Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu erda bo‘lishlari va tranzit o‘tishlari tartibini yanada soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi 1-ilovaga muvofiq;
Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari qoidalari 2-ilovaga muvofiq;
Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tishlari qoidalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yig‘imlar hamda soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlar stavkalari to‘g‘risida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qaroriga xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan bir oy muddatda takliflar ishlab chiqsin va ularni belgilangan tartibda taqdim etsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa vazirliklar va idoralar o‘zlarining idoraviy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-sentabrdagi 415–31-son qarori bilan tasdiqlangan xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlarining Vaqtinchalik qoidalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi B.H. G‘ulomov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar* xususiy hamda xizmat ishlari bo‘yicha, turist sifatida, dam olish, o‘qish, ishlash, davolanish va doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va undan ketishlari mumkin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalari, shu jumladan tranzit kirish vizalari:
a) O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalari tomonidan, bunday konsullik muassasalari mavjud bo‘lmagan taqdirda esa — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ikki tomonlama bitimi mavjud bo‘lgan boshqa davlatlarning konsullik muassasalari tomonidan beriladi.
Bosh konsulliklar, konsulliklar, vitse-konsulliklar, konsullik agentliklari va elchixonalarning konsullik bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi konsullik muassasalari hisoblanadi;
b) xalqaro aeroport maqomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston aeroportlaridagi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bo‘linmalari tomonidan beriladi.
Aeroportlarda Tashqi ishlar vazirligining konsullik muassasalari va bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalari xorijiy fuqarolarning barcha toifalariga beriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va uning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi bo‘linmalari vizalarning amal qilish muddatini uzaytirishni xorijiy fuqarolarning quyidagi toifalari uchun amalga oshiradi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
a) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xodimlariga (va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga), shuningdek Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillariga va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga;
(3-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 17-son, 199-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
g) ushbu bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan xorijiy fuqarolarning taklifi bo‘yicha kelganlarga, biroq ko‘pi bilan 2-marta kelganlarga.
Vizaning uzaytirilishi respublika hududida rasmiy bo‘lishga ruxsatnomaning uzaytirilishini anglatadi. Amaliy jihatdan vizani uzaytirish amal qilish muddati yangilangan yangi viza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi, xorijiy fuqaro akkreditatsiya qilingan taqdirda esa vizaning turi ham o‘zgartiriladi.
(3-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ko‘p marta foydalaniladigan vizalar ushbu Tartibning 3-bandi “a” kichik bandida ko‘rsatilgan xorijiy fuqarolarga ular akkreditatsiya qilingan muddatga, ushbu Tartibning 3-bandi “b”, “v” va “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan fuqarolarga bir yilgacha muddatga beriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmalari O‘zbekiston Respublikasidan ketish (ketish, ketish-kelish) vizalarini berish va ularning amalda bo‘lish muddatini uzaytirishni ushbu Tartibning 3-bandida ko‘rsatilmagan xorijiy fuqarolar uchun amalga oshiradilar.
6. Ko‘p marta foydalaniladigan vizalar bir yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan xorijiy fuqarolarning quyidagi toifalariga va ularning oila a’zolariga beriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
a) vakolatxona xodimining akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi akkreditatsiya qilingan firmalar va kompaniyalar doimiy vakolatxonalari xodimlariga beriladi. Viza xorijiy firma yoki kompaniyaning doimiy vakolatxonasi iltimosnomasi asosida beriladi;
(6-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
b) xorijiy fuqaroning xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkiloti shtatiga kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkiloti xodimlariga beriladi. Viza xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkilotining iltimosnomasi asosida beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki akkreditatsiya qilingan qo‘shma korxonalar va 100 foiz xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar xodimlariga, ular Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mehnat faoliyati ko‘rsatish uchun ruxsatnomasini olganlaridan so‘ng, agar ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hukumatlararo Bitimlar bilan boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, beriladi. Viza korxona iltimosnomasi asosida beriladi.
(6-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
g) investitsiya loyihalarini amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy kompaniyalarning mansabdor shaxslari va mutaxassislariga vizalar O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining iltimosnomalari asosida beriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-iyundagi 177-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 25-son, 274-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasiga kelish uchun berilgan viza, tranzit vizadan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida haqiqiy hisoblanadi, xorijiy fuqarolarning borishlari uchun yopiq bo‘lgan joylar, obyektlar bundan mustasnodir.
8. O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari va ichki ishlar organlari tomonidan xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasiga kelish va undan ketish vizalari berilganligi yoki ularning amalda bo‘lish muddati uzaytirilganligi uchun ulardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorda davlat poshlinasi undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va ketishlari tartibi, ularga vizalar berish hamda ularning amal qilish muddatlari O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan ko‘p tomonlama va ikki tomonlama bitimlari bilan, tenglik asosida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan o‘zgartirilishi mumkin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 24-iyuldagi 315-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 14-son, 95-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Yuridik shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, xorijiy fuqarolarning, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari taklifi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga kelmoqchi bo‘lgan xorijiy fuqarolar vizalar olish uchun O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalariga, bunday muassasalar bo‘lmagan taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi uchun konsullik funksiyalarini bajarish yuzasidan kelishib olingan boshqa davlatlar konsullik muassasalariga to‘ldirilgan belgilangan shakldagi viza anketasiga taklifnoma va milliy pasportni yoki uning o‘rnini bosadigan hujjatni (keyingi o‘rinlarda matnda “milliy pasport” deb yuritiladi) ilova qilgan holda murojaat qiladilar.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xorijiy fuqarolar — xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xodimlari hamda ularning oila a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining akkreditatsiya kartochkasi asosida viza olish va uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun murojaat qiladilar.
Yuridik shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xorijiy fuqarolarga taklifnomalarni faqat O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga viza berilishida yordam ko‘rsatish to‘g‘risida iltimosnoma berganlaridan keyingina yuboradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, xorijiy fuqarolarning, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarining yozma murojaatlarini ko‘rib chiqadi va chet eldagi konsullik muassasalariga tegishli ko‘rsatmalar yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslarning taklifnomalariga binoan O‘zbekiston Respublikasiga kontrakt va shartnomalar bo‘yicha uch oydan ortiq muddatga ishga kelayotgan xorijiy fuqarolarga vizalar berish belgilangan tartibga muvofiq Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan xorijiy fuqaroga berilgan mehnat faoliyatiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
(10-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy fuqarolar — xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari xodimlari va ularning oila a’zolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillari va ularning oila a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining akkreditatsiya kartochkasi asosida vizalarning amal qilish muddatini uzaytirish uchun murojaat qiladilar.
Viza berish hujjatlarini ko‘rib chiqish va xorijiy fuqaroga kelish vizasini rasmiylashtirish muddati 10 sutkadan oshmasligi kerak.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 17-son, 199-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasiga fuqarolar taklifnomasi bo‘yicha yoki doimiy yashash uchun kelmoqchi bo‘lgan xorijiy fuqarolar vizalar olish uchun O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalariga, bunday muassasalar bo‘lmagan taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi uchun konsullik funksiyalarini bajarish yuzasidan kelishib olingan boshqa davlatlarning konsullik muassasalariga to‘ldirilgan belgilangan shakldagi viza anketasiga taklifnomani va milliy pasportni ilova qilgan holda murojaat qiladilar.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Chet eldan xorijiy fuqarolarni taklif qilmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha (3 oydan ortiq) yashab turgan va doimiy yashayotgan xorijiy fuqarolar yashash joyidagi ichki ishlar organlariga ikki nusxada to‘ldirilgan belgilangan shakldagi anketa-ariza bilan murojaat qiladilar.
Fuqarolarning taklifnomasi bo‘yicha xorijiy fuqaroga O‘zbekiston Respublikasiga kelishga viza berish uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish muddati 15 sutkadan oshmasligi kerak. O‘zbekiston Respublikasiga doimiy yashash uchun kelayotgan xorijiy fuqarolar uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati ayrim hollarda 30 sutkagacha uzaytirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Xorijiy fuqarolar turist sifatida kelish vizalarini olish uchun O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasiga, bunday muassasalar bo‘lmagan taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi uchun konsullik funksiyasini bajarish yuzasidan kelishib olingan boshqa davlatlarning konsullik muassasalariga to‘ldirilgan belgilangan shakldagi viza anketasiga milliy pasportni va o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirayotgan turistik tashkilotlarning taklifnomasini taqdim etgan holda murojaat qiladilar.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Xorijiy fuqaroning turist sifatida kelish vizasini rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasi tomonidan 3 sutkadan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi, bayram va dam olish kunlari bundan mustasnodir.
Xorijiy davlatda O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasiga turistlar sifatida kelayotgan xorijiy fuqarolarga kelish-ketish vizalarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining aeroportlardagi konsullik byurosi tomonidan berilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining turistik vizasida ko‘rsatilgan muddatdan oldin kelgan taqdirda turistik vizalarga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining konsullik byurolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan o‘tish punktlarida tegishli o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat etiladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-noyabrdagi 894-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2017-y., 09/17/894/0219-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Xorijiy fuqarolar tranzit vizasini olish uchun O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasiga, bunday muassasalar bo‘lmagan hollarda — O‘zbekiston Respublikasi uchun konsullik funksiyalarini bajarish yuzasidan kelishib olingan boshqa davlatlarning konsullik muassasalariga to‘ldirilgan belgilangan shakldagi viza-anketa bilan murojaat qiladilar hamda milliy pasportni, borilayotgan davlat vizasini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasidan borilayotgan davlatga jo‘nab ketish sanasi tasdiqlangan yo‘l hujjatlarini taqdim etadilar.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali shaxsiy, yo‘lovchilar tashish yoki yuk transportida tranzit bilan o‘tib ketadigan xorijiy (haydovchilar) fuqarolar (72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddat mobaynida) viza anketasi, milliy pasport va borilayotgan mamlakat vizasidan tashqari xalqaro namunadagi haydovchilik guvohnomasini, transportga egalikni va avtotransportning texnik holatini tasdiqlovchi hujjatlarni, yukning borilayotgan mamlakatga yetkazib berilishini tasdiqlovchi yuk hujjatlarini va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni taqdim etadilar.
Tranzit vizani O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasi tomonidan rasmiylashtirish 3 sutka mobaynida amalga oshiriladi.
(13-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
14. O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari boshliqlari alohida hollarda xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasiga kelish vizasini berish to‘g‘risida mustaqil ravishda qaror qabul qilish huquqiga egadirlar. Bunda ular qabul qilingan qaror to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga bir sutka mobaynida xabarnoma yo‘llaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
15. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, chet elga bormoqchi bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs yashash uchun hujjatni, belgilangan namunadagi anketa-arizani, davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiyani va 35 x 45 mm o‘lchamli 4 ta fotosuratni taqdim etgan holda, doimiy ro‘yxatda turgan joydagi kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasiga murojaat qiladi.
Chet elga vaqtincha chiqishda fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga chet elga chiqish uchun 2 yil mobaynida amal qiladigan ruxsatnoma yozuvi stikeri (keyingi o‘rinlarda stiker deb ataladi) rasmiylashtiriladi. Ko‘rsatilgan muddat mobaynida fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bir necha marta chet elga chiqishi mumkin. Stikerning amal qilish muddati fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning guvohnomasi yoki harakatlanish hujjatining amal qilish muddatidan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasidan boshqa xorijiy davlatlarga stiker rasmiylashtirmasdan chiqishi qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka olib keladi.
Stikerning amal qilish muddati chet elda tamom bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasiga kirishda, shuningdek bir xorijiy davlatdan boshqasiga safar qilishda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanmaydi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 22-oktabrdagi 301-sonli qaroriga asosan uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 42-son, 539-modda)
Doimiy yashash uchun chet elga chiqishda fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga amal qilish muddatisiz stiker rasmiylashtiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning murojaatini 15 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi va chet elga chiqish huquqiga cheklovlar uchun asos bo‘lmagan taqdirda fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning guvohnomasini rasmiylashtiradi hamda guvohnomaga yoki harakatlanish hujjatiga stikerni yopishtiradi.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs chet eldan qaytganidan keyin uch ish kuni mobaynida guvohnoma yoki harakatlanish hujjatini topshirish va o‘rniga O‘zbekiston Respublikasida yashashga ruxsatnoma olish uchun kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasiga murojaat qilishlari kerak.
Amal qiladigan stiker fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning haqiqiy bo‘lmagan guvohnomasidan yoki harakatlanish hujjatidan yangi guvohnoma yoki harakatlanish hujjatiga ko‘chirilgan hollarda, ushbu stikerni rasmiylashtirish muddati 7 ish kunidan oshmasligi kerak.
Chet elga xizmat safariga borayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, ular ishlaydigan tashkilotlarning mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, chet elga chiqish huquqini cheklashlar uchun asos bo‘lmagan taqdirda, stikerni rasmiylashtirish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati 10 ish kunidan oshmasligi kerak.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqishni talab qiladigan shoshilinch davolanish zaruriyatini, og‘ir kasallik holatlarini yoki yaqin qarindoshi vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga va unga hamrohlik qiluvchi shaxslarga stikerni rasmiylashtirish muddati, chet elga chiqish huquqini cheklash uchun asos bo‘lmagan taqdirda, 5 ish kunidan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Doimiy yashash uchun chet elga chiqishda fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan o‘z ota-onasining va turmush o‘rtog‘ining (birgalikda chiqish holatlari bundan mustasno), shuningdek agar birgalikdagi nikohdan bolalar bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan sobiq turmush o‘rtog‘ining notarial tasdiqlangan roziligini, shuningdek ular vafot etgan yoki bedarak yo‘qolgan hollarda, vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnomani yoki sudning shaxsni bedarak yo‘qolgan deb e’tirof etish haqidagi qarorini (nusxalari olinib, asli qaytariladi) kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasiga taqdim etadi.
(16-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-dekabrdagi 1001-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasidan ketish hujjatlarini olganlaridan so‘ng viza olish uchun tegishli davlatlarning diplomatik va konsullik vakolatxonalariga murojaat qiladilar.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
18. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash uchun guvohnomasi va doimiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi:
xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha chiqqanda, agar ular uch yildan ortiq vaqt mobaynida uzrli sabablarsiz O‘zbekistondagi doimiy yashash joyiga qaytmasa;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan vaqtincha tashqariga chiqqan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning harakatlanish hujjatining amal qilish muddati tamom bo‘lgach, agar ular harakatlanish hujjatini almashtirmasa yoxud uzrli sabablarsiz uni almashtirishni rad etsa;
bekor qilish to‘g‘risida shaxsan murojaat qilsa yoxud notarial tasdiqlangan ishonchnoma bo‘yicha boshqa shaxs murojaat qilsa yoki chet eldagi tegishli organlarning so‘rovi bo‘yicha bekor qilinadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
b) agar bu O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va boshqa shaxslarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun zarur bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-avgustdagi 236-son qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
v) agar shaxs chet el terrorchi, ekstremist va boshqa jinoiy tashkilotlarning faoliyatiga aloqador bo‘lsa;
(19-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-avgustdagi 236-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
g) agar shaxs o‘zi haqida qasddan soxta ma’lumotlar bergan bo‘lsa yoki zarur hujjatlarni taqdim etmagan bo‘lsa;
(19-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-avgustdagi 236-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
d) agar shaxs ilgari xorijiy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelish-ketish tartibini hamda bu erda bo‘lish qoidalarini, O‘zbekiston Respublikasining bojxona, valyuta va boshqa qonunchiligini buzganligi aniqlangan bo‘lsa;
(19-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-avgustdagi 236-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
e) agar shaxs kasal bo‘lsa yoki uning salomatligi jamiyat xavfsizligi va sog‘lomligiga xavf tug‘dirsa hamda ushbu kasallik O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan bo‘lsa.
(19-bandning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-avgustdagi 236-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari qoidalarining 40-bandiga muvofiq xorijiy fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasiga kelish cheklangan bo‘lsa, unga O‘zbekiston Respublikasiga kelishi rad etiladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-avgustdagi 236-sonli qarori asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
a) agar uning ketishi davlat xavfsizligini ta’minlash manfaatlariga zid bo‘lsa — ketishga to‘sqinlik qiluvchi holatlarning amal qilish muddati tugagungacha;
b) agar shaxsga nisbatan uning doimiy yashash uchun chet elga ketishiga to‘sqinlik qiluvchi shartnoma, kontrakt majburiyatlari amalda bo‘lsa — ushbu majburiyatlar to‘xtatilgunga qadar;
v) agar shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa — ish oxiriga yetkazilgunga qadar yoki uning yuzasidan sud qarori qabul qilingunga qadar;
g) agar shaxs jinoyat sodir etganligi uchun jazoga hukm qilingan bo‘lsa — jazoni o‘tab bo‘lgungacha yoki jazodan ozod etilmaguncha;
d) agar shaxs unga sud tomonidan yuklangan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortayotgan bo‘lsa — majburiyatlarni to‘liq bajarib bo‘lgunga qadar;
j) agar sudda shaxsga nisbatan fuqarolik da’vosi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa — sud tomonidan qaror qabul qilinib va u ijro etilgunga qadar.
21. Ushbu Tartibning IV bo‘limida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha chet elga ketish huquqining rad etilishi, javob berishning belgilangan muddatidan ortiqcha kechiktirilishi ustidan xorijiy fuqarolar yuqori organlarga shikoyat qilishlari mumkin, bu organlar bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda javob berishlari kerak, xorijiy fuqaro uning qaroridan norozi bo‘lganda, sudga shikoyat qilishi mumkin. Chet elga ketish huquqini mazkur Tartib 20-bandining “b” kichik bandida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra cheklash ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar* O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashashlari yoki vaqtincha bo‘lishlari mumkin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
a) O‘zbekiston Respublikasida bo‘luvchi xorijiy fuqarolarni kelish vizasining amal qilish muddatiga vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish;
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
g) qonunchilikni va mazkur Qoidalarni buzganliklari uchun xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari muddatlarini qisqartirish va bu erdan chiqarib yuborish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘luvchi xorijiy fuqarolar o‘zlarini qabul qiluvchi tashkilotlar (vazirliklar, idoralar, mulkchilik shakllari va faoliyat turidan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlar, xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi), shuningdek, xususiy ishlar bo‘yicha ularni O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilgan shaxslarni xabardor qilgan holda, xohishlariga ko‘ra mehmonxona xizmatlari — vaqtinchalik yashash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladigan joylashtirish vositalarida (mehmonxonalar, turizm bazalari va komplekslari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, milliy mehmonxona uylari, o‘tov va palatkali lagerlar, sanatoriylar va boshqa obyektlarda, shuningdek, tunash uchun qayta jihozlangan yer usti avtotransportida), boshqa turar joylarda, shuningdek, davolash muassasalarida yashaydilar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-noyabrdagi 894-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2017-y., 09/17/894/0219-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasidagi xorijiy fuqarolar pasportlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlarni* o‘zlari bilan olib yurishga va ularni vakolatli organlar vakillarining talabiga ko‘ra ko‘rsatishga majburdirlar.
Milliy pasportni yo‘qotib qo‘yganlik to‘g‘risida xorijiy fuqarolar ularni qabul qiluvchi tashkilotlarga va ichki ishlar organlariga tezlik bilan xabar qilishlari kerak.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Qabul qiluvchi tashkilotlar, shu jumladan turizm operatorlari xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan ularning huquqlari va majburiyatlarini o‘z vaqtida tushuntirilishini, xorijiy fuqarolarga nisbatan belgilangan huquqiy normalarning aniq bajarilishini ta’minlaydilar, xorijiy fuqarolarning tegishli hisobini yuritadilar, shuningdek ularning O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli bo‘limlarida vaqtinchalik propiska qilishning ta’minlanishi, ularning respublika hududida harakatlanishi va ular bo‘lishining muayyan muddati tugagandan keyin O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishlari uchun javob beradilar.
Xorijiy turistlarni qabul qiluvchi turizm operatorlari, shuningdek ularning xodimlari xorijiy turistlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining buzilishi yuzasidan javobgarlikdan ozod qilinadilar, ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan javobgarlik bundan mustasno.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
6. Xorijiy fuqaro tashkilotlardan birining taklifiga ko‘ra bu erga kelgan hollarda, boshqa tashkilot, bu fuqaroga nisbatan mazkur qoidalarning 5-bandida nazarda tutilgan majburiyatlarni amalga oshirib va javobgarlikni zimmasiga olib, uni O‘zbekiston Respublikasida qabul qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
61. Ularga nisbatan viza rejimi qo‘llanmaydigan yoxud vizalar berishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llanadigan, uchinchi shaxslarning takliflarisiz yoki turist sifatida takliflarsiz kelishgan xorijiy fuqarolar pasport bo‘yicha nazoratdan o‘tgungacha ushbu Qoidalarning 5-bandida nazarda tutilgan talablar va javobgarliklar bilan tanishadilar. Ko‘rsatib o‘tilgan fuqarolar, zarurat bo‘lganda, vizalarni uzaytirishga hujjatlarni mustaqil ravishda berish huquqiga egadirlar.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Xorijiy fuqarolarni xususiy ishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilgan va ularga turar joy bergan shaxslar bu fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ichki ishlar boshqarmasining tegishli bo‘limlarida o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlash uchun chora-tadbirlar ko‘rishga va ularga belgilangan bo‘lish muddatlari tugashi bilan O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishlarida ko‘maklashishga majburdirlar.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Mazkur shaxslar tomonidan xorijiy fuqarolarga turar joy, transport vositalari berilishiga yoki ularga boshqa xil xizmatlar ko‘rsatilishiga, agar bu O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va mazkur qoidalarning buzilishiga olib kelishi aniq bo‘lsa, yo‘l qo‘yilmaydi.
8. O‘zbekiston Respublikasida turgan xorijiy fuqarolar uning qonunchiligiga va mazkur Qoidalarga rioya qilishga majburdirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Xorijiy fuqarolar, shuningdek, mansabdor shaxslar va O‘zbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari tomonidan mazkur qoidalar talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni o‘z vakolatlari doirasida ichki ishlar organlari va Tashqi ishlar vazirligi, joylardagi hokimiyat organlari va O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Xorijiy fuqarolarni vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish, ularga doimiy yashash va O‘zbekiston Respublikasi hududida yurishlari uchun ruxsatnomalar berish tartibi O‘zbekistonning boshqa mamlakatlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlari bilan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan tenglik asosida o‘zgartirilishi mumkin.
(9 va 10-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(II bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘luvchi fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi hududida milliy pasportlar bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish asosida yashaydilar. Milliy pasportlar belgilangan joyga kelgandan so‘ng uch sutka mobaynida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etiladi, bayram va dam olish kunlari bundan mustasno.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining takliflariga ko‘ra respublikaga kelgan chet mamlakatlar davlatlari va hukumatlari boshliqlari, parlamentlar va hukumatlar delegatsiyalarining a’zolari, ushbu delegatsiyalarning texnik xodimlari, sanab o‘tilgan shaxslarning oila a’zolari;
Oldingi tahrirga qarang.
b) Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan berilgan pasportlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga kelgan shaxslar;
g) O‘zbekiston Respublikasiga bayram va dam olish kunlari yoki odatdagi kunlarda uch sutkagacha muddat bilan kelgan va shu kunlar mobaynida respublikadan jo‘nab ketuvchi fuqarolar;
(12-bandning “b”, “v” va “g” kichik bandlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
d) safarda yurgan xorijiy turistlar, agar ularning respublikaning har bir aniq aholi yashash joyida bo‘lishlari muddati uch sutkadan oshmasa;
Keyingi tahrirga qarang.
e) belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasiga kelgan xorijiy harbiy samolyotlar (kemalar)ning ekipajlari a’zolari.
Harbiy samolyotlar (kemalar)ning ekipajlari a’zolarining qirg‘oqqa tushishi va O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab yurishiga kelgan harbiy samolyotlar (kemalar) qabul qilish rejasiga muvofiq katta (harbiy) boshliq tomonidan ruxsat etiladi;
j) xalqaro yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashishni amalga oshiruvchi xorijiy avtotransport vositalari ekipajlari tarkibiga kiruvchi shaxslar, tashishlarni amalga oshirayotgan yo‘nalishlaridagi shaharlarda va aholi yashash joylarida, shu jumladan, boradigan joylarda bo‘lgan chog‘larida;
z) harbiy bo‘lmagan chet el kemalari ekipajlari tarkibiga kiruvchi shaxslar garnizonlarda va chegara shaharlarida bo‘lgan chog‘larida, bu shaxslar uyushgan holda sayohatga chiqqan vaqtlarida esa O‘zbekiston Respublikasining boshqa shaharlarida ham.
Xorijiy fuqarolar ko‘rsatib o‘tilgan toifalarining obyektlardan chiqishlariga portlarda amalda bo‘lgan qoidalar va yo‘riqnomalarga muvofiq chegara qo‘shinlari vakillari tomonidan ruxsat etiladi;
i) xalqaro aviatsiya yo‘llarining fuqaro havo kemalari ekipajlari, xalqaro temir yo‘l poyezdlari brigadalari tarkibiga kiruvchi shaxslar, qatnovning amaldagi jadvalida ko‘rsatilgan aeroportlarda yoki stansiyalarda bo‘lgan chog‘larida.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Xorijiy fuqarolarni vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Joylashish vositalari va davolash muassasalarining mas’ul shaxslari tomonidan joylashgan shaxslarning hisobi yuritiladi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organlari har haftada hududlar bo‘yicha manzil-ma’lumotnoma byurosiga kelish va ketish varaqalarini yuborishi shart. Joylashish vositalari va davolash muassasalarining mas’ul shaxslari har kuni (joylashgandan keyin o‘n ikki soat mobaynida) ichki ishlar organlarini maxsus elektron avtomatlashtirilgan dastur yordamida propiskadan o‘tishi kerak bo‘lgan joylashgan shaxslar to‘g‘risida Internet tarmog‘i orqali joylashish vositalarida turuvchilarning hisobini yuritish to‘g‘risida xabardor qilishi shart.
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining mas’ul shaxslari tomonidan ushbu talabning buzilishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-noyabrdagi 894-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2017-y., 09/17/894/0219-son)
Xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan akkreditatsiya qilinadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida xorijiy fuqarolarning quyidagi toifalari akkreditatsiya qilinadi:
a) chet el diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari boshliqlari, diplomatik korpus xodimlari, konsullik mansabdor shaxslari, harbiy attashelar diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining ma’muriy-texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari, shuningdek, ularning oila a’zolari;
Oldingi tahrirga qarang.
v) O‘zbekiston Respublikasiga xizmat ishlari bo‘yicha kelgan xalqaro tashkilotlarning mansabdor shaxslari, ko‘rsatib o‘tilgan tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari xodimlari, shuningdek, mamlakatlarning O‘zbekiston Respublikasida shtab-kvartiraga ega bo‘lgan xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari huzuridagi vakolatxonalarining, shu tashkilotlar ustav hujjatlariga yoki tegishli shartnomalarga ko‘ra diplomatik imtiyozlardan va immunitetlardan foydalanadigan xodimlari va ularning oila a’zolari;
(14-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 17-son, 199-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, uning vakolatxonalari ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarga akkreditatsiya kartochkalarini beradilar va akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risida bevosita ularning milliy pasportlariga yozib qo‘yadilar.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Mazkur Qoidalarning 12, 14 va 16-bandlarida ko‘rsatib o‘tilmagan xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Murojaatnoma ichki ishlar organlariga bayram va dam olish kunlarini istisno qilgan holda xorijiy fuqarolar qabul qiluvchi tashkilotlarga milliy pasportlar vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun topshirgan vaqtlaridan boshlab uch sutkadan kechikmay berilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasiga xususiy ishlar bo‘yicha, fuqarolarning takliflari bo‘yicha kelgan xorijiy fuqarolar, agar O‘zbekiston Respublikasi bilan tegishli mamlakat o‘rtasidagi bitimga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasiga kelishning boshqacha tartibi o‘rnatilmagan bo‘lsa, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish va o‘zlaridagi vizalarni belgilab qo‘yish uchun ichki ishlar organlariga shaxsan murojaat etadilar.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun xorijiy fuqarolar o‘zi turgan joydagi ichki ishlar organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
uy-joy egasining vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazishga yozma roziligi va uy-joyga bo‘lgan huquqni belgilovchi hujjatlar;
Xorijiy fuqarolar vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini uzaytirish uchun ichki ishlar organlariga vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muddati tamom bo‘lishigacha uch ish kunidan kechikmay murojaat qilishlari kerak.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
a) xizmat, savdo yoki jamoat ishlari bilan, davolanishga yoki dam olishga, turist sifatida, ayrim hollarda ichki ishlar organlari ruxsati bilan fuqarolar taklifnomalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasiga kelgan xorijiy fuqarolar, mazkur Qoidalarning 12 va 14-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan xorijiy fuqarolar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
b) xususiy ishlar bilan O‘zbekiston Respublikasiga kelgan milliy (diplomatik yoki xizmat) pasportlarga ega bo‘lganlar, chet mamlakatlar tashqi ishlar idoralarining xodimlari va ularning oila a’zolari.
(16-bandning birinchi xatboshi va “a” kichik bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Xorijiy fuqarolarning amalda hisobga qo‘yilganligi ichki ishlar organlari tomonidan avtomatlashtirilgan maxsus elektron dastur yordamida tekshiriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-noyabrdagi 894-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2017-y., 09/17/894/0219-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Mazkur Qoidalarning 16-bandida ko‘rsatib o‘tilgan xorijiy fuqarolar joylashish vositalari va davolash muassasalari ma’muriyati tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda, bu fuqarolarning shaxsiy murojaatnomalari yoki qabul qiluvchi tashkilotlarning buyurtmanomalari asosida murojaatnomalarda, turlarda, arizalarda ko‘rsatilgan muddatga yoki vizaning amal qilish muddatida hisobga olinadi va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazishga tenglashtiriladi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
sayyohlik operatori tomonidan tashkil etiladigan tur doirasida ekskursovod, gid va/yoki yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi hamrohligida aholi punktlari tashqarisiga sayohat amalga oshirilganda, agar bunday tur muddati yoki uning bir qismi 10 kundan oshmasa;
xorijiy fuqarolar tomonidan sayyohlik operatorining avtoturini xarid qilgan holda shaxsiy avtomobilda, mototsiklda, velosipedda, piyoda yoki guruh tarkibida avtobusda sayohat amalga oshirilganda, sayyohlik operatorlari tomonidan ichki ishlar organlariga avtomatlashtirilgan maxsus elektron dastur yordamida sayyohlarning pasport ma’lumotlari, harakatlanish yo‘nalishlari sxemasi, sayohat paytida to‘xtash (tunash) joylari ko‘rsatilgan elektron shakldagi ro‘yxati taqdim etilishi vaqtinchalik propiskaga tenglashtiriladi.
(171-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-noyabrdagi 894-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2017-y., 09/17/894/0219-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. O‘zbekiston Respublikasi hududiga kelishgan xorijiy fuqarolarning joylashish vositalarida va davolash muassasalarida hujjatlarini va yashashini ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatlarisiz ushbu Qoidalarning 11-bandida belgilangan muddatdan ortiqcha vaqtinchalik propiskasiz rasmiylashtirish taqiqlanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
(17 va 18-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Joylashish vositalari va davolash muassasalari ma’muriyati O‘zbekiston Respublikasiga kelish vizasiga ega bo‘lmagan, shuningdek boshqa qoida buzishlarga yo‘l qo‘ygan xorijiy fuqarolar to‘g‘risida hududiy ichki ishlar organlariga zudlik bilan xabar qilishga majburdir.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunday shaxslarni joylashish vositalari va davolash muassasalarida rasmiylashtirish faqat ichki ishlar organlaridan ruxsat olingandan so‘ng amalga oshirilishi mumkin.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Joylashish vositalarida va davolash muassasalarida xorijiy fuqarolarning hujjatlarini rasmiylashtirish va bo‘lishi muddatini uzaytirish qabul qiluvchi tashkilotlarning yozma iltimoslarida yoxud ushbu Qoidalarning 61-bandida ko‘rsatilgan xorijiy fuqarolar o‘zlarining yozma arizalarida (turistlar uchun — turning amalda bo‘lishi muddatiga), lekin viza amal qilishi muddati doirasida amalga oshiriladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 16-apreldagi 178-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
22. O‘zbekiston Respublikasida yashash huquqini beruvchi hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni rasmiylashtirish xorijiy fuqaro joylashish vositasi va davolash muassasasiga kelgandan so‘ng 48 soat mobaynida amalga oshiriladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
23. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasida yashash huquqi bo‘yicha umumiy asoslarda joylashish vositalari va davolash muassasalariga joylashtiriladilar va hisobga olinadilar.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida va Tashqi ishlar vazirligining bo‘linmalarida akkreditatsiya qilinmagan diplomatik pasportlari mazkur Qoidalarga muvofiq joylashish vositalarida va davolash muassasalarida hisobga olinishi kerak.
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Milliy pasport yoki akkreditatsiya kartochkasi asosida mehmonxonada yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan diplomatik korpus a’zolari pasportlarga va akkreditatsiya kartochkalarga biron-bir belgi qo‘yilmasdan joylashish vositalari va davolash muassasalarining hisobga olish daftarlarida va kartochkalarida hisobga olinishi kerak.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Joylashish vositalari va davolash muassasalari ma’muriyati tomonidan xorijiy fuqarolarni hisobga olish yuzasidan talablarga rioya etilishini ichki ishlar organlari nazorat qiladilar.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Mazkur Qoidalarning 14, 15 va 16-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan xorijiy fuqarolar akkreditatsiya yoki ularni vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini uzaytirish tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida, ichki ishlar organlarida va joylashish vositalari va davolash muassasalarida vizalarning amalda bo‘lish muddati belgilangan tartibda uzaytirilgandan so‘ng, ularning amalda bo‘lish muddatiga ko‘ra amalga oshiriladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
(24—26-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
27. O‘zbekiston Respublikasiga olti oygacha muddatga kelgan xorijiy fuqarolarning shaxsiy va xizmat avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarida hisobga olinishi kerak. Xorijiy fuqarolar o‘z transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga olti oydan ortiq muddatga olib kelishlar, bu transport vositalari Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida milliy raqam belgilarini almashtirgan holda ro‘yxatga olinadi.
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 17-son, 199-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Xalqaro haydovchilik guvohnomalari va Yo‘l harakati to‘g‘risidagi konvensiya (Vena, 1968-yil 8-noyabr) talablariga javob beradigan milliy haydovchilik guvohnomalari O‘zbekiston Respublikasi hududida avtotransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiy hisoblanadi. Xorijiy fuqarolarga milliy haydovchilik guvohnomalarini berish yoki bu fuqarolarga ko‘rsatilgan Konvensiya talablariga javob bermaydigan guvohnomalarni almashtirib berish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/35/0606-son)
Xorijiy shaxslarning transport vositalarini davlat texnik ko‘rigidan o‘tkazish ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida yashab turgan xorijiy fuqarolarga tegishli bo‘lgan avtotransportni xorijiy fuqarolarga foydalanish uchun berish avtomototransport davlat raqami belgisini xorijiy fuqarolarga mo‘ljallangan tegishli toifasiga almashtirib berish uchun ichki ishlar organlarini xabardor qilgan holda notarial tartibda rasmiylashtiriladi. Xorijiy fuqarolar tomonidan qaytarib olib ketish majburiyati bilan olib kelingan avtotransport belgilangan muddat tugashi bilan chet elga olib ketilishi kerak va O‘zbekiston Respublikasi hududida egasi qoldirilishi mumkin emas.
28. Xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashashlari mumkin. Buning uchun ularda ruxsatnoma va yashash guvohnomalari bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomalari xorijiy fuqarolarning, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida yashashi uchun guvohnoma va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsatnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularning bergan ariza-anketalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
30. Mavjud chet el pasportlarining amalda bo‘lish muddati tugagan kundan boshlab bir yil mobaynida muddati uzaytirilgan yoki yangi chet el pasportlarini taqdim etmagan xorijiy fuqarolarga ichki ishlar organlari tomonidan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomalari beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
31. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolar doimiy turar joylari yoki vaqtincha yashab turgan joylaridagi ichki ishlar organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkaziladilar (vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkaziladilar).
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtincha propiska qilish, shuningdek boshqa davlatlardan kelayotgan chet el fuqarolari tomonidan doimiy yashashga ruxsatnoma olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab faqat xorijiy fuqarolar borishiga ruxsat berilgan joylarda harakat qilishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Xorijiy fuqarolar vaqtincha bo‘lish joyiga kelishgach O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishlari yoki joylashish vositalari va davolash muassasalarida hisobga turishlari shart.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan va yashash ruxsatnomasiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar uchun vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muayyan yashash joyida bo‘lgan davr uchun amalga oshiriladi. Uch kundan olti oygacha bo‘lgan davrda vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish shaxsni doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqarmasdan amalga oshiriladi. 6 oydan ortiq muddatga vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish, xizmat safariga, ta’tilga, dam olish yoki davolanishga borayotgan shaxslardan tashqari, shaxsni doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqargan holda amalga oshiriladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
33. Xorijiy fuqarolarning chegara zonalariga yoki xorijiy fuqarolarning borishlari uchun yopiq bo‘lgan joylarga kirishlari va ularning yurishlari ichki ishlar organlarining ruxsati bilangina amalga oshirilishi mumkin:
Qabul qiluvchi tashkilotlarning iltimosiga ko‘ra xorijiy fuqarolarga bir necha marta kelish va yurishga ruxsat berilishi mumkin.
34. Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida yurishlari tartibi, agar O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lgan xalqaro bitimlarda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ikki tomonlama shartnomalar va tenglik asosida belgilanadi.
35. Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududidan tranzit o‘tishlari O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning tranzit o‘tishlari qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi (3-ilovaga qaralsin).
36. O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish joylarini mazkur qoidalarni buzgan holda o‘zgartirgan xorijiy fuqarolar ichki ishlar organlari talabiga ko‘ra oldingi kelgan joylariga qaytishga yoki tanlangan borish joylariga muvofiq yurishga majburdirlar.
37. Mazkur qoidalarni buzganlik uchun xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Mazkur qoidalarning talablariga rioya qilishga majbur bo‘lgan shaxslar (shu jumladan xorijiy fuqarolarni respublikaga xususiy ishlar bo‘yicha taklif qilgan yoki ularga xizmat ko‘rsatayotgan shaxslar) tomonidan ularning buzilishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
38. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini yoki mazkur qoidalarni buzgan xorijiy fuqaroning O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bo‘lish muddati qisqartirilishi mumkin.
Xorijiy fuqaroning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddati uning bundan buyon bu erda bo‘lishi uchun asos yoki mablag‘ bo‘lmagan hollarda ham qisqartirilishi mumkin.
39. Xorijiy fuqaroning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddatini qisqartirish va uni respublika hududidan chiqarib yuborish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
40. Xorijiy fuqaro O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzgan taqdirda, ya’ni O‘zbekistonda yashash huquqini beruvchi hujjatlarsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan hujjatlar bo‘yicha yashaganda, vaqtincha yoki doimiy ro‘yxatdan o‘tishning, harakatlanish yoki yashash joyini tanlashning belgilangan tartibiga rioya qilinmaganda, bo‘lish muddati tugagandan keyin chiqib ketishdan bosh tortganda, O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tish qoidalariga rioya qilmaganda, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasiga kelish huquqini bir yildan uch yil muddatgacha cheklangan holda O‘zbekiston Respublikasidan chiqarib yuborilishi mumkin.
Xorijiy fuqaro O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan jinoyat uchun sud tomonidan tayinlangan jazoni ijro etgandan yoki o‘tagandan yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingandan so‘ng, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasiga kelish huquqi cheklangan holda:
ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun — besh yilga;
o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun — umrbod O‘zbekiston Respublikasidan chiqarib yuboriladi
Xorijiy fuqaroga O‘zbekiston Respublikasiga kelish huquqini cheklash muddati, u O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuborilgan (Davlat chegarasini kesib o‘tish) paytdan boshlab hisoblanadi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-avgustdagi 236-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)
41. Xorijiy fuqaroning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi muddatini qisqartirish va uni respublikadan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarorni O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari qabul qiladilar. Xorijiy fuqaro shu qarorda ko‘rsatilgan muddatda O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishga majburdir. Bunday hollarda chiqib ketishdan bosh tortgan xorijiy fuqarolar qonunchilikka muvofiq majburiy tartibda chiqarib yuboriladi.
42. Qabul qiluvchi tashkilotlar va xususiy shaxslar o‘z takliflari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida turgan xorijiy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi muddatlarini qisqartirish va uning hududidan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan ichki ishlar organlariga murojaat qilishlari mumkin.
43. Xizmat, xususiy, savdo yoki jamoat ishlari bilan, o‘qish, malaka oshirish, ishlash uchun yoki turist sifatida kelgan xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasidagi chiqarib yuborilayotgan xorijiy fuqarolarni o‘z taklifi bo‘yicha qabul qilgan tashkilotlar va xususiy shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.
Boshqa xorijiy fuqarolarni, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqarolarni chiqarib yuborish xarajatlari ichki ishlar organlari hisobidan amalga oshiriladi.
44. Xorijiy fuqaro o‘zining O‘zbekiston Respublikasidan chiqarib yuborilishi va O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi muddatini qisqartirish to‘g‘risidagi qaror ustidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda va asosda shikoyat qilishga haqlidir.
45. Mazkur Qoidalarning 37—43-bandlaridagi qoidalar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga, shuningdek, xalqaro huquq normalariga muvofiq imtiyozlar va immunitetlardan foydalanuvchi shaxslarga nisbatan qo‘llanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tuvchi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning* O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlariga, agar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan berilgan tranzit vizalar mavjud bo‘lgan taqdirda haqiqiy pasportlar yoki ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlar bo‘yicha ruxsat beriladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali o‘zlari boradigan mamlakatga havo, temir yo‘l va suv transporti bilan tranzit o‘tishlariga O‘zbekiston Respublikasi bilan qo‘shni bo‘lgan davlatga borish uchun haqiqiy hisoblangan hujjatlar va tegishli o‘tish hujjatlari (ularda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi boshqa transportga o‘tirish punktidan ketish sanasi tasdiqlangan holda) mavjud bo‘lgan taqdirda ruxsat beriladi.
3. Xalqaro tranzit avtotashishlarni amalga oshiruvchi xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi orqali tranzit o‘tishlari va ularning yengil avtomobillarda tranzit o‘tishlari O‘zbekiston Respublikasiga qo‘shni bo‘lgan davlatga o‘tish uchun haqiqiy bo‘lgan hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda, shuningdek, davlatlararo bitimlar asosida amalga oshiriladi.
4. Tranzit vizalar O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘xtash huquqisiz beriladi. Istisno hollarda xorijiy fuqarolarga qo‘shni davlatga o‘tish yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududida bir yoki bir necha punktda to‘xtash huquqi bilan tranzit viza berilishi mumkin.
5. Quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali vizasiz tranzit o‘tishga ruxsat beriladi:
a) havo transporti yo‘lovchilari O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali qo‘nmasdan uchib o‘tganlarida;
b) xalqaro aviayo‘nalishlar samolyotlarida samolyotdan samolyotga o‘tib uchishda hamda yo‘lovchilarda boriladigan mamlakatga kirish huquqini beruvchi hujjatlar va aviachiptalar mavjud bo‘lganda, ularda samolyotdan samolyotga o‘tish sanasi tasdiqlanganda, O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lish vaqti 24 soatdan oshmaganda. Bunda yo‘lovchilar aeroportning ular uchun maxsus ajratilgan hududidan tashqariga chiqish huquqiga ega bo‘lmaydilar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zining shaxsiy transport vositasida, piyoda yoki guruh tarkibida avtobusda turizm maqsadida tranzit yurmoqchi bo‘lgan xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasiga kelgungacha O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi turizm tashkilotlarining avtoturlarini belgilangan tartibda, to‘xtash joylarini ko‘rsatgan holda olishi hamda tegishli turizm vizasiga ega bo‘lishi shart, o‘zlariga nisbatan viza rejimi qo‘llanmaydigan xorijiy fuqarolar bundan mustasno.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
7. O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tuvchi xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasidan chiqish chegara punktidan mazkur qoidalarga rioya qilgan holda belgilangan yo‘nalish bo‘yicha yuradilar hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida faqat tranzit vizalarda ko‘rsatilgan punktlarda to‘xtashlari mumkin bo‘ladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali avtotransport vositalarida tranzit o‘tuvchi, shu jumladan avtomobilda xalqaro yuk tashishlarni amalga oshiruvchi xorijiy fuqarolar faqat xalqaro avtomobil qatnovi uchun ochiq bo‘lgan yo‘llar va yo‘nalish varaqasida ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yicha yurishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ovqatlanish, dam olish va tunab qolish uchun faqat motellar, kempinglar yoki maxsus ajratilgan to‘xtash joylari mavjud bo‘lgan yo‘nalishdagi punktlarda to‘xtash mumkin.
9. O‘zbekiston Respublikasidan temir yo‘l orqali o‘tayotgan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tayotgan poyezdlarda o‘tayotgan xorijiy fuqarolar poyezd to‘xtab turishining amaldagi jadvalda ko‘rsatilgan vaqtida stansiyalarga tushish huquqiga ega bo‘ladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi hududida 24 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatda bir yoki bir necha punktda to‘xtash ko‘rsatilgan tranzit vizaga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar ushbu punktlarga kelganlaridan keyin Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari qoidalari bilan belgilangan tartibda joylashish vositalari va davolash muassasalarida hisobga turishga yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishga va ular uchun belgilangan bo‘lish muddatidan kechikmay O‘zbekiston Respublikasidan jo‘nab ketishga majburdirlar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
11. Tranzit o‘tuvchi va O‘zbekiston Respublikasi hududida 24 soatdan ortiq muddatga majburiy to‘xtagan xorijiy fuqarolar to‘xtash paytidan boshlab keyingi sutka mobaynida ichki ishlar organlarida O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish ruxsatnomasini rasmiylashtirishga majburdirlar.
a) poyezd, avtotransport vositasi, kema yoki samolyotning harakatini to‘xtatuvchi tabiiy ofatlar yuz berganda;
b) avtomobilning biron-bir qismi buzilishi yoki yo‘l-transport hodisasi yuz berishi natijasida shikastlangan avtotransport vositasini tuzatish uchun;
v) vrachning xulosasiga ko‘ra bemorning yo‘lda yurishi uning salomatligi uchun xavfli hisoblangan kasallik holatida. Bunday holda u bilan birga borayotgan oila a’zolari yoki hamrohlik qilayotgan shaxslar bemorning oldida qolishlari mumkin.
Majburiy to‘xtash xorijiy fuqarolarga bunday to‘xtash yuz bergan shahar yoki boshqa aholi yashaydigan joy doirasida majburiy to‘xtashni keltirib chiqargan sabab bartaraf etilgunga qadar bo‘lish huquqini beradi.
Bo‘lishni va tranzit vizalarning amal qilish muddatini uzaytirishni rasmiylashtirish yo‘nalish yo‘lida to‘xtash sababi va muddatini tasdiqlovchi tegishli tashkilot yoki muassasaning ma’lumotnomasi ko‘rsatilgan holda xorijiy fuqaroning shaxsiy arizasiga binoan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
b) o‘z faoliyatini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiradigan joylashish vositalari va davolash muassasalari.
(12-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
v) tranzit yo‘lovchi u bilan birga bo‘ladigan vakolatxonadagi aniq shaxs ko‘rsatilgan holda xorijiy vakolatxonaning yozma iltimosnomasi bo‘lgan taqdirda akkreditatsiya qilingan xorijiy vakolatxona binosi.
To‘xtash vaqtida xorijiy fuqarolarning yotoqxonalar va shaxsiy kvartiralarda yashashlariga istisno hollarda va faqat ichki ishlar organlarining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
13. O‘zbekiston Respublikasi hududida 24 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatda majburiy to‘xtagan xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishlariga tranzit viza ichki ishlar organlarida uzaytirilmasdan ruxsat berilishi mumkin.
14. O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tuvchi, yo‘nalishni va O‘zbekiston Respublikasidan chiqish chegara punktini o‘zgartirishni istovchi xorijiy fuqarolar buning uchun ichki ishlar organlarining ruxsatnomasini olishlari shart.
15. Mazkur qoidalarning shubhasiz buzilishiga olib keladigan hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy fuqarolarga joy, transport vositalari berishlariga yoxud ularga boshqa xizmatlar ko‘rsatishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
Xorijiy fuqarolarga joy va transport vositalari berilgan barcha hollarda ularning egalari bu haqda bir sutkadan kechikmay ichki ishlar organlariga ma’lum qilishlari shart.
16. Xorijiy fuqarolar mazkur Qoidalar buzilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari va konsullik muassasalari boshliqlari va xodimlarining javobgarligi to‘g‘risidagi masala diplomatik yo‘l bilan hal etiladi.