Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu erda bo‘lishlari va tranzit o‘tishlari tartibini yanada soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi 1-ilovaga muvofiq;
Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari qoidalari 2-ilovaga muvofiq;
Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tishlari qoidalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yig‘imlar hamda soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlar stavkalari to‘g‘risida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qaroriga xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan bir oy muddatda takliflar ishlab chiqsin va ularni belgilangan tartibda taqdim etsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa vazirliklar va idoralar o‘zlarining idoraviy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 7-sentabrdagi 415–31-son qarori bilan tasdiqlangan xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlarining Vaqtinchalik qoidalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi B.H. G‘ulomov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq xorijiy fuqarolar shu jumladan, MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar* xususiy hamda xizmat ishlari bo‘yicha, turist sifatida, dam olish, o‘qish, ishlash, davolanish va doimiy yashash uchun O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va undan ketishlari mumkin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
a) O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi konsullik muassasalari tomonidan, bunday konsullik muassasalari mavjud bo‘lmagan hollarda esa — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ikki tomonlama bitimi mavjud bo‘lgan boshqa davlatlarning konsullik muassasalari tomonidan;
b) chet mamlakatlar bilan aloqa yo‘llari mavjud bo‘lgan aeroportlardagi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining konsullik byurolari tomonidan beriladi.
Elchixonalarning konsullik bo‘limlari, bosh konsulliklar va konsulliklar, vitse-konsullik, konsullik agentliklari O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi konsullik muassasalari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasiga kelish vizalari xorijiy fuqarolarga bir yilgacha bo‘lgan muddatga yoki ular akkreditatsiya qilingan muddatga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasidan ketish (ketish, ketish-kelish) vizalarini berishni va ularning amalda bo‘lish muddatini uzaytirishni xorijiy fuqarolarning quyidagi toifalari uchun amalga oshiradilar:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
a) O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xodimlariga (va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga), shuningdek Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillariga va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga;
(3-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 17-son, 199-modda)
g) ushbu Tartibning 3-bandidagi “a” kichik bandida ko‘rsatib o‘tilgan xorijiy fuqarolarning taklifi bo‘yicha kelganlarga.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Ko‘p marta foydalaniladigan vizalar ushbu Tartibning 3-bandidagi “a” kichik bandida ko‘rsatib o‘tilgan xorijiy fuqarolarga ular akkreditatsiya qilingan muddatga, ushbu bandning “b”, “v” va “g” kichik bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan fuqarolarga bir yilgacha muddatga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmalari O‘zbekiston Respublikasidan ketish (ketish, ketish-kelish) vizalarini berish va ularning amalda bo‘lish muddatini uzaytirishni ushbu Tartibning 3-bandida ko‘rsatilmagan xorijiy fuqarolar uchun amalga oshiradilar.
6. Ko‘p marta foydalaniladigan vizalar bir yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan xorijiy fuqarolarning quyidagi toifalariga va ularning oila a’zolariga beriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
a) vakolatxona xodimining akkreditatsiya qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida akkreditatsiya qilingan firmalar va kompaniyalar doimiy vakolatxonalari xodimlariga beriladi. Viza xorijiy firma yoki kompaniyaning doimiy vakolatxonasi iltimosnomasi asosida beriladi;
(6-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
b) xorijiy fuqaroning xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkiloti shtatiga kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkiloti xodimlariga beriladi. Viza xorijiy bank yoki boshqa moliya tashkilotining iltimosnomasi asosida beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki akkreditatsiya qilingan qo‘shma korxonalar va 100 foiz xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar xodimlariga, ular Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining mehnat faoliyati ko‘rsatish uchun ruxsatnomasini olganlaridan so‘ng, agar ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hukumatlararo Bitimlar bilan boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, beriladi. Viza korxona iltimosnomasi asosida beriladi.
(6-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasiga kelish uchun berilgan viza, tranzit vizadan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida haqiqiy hisoblanadi, xorijiy fuqarolarning borishlari uchun yopiq bo‘lgan joylar, obyektlar bundan mustasnodir.
8. O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari va ichki ishlar organlari tomonidan xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasiga kelish va undan ketish vizalari berilganligi yoki ularning amalda bo‘lish muddati uzaytirilganligi uchun ulardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorda davlat poshlinasi undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va ketishlari tartibi, ularga vizalar berish hamda ularning amal qilish muddatlari O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan ko‘p tomonlama va ikki tomonlama bitimlari bilan, tenglik asosida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan o‘zgartirilishi mumkin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 24-iyuldagi 315-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 14-son, 95-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Yuridik shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, xorijiy fuqarolarning, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari taklifi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga kelmoqchi bo‘lgan xorijiy fuqarolar vizalar olish uchun O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalariga, bunday muassasalar bo‘lmagan taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi uchun konsullik funksiyalarini bajarish yuzasidan kelishib olingan boshqa davlatlar konsullik muassasalariga ikki nusxada to‘ldirilgan belgilangan shakldagi viza anketasiga taklifnoma va milliy pasportni yoki uning o‘rnini bosadigan hujjatni (keyingi o‘rinlarda matnda “milliy pasport” deb yuritiladi) ilova qilgan holda murojaat qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xorijiy fuqarolar — xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xodimlari hamda ularning oila a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining akkreditatsiya kartochkasi asosida viza olish va uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun murojaat qiladilar.
Yuridik shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xorijiy fuqarolarga taklifnomalarni faqat O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga viza berilishida yordam ko‘rsatish to‘g‘risida iltimosnoma berganlaridan keyingina yuboradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, xorijiy fuqarolarning, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarining yozma murojaatlarini ko‘rib chiqadi va chet eldagi konsullik muassasalariga tegishli ko‘rsatmalar yuboradi.
Yuridik shaxslarning taklifnomalariga binoan O‘zbekiston Respublikasiga kontrakt va shartnomalar bo‘yicha uch oydan ortiq muddatga ishga kelayotgan xorijiy fuqarolarga vizalar berish belgilangan tartibga muvofiq Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi tomonidan xorijiy fuqaroga berilgan mehnat faoliyatiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy fuqarolar — xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari xodimlari va ularning oila a’zolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillari va ularning oila a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining akkreditatsiya kartochkasi asosida vizalarning amal qilish muddatini uzaytirish uchun murojaat qiladilar.
Viza berish hujjatlarini ko‘rib chiqish va xorijiy fuqaroga kelish vizasini rasmiylashtirish muddati 10 sutkadan oshmasligi kerak.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 17-son, 199-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasiga fuqarolar taklifnomasi bo‘yicha yoki doimiy yashash uchun kelmoqchi bo‘lgan xorijiy fuqarolar vizalar olish uchun O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalariga, bunday muassasalar bo‘lmagan taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi uchun konsullik funksiyalarini bajarish yuzasidan kelishib olingan boshqa davlatlarning konsullik muassasalariga ikki nusxada to‘ldirilgan belgilangan shakldagi viza anketasiga taklifnomani va milliy pasportni ilova qilgan holda murojaat qiladilar.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Chet eldan xorijiy fuqarolarni taklif qilmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha (3 oydan ortiq) yashab turgan va doimiy yashayotgan xorijiy fuqarolar yashash joyidagi ichki ishlar organlariga ikki nusxada to‘ldirilgan belgilangan shakldagi anketa-ariza bilan murojaat qiladilar.
Fuqarolarning taklifnomasi bo‘yicha xorijiy fuqaroga O‘zbekiston Respublikasiga kelishga viza berish uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish muddati 15 sutkadan oshmasligi kerak. O‘zbekiston Respublikasiga doimiy yashash uchun kelayotgan xorijiy fuqarolar uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati ayrim hollarda 30 sutkagacha uzaytirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Xorijiy fuqarolar turist sifatida kelish vizalarini olish uchun O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasiga, bunday muassasalar bo‘lmagan taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi uchun konsullik funksiyasini bajarish yuzasidan kelishib olingan boshqa davlatlarning konsullik muassasalariga ikki nusxada to‘ldirilgan belgilangan shakldagi viza anketasiga milliy pasportni va “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasining yoki o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirayotgan turistik tashkilotlarning vaucherini taqdim etgan holda murojaat qiladilar.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Xorijiy fuqaroning turist sifatida kelish vizasini rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasi tomonidan 3 sutkadan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi, bayram va dam olish kunlari bundan mustasnodir.
Xorijiy davlatda O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasiga turistlar sifatida kelayotgan xorijiy fuqarolarga kelish-ketish vizalarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining aeroportlardagi konsullik byurosi tomonidan berilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Xorijiy fuqarolar tranzit vizasini olish uchun O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasiga, bunday muassasalar bo‘lmagan hollarda — O‘zbekiston Respublikasi uchun konsullik funksiyalarini bajarish yuzasidan kelishib olingan boshqa davlatlarning konsullik muassasalariga ikki nusxada to‘ldirilgan belgilangan shakldagi viza-anketa bilan murojaat qiladilar hamda milliy pasportni, borilayotgan davlat vizasini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasidan borilayotgan davlatga jo‘nab ketish sanasi tasdiqlangan yo‘l hujjatlarini taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali shaxsiy, yo‘lovchilar tashish yoki yuk transportida tranzit bilan o‘tib ketadigan xorijiy (haydovchilar) fuqarolar (72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddat mobaynida) viza anketasi, milliy pasport va borilayotgan mamlakat vizasidan tashqari xalqaro namunadagi haydovchilik guvohnomasini, transportga egalikni va avtotransportning texnik holatini tasdiqlovchi hujjatlarni, yukning borilayotgan mamlakatga yetkazib berilishini tasdiqlovchi yuk hujjatlarini va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni taqdim etadilar.
Tranzit vizani O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasi tomonidan rasmiylashtirish 3 sutka mobaynida amalga oshiriladi.
(13-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
14. O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari boshliqlari alohida hollarda xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasiga kelish vizasini berish to‘g‘risida mustaqil ravishda qaror qabul qilish huquqiga egadirlar. Bunda ular qabul qilingan qaror to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga bir sutka mobaynida xabarnoma yo‘llaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Xorijga ketishni mo‘ljallayotgan O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolar ikki nusxada to‘ldirilgan belgilangan shakldagi anketa-ariza bilan pasportni taqdim etgan holda yashash joyidagi ichki ishlar organlariga murojaat qiladilar.
O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha turgan, ketish vizalari o‘z kuchini yo‘qotgan xorijiy fuqarolar ichki ishlar organlariga o‘zlarini qabul qiluvchi tashkilotlar orqali, fuqarolarning taklifi bo‘yicha kelganlar esa mustaqil ravishda murojaat qiladilar.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Ichki ishlar organlari xorijiy fuqaroning anketa-arizasini 15 sutka mobaynida ko‘rib chiqadilar va uning milliy pasportiga chet elga vaqtinchalik ketish uchun ikki yil mobaynida amal qiladigan ruxsat berish yozuvi stikerini yopishtiradilar.
Ichki ishlar organlari fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning anketa-arizasini 15 sutka mobaynida ko‘rib chiqadilar, shundan keyin unga yashash uchun ruxsatnoma o‘rniga Xorijiy fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida yashash uchun guvohnomasi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi beriladi. Ichki ishlar organlari rasmiylashtirilgan guvohnomaga chet elga vaqtinchalik borish uchun ikki yil mobaynida amal qiladigan ruxsat berish yozuvi stikerini yopishtiradilar.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar vaqtinchalik borish uchun ruxsat berish yozuvi stikeri yopishtirilgandan keyin ikki yillik muddat mobaynida, ichki ishlar organlarini xabardor qilgan holda, chet elga bir necha marta borishlari mumkin.
Ichki ishlar organlari O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi va chet elga doimiy yashash uchun ketishni mo‘ljallayotgan xorijiy fuqarolarning yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning anketa-arizasini 15 sutka mobaynida ko‘rib chiqadilar. Hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati istisno hollarda 30 sutkagacha uzaytirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs chet elga doimiy yashash uchun ketayotganda ichki ishlar organlari ularning hujjatlariga doimiy yashash uchun chet elga borishga ruxsat berish yozuvi stikerini amal qilish muddatini ko‘rsatmasdan yopishtiradilar.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-maydagi 181-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 10-son, 80-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
17. Xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasidan ketish hujjatlarini olganlaridan so‘ng viza olish uchun tegishli davlatlarning diplomatik va konsullik vakolatxonalariga murojaat qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Anketa-arizalar 18 yoshga to‘lgan xorijiy fuqarolar tomonidan beriladi. 18 yoshga to‘lmagan bolalar chet elga ketayotganda iltimosnoma ularning qonuniy vakillari tomonidan beriladi. Xorijiy fuqarolar doimiy yashash uchun ketayotganlarida:
a) voyaga yetmagan bolalarning ketishlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi — er (xotin)ning yoki oldingi nikohdan bo‘lgan voyaga yetmagan bolalar O‘zbekiston Respublikasida qolganlarida sobiq er (xotin)ning roziligini;
b) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi — ota-onalarning roziligini (ota-onalar vafot etgan hollarda vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi taqdim etiladi);
v) doimiy yashash uchun ketuvchi 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning roziligini tasdiqlovchi notarial tasdiqlangan hujjatlar taqdim etilishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
b) agar bu O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va boshqa shaxslarning huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun zarur bo‘lsa;
v) agar shaxs O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini buzganlik uchun ilgari jinoiy javobgarlikka tortilgan va undan sudlanganligi belgilangan tartibda olib tashlanmagan bo‘lsa;
Keyingi tahrirga qarang.
g) agar shaxs chet el terrorchi, ekstremist va boshqa jinoiy tashkilotlarning faoliyatiga aloqador bo‘lsa;
Keyingi tahrirga qarang.
d) agar shaxs o‘zi haqida qasddan soxta ma’lumotlar bergan bo‘lsa yoki zarur hujjatlarni taqdim etmagan bo‘lsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
e) agar shaxs ilgari xorijiy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelish-ketish tartibini hamda bu erda bo‘lish qoidalarini, O‘zbekiston Respublikasining bojxona, valyuta va boshqa qonunchiligini buzganligi aniqlangan bo‘lsa;
(19-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
j) agar shaxs kasal bo‘lsa yoki uning salomatligi jamiyat xavfsizligi va sog‘lomligiga xavf tug‘dirsa hamda ushbu kasallik O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan bo‘lsa.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
a) agar uning ketishi davlat xavfsizligini ta’minlash manfaatlariga zid bo‘lsa — ketishga to‘sqinlik qiluvchi holatlarning amal qilish muddati tugagungacha;
b) agar shaxsga nisbatan uning doimiy yashash uchun chet elga ketishiga to‘sqinlik qiluvchi shartnoma, kontrakt majburiyatlari amalda bo‘lsa — ushbu majburiyatlar to‘xtatilgunga qadar;
v) agar shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan bo‘lsa — ish oxiriga yetkazilgunga qadar yoki uning yuzasidan sud qarori qabul qilingunga qadar;
g) agar shaxs jinoyat sodir etganligi uchun jazoga hukm qilingan bo‘lsa — jazoni o‘tab bo‘lgungacha yoki jazodan ozod etilmaguncha;
d) agar shaxs unga sud tomonidan yuklangan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortayotgan bo‘lsa — majburiyatlarni to‘liq bajarib bo‘lgunga qadar;
j) agar sudda shaxsga nisbatan fuqarolik da’vosi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa — sud tomonidan qaror qabul qilinib va u ijro etilgunga qadar.
21. Ushbu Tartibning IV bo‘limida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha chet elga ketish huquqining rad etilishi, javob berishning belgilangan muddatidan ortiqcha kechiktirilishi ustidan xorijiy fuqarolar yuqori organlarga shikoyat qilishlari mumkin, bu organlar bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda javob berishlari kerak, xorijiy fuqaro uning qaroridan norozi bo‘lganda, sudga shikoyat qilishi mumkin. Chet elga ketish huquqini mazkur Tartib 20-bandining “b” kichik bandida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra cheklash ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq xorijiy fuqarolar, shu jumladan, MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar* O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashashlari yoki vaqtincha bo‘lishlari mumkin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
a) O‘zbekiston Respublikasida bo‘luvchi xorijiy fuqarolarni kelish vizasining amal qilish muddatiga vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish;
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
g) qonunchilikni va mazkur Qoidalarni buzganliklari uchun xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari muddatlarini qisqartirish va bu erdan chiqarib yuborish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘luvchi xorijiy fuqarolar o‘zlarini qabul qiluvchi tashkilotlar (vazirliklar, idoralar, mulkchilik shakllari va faoliyat turidan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlar, xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari)ni*, shuningdek, xususiy ishlar bo‘yicha ularni O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilgan shaxslarni xabardor qilgan holda xohishlariga ko‘ra mehmonxonalarda yoki boshqa turar joylarda yashaydilar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 17-son, 199-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasidagi xorijiy fuqarolar pasportlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlarni* o‘zlari bilan olib yurishga va ularni vakolatli organlar vakillarining talabiga ko‘ra ko‘rsatishga majburdirlar.
Milliy pasportni yo‘qotib qo‘yganlik to‘g‘risida xorijiy fuqarolar ularni qabul qiluvchi tashkilotlarga va ichki ishlar organlariga tezlik bilan xabar qilishlari kerak.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Qabul qiluvchi tashkilotlar xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va mazkur qoidalarda nazarda tutilgan ularning huquqlari va majburiyatlarini o‘z vaqtida tushuntirib qo‘yishni, xorijiy fuqarolar bilan munosabatlarda belgilab qo‘yilgan huquqiy normalarning aniq bajarilishini ta’minlaydilar, xorijiy fuqarolarning tegishli hisobini yuritadilar, shuningdek, ularning O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli ichki ishlar bo‘limlarida o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlash uchun, ularning respublika hududida yurishlari va ularga belgilangan bo‘lish muddatlari tugashi bilan O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishlari uchun javobgar bo‘ladilar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
6. Xorijiy fuqaro tashkilotlardan birining taklifiga ko‘ra bu erga kelgan hollarda, boshqa tashkilot, bu fuqaroga nisbatan mazkur qoidalarning 5-bandida nazarda tutilgan majburiyatlarni amalga oshirib va javobgarlikni zimmasiga olib, uni O‘zbekiston Respublikasida qabul qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Xorijiy fuqarolarni xususiy ishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilgan va ularga turar joy bergan shaxslar bu fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ichki ishlar boshqarmasining tegishli bo‘limlarida o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlash uchun chora-tadbirlar ko‘rishga va ularga belgilangan bo‘lish muddatlari tugashi bilan O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishlarida ko‘maklashishga majburdirlar.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Mazkur shaxslar tomonidan xorijiy fuqarolarga turar joy, transport vositalari berilishiga yoki ularga boshqa xil xizmatlar ko‘rsatilishiga, agar bu O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va mazkur qoidalarning buzilishiga olib kelishi aniq bo‘lsa, yo‘l qo‘yilmaydi.
8. O‘zbekiston Respublikasida turgan xorijiy fuqarolar uning qonunchiligiga va mazkur Qoidalarga rioya qilishga majburdirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Xorijiy fuqarolar, shuningdek, mansabdor shaxslar va O‘zbekiston Respublikasining boshqa fuqarolari tomonidan mazkur qoidalar talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni o‘z vakolatlari doirasida ichki ishlar organlari va Tashqi ishlar vazirligi, joylardagi hokimiyat organlari va O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Xorijiy fuqarolarni vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish, ularga doimiy yashash va O‘zbekiston Respublikasi hududida yurishlari uchun ruxsatnomalar berish tartibi O‘zbekistonning boshqa mamlakatlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlari bilan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan tenglik asosida o‘zgartirilishi mumkin.
(9 va 10-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(II bo‘limning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘luvchi fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi hududida milliy pasportlar bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish asosida yashaydilar. Milliy pasportlar belgilangan joyga kelgandan so‘ng uch sutka mobaynida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etiladi, bayram va dam olish kunlari bundan mustasno.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining takliflariga ko‘ra respublikaga kelgan chet mamlakatlar davlatlari va hukumatlari boshliqlari, parlamentlar va hukumatlar delegatsiyalarining a’zolari, ushbu delegatsiyalarning texnik xodimlari, sanab o‘tilgan shaxslarning oila a’zolari;
Oldingi tahrirga qarang.
b) Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan berilgan pasportlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga kelgan shaxslar;
g) O‘zbekiston Respublikasiga bayram va dam olish kunlari yoki odatdagi kunlarda uch sutkagacha muddat bilan kelgan va shu kunlar mobaynida respublikadan jo‘nab ketuvchi fuqarolar;
(12-bandning “b”, “v” va “g” kichik bandlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
d) safarda yurgan xorijiy turistlar, agar ularning respublikaning har bir aniq aholi yashash joyida bo‘lishlari muddati uch sutkadan oshmasa;
Keyingi tahrirga qarang.
e) belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasiga kelgan xorijiy harbiy samolyotlar (kemalar)ning ekipajlari a’zolari.
Harbiy samolyotlar (kemalar)ning ekipajlari a’zolarining qirg‘oqqa tushishi va O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab yurishiga kelgan harbiy samolyotlar (kemalar) qabul qilish rejasiga muvofiq katta (harbiy) boshliq tomonidan ruxsat etiladi;
j) xalqaro yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashishni amalga oshiruvchi xorijiy avtotransport vositalari ekipajlari tarkibiga kiruvchi shaxslar, tashishlarni amalga oshirayotgan yo‘nalishlaridagi shaharlarda va aholi yashash joylarida, shu jumladan, boradigan joylarda bo‘lgan chog‘larida;
z) harbiy bo‘lmagan chet el kemalari ekipajlari tarkibiga kiruvchi shaxslar garnizonlarda va chegara shaharlarida bo‘lgan chog‘larida, bu shaxslar uyushgan holda sayohatga chiqqan vaqtlarida esa O‘zbekiston Respublikasining boshqa shaharlarida ham.
Xorijiy fuqarolar ko‘rsatib o‘tilgan toifalarining obyektlardan chiqishlariga portlarda amalda bo‘lgan qoidalar va yo‘riqnomalarga muvofiq chegara qo‘shinlari vakillari tomonidan ruxsat etiladi;
i) xalqaro aviatsiya yo‘llarining fuqaro havo kemalari ekipajlari, xalqaro temir yo‘l poyezdlari brigadalari tarkibiga kiruvchi shaxslar, qatnovning amaldagi jadvalida ko‘rsatilgan aeroportlarda yoki stansiyalarda bo‘lgan chog‘larida.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Xorijiy fuqarolarni vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylarining mas’ul shaxslari tomonidan kelib joylashgan shaxslarning hisobi yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar organi hududiy bo‘ysunishiga qarab haftasiga ikki marta Manzil-ma’lumotnoma byurosiga ketish va kelish varaqalarini yuborishga majbur. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, mehmonxonalar, davolash muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylarining mas’ul shaxslari o‘zlari joylashgan joydagi Manzil-ma’lumotnoma byurosiga hisobga olish uchun ro‘yxatdan o‘tkaziladigan, kelib joylashgan shaxslarning anketa-arizalarini bir sutka mobaynida yuborishga majbur.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan akkreditatsiya qilinadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
14. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida xorijiy fuqarolarning quyidagi toifalari akkreditatsiya qilinadi:
a) chet el diplomatiya vakolatxonalari va konsullik muassasalari boshliqlari, diplomatik korpus xodimlari, konsullik mansabdor shaxslari, harbiy attashelar diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalarining ma’muriy-texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari, shuningdek, ularning oila a’zolari;
Oldingi tahrirga qarang.
v) O‘zbekiston Respublikasiga xizmat ishlari bo‘yicha kelgan xalqaro tashkilotlarning mansabdor shaxslari, ko‘rsatib o‘tilgan tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalari xodimlari, shuningdek, mamlakatlarning O‘zbekiston Respublikasida shtab-kvartiraga ega bo‘lgan xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari huzuridagi vakolatxonalarining, shu tashkilotlar ustav hujjatlariga yoki tegishli shartnomalarga ko‘ra diplomatik imtiyozlardan va immunitetlardan foydalanadigan xodimlari va ularning oila a’zolari;
(14-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 17-son, 199-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, uning vakolatxonalari ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarga akkreditatsiya kartochkalarini beradilar va akkreditatsiya qilinganligi to‘g‘risida bevosita ularning milliy pasportlariga yozib qo‘yadilar.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Mazkur Qoidalarning 12, 14 va 16-bandlarida ko‘rsatib o‘tilmagan xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Murojaatnoma ichki ishlar organlariga bayram va dam olish kunlarini istisno qilgan holda xorijiy fuqarolar qabul qiluvchi tashkilotlarga milliy pasportlar vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun topshirgan vaqtlaridan boshlab uch sutkadan kechikmay berilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasiga xususiy ishlar bo‘yicha, fuqarolarning takliflari bo‘yicha kelgan xorijiy fuqarolar, agar O‘zbekiston Respublikasi bilan tegishli mamlakat o‘rtasidagi bitimga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasiga kelishning boshqacha tartibi o‘rnatilmagan bo‘lsa, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish va o‘zlaridagi vizalarni belgilab qo‘yish uchun ichki ishlar organlariga shaxsan murojaat etadilar.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
a) xizmat, savdo yoki jamoat ishlari bilan, davolanishga yoki dam olishga, turist sifatida, ayrim hollarda ichki ishlar organlari ruxsati bilan fuqarolar taklifnomalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasiga kelgan xorijiy fuqarolar, mazkur Qoidalarning 12 va 14-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan xorijiy fuqarolar bundan mustasno.
Xorijiy fuqarolar davolanishga yoki dam olishga bevosita davolash muassasalariga, sanatoriylarga yoki dam olish uylariga kelgan hollarda ularning hisobi, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, davolanish muassasalari, sanatoriylar va dam olish uylarining mas’ul shaxslari tomonidan olib boriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) xususiy ishlar bilan O‘zbekiston Respublikasiga kelgan milliy (diplomatik yoki xizmat) pasportlarga ega bo‘lganlar, chet mamlakatlar tashqi ishlar idoralarining xodimlari va ularning oila a’zolari.
(16-bandning birinchi xatboshi va “a” kichik bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Mazkur Qoidalarning 16-bandida ko‘rsatib o‘tilgan xorijiy fuqarolar mehmonxonalar ma’muriyati tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda, bu fuqarolarning shaxsiy murojaatnomalari yoki qabul qiluvchi tashkilotlarning buyurtmanomalari asosida murojaatnomalarda, turlarda, arizalarda ko‘rsatilgan muddatga yoki vizaning amal qilish muddatida hisobga olinadi va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazishga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Agar fuqarolar O‘zbekiston Respublikasiga kelgan, ya’ni nazorat-o‘tkazish punkti tomonidan qo‘yilgan sanadan uch kun o‘tgandan keyin (bayram va dam olish kunlari bundan mustasno) ichki ishlar organlarida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tmasdan respublika hududida bo‘lganlarida hujjatlarini rasmiylashtirish va mehmonxonalarga joylashtirish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(17 va 18-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
19. Mehmonxonalar ma’muriyati O‘zbekiston Respublikasiga kelish vizasiga ega bo‘lmagan, shuningdek boshqa qoida buzishlarga yo‘l qo‘ygan xorijiy fuqarolar to‘g‘risida hududiy ichki ishlar organlariga zudlik bilan xabar qilishga majburdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunday shaxslarni mehmonxonalarda rasmiylashtirish faqat ichki ishlar organlaridan ruxsat olingandan so‘ng amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Hujjatlarni rasmiylashtirish va mehmonxonalarga joylashgan xorijiy fuqarolarning bo‘lish muddatini uzaytirish qabul qiluvchi tashkilotlarning yozma iltimosnomasida (turistlar uchun — turning amal qilish muddatida) ko‘rsatilgan, lekin vizaning amal qilish muddati doirasida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 16-apreldagi 178-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan)
22. O‘zbekiston Respublikasida yashash huquqini beruvchi hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni rasmiylashtirish xorijiy fuqaro mehmonxonaga kelgandan so‘ng 48 soat mobaynida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasida yashash huquqi bo‘yicha umumiy asoslarda mehmonxonalarga joylashtiriladilar va hisobga olinadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida va Tashqi ishlar vazirligining bo‘linmalarida akkreditatsiya qilinmagan diplomatik pasportlari mazkur Qoidalarga muvofiq mehmonxonalarda hisobga olinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Milliy pasport yoki akkreditatsiya kartochkasi asosida mehmonxonada yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan diplomatik korpus a’zolari pasportlarga va akkreditatsiya kartochkalarga biron-bir belgi qo‘yilmasdan mehmonxonalarning hisobga olish daftarlarida va kartochkalarida hisobga olinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Mehmonxonalar ma’muriyati tomonidan xorijiy fuqarolarni hisobga olish yuzasidan talablarga rioya etilishini ichki ishlar organlari nazorat qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Mazkur Qoidalarning 14, 15 va 16-bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan xorijiy fuqarolar akkreditatsiya yoki ularni vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini uzaytirish tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida, ichki ishlar organlarida va mehmonxonalarda vizalarning amalda bo‘lish muddati belgilangan tartibda uzaytirilgandan so‘ng, ularning amalda bo‘lish muddatiga ko‘ra amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(24—26-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
27. O‘zbekiston Respublikasiga olti oygacha muddatga kelgan xorijiy fuqarolarning shaxsiy va xizmat avtotransport vositalari O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarida hisobga olinishi kerak. Xorijiy fuqarolar o‘z transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga olti oydan ortiq muddatga olib kelishlar, bu transport vositalari Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida milliy raqam belgilarini almashtirgan holda ro‘yxatga olinadi.
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 17-son, 199-modda)
Xalqaro haydovchilik guvohnomalari O‘zbekiston Respublikasi hududida avtotransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiy hisoblanadi. Yo‘l harakati to‘g‘risidagi konvensiyaning tegishli talablariga javob beradigan milliy haydovchilik guvohnomalari O‘zbekiston Respublikasi hududida ularning tasdiqlangan tarjimasi mavjud bo‘lganda haqiqiy hisoblanadi. Xorijiy fuqarolarga milliy haydovchilik guvohnomalarini berish yoki bu fuqarolarga ko‘rsatilgan Konvensiya talablariga javob bermaydigan guvohnomalarni almashtirib berish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xorijiy shaxslarning transport vositalarini davlat texnik ko‘rigidan o‘tkazish ham O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida yashab turgan xorijiy fuqarolarga tegishli bo‘lgan avtotransportni xorijiy fuqarolarga foydalanish uchun berish avtomototransport davlat raqami belgisini xorijiy fuqarolarga mo‘ljallangan tegishli toifasiga almashtirib berish uchun ichki ishlar organlarini xabardor qilgan holda notarial tartibda rasmiylashtiriladi. Xorijiy fuqarolar tomonidan qaytarib olib ketish majburiyati bilan olib kelingan avtotransport belgilangan muddat tugashi bilan chet elga olib ketilishi kerak va O‘zbekiston Respublikasi hududida egasi qoldirilishi mumkin emas.
28. Xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashashlari mumkin. Buning uchun ularda ruxsatnoma va yashash guvohnomalari bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomalari xorijiy fuqarolarning, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida yashashi uchun guvohnoma va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash uchun ruxsatnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularning bergan ariza-anketalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
30. Mavjud chet el pasportlarining amalda bo‘lish muddati tugagan kundan boshlab bir yil mobaynida muddati uzaytirilgan yoki yangi chet el pasportlarini taqdim etmagan xorijiy fuqarolarga ichki ishlar organlari tomonidan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomalari beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
31. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolar doimiy turar joylari yoki vaqtincha yashab turgan joylaridagi ichki ishlar organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkaziladilar (vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkaziladilar).
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab xorijiy fuqarolar borishlari uchun ochiq bo‘lgan joylarda yurishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Xorijiy fuqarolar mo‘ljallangan joyga kelganlaridan so‘ng ichki ishlar organlarida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishlari yoki mehmonxonalarda hisobga turishlari kerak.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
33. Xorijiy fuqarolarning chegara zonalariga yoki xorijiy fuqarolarning borishlari uchun yopiq bo‘lgan joylarga kirishlari va ularning yurishlari ichki ishlar organlarining ruxsati bilangina amalga oshirilishi mumkin:
Qabul qiluvchi tashkilotlarning iltimosiga ko‘ra xorijiy fuqarolarga bir necha marta kelish va yurishga ruxsat berilishi mumkin.
34. Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasida yurishlari tartibi, agar O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lgan xalqaro bitimlarda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ikki tomonlama shartnomalar va tenglik asosida belgilanadi.
35. Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududidan tranzit o‘tishlari O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning tranzit o‘tishlari qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi (3-ilovaga qaralsin).
36. O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish joylarini mazkur qoidalarni buzgan holda o‘zgartirgan xorijiy fuqarolar ichki ishlar organlari talabiga ko‘ra oldingi kelgan joylariga qaytishga yoki tanlangan borish joylariga muvofiq yurishga majburdirlar.
37. Mazkur qoidalarni buzganlik uchun xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Mazkur qoidalarning talablariga rioya qilishga majbur bo‘lgan shaxslar (shu jumladan xorijiy fuqarolarni respublikaga xususiy ishlar bo‘yicha taklif qilgan yoki ularga xizmat ko‘rsatayotgan shaxslar) tomonidan ularning buzilishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
38. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini yoki mazkur qoidalarni buzgan xorijiy fuqaroning O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bo‘lish muddati qisqartirilishi mumkin.
Xorijiy fuqaroning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddati uning bundan buyon bu erda bo‘lishi uchun asos yoki mablag‘ bo‘lmagan hollarda ham qisqartirilishi mumkin.
39. Xorijiy fuqaroning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish muddatini qisqartirish va uni respublika hududidan chiqarib yuborish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
a) O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzgan taqdirda, ya’ni O‘zbekistonda yashash huquqini beruvchi hujjatlarsiz yoki haqiqiy bo‘lmagan hujjatlar bo‘yicha yashaganda, vaqtincha yoki doimiy ro‘yxatdan o‘tishning, harakat qilish yoki yashash joyini tanlashning belgilangan tartibiga rioya qilmaganda, bo‘lish muddati tugagandan keyin chiqib ketishdan bosh tortganda, O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit bo‘yicha o‘tish qoidalariga rioya qilmaganda;
b) O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan jinoyat uchun sud tomonidan tayinlangan jazoni ijro etgandan yoki o‘tagandan yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingandan keyin, keyinchalik kelish huquqini cheklagan holda O‘zbekiston Respublikasidan chiqarib yuborilishi mumkin.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 6-maydagi 86-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 158-modda)
41. Xorijiy fuqaroning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi muddatini qisqartirish va uni respublikadan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi qarorni O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari qabul qiladilar. Xorijiy fuqaro shu qarorda ko‘rsatilgan muddatda O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishga majburdir. Bunday hollarda chiqib ketishdan bosh tortgan xorijiy fuqarolar qonunchilikka muvofiq majburiy tartibda chiqarib yuboriladi.
42. Qabul qiluvchi tashkilotlar va xususiy shaxslar o‘z takliflari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida turgan xorijiy shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi muddatlarini qisqartirish va uning hududidan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan ichki ishlar organlariga murojaat qilishlari mumkin.
43. Xizmat, xususiy, savdo yoki jamoat ishlari bilan, o‘qish, malaka oshirish, ishlash uchun yoki turist sifatida kelgan xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasidagi chiqarib yuborilayotgan xorijiy fuqarolarni o‘z taklifi bo‘yicha qabul qilgan tashkilotlar va xususiy shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.
Boshqa xorijiy fuqarolarni, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi fuqarolarni chiqarib yuborish xarajatlari ichki ishlar organlari hisobidan amalga oshiriladi.
44. Xorijiy fuqaro o‘zining O‘zbekiston Respublikasidan chiqarib yuborilishi va O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi muddatini qisqartirish to‘g‘risidagi qaror ustidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda va asosda shikoyat qilishga haqlidir.
45. Mazkur Qoidalarning 37—43-bandlaridagi qoidalar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga, shuningdek, xalqaro huquq normalariga muvofiq imtiyozlar va immunitetlardan foydalanuvchi shaxslarga nisbatan qo‘llanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tuvchi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning* O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlariga, agar O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan berilgan tranzit vizalar mavjud bo‘lgan taqdirda haqiqiy pasportlar yoki ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlar bo‘yicha ruxsat beriladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali o‘zlari boradigan mamlakatga havo, temir yo‘l va suv transporti bilan tranzit o‘tishlariga O‘zbekiston Respublikasi bilan qo‘shni bo‘lgan davlatga borish uchun haqiqiy hisoblangan hujjatlar va tegishli o‘tish hujjatlari (ularda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi boshqa transportga o‘tirish punktidan ketish sanasi tasdiqlangan holda) mavjud bo‘lgan taqdirda ruxsat beriladi.
3. Xalqaro tranzit avtotashishlarni amalga oshiruvchi xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi orqali tranzit o‘tishlari va ularning yengil avtomobillarda tranzit o‘tishlari O‘zbekiston Respublikasiga qo‘shni bo‘lgan davlatga o‘tish uchun haqiqiy bo‘lgan hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda, shuningdek, davlatlararo bitimlar asosida amalga oshiriladi.
4. Tranzit vizalar O‘zbekiston Respublikasi hududida to‘xtash huquqisiz beriladi. Istisno hollarda xorijiy fuqarolarga qo‘shni davlatga o‘tish yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududida bir yoki bir necha punktda to‘xtash huquqi bilan tranzit viza berilishi mumkin.
5. Quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali vizasiz tranzit o‘tishga ruxsat beriladi:
a) havo transporti yo‘lovchilari O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali qo‘nmasdan uchib o‘tganlarida;
b) xalqaro aviayo‘nalishlar samolyotlarida samolyotdan samolyotga o‘tib uchishda hamda yo‘lovchilarda boriladigan mamlakatga kirish huquqini beruvchi hujjatlar va aviachiptalar mavjud bo‘lganda, ularda samolyotdan samolyotga o‘tish sanasi tasdiqlanganda, O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lish vaqti 24 soatdan oshmaganda. Bunda yo‘lovchilar aeroportning ular uchun maxsus ajratilgan hududidan tashqariga chiqish huquqiga ega bo‘lmaydilar;
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zlarining shaxsiy avtomobillarida yoki guruh tarkibida avtobusda turistik maqsadlarda tranzit sayohat qilishni mo‘ljallagan xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasiga kelgunlariga qadar “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasining va O‘zbekiston Respublikasida o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi turistik tashkilotlarning avtoturlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olishga va to‘xtash punktlari ko‘rsatilgan tegishli turistik vizaga ega bo‘lishga majburdirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tuvchi xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasidan chiqish chegara punktidan mazkur qoidalarga rioya qilgan holda belgilangan yo‘nalish bo‘yicha yuradilar hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida faqat tranzit vizalarda ko‘rsatilgan punktlarda to‘xtashlari mumkin bo‘ladi.
8. O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali avtotransport vositalarida tranzit o‘tuvchi, shu jumladan avtomobilda xalqaro yuk tashishlarni amalga oshiruvchi xorijiy fuqarolar faqat xalqaro avtomobil qatnovi uchun ochiq bo‘lgan yo‘llar va yo‘nalish varaqasida ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yicha yurishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ovqatlanish, dam olish va tunab qolish uchun faqat motellar, kempinglar yoki maxsus ajratilgan to‘xtash joylari mavjud bo‘lgan yo‘nalishdagi punktlarda to‘xtash mumkin.
9. O‘zbekiston Respublikasidan temir yo‘l orqali o‘tayotgan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tayotgan poyezdlarda o‘tayotgan xorijiy fuqarolar poyezd to‘xtab turishining amaldagi jadvalda ko‘rsatilgan vaqtida stansiyalarga tushish huquqiga ega bo‘ladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi hududida 24 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatda bir yoki bir necha punktda to‘xtash ko‘rsatilgan tranzit vizaga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar ushbu punktlarga kelganlaridan keyin Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari qoidalari bilan belgilangan tartibda mehmonxonada hisobga turishga yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tishga va ular uchun belgilangan bo‘lish muddatidan kechikmay O‘zbekiston Respublikasidan jo‘nab ketishga majburdirlar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-apreldagi 178-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
11. Tranzit o‘tuvchi va O‘zbekiston Respublikasi hududida 24 soatdan ortiq muddatga majburiy to‘xtagan xorijiy fuqarolar to‘xtash paytidan boshlab keyingi sutka mobaynida ichki ishlar organlarida O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish ruxsatnomasini rasmiylashtirishga majburdirlar.
a) poyezd, avtotransport vositasi, kema yoki samolyotning harakatini to‘xtatuvchi tabiiy ofatlar yuz berganda;
b) avtomobilning biron-bir qismi buzilishi yoki yo‘l-transport hodisasi yuz berishi natijasida shikastlangan avtotransport vositasini tuzatish uchun;
v) vrachning xulosasiga ko‘ra bemorning yo‘lda yurishi uning salomatligi uchun xavfli hisoblangan kasallik holatida. Bunday holda u bilan birga borayotgan oila a’zolari yoki hamrohlik qilayotgan shaxslar bemorning oldida qolishlari mumkin.
Majburiy to‘xtash xorijiy fuqarolarga bunday to‘xtash yuz bergan shahar yoki boshqa aholi yashaydigan joy doirasida majburiy to‘xtashni keltirib chiqargan sabab bartaraf etilgunga qadar bo‘lish huquqini beradi.
Bo‘lishni va tranzit vizalarning amal qilish muddatini uzaytirishni rasmiylashtirish yo‘nalish yo‘lida to‘xtash sababi va muddatini tasdiqlovchi tegishli tashkilot yoki muassasaning ma’lumotnomasi ko‘rsatilgan holda xorijiy fuqaroning shaxsiy arizasiga binoan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
b) “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasining va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi turistik tashkilotlarning mehmonxonalari;
Keyingi tahrirga qarang.
v) tranzit yo‘lovchi u bilan birga bo‘ladigan vakolatxonadagi aniq shaxs ko‘rsatilgan holda xorijiy vakolatxonaning yozma iltimosnomasi bo‘lgan taqdirda akkreditatsiya qilingan xorijiy vakolatxona binosi.
To‘xtash vaqtida xorijiy fuqarolarning yotoqxonalar va shaxsiy kvartiralarda yashashlariga istisno hollarda va faqat ichki ishlar organlarining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.
13. O‘zbekiston Respublikasi hududida 24 soatdan ortiq bo‘lmagan muddatda majburiy to‘xtagan xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishlariga tranzit viza ichki ishlar organlarida uzaytirilmasdan ruxsat berilishi mumkin.
14. O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tuvchi, yo‘nalishni va O‘zbekiston Respublikasidan chiqish chegara punktini o‘zgartirishni istovchi xorijiy fuqarolar buning uchun ichki ishlar organlarining ruxsatnomasini olishlari shart.
15. Mazkur qoidalarning shubhasiz buzilishiga olib keladigan hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy fuqarolarga joy, transport vositalari berishlariga yoxud ularga boshqa xizmatlar ko‘rsatishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
Xorijiy fuqarolarga joy va transport vositalari berilgan barcha hollarda ularning egalari bu haqda bir sutkadan kechikmay ichki ishlar organlariga ma’lum qilishlari shart.
16. Xorijiy fuqarolar mazkur Qoidalar buzilganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalari va konsullik muassasalari boshliqlari va xodimlarining javobgarligi to‘g‘risidagi masala diplomatik yo‘l bilan hal etiladi.