoportalning “Yagona davlat kadastri tizimi” bilan integratsiya qilinishini ta’minlash.

2021-yil mart

41.

Geoportal ma’lumotlar bazalariga ishlab chiqilgan va tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarining to‘liq kiritilishini ta’minlash.

1. Ma’lumotlar bazalariga ishlab chiqilgan va tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarini joylashtirish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil fevral

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ma’lumotlar bazalariga ishlab chiqilgan va tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlarini joylashtirish.

Reja-jadvalga ko‘ra

42.

Ilmiy-texnik kutubxona negizida “Qurilish sohasidagi normativ hujjatlar” ma’lumotlar bazasini yaratish.

1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil avgust

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Axborot texnologi�lari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

2. “Qurilish sohasidagi normativ hujjatlar” elektron ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish.

2022-yil dekabr

3. Ma’lumotlar bazasini qurilish sohasidagi normativ hujjatlar bilan to‘ldirish.

2023-yildan boshlab doimiy ravishda

43.

Fuqarolarga qurilayotgan obyektlar to‘g‘risida mustaqil ravishda axborot olish, noqonuniy qurilishlarni aniqlash, qurilish obyektlarida aniqlangan qoidabuzarliklarni qayd etish (foto va videomateriallar ko‘rinishida) va ularni qurilish sohasidagi nazorat bo‘yicha vakolatli organlarga yuborish imkonini beruvchi “Ogoh fuqaro” tizimini yaratish.

1. Texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil aprel�

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

2. “Ogoh fuqaro” axborot tizimini ishlab chiqish.

2021-yil sentyabr

3. “Ogoh fuqaro” axborot tizimini sinov tarzida ishga tushirish.

2021yil noyabr

4. “Ogoh fuqaro” axborot tizimidan sinov tarzida foydalanish boshlanganligi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2022-yil yanvar

44.

Qurilish vazirligi tizimiga kiruvchi tarkibiy va hududiy bo‘linmalarni server va kompyuter asbob-uskunalari bilan jihozlash.

1. Xatlovdan o‘tkazish hamda zarur server va kompyuter asbob-uskunalari ro‘yxatini aniqlash.

2021-yil mart

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

2. Server va kompyuter asbob-uskunalarini sotib olish bo‘yicha dastlabki hisob-kitob va buyurtmanomani tayyorlash hamda Moliya vazirligiga taqdim etish.

2021-yil aprel

3. Server va kompyuter asbob-uskunalarini sotib olishga pul mablag‘larini ajratish.

2021-yil iyun

4. Qurilish vazirligi tizimiga kiruvchi tarkibiy va hududiy bo‘linmalarni server va kompyuter asbob-uskunalari bilan ta’minlash.

2021-yil dekabr

45.

Qurilish vazirligi tizimiga kiruvchi tarkibiy va hududiy bo‘linmalarning internet resurslariga keng polosali kirish imkoniyati bilan qamrab olish.

1. Xatlovdan o‘tkazish va internet resurslariga keng polosali kirish darajasini aniqlash.

2021-yil mart

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

2. Qurilish vazirligi tizimiga kiruvchi tarkibiy va hududiy bo‘linmalarning internet resurslariga keng polosali kirishini ta’minlash uchun ro‘yxatni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga taqdim etish.

2021-yil aprel

3. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan internet-resurslarga keng polosali kirishni ta’minlash.

2022-yil iyun

46.

Shaharsozlik faoliyati subyektlari va aholini “Shaffof qurilish” MAT elektron platformalari va geoportaldan foydalanishga o‘qitish.

1. Shaharsozlik faoliyati subyektlari va aholini “Shaffof qurilish” MAT elektron platformalari va geoportaldan foydalanishga o‘qitish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil dekabr

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq, shu jumladan videokonferensaloqadan foydalangan holda o‘qitishni amalga oshirish.

2021-yil mart

47.

“Shaffof qurilish” MAT elektron platformalari va geoportal funksionalining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlash.

1. Press-reliz va taqdimot materialini ishlab chiqish.

2021-yil fevral

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev)

2. “Shaffof qurilish” MAT elektron platformalari va geoportal funksionalini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

Doimiy ravishda

48.

Qurilishi tugallangan obyektlarning ijro tasvirlarini geofond ma’lumotlar bazasiga kiritish.

Qurilishi tugallangan obyektlarning ijro tasvirlari bo‘lishi majburiyligiga doir talabni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqish, kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2021-yil iyul

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), manfaatdor vazirlik va idoralar

49.

Yer uchastkalari, istiqbolda, shuningdek, bino va inshootlar to‘g‘risida axborot olish funksionalini yaratish.

1. Geoportalni qurilish olib borish taklif qilinayotgan yer uchastkalari to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish qismida Kadastr agentligining axborot tizimi bilan integratsiya qilish.

2021-yil iyun

Kadastr agentligi (X. Turaxujayev), Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

2. Geoportalni ko‘chmas mulkning manzilli reyestri bilan integratsiya qilish.

2021-yil avgust

50.

Qurilish sohasidagi organlar tomonidan taqdim etilayotgan, qurilish sohasida ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini takomillashtirish.

1. Qurilish sohasida ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini xatlovdan o‘tkazish.

2021-yil aprel

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Adliya vazirligi(R. Davletov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

2. Qurilish sohasidagi davlat xizmatlarini “Shaffof qurilish” MAT bilan integratsiya qilish.

2021-2022-yillar

51.

Joriy etilayotgan axborot tizimlari va elektron ma’lumotlar bazalarining axborot xavfsizligini ta’minlash.

1. Axborot xavfsizligi ta’minotini auditdan o‘tkazish.

2021-yil sentyabr

Qurilish vazirligi (B. Zakirov), “Kiberxavfsizlik markazi” DUK (D. Chichenkov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

2. Axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va joriy etish.

2022-yil oktyabr

3. Joriy etilayotgan axborot tizimlari va elektron ma’lumotlar bazalarining axborot xavfsizligi ta’minotini monitoring qilish.

Doimiy ravishda

V. Shaharsozlik faoliyati sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, ilmiy salohiyatni rivojlantirish

52.

Arxitektura-qurilish yo‘nalishidagi kasb-hunar ta’limi muassasalarini “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘iga ulash.

1. “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘iga ulanadigan arxitektura-qurilish yo‘nalishidagi kasb-hunar ta’limi muassasalari ro‘yxatini shakllantirish.

2023-yil iyun

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

2. Arxitektura-qurilish yo‘nalishidagi kasb-hunar ta’limi muassasalarini server va kompyuter asbob-uskunalari bilan jihozlash.

2023-yil dekabr

3. Arxitektura-qurilish yo‘nalishidagi kasb-hunar ta’limi muassasalarini “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘iga ulash bo‘yicha ijrochilarning qo‘shma qarorini qabul qilish.

2024-yil yanvar

53.

Arxitektura va qurilish sohasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish.

1. Yetakchi xorijiy, xususan Yaponiya, Turkiya, XXR oliy ta’lim muassasalari bilan muzokaralar o‘tkazish.

2021-2022-yillar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L. Qudra�ov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

2. Quyidagilar bo‘yicha kelishuvlar tuzish:

O‘zbekiston Respublikasida arxitektura va qurilish sohasidagi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallarini ochish;

xorijiy arxitektorlar va muhandislarni o‘qitishga jalb qilish;

talab eng yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha bitiruvchilarga ikki tomonlama diplom bergan holda qo‘shma ta’lim dasturlarini ochish.

Muzokaralar yakunlariga ko‘ra

3. Toshkent arxitektura-qurilish institutini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash bo‘yicha ijrochilarning quyidagilarni nazarda tutuvchi qo‘shma qarorini ishlab chiqish va qabul qilish:

milliy reytingdagi pozitsiyalarini oshirishni ta’minlash;

uning xalqaro tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga (TOP-1000) kirishi.

2021-yil avgust

54.

Arxitektura-qurilish yo‘nalishidagi kasb-hunar ta’limi muassasalari negizida o‘qitishning zamonaviy va innovatsion uslublarini qo‘llash.

1. Kasb-hunar ta’limi muassasalarini zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari bilan qamrab olishni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil fevral

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

2. O‘qituvchilarni o‘qitish va ularning malakasini oshirish bo‘yicha turkum dasturlar ishlab chiqish.

2021-yil may

3. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan eng tajribali xodimlar orasidan o‘qituvchilar tanlab olinishini ta’minlash.

Doimiy ravishda

4. Qurilish sohasidagi riv?jlanish tendensiyalari va amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda yangi avlod tarmoq darsliklari va o‘quv qo‘llanmalari turkumini tayyorlash.

2022-yil sentyabr

5. Arxitektura va qurilish sohasidagi xorijiy adabiyotlardan foydalangan holda o‘qitishning innovatsion uslublarini qo‘llash.

2023-yildan boshlab

55.

Respublikaning arxitektura-qurilish kollejlarida kouchinglar o‘tkazishni joriy qilish.

1. Professional yuqori malakali kouchlarni taklif qilgan holda trening va seminarlar o‘tkazish orqali o‘qituvchilarni kouching tamoyillari va ko‘nikmalariga o‘qitish.

2021-yil mobaynida

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

2. Kollejlarni rivojlantirish strategiyasini (kouch uslubidagi pedagogik kengash) ishlab chiqish.

2022-yil may

3. O‘qitishdagi innovatsion yondashuvni aprobatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha pedagoglarning tajriba almashishini hisobga olgan holda mashg‘ulotlarga kouching yondashuvini joriy etish.

2022-yil oxirigacha

4. Imtihonlarga tayyorlanishda, o‘z maqsadlarini belgilashda va kasbga yo‘naltirishda psixologik-pedagogik kuzatuv ostida ta’lim olayotganlar uchun kouching-sessiyalar o‘tkazish.

2023-yildan boshlab, doimiy ravishda

5. Pedagogik kengash, ijodiy guruhlar yig‘ilishlari, laboratoriyalar ishini olib borishda kouch uslubidan foydalanish.

2023-yildan boshlab doimiy ravishda

56.

Qisqa muddatli kurslar doirasida qurilish sohasidagi tor ixtisoslik mutaxassislarini o‘qitish.

1. Ishlab chiqarish ta’limining malakali ustalari va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish uchun jalb qilish.

2020-2021-yillar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov)

2. Qisqa muddatli kurslarni joriy etish va qurilish sohasidagi tor ixtisoslik mutaxassislarini o‘qitish.

2021-yil yanvar

3. Ta’lim oluvchilarning tanlangan kasbga muvofiq mutaxassisligini identifikatsiya qiluvchi maxsus kasbga muvofiqlik sertifikatlarini berish.

Kurslar tugagandan so‘ng

4. Sertifikatlarning QR-kodi va ma’lumotlar bazasini integratsiya qilish yo‘li bilan mutaxassislarni aniqlab olish tizimini yaratish.

2021-yil dekabr

57.

Moslashtirish markazlarini hamda texnologiyalar va innovatsiyalarni transfer qilishni rivojlantirish.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va tasdiqlash:

ilm-fan va real sektorning samarali o‘zaro aloqasi mexanizmlarini shakllantirish;

qurilish tarmog‘i ishtirokchilarining bilim, ko‘nikma va texnologik yechimlarga bo‘lgan ehtiyojlarini muntazam ravishda monitoring qilish;

arxitektura va qurilish sohasida olib borilayotgan fundamental, qidiruv va amaliy ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar samaradorligini oshirish.

2021-yil mart

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

58.

Iste’dodli yoshlarni arxitektura va qurilish fanlari sohasidagi ilmiy va ijodiy faoliyatga jalb etishni rag‘batlantirish tizimini yaratish.

1. Yosh olimlar uchun kasbiy tanlovlar tizimini joriy etish.

2021-yil mart

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

2. Suhbat o‘tkazish hamda iste’dodli mutaxassislarni loyiha va qurilish pudrat tashkilotlariga ishga joylashtirish choralarini ko‘rish.

Doimiy ravishda

59.

Arxitektura va qurilish sohasidagi ilmiy salohiyat natijadorligini oshirish.

1. O‘zaro manfaatli xalqaro ilmiy va ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, mahalliy olimlar va tashkilotlarning xalqaro ilmiy uyushmalar va boshqa professional birlashmalarda ishtirok etishini ta’minlash tizimini yaratish.

2022-yil may

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraxmonov), Qurilish vazirligi (B. Zakirov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov)

2. Arxitektura va qurilish sohasidagi jurnallar reytingini oshirish choralarini ko‘rish.

Doimiy ravishda

60.

Kadrlarni boshqarish tizimini rivojlantirish hamda qurilish organlari va muassasalari tizimiga malakali xo�imlarni jalb qilish.

1. Boshqarish, malaka talablari asosida kadrlarni tanlab olishning zamonaviy uslublarini joriy etish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish.

2021-yil iyun

Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi idoraviy hujjatni ishlab chiqish:

NR-menejment tizimini joriy qilish, shu asosda Qurilish vazirligining ijobiy imijini, kadrlarni qo‘llab-quvvatlash, boshqarish va nazorat qilishning samarali tizimini yaratish;

kadrlarga oid marketing tizimini faollashtirish, malakali kadrlarni jalb qilishga qaratilgan rekrutmentning yangi uslublarini (onlayn-rekrutment, faol xedxanting) joriy etish;

kadrlarga oid kontrolling tizimini (o‘zini o‘zi nazorat qilish tizimini) rivojlantirish;

Qurilish vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish uchun korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens tizimini joriy etish.

2021-yil avgust

3. Quyidagilar bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish:

qurilish organlari va muassasalari xodimlari uchun xalqaro ekspertlar ishtirokida xorijiy amaliyot, seminarlar, mahorat darslari va o‘quv kurslarini tashkil etish;

qonun hujjatlaridagi yangiliklar va dolzarb muammolarni hisobga olgan holda Qurilish vazirligi tizimi xodimlari uchun o‘quv dasturlarini yaratish va yangilash;

mehnat jamoasini professionalizm, xodimlarning yangiliklarga (stress-menejment, taym-menejment, timbilding va boshqalar) intiluvchanligi va moslashuvchanligiga erishish maqsadida ijtimoiy jihatdan rivojlantirish.

2021 — 2023-yillar

61.

Xodimlarni baholash tizimini takomillashtirish.

Quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi KPI tizimini joriy qilish:

xodimlarga sifat va son jihatidan talablar va ko‘rsatkichlar qo‘yish, ularning manfaatlari va ehtiyojlarini aniqlash;

ilg‘or axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish orqali ijro intizomini baholash;

kadrlar malakasini oshirish tizimidagi o‘zgarishlarni kuzatib borish;

ish haqi to‘lashning yangi uslublarini joriy qilish (xodimlar faoliyati samarad�rligining reyting tizimi mezonlarini, idoraviy rag‘batlantirish dasturlarini yangilash).

2021-yil avgust

Qurilish vazirligi (B. Zakirov)

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-maydagi “Kapital qurilishda loyiha va qurilish ishlarini amalga oshirish tartibini optimallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5445-son Farmoni 1-bandining ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasining davlat rivojlanish dasturlariga kiritilgan” so‘zlari “budjet tizimi budjetlaridan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Hukumati kafilligi ostidagi qarzlar hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni istisno etgan holda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “Qurilish vazirligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi-oltinchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi-beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshi tegishlicha to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
2-bandning “a” kichik bandi beshinchi xatboshisidan “, arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqiladi. Bunda arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish xarajatlari yer uchastkasini elektron onlayn-auksion orqali sotishdan tushadigan mablag‘lar hisobidan qoplanadi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
2-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
uchinchi — beshinchi xatboshilar tegishlicha to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.