Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu erda bo‘lishlari va tranzit o‘tishlari tartibini yanada soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi 1-ilovaga muvofiq;
Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari qoidalari 2-ilovaga muvofiq;
Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tishlari qoidalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining kirish, chiqish va tranzit vizalari (elektron bo‘lmagan) toifalarining ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;
Fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasida vizasiz rejim joriy qilingan mamlakatlar ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yig‘imlar hamda soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlar stavkalari to‘g‘risida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qaroriga xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan bir oy muddatda takliflar ishlab chiqsin va ularni belgilangan tartibda taqdim etsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa vazirliklar va idoralar o‘zlarining idoraviy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-sentabrdagi 415–31-son qarori bilan tasdiqlangan xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlarining Vaqtinchalik qoidalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi B.H. G‘ulomov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar* xususiy hamda xizmat ishlari bo‘yicha, turist sifatida, dam olish, o‘qish, ishlash, davolanish va doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va undan ketishlari mumkin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalari, shu jumladan tranzit kirish vizalari:
a) O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalari tomonidan, bunday konsullik muassasalari mavjud bo‘lmagan taqdirda esa — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ikki tomonlama bitimi mavjud bo‘lgan boshqa davlatlarning konsullik muassasalari tomonidan beriladi.
Bosh konsulliklar, konsulliklar, vitse-konsulliklar, konsullik agentliklari va elchixonalarning konsullik bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi konsullik muassasalari hisoblanadi;
b) xalqaro aeroport maqomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston aeroportlaridagi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bo‘linmalari tomonidan beriladi.
Aeroportlarda Tashqi ishlar vazirligining konsullik muassasalari va bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalari xorijiy fuqarolarning barcha toifalariga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Kirish vizalari, qoidaga ko‘ra, bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ma’lum toifadagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga kirish vizalari uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi.
(2-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Investitsiya kiritish vaqtida O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 8 500 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxona tashkil etish shaklida O‘zbekiston Respublikasiga investitsiya kiritgan xorijiy fuqarolarga ko‘p martalik uch yillik investitsiya vizasi (investitsiya vizasi) beriladi va uning amal qilish muddati O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish zaruratisiz cheklanmagan miqdorda uzaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda investorning oila a’zolariga (turmush o‘rtog‘i, ota-onasi va farzandalari) investitsiya vizasi amal qilish muddatiga mos ravishda mehmon vizasi respublikadan chiqmasdan turib uzaytirish huquqi bilan rasmiylashtiriladi.
(2-band “b” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-oktabrdagi 864-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2019-y., 09/19/864/3902-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
“Faxriy fuqaro” maqomi berilgan chel el fuqarolari, shuningdek, ularning oila a’zolari (er (xotini) va voyaga yetmagan bolalar) davlat boji to‘lamasdan uch yil muddatgacha ko‘p marta foydalaniladigan vizalarni olish huquqiga ega.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-avgustdagi 648-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2019-y., 09/19/648/3627-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va uning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi bo‘linmalari vizalarning amal qilish muddatini uzaytirishni xorijiy fuqarolarning quyidagi toifalari uchun amalga oshiradi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
a) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xodimlariga (va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga), shuningdek Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillariga va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga;
(3-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 17-son, 199-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
g) ushbu bandning “a” kichik bandida ko‘rsatilgan xorijiy fuqarolarning taklifi bo‘yicha kelganlarga, biroq ko‘pi bilan 2-marta kelganlarga.
Vizaning uzaytirilishi respublika hududida rasmiy bo‘lishga ruxsatnomaning uzaytirilishini anglatadi. Amaliy jihatdan vizani uzaytirish amal qilish muddati yangilangan yangi viza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi, xorijiy fuqaro akkreditatsiya qilingan taqdirda esa vizaning turi ham o‘zgartiriladi.
(3-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ko‘p marta foydalaniladigan vizalar ushbu Tartibning 3-bandi “a” kichik bandida ko‘rsatilgan xorijiy fuqarolarga ular akkreditatsiya qilingan muddatga, ushbu Tartibning 3-bandi “b”, “v” va “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan fuqarolarga bir yilgacha muddatga beriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmalari O‘zbekiston Respublikasidan ketish (ketish, ketish-kelish) vizalarini berish va ularning amalda bo‘lish muddatini uzaytirishni ushbu Tartibning 3-bandida ko‘rsatilmagan xorijiy fuqarolar uchun amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Ko‘p marta foydalaniladigan vizalar uch yilgacha muddatga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan xorijiy fuqarolarning quyidagi toifalariga va ularning oila a’zolariga beriladi:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Oldingi tahrirga qarang.
a) vakolatxona xodimining akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi akkreditatsiya qilingan firmalar va kompaniyalar doimiy vakolatxonalari xodimlariga beriladi. Viza xorijiy firma yoki kompaniyaning doimiy vakolatxonasi iltimosnomasi asosida beriladi;
(6-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 29-son, 693-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
b) xorijiy fuqaroning xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkiloti shtatiga kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkiloti xodimlariga beriladi. Viza xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkilotining iltimosnomasi asosida beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki akkreditatsiya qilingan qo‘shma korxonalar va 100 foiz xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar xodimlariga, ular Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mehnat faoliyati ko‘rsatish uchun ruxsatnomasini olganlaridan so‘ng, agar ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hukumatlararo Bitimlar bilan boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, beriladi. Viza korxona iltimosnomasi asosida beriladi.
(6-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
g) investitsiya loyihalarini amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy kompaniyalarning mansabdor shaxslari va mutaxassislariga vizalar O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining iltimosnomalari asosida beriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-iyundagi 177-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 25-son, 274-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
d) xorijiy investitsiyali korxonalarning muassislari (ishtirokchilari) va ularning oila a’zolari uchun.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qaroriga asosan “d” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Oldingi tahrirga qarang.
61. Ichki ishlar vazirligi tomonidan “Faxriy fuqaro” maqomi berilgan chel el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek, ularning oila a’zolari (er (xotini) va voyaga yetmagan bolalar)ga davlat boji to‘lanmasdan uch yil muddatgacha ko‘p martalik kirish-chiqish vizalari beriladi va O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqmasdan ularning muddati uzaytiriladi.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-avgustdagi 648-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2019-y., 09/19/648/3627-son)
Oldingi tahrirga qarang.
62. Investitsiya vizasi noelektron shaklda berilgan ishbilarmonlik kirish vizasi, mehmon vizasi va vatandoshlar uchun kirish vizasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga kelgan xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar hududiy organlari tomonidan beriladi va uzaytiriladi.
Xorijiy fuqaro O‘zbekiston Respublikasiga investitsiya vizasi bilan kelgan taqdirda uni uzaytirish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Xorijiy fuqaro investitsiya vizasini olish va uzaytirish uchun vaqtincha yashash joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari hududiy bo‘linmalariga xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonasidan iltimosnomani, shuningdek, kiritilgan investitsiyalar to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotnomalardan birini ilova qilib va milliy pasportini ko‘rsatib belgilangan shakldagi anketa bilan murojaat qiladi.
“Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” davlat korxonasi tomonidan — xo‘jalik jamiyatlarining sotib olingan aksiyalari miqdori to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan — xo‘jalik jamiyatlarining sotib olingan ulushlari miqdori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxonalar tashkil etilganligi to‘g‘risida beriladi.
Investitsiya vizasini olgan xorijiy fuqaro rasmiylashtirilgan vizani investitsiya vizasi amal qilishining qolgan muddati uchun fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yangi (almashtirishda) milliy pasportiga yoki harakatlanish hujjatiga yopishtirish uchun vaqtincha yashash joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining hududiy bo‘linmalariga murojaat qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
63. Investitsiya vizasi berilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi hisobni va tegishli reyestrni yuritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga va “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” davlat korxonasiga har oyda tegishli ma’lumotlarni yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ishtirokchilar ulushlari o‘zgarganligi bilan bog‘liq ustav hujjatlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” davlat korxonasi keyinchalik investitsiya vizasining amal qilish muddatini qisqartirish yoki bekor qilish masalasini ko‘rib chiqish uchun uch kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ma’lumot yuboradi.
(62-63-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-oktabrdagi 864-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2019-y., 09/19/864/3902-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasiga kelish uchun berilgan viza, tranzit vizadan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida haqiqiy hisoblanadi, xorijiy fuqarolarning borishlari uchun yopiq bo‘lgan joylar, obyektlar bundan mustasnodir.
Oldingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasiga kirish va chiqish vizalarini berish yoki amal qilish muddatini uzaytirish uchun xorijiy fuqarolardan:
a) O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartibda va miqdorda konsullik yig‘imlari, shuningdek, konsullik ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqiy xarajatlarni qoplash hisobiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va konsullik muassasalari boshliqlari yoki O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalari boshliqlari tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorda yig‘imlar undiriladi;
b) O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorda davlat poshlinasi undiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va ketishlari tartibi, ularga vizalar berish hamda ularning amal qilish muddatlari O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan ko‘p tomonlama va ikki tomonlama bitimlari bilan, tenglik asosida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan o‘zgartirilishi mumkin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 24-iyuldagi 315-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 14-son, 95-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
91. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xorijiy tashuvchilarning davlatlarida bo‘lish uchun O‘zbekiston Respublikasining tashuvchilariga beriladigan muddatlarga mos ravishda O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tashuvchilarning bo‘lish muddatlariga hamda respublika hududida uzoq muddat bo‘lish uchun ruxsatnoma faqat asoslangan sabablar mavjudligida taqdim etilishiga nisbatan choralarni ko‘rish huquqiga ega.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Yuridik shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, xorijiy fuqarolarning, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari taklifi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga kelmoqchi bo‘lgan xorijiy fuqarolar vizalar olish uchun O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalariga, bunday muassasalar bo‘lmagan taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi uchun konsullik funksiyalarini bajarish yuzasidan kelishib olingan boshqa davlatlar konsullik muassasalariga to‘ldirilgan belgilangan shakldagi viza anketasiga taklifnoma va milliy pasportni yoki uning o‘rnini bosadigan hujjatni (keyingi o‘rinlarda matnda “milliy pasport” deb yuritiladi) ilova qilgan holda murojaat qiladilar.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xorijiy fuqarolar — xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xodimlari hamda ularning oila a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining akkreditatsiya kartochkasi asosida viza olish va uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun murojaat qiladilar.
Yuridik shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xorijiy fuqarolarga taklifnomalarni faqat O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga viza berilishida yordam ko‘rsatish to‘g‘risida iltimosnoma berganlaridan keyingina yuboradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, xorijiy fuqarolarning, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarining yozma murojaatlarini ko‘rib chiqadi va chet eldagi konsullik muassasalariga tegishli ko‘rsatmalar yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslarning taklifnomalariga binoan O‘zbekiston Respublikasiga kontrakt va shartnomalar bo‘yicha uch oydan ortiq muddatga ishga kelayotgan xorijiy fuqarolarga vizalar berish belgilangan tartibga muvofiq Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan xorijiy fuqaroga berilgan mehnat faoliyatiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
(10-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy fuqarolar — xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari xodimlari va ularning oila a’zolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillari va ularning oila a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining akkreditatsiya kartochkasi asosida vizalarning amal qilish muddatini uzaytirish uchun murojaat qiladilar.
Viza berish hujjatlarini ko‘rib chiqish va xorijiy fuqaroga kelish vizasini rasmiylashtirish muddati 10 sutkadan oshmasligi kerak.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 17-son, 199-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasiga fuqarolar taklifnomasi bo‘yicha yoki doimiy yashash uchun kelmoqchi bo‘lgan xorijiy fuqarolar vizalar olish uchun O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalariga, bunday muassasalar bo‘lmagan taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi uchun konsullik funksiyalarini bajarish yuzasidan kelishib olingan boshqa davlatlarning konsullik muassasalariga to‘ldirilgan belgilangan shakldagi viza anketasiga taklifnomani va milliy pasportni ilova qilgan holda murojaat qiladilar.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Chet eldan xorijiy fuqarolarni taklif qilmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha (3 oydan ortiq) yashab turgan va doimiy yashayotgan xorijiy fuqarolar yashash joyidagi ichki ishlar organlariga ikki nusxada to‘ldirilgan belgilangan shakldagi anketa-ariza bilan murojaat qiladilar.
Fuqarolarning taklifnomasi bo‘yicha xorijiy fuqaroga O‘zbekiston Respublikasiga kelishga viza berish uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish muddati 15 sutkadan oshmasligi kerak. O‘zbekiston Respublikasiga doimiy yashash uchun kelayotgan xorijiy fuqarolar uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati ayrim hollarda 30 sutkagacha uzaytirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Xorijiy fuqarolar turist sifatida kelish vizalarini olish uchun O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasiga, bunday muassasalar bo‘lmagan taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi uchun konsullik funksiyasini bajarish yuzasidan kelishib olingan boshqa davlatlarning konsullik muassasalariga to‘ldirilgan belgilangan shakldagi viza anketasiga milliy pasportni va o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirayotgan turistik tashkilotlarning taklifnomasini taqdim etgan holda murojaat qiladilar.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Xorijiy fuqaroning turist sifatida kelish vizasini rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasi tomonidan 3 sutkadan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi, bayram va dam olish kunlari bundan mustasnodir.
Xorijiy davlatda O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasiga turistlar sifatida kelayotgan xorijiy fuqarolarga kelish-ketish vizalarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining aeroportlardagi konsullik byurosi tomonidan berilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining turistik vizasida ko‘rsatilgan muddatdan oldin kelgan taqdirda turistik vizalarga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining konsullik byurolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan o‘tish punktlarida tegishli o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat etiladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-noyabrdagi 894-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2017-y., 09/17/894/0219-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Fuqarolari elektron kirish vizasini olish imkoniyatiga ega bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalari va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga murojaat qilmasdan, O‘zbekiston Respublikasi hududiga 30 kun muddatga bir martalik, ikki martalik va ko‘p martalik kirish uchun “e-visa.gov.uz” portali orqali “E-VISA.UZ” tizimi yordamida elektron vizani rasmiylashtirishlari va olishlari mumkin. Elektron vizani rasmiylashtirish va olish tartibi Elektron viza to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinadi.
(12-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Elektron vizani rasmiylashtirish va berishga doir murojaatni ko‘rib chiqish muddati murojaat berilgan kundan tashqari ikki ish kunini tashkil etadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 886-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/886/2130-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Xorijiy fuqarolar tranzit vizasini olish uchun O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasiga, bunday muassasalar bo‘lmagan hollarda — O‘zbekiston Respublikasi uchun konsullik funksiyalarini bajarish yuzasidan kelishib olingan boshqa davlatlarning konsullik muassasalariga to‘ldirilgan belgilangan shakldagi viza-anketa bilan murojaat qiladilar hamda milliy pasportni, borilayotgan davlat vizasini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasidan borilayotgan davlatga jo‘nab ketish sanasi tasdiqlangan yo‘l hujjatlarini taqdim etadilar.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali shaxsiy, yo‘lovchilar tashish yoki yuk transportida tranzit bilan o‘tib ketadigan xorijiy (haydovchilar) fuqarolar (72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddat mobaynida) viza anketasi, milliy pasport va borilayotgan mamlakat vizasidan tashqari xalqaro namunadagi haydovchilik guvohnomasini, transportga egalikni va avtotransportning texnik holatini tasdiqlovchi hujjatlarni, yukning borilayotgan mamlakatga yetkazib berilishini tasdiqlovchi yuk hujjatlarini va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni taqdim etadilar.
Tranzit vizani O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasi tomonidan rasmiylashtirish 3 sutka mobaynida amalga oshiriladi.
(13-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
131. Xorijda bo‘lgan xorijiy fuqarolarga investitsiya vizasini rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xorijda bo‘lgan xorijiy fuqarolarga investitsiya vizasini rasmiylashtirish uchun iltimos qiluvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonasidan iltimosnomani, taklif qilayotgan shaxs pasporti nusxasini, shuningdek, kiritilgan investitsiyalar to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotnomalardan birini ilova qilib belgilangan namunadagi anketa bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalariga murojaat qiladi.
“Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” davlat korxonasi tomonidan — xo‘jalik jamiyatlarining sotib olingan aksiyalari miqdori to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan — xo‘jalik jamiyatlarining sotib olingan ulushlari miqdori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxonalar tashkil etilganligi to‘g‘risida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Investitsiya vizasi O‘zbekiston Respublikasining chet eddagi konsullik muassasalari tomonidan milliy pasport ilova qilingan holda belgilangan shakldagi viza anketasini to‘ldirishda yoxud kelganidan keyin — xalqaro maqomga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu bandning birinchi xatboshida ko‘rsatilgan, O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi bo‘lmagan davlatlardan kelgan shaxsga iltimosnomani rasmiylashtiruvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona investitsiya vizasini kelganidan keyin xalqaro maqomga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida rasmiylashtirish masalasini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalari bilan oldindan ishlab chiqadi.
Investitsiya vizasini olgan xorijiy fuqaro rasmiylashtirilgan vizani investitsiya vizasi amal qilishining qolgan muddati uchun fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yangi (almashtirilganda) milliy pasportiga yoki harakatlanish hujjatiga yopishtirish uchun O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasiga yoxud O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘linmalariga murojaat qilishga haqlidir.
(131-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-oktabrdagi 864-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2019-y., 09/19/864/3902-son)
Keyingi tahrirga qarang.
14. O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari boshliqlari alohida hollarda xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasiga kelish vizasini berish to‘g‘risida mustaqil ravishda qaror qabul qilish huquqiga egadirlar. Bunda ular qabul qilingan qaror to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga bir sutka mobaynida xabarnoma yo‘llaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 970-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 970-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasidan ketish hujjatlarini olganlaridan so‘ng viza olish uchun tegishli davlatlarning diplomatik va konsullik vakolatxonalariga murojaat qiladilar.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
18. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash uchun guvohnomasi va doimiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi:
xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha chiqqanda, agar ular uch yildan ortiq vaqt mobaynida uzrli sabablarsiz O‘zbekistondagi doimiy yashash joyiga qaytmasa;
O‘zbekiston Respublikasi hududidan vaqtincha tashqariga chiqqan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning harakatlanish hujjatining amal qilish muddati tamom bo‘lgach, agar ular harakatlanish hujjatini almashtirmasa yoxud uzrli sabablarsiz uni almashtirishni rad etsa;
bekor qilish to‘g‘risida shaxsan murojaat qilsa yoxud notarial tasdiqlangan ishonchnoma bo‘yicha boshqa shaxs murojaat qilsa yoki chet eldagi tegishli organlarning so‘rovi bo‘yicha bekor qilinadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
b) agar bu O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va boshqa shaxslarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun zarur bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
(19-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-avgustdagi 236-son qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
v) agar shaxs chet el terrorchi, ekstremist va boshqa jinoiy tashkilotlarning faoliyatiga aloqador bo‘lsa;
(19-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-avgustdagi 236-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
g) agar shaxs o‘zi haqida qasddan soxta ma’lumotlar bergan bo‘lsa yoki zarur hujjatlarni taqdim etmagan bo‘lsa;
(19-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-avgustdagi 236-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
d) agar shaxs ilgari xorijiy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelish-ketish tartibini hamda bu erda bo‘lish qoidalarini, O‘zbekiston Respublikasining bojxona, valyuta va boshqa qonunchiligini buzganligi aniqlangan bo‘lsa;
(19-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-avgustdagi 236-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
e) agar shaxs kasal bo‘lsa yoki uning salomatligi jamiyat xavfsizligi va sog‘lomligiga xavf tug‘dirsa hamda ushbu kasallik O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan bo‘lsa.
(19-bandning “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-avgustdagi 236-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 32-son, 376-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu qaror bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari qoidalarining 22-bandiga muvofiq xorijiy fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasiga kelish cheklangan bo‘lsa, unga O‘zbekiston Respublikasiga kelishi rad etiladi.
(19-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
a) agar uning ketishi davlat xavfsizligini ta’minlash manfaatlariga zid bo‘lsa — ketishga to‘sqinlik qiluvchi holatlarning amal qilish muddati tugagungacha;
b) agar shaxsga nisbatan uning doimiy yashash uchun chet elga ketishiga to‘sqinlik qiluvchi shartnoma, kontrakt majburiyatlari amalda bo‘lsa — ushbu majburiyatlar to‘xtatilgunga qadar;
v) agar shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa — ish oxiriga yetkazilgunga qadar yoki uning yuzasidan sud qarori qabul qilingunga qadar;
g) agar shaxs jinoyat sodir etganligi uchun jazoga hukm qilingan bo‘lsa — jazoni o‘tab bo‘lgungacha yoki jazodan ozod etilmaguncha;
d) agar shaxs unga sud tomonidan yuklangan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortayotgan bo‘lsa — majburiyatlarni to‘liq bajarib bo‘lgunga qadar;
j) agar sudda shaxsga nisbatan fuqarolik da’vosi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa — sud tomonidan qaror qabul qilinib va u ijro etilgunga qadar.
21. Ushbu Tartibning IV bo‘limida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha chet elga ketish huquqining rad etilishi, javob berishning belgilangan muddatidan ortiqcha kechiktirilishi ustidan xorijiy fuqarolar yuqori organlarga shikoyat qilishlari mumkin, bu organlar bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda javob berishlari kerak, xorijiy fuqaro uning qaroridan norozi bo‘lganda, sudga shikoyat qilishi mumkin. Chet elga ketish huquqini mazkur Tartib 20-bandining “b” kichik bandida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra cheklash ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (keyingi o‘rinlarda chet el fuqarolari deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashashlari yoki vaqtincha bo‘lishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
v) O‘zbekiston Respublikasiga boshqa davlatlardan kelgan chet el fuqarolarining avtotransport vositalarini hisobga qo‘yish;
g) qonun hujjatlarini va ushbu Qoidalarni buzganlik uchun chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddatlarini qisqartirish va ularni O‘zbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘lib turgan chet el fuqarolari joylashtirish vositalarida (mehmonxonalarda, mehmonxona xizmatlari — vaqtincha yashash xizmatlari ko‘rsatiladigan turistik bazalarda va majmualarda, dam olish uylari va zonalarida, pansionatlarda, kempinglarda, motellarda, oilaviy mehmon uylarida, o‘tov va chodirli lagerlarda, sanatoriylarda va boshqa obyektlarda, shuningdek, tunash uchun joylashish vositalariga aylantirilgan yer transportida), o‘zlari tanlagan boshqa uy-joy maydonida, shuningdek, davolash muassasalarida qabul qiluvchi tashkilotlarni (vazirliklar, idoralar, mulkchilik shaklidan hamda faoliyat turidan qat’i nazar korxonalar va tashkilotlarni, chet davlatlarning doimiy vakolatxonalarini, xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning vakolatxonalarini va chet davlatlarning hukumat tashkilotlarini, xalqaro va chet el nodavlat (nohukumat) notijorat tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi) vakolatxonalarini), shuningdek, ularni shaxsiy ishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilgan shaxslarni xabardor qilgan holda yashaydilar.
4. O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turgan chet el fuqarolari yonida pasport yoki pasport o‘rnini bosuvchi hujjatlar (keyingi o‘rinlarda milliy pasportlar deb ataladi) bo‘lishi hamda ular bu hujjatlarni vakolatli organlar vakillarining talabiga muvofiq taqdim etishlari shart.
Chet el fuqarolari milliy pasport yo‘qolganligi haqida darhol qabul qiluvchi tashkilotga va ichki ishlar organlariga xabar qilishlari shart.
Turistlarning hujjatlarini tekshirish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadigan soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslar, tashkilotlar, shu jumladan turoperator va turagent chet el fuqarolariga ularning O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan huquqlari va majburiyatlari o‘z vaqtida tushuntirib berilishini, chet el fuqarolari bilan munosabatlarda belgilangan huquqiy me’yorlar aniq bajarilishini ta’minlaydilar, chet el fuqarolarining tegishli hisobini yuritadilar (O‘zbekiston Respublikasiga shaxsiy ishlar bilan notijorat maqsadlarda kelayotgan chet el fuqarolarini qabul qiladigan va ularga turar joy beradigan jismoniy shaxslar bundan mustasno), shuningdek, Internet tarmog‘i orqali ixtisoslashtirilgan elektron avtomatlashtirilgan dastur (keyingi o‘rinlarda Dastur deb ataladi) yordamida xabardor qilish yoki O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli bo‘limlariga murojaat qilish yo‘li bilan ularning vaqtincha propiskadan o‘tkazilishini, respublika hududida harakatlanishini hamda o‘zlariga belgilab berilgan bo‘lish muddati tugagach, O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishini ta’minlash uchun javobgar bo‘ladilar.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 09/10/1049/4245-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Chet ellik turistlarni qabul qiladigan turoperator va turagent, shuningdek, ularning xodimlari chet ellik turistlar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar, ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan javobgarlik bundan mustasno.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 09/10/1049/4245-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Joylashtirish vositalariga, davolash muassasalariga va boshqa uy-joy maydonlariga joylashtirilgan chet el fuqarolari (mustaqil sayohat qilib, chodirli lagerlarda hamda tunash uchun joylashtirish vositasiga aylantirilgan yer transportida yashaydigan chet el fuqarolari bundan mustasno) vaqtincha propiskadan o‘tish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinib, chet el fuqarolari kelganlaridan keyin uch sutka ichida ichki ishlar organlarini mustaqil ravishda xabardor qilishlari shart bo‘lgan joylashtirish vositalari va davolash muassasalari ma’muriyatining, shuningdek, boshqa uy-joy maydonlari egalarining javobgarligi kuchaytiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Chet ellik fuqaro tashkilotlardan birining taklifiga muvofiq kelgan hollarda boshqa tashkilot ushbu fuqaroga nisbatan majburiyatlarni va ushbu Qoidalarning 5-bandida nazarda tutilgan javobgarlikni zimmasiga olgan holda, uni o‘z yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida qabul qilish huquqiga ega.
7. O‘ziga nisbatan viza rejimi qo‘llanilmaydigan yoxud viza berishning soddalashtirilgan tartibi qo‘llaniladigan, uchinchi shaxslarning taklifisiz yoki taklifsiz turistlar sifatida kelgan chet el fuqarolari pasport nazoratidan o‘tishdan oldin ushbu Qoidalarning 5-bandida nazarda tutilgan talablar va javobgarlik bilan tanishib chiqadilar. Mazkur fuqarolar zarur hollarda viza muddatini uzaytirish uchun mustaqil ravishda hujjatlar topshirish huquqiga ega.
8. Chet el fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasiga notijorat maqsadlarda shaxsiy ishlar bo‘yicha taklif qilgan va ularga uy-joy maydonini bergan shaxslar quyidagilarga majbur:
Keyingi tahrirga qarang.
agar chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddati 30 kundan ortiq bo‘lsa, hududiy ichki ishlar organlariga shaxsan murojaat etish orqali xabardor qilish;
agar chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddati to‘liq 30 kundan oshmasa, Dastur yordamida yoki hududiy ichki ishlar organlariga shaxsan murojaat etish orqali;
chet el fuqarolari uchun belgilangan O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddati tugaganidan keyin ularning O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishiga yordam berishlari shart.
Bu shaxslar tomonidan chet el fuqarolariga uy-joy, transport vositalari berish yoxud boshqa xizmatlar ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari va ushbu Qoidalar buzilishiga olib kelishi oldindan ma’lum bo‘lgan hollarda ushbu shaxslarning chet el fuqarolariga uy-joy, transport vositalari berishiga yoxud boshqa xizmatlar ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turgan chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va ushbu Qoidalarga rioya etishlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Chet el fuqarolari, mansabdor shaxslar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari ushbu Qoidalarning talablariga rioya etishlari yuzasidan nazoratni ichki ishlar organlari hamda Tashqi ishlar vazirligi o‘z vakolatlari doirasida joylardagi hokimiyat organlari va O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari bilan hamkorlikda, shu jumladan Dastur yordamida amalga oshiradilar.
11. Chet el fuqarolarini vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash hamda uning hududida harakatlanishi uchun ruxsatnomalar berish tartibi O‘zbekistonning boshqa mamlakatlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlari bilan, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda teng asoslarda o‘zgartirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida chet el fuqarolarining quyidagi toifalari akkreditatsiya qilinadi:
a) chet el diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining rahbarlari, diplomatik personal a’zolari, konsulliklarning mansabdor shaxslari, harbiy attashelar, diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining ma’muriy-texnik va xizmat ko‘rsatish personali, shuningdek, ularning oila a’zolari;
v) xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning va chet davlatlar hukumat tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasiga xizmat ishlari bo‘yicha kelgan mansabdor shaxslari, mazkur tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari xodimlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida shtab-kvartirasi bo‘lgan xalqaro tashkilotlar huzuridagi mamlakatlar vakolatxonalarining mazkur tashkilotlar ustav hujjatlariga yoki tegishli shartnomalarga muvofiq diplomatik imtiyozlardan va immunitetlardan foydalanuvchi xodimlari, shuningdek, ularning oila a’zolari.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, uning vakolatxonalari tomonidan mazkur shaxslarga akkreditatsiya kartochkalari beriladi hamda bevosita ularning milliy pasportlariga akkreditatsiya haqida yozib qo‘yiladi.
13. O‘zbekiston Respublikasiga olti oygacha muddatga kelgan chet el fuqarolarining shaxsiy va xizmat avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasining bojxona organlarida hisobga qo‘yilishi kerak. Chet ellik egalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga olti oydan ortiq muddatga olib kirilayotgan transport vositalari Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida ro‘yxatga olinib, milliy raqam belgilari almashtiriladi.
Yo‘l harakati to‘g‘risidagi konvensiya (Vena, 1968-yil 8-noyabr) talablariga javob beradigan xalqaro haydovchilik guvohnomalari va milliy haydovchilik guvohnomalari O‘zbekiston Respublikasi hududida avtotransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiydir. Chet el fuqarolariga milliy haydovchilik guvohnomalarini berish yoki ushbu fuqarolarning mazkur Konvensiya talablariga javob bermaydigan haydovchilik guvohnomalarini almashtirib berish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Chet ellik egalarining transport vositalarini davlat texnik ko‘rigidan o‘tkazish ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yoki O‘zbekiston Respublikasida yashayotgan chet el fuqarolariga qarashli bo‘lgan avtomototransportni foydalanish uchun chet el fuqarolariga berish notarial tartibda rasmiylashtirilib, avtomototransportning davlat raqami belgisini chet el fuqarolariga mo‘ljallangan tegishli toifadagi belgiga almashtirish uchun ichki ishlar organlari xabardor qilinadi. Chet el fuqarolari tomonidan qaytarib olib chiqib ketish majburiyati bilan olib kirilgan avtotransport belgilangan muddat tugaganidan keyin chet elga olib chiqib ketilishi kerak va u O‘zbekiston Respublikasi hududida olib qo‘yilishi mumkin emas.
14. Chet el fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining o‘zlariga tashrif uchun ruxsat berilgan hududidagina harakatlanishlari shart.
Chet el fuqarolari vaqtincha bo‘lish punktiga yetib kelganlaridan keyin taklif qilgan (qabul qiladigan) shaxslar, tashkilotlar ularni O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida Dastur vositasida yoki hududiy ichki ishlar organlariga yozma murojaat qilish orqali vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazishlari shart.
Joylashtirish vositalarida yoki davolash muassasalarida turgan chet el fuqarolari mazkur muassasalarda hisobdan o‘tadilar.
O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan va yashash guvohnomalariga ega bo‘lgan chet el fuqarolarini vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish ularning muayyan yashash joyida turadigan davri uchun amalga oshiriladi. Uch sutkadan to olti oygacha davrga vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish shaxsni doimiy yashash joyidan o‘chirmagan holda amalga oshiriladi. Xizmat safariga, ta’tilga, dam olish yoki davolanishga jo‘nab ketayotganlardan tashqari boshqa shaxslarni olti oydan ortiq muddatga vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish shaxsni doimiy yashash joyidan o‘chirgan holda amalga oshiriladi.
15. Qabul qiluvchi tashkilotlar yo‘nalishi bo‘yicha kelgan chet el fuqarolarining chegara zonasiga va tashrif uchun yopiq bo‘lgan joylarga kirishi hamda harakatlanishi:
shaxsiy ishlar bilan kelgan chet el fuqarolarining chegara zonasiga va tashrif uchun yopiq bo‘lgan joylarga kirishi hamda harakatlanishi chet el fuqarolarining shaxsiy yozma arizalari asosida faqat ichki ishlar organlarining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
Qabul qiluvchi tashkilotlarning iltimosiga ko‘ra chet el fuqarolariga ko‘p marta kirish va harakatlanish uchun ruxsatnomalar berilishi mumkin.
16. Tashqi ishlar vazirligi huzurida akkreditatsiya qilingan chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi hududida harakatlanish tartibi, agar O‘zbekiston ishtirokchisi bo‘lgan xalqaro kelishuvlarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ikki tomonlama shartnomalar bilan va tenglik asosida belgilanadi.
17. Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida tranzit harakatlanishi Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududidan tranzit o‘tishi qoidalariga (3-ilovaga qaralsin) muvofiq amalga oshiriladi.
18. O‘zbekiston Respublikasidagi turar joyini ushbu Qoidalarni buzgan holda o‘zgartirgan chet el fuqarolari ichki ishlar organlarining talabi bilan oldingi turar joylariga qaytishlari yoki tanlagan borish punktlariga muvofiq yurishlari shart.
19. Chet el fuqarolari ushbu Qoidalarni buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Ushbu Qoidalarning talablariga amal qilishlari shart bo‘lgan shaxslarning (shu jumladan respublikaga chet el fuqarolarini shaxsiy ishlar bo‘yicha taklif qilgan yoki ularga xizmat ko‘rsatadigan shaxslarning) Qoidalar talablarini buzishi O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini yoki ushbu Qoidalarni buzayotgan chet el fuqarosiga O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish uchun unga belgilangan muddat qisqartirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Chet el fuqarosining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddati uning bundan buyon bo‘lishi uchun asoslar yoki mablag‘lar bo‘lmaganida ham qisqartirilishi mumkin.
21. Chet el fuqarosining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddatini qisqartirish hamda uni chiqarib yuborish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Chet el fuqarosi O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzgan, ya’ni O‘zbekistonda yashash huquqini beruvchi hujjatlarsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan hujjatlar bilan yashagan, vaqtinchalik yoki doimiy ro‘yxatdan o‘tish, harakatlanish yoki yashash joyini tanlash bo‘yicha belgilangan tartibga rioya qilmagan, bo‘lish muddati tugaganidan keyin chiqib ketishdan bo‘yin tovlagan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tranzit o‘tish qoidalariga rioya etmagan hollarda O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuborilib, keyinchalik uning O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqi bir yildan uch yilgacha cheklanishi mumkin.
Chet el fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan jinoyat uchun sud tomonidan belgilangan jazoni ijro etib bo‘lgan yoki o‘tab bo‘lganidan keyin yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilinganidan keyin O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuborilib, bundan keyin uning O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqi:
Keyingi tahrirga qarang.
katta ijtimoiy xavf tug‘dirmaydigan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etganlik uchun — besh yilga;
Chet el fuqarosining O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqini cheklash muddati u O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqarib yuborilgan (Davlat chegarasini kesib o‘tgan) paytdan boshlab hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
221. O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni, agar uning ota-onasidan biri yoki uni vasiylikka yoxud homiylikka olgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy asoslarda yashash huquqiga ega bo‘lsa, kuyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasidan chiqarib yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi:
O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzgan, ya’ni O‘zbekistonda yashash huquqini beruvchi hujjatlarsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan hujjatlar bilan yashagan, vaqtincha yoki doimiy propiska, ko‘chish yoki turar joyni tanlash yuzasidan belgilangan tartibga rioya etmagan, bo‘lish muddati tugagach chiqib ketishdan bo‘yin tovlagan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining hududi orqali tranzit tarzda o‘tish tartibiga rioya qilmagan hollarda;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir etgan jinoyati uchun sud tomonidan belgilangan jazo ijro etib bo‘lingan yoki o‘tab bo‘linganidan keyin yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan hollarda.
(221-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-dekabrdagi 1022-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2019-y., 09/19/1022/4181-son)
Keyingi tahrirga qarang.
23. Chet el fuqarosining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddatini qisqartirish va uni O‘zbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarorlar O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan qabul qilinadi. Chet el fuqarosi ushbu qarorda ko‘rsatilgan muddatda O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishi shart. Bunday hollarda chiqib ketishdan bo‘yin tovlaydiganlar qonun hujjatlariga muvofiq majburiy tartibda chiqarib yuborilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Chet el fuqarosiga berilgan viza uni O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuborish vaqtida bekor qilinadi.
24. O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib turgan chet el fuqarolarini taklif qilgan qabul qiluvchi tashkilotlar va xususiy shaxslar ichki ishlar organlariga chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddatlarini qisqartirish hamda ularni chiqarib yuborishni iltimos qilishlari mumkin.
25. Xizmat, shaxsiy, savdo yoki jamoat ishlari bo‘yicha, o‘qish, malaka oshirish, ishlash uchun yoki turistlar sifatida kelgan chet el fuqarolarini O‘zbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasidan chiqarib yuborilayotgan chet el fuqarolarini taklif qilgan qabul qiluvchi tashkilotlar va xususiy shaxslar zimmasida bo‘ladi.
Boshqa chet elliklarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan chet el fuqarolarini chiqarib yuborish xarajatlari ichki ishlar organlari zimmasida bo‘ladi.
26. Chet el fuqarosi o‘zini O‘zbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish va O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddatini qisqartirish to‘g‘risidagi qaror yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va asosda shikoyat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Ushbu Qoidalarning 19 — 25-bandlaridagi qoidalar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga, shuningdek, xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq imtiyozlardan va immunitetlardan foydalanuvchi shaxslarga tatbiq etilmaydi.
(2-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 845-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.10.2018-y., 09/18/845/2090-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tuvchi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning* O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlariga, agar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan berilgan tranzit vizalar mavjud bo‘lgan taqdirda haqiqiy pasportlar yoki ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlar bo‘yicha ruxsat beriladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali o‘zlari boradigan mamlakatga havo, temir yo‘l va suv transporti bilan tranzit o‘tishlariga O‘zbekiston Respublikasi bilan qo‘shni bo‘lgan davlatga borish uchun haqiqiy hisoblangan hujjatlar va tegishli o‘tish hujjatlari (ularda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi boshqa transportga o‘tirish punktidan ketish sanasi tasdiqlangan holda) mavjud bo‘lgan taqdirda ruxsat beriladi.
3. Xalqaro tranzit avtotashishlarni amalga oshiruvchi xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi orqali tranzit o‘tishlari va ularning yengil avtomobillarda tranzit o‘tishlari O‘zbekiston Respublikasiga qo‘shni bo‘lgan davlatga o‘tish uchun haqiqiy bo‘lgan hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda, shuningdek, davlatlararo bitimlar asosida amalga oshiriladi.
4. Tranzit vizalar O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘xtash huquqisiz beriladi. Istisno hollarda xorijiy fuqarolarga qo‘shni davlatga o‘tish yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududida bir yoki bir necha punktda to‘xtash huquqi bilan tranzit viza berilishi mumkin.
5. Quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali vizasiz tranzit o‘tishga ruxsat beriladi:
a) havo transporti yo‘lovchilari O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali qo‘nmasdan uchib o‘tganlarida;
b) xalqaro aviayo‘nalishlar samolyotlarida samolyotdan samolyotga o‘tib uchishda hamda yo‘lovchilarda boriladigan mamlakatga kirish huquqini beruvchi hujjatlar va aviachiptalar mavjud bo‘lganda, ularda samolyotdan samolyotga o‘tish sanasi tasdiqlanganda, O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lish vaqti 24 soatdan oshmaganda. Bunda yo‘lovchilar aeroportning ular uchun maxsus ajratilgan hududidan tashqariga chiqish huquqiga ega bo‘lmaydilar;
Oldingi tahrirga qarang.
g) O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari bo‘linmalariga passajirlar to‘g‘risida oldindan o‘z vaqtida ma’lumot beradigan tashuvchining uchinchi mamlakatga aviabileti mavjud bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 4-iyuldagi PQ-3836-son qaroriga 2-ilovada ko‘rsatilgan davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidan tranzit orqali o‘tadigan fuqarolariga besh sutkadan ortiq bo‘lmagan muddatda.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-oktabrdagi 886-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2018-y., 09/18/886/2130-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zining shaxsiy transport vositasida, piyoda yoki guruh tarkibida avtobusda turizm maqsadida tranzit yurmoqchi bo‘lgan xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasiga kelgungacha O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi turizm tashkilotlarining avtoturlarini belgilangan tartibda, to‘xtash joylarini ko‘rsatgan holda olishi hamda tegishli turizm vizasiga ega bo‘lishi shart, o‘zlariga nisbatan viza rejimi qo‘llanmaydigan xorijiy fuqarolar bundan mustasno.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
7. O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tuvchi xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasidan chiqish chegara punktidan mazkur qoidalarga rioya qilgan holda belgilangan yo‘nalish bo‘yicha yuradilar hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida faqat tranzit vizalarda ko‘rsatilgan punktlarda to‘xtashlari mumkin bo‘ladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali avtotransport vositalarida tranzit o‘tuvchi, shu jumladan avtomobilda xalqaro yuk tashishlarni amalga oshiruvchi xorijiy fuqarolar faqat xalqaro avtomobil qatnovi uchun ochiq bo‘lgan yo‘llar va yo‘nalish varaqasida ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yicha yurishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan talablar O‘zbekiston Respublikasi chegaralari orqali safar yo‘nalishi qayd etilgan avtotransport vositasida (tunash uchun qayta butlangan yer usti avtotransport vositasida) turistik (notijorat) maqsadlarda tranzit o‘tayotgan chet el fuqarolariga tatbiq etilmaydi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1022-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1022/2328-son)
Ovqatlanish, dam olish va tunab qolish uchun faqat motellar, kempinglar yoki maxsus ajratilgan to‘xtash joylari mavjud bo‘lgan yo‘nalishdagi punktlarda to‘xtash mumkin.
9. O‘zbekiston Respublikasidan temir yo‘l orqali o‘tayotgan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tayotgan poyezdlarda o‘tayotgan xorijiy fuqarolar poyezd to‘xtab turishining amaldagi jadvalda ko‘rsatilgan vaqtida stansiyalarga tushish huquqiga ega bo‘ladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi hududida 24 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatda bir yoki bir necha punktda to‘xtash ko‘rsatilgan tranzit vizaga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar ushbu punktlarga kelganlaridan keyin Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari qoidalari bilan belgilangan tartibda joylashish vositalari va davolash muassasalarida hisobga turishga yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishga va ular uchun belgilangan bo‘lish muddatidan kechikmay O‘zbekiston Respublikasidan jo‘nab ketishga majburdirlar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
11. Tranzit o‘tuvchi va O‘zbekiston Respublikasi hududida 24 soatdan ortiq muddatga majburiy to‘xtagan xorijiy fuqarolar to‘xtash paytidan boshlab keyingi sutka mobaynida ichki ishlar organlarida O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish ruxsatnomasini rasmiylashtirishga majburdirlar.
a) poyezd, avtotransport vositasi, kema yoki samolyotning harakatini to‘xtatuvchi tabiiy ofatlar yuz berganda;
b) avtomobilning biron-bir qismi buzilishi yoki yo‘l-transport hodisasi yuz berishi natijasida shikastlangan avtotransport vositasini tuzatish uchun;
v) vrachning xulosasiga ko‘ra bemorning yo‘lda yurishi uning salomatligi uchun xavfli hisoblangan kasallik holatida. Bunday holda u bilan birga borayotgan oila a’zolari yoki hamrohlik qilayotgan shaxslar bemorning oldida qolishlari mumkin.
Majburiy to‘xtash xorijiy fuqarolarga bunday to‘xtash yuz bergan shahar yoki boshqa aholi yashaydigan joy doirasida majburiy to‘xtashni keltirib chiqargan sabab bartaraf etilgunga qadar bo‘lish huquqini beradi.
Bo‘lishni va tranzit vizalarning amal qilish muddatini uzaytirishni rasmiylashtirish yo‘nalish yo‘lida to‘xtash sababi va muddatini tasdiqlovchi tegishli tashkilot yoki muassasaning ma’lumotnomasi ko‘rsatilgan holda xorijiy fuqaroning shaxsiy arizasiga binoan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
b) o‘z faoliyatini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiradigan joylashish vositalari va davolash muassasalari.
(12-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
v) tranzit yo‘lovchi u bilan birga bo‘ladigan vakolatxonadagi aniq shaxs ko‘rsatilgan holda xorijiy vakolatxonaning yozma iltimosnomasi bo‘lgan taqdirda akkreditatsiya qilingan xorijiy vakolatxona binosi.
To‘xtash vaqtida xorijiy fuqarolarning yotoqxonalar va shaxsiy kvartiralarda yashashlariga istisno hollarda va faqat ichki ishlar organlarining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
13. O‘zbekiston Respublikasi hududida 24 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatda majburiy to‘xtagan xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishlariga tranzit viza ichki ishlar organlarida uzaytirilmasdan ruxsat berilishi mumkin.
14. O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tuvchi, yo‘nalishni va O‘zbekiston Respublikasidan chiqish chegara punktini o‘zgartirishni istovchi xorijiy fuqarolar buning uchun ichki ishlar organlarining ruxsatnomasini olishlari shart.
15. Mazkur qoidalarning shubhasiz buzilishiga olib keladigan hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy fuqarolarga joy, transport vositalari berishlariga yoxud ularga boshqa xizmatlar ko‘rsatishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
Xorijiy fuqarolarga joy va transport vositalari berilgan barcha hollarda ularning egalari bu haqda bir sutkadan kechikmay ichki ishlar organlariga ma’lum qilishlari shart.
16. Xorijiy fuqarolar mazkur Qoidalar buzilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari va konsullik muassasalari boshliqlari va xodimlarining javobgarligi to‘g‘risidagi masala diplomatik yo‘l bilan hal etiladi.
Mazkur qoidalarning xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tish shartlariga rioya qilishlarini ta’minlovchi yoxud ularga xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar tomonidan buzilishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortishga olib keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-oktabrdagi 885-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.10.2019-y., 09/19/885/3940-son)
Keyingi tahrirga qarang.
15. Lyuksemburg Buyuk Gersogligi
38. Birlashgan Arab Amirliklari
55. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi
57. Braziliya Federativ Respublikasi
58. Germaniya Federativ Respublikasi
63. Shveysariya Konfederatsiyasi
78. Trinidad va Tobago Respublikasi
82. Bagama Orollari Hamdo‘stligi
2. Ushbu Izohning 1-bandida ko‘rsatib o‘tilmagan qolgan mamlakatlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi tomonidan bir tomonlama tarzda 30 kun muddatga vizasiz rejim joriy qilingan.
O‘zbekiston Respublikasida 30 yoki 60 kundan ko‘p bo‘lish zarurati holatlarida xorijiy fuqaro ushbu qarorga 4-ilovada bayon etilgan, O‘zbekiston Respublikasiga kirish vizalari toifalarining birini unga rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarni topshirishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(izoh O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-dekabrdagi 1050-sonli qaroriga asosan 6-band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 09/19/1050/4253-son)