LexUZ sharhi
Mazkur hujjatda ko‘rsatilgan geodeziya punktlari va jug‘rofiy obyektlar koordinatlarini, kosmik va aerofotosuratlar, xaritalar, atlaslar, joylarning maketlari va boshqa kartografiya materiallarini ochiq e’lon qilish yoki ko‘rgazmalarda va televideniyeda namoyish qilish mumkinligi to‘g‘risida xulosalar, korxonalarda geodeziya punktlarining koordinatlari va balandliklari, texnik hisobotlar, topografiya xaritalari va rejalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘planishini kelishish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qaroriga asosan 2011-yilning 1-sentabridan bekor qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga va viloyatlar hokimlariga qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilish sohasidagi erga oid qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi, sug‘oriladigan ekin maydonlarining foydalanishdan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi, Gidrometeorologiya xizmati markazi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda — tabiiy xavf yuqori bo‘lgan zonalar;
O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Fanlar akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda — texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastrlarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin, ba’zilariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
5. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘z normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Agrosanoat va suv xo‘jaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
1. Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga kiradigan tashkilot hisoblanadi.
2. Inspeksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining qarorlari va buyruqlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Inspeksiya o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
4. Inspeksiyaning moddiy-texnik ta’minoti, shuningdek xodimlari mehnatiga haq to‘lash ajratiladigan mablag‘lar doirasida davlat budjeti mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
5. Inspeksiya yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirish (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tasarrufidagi geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari ustidan nazorat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi);
Keyingi tahrirga qarang.
kartografiya materiallarida va boshqa hujjatlarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarining hamda hududlarining to‘g‘ri aks ettirilishini nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
geodeziya, gravimetriya, topografiya va kartografiya ishlarining, marksheyderlik, loyiha-qidiruv, qurilish va foydalanish ishlari tarkibida muhandislik-geodeziya ishlarining, aerokosmik suratga olish, xaritalarni nashr etish va kadastr ishlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajariladigan geoaxborot tizimlarini barpo etish ishlarining tashkil etilishi, yo‘lga qo‘yilishi, ularning texnik darajasi va sifatini, ishlarni bajarishda va geodeziya ma’lumotlari, materiallar, rejalar va xaritalarda, kosmik va aerofotosuratlardan foydalanishda ular tomonidan normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
geodeziya, kartografiya sohasida ishlarni olib borishning belgilangan tartibiga va normativ-texnik hujjatlar talablariga hamda davlat standartlariga rioya etilishini nazorat qilish.
qo‘llaniladigan metodikalar va texnologiyalarning muvofiqligini, loyihalashtirilayotgan ishlarda boshlang‘ich ma’lumotlar va materiallar to‘liq hisobga olinganligini tekshirish maqsadida geodeziya va kartografiya ishlarini bajarishning texnik loyihalari (dasturlari)ni nazorat qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari hisobini olib borish;
geodeziya va kartografiya ishlarida tashkilotlar tomonidan koordinatlar va balandliklarning davlat va mahalliy tizimi qo‘llanishini nazorat qilish;
geodeziya punktlari saqlanishi va ularning qonun hujjatlariga muvofiq qayta tiklanishi ta’minlanishi bo‘yicha tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish;
nashr etiladigan xaritalar va atlaslarda Davlat chegaralari, shelf chegaralari, viloyatlar va tumanlar, shahar va shaharchalar, xorijiy davlatlar ma’muriy chegaralarining hamda xarita va atlaslardagi boshqa elementlarning to‘g‘ri chizilganligini, shuningdek aholi punktlari va jug‘rofiy obyektlarning to‘g‘ri nomlanganligini, transkripsiyasini nazorat qilish;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan xarita, reja va atlaslarni tuzish, nashr etishning belgilangan tartibiga rioya etilishini nazorat qilish;
ishlab chiqarish uchastkalarini bevosita ko‘zdan kechirish hamda texnik va loyiha-smeta hujjatlarini tekshirish yo‘li bilan geodeziya va kartografiya ishlarining barcha turlari bo‘yicha materiallar va hujjatlarni nazorat qilish;
geodeziya, gravimetriya, kartografiya va aerosuratga olish materiallari, topografiya xaritalari va rejalari, kosmosdan turib suratga olish materiallari hisobi yuritilishi, saqlanishi, ko‘paytirilishi va ulardan foydalanilishi holatini tekshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda, idoraviy geodeziya-kartografiya fondlarida geodeziya punktlarining koordinatlari va balandliklari, texnik hisobotlar, topografiya xaritalari va rejalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘planishini nazorat qilish;
(7-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
geodeziya va kartografiya ishlarini yuritish masalalari bo‘yicha yo‘riqnomalar, normalar, qoidalar, standartlar va boshqa normativ hujjatlarni, shu jumladan ishlar va aerokosmik suratga olish natijalari bo‘yicha ma’lumotlar va materiallarni tayyorlash, hisobini yuritish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilovchi hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
manfaatdor shaxslarni geodeziya va kartografiya faoliyati masalalari bo‘yicha axborotlar bilan belgilangan tartibda ta’minlash.
agar geodeziya va kartografiya ishlari Inspeksiyada ro‘yxatdan o‘tkazilmasdan yoxud normativ-texnik hujjatlar talablari buzilgan holda olib borilayotgan bo‘lsa, ushbu ishlarni belgilangan tartibda to‘xtatib qo‘yish;
geodeziya, kartografiya ishlari hamda topografiya xaritalari, rejalari, geodeziya punktlari koordinatlari va balandliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni saqlash bilan bog‘liq xonalarga belgilangan tartibda kirish;
geodeziya va kartografiya ishlarining amalga oshirilishi uchun javobgar bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslariga geodeziya va kartografiya ishlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish, shuningdek ushbu ishlarni bajarish va aerokosmik suratga olishlar natijalari bo‘yicha olingan materiallar (ma’lumotlar)ni to‘plash, hisobini yuritish, saqlash, ulardan foydalanish va realizatsiya qilish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish bilan bog‘liq tekshirishlarni o‘tkazish uchun ekspertlarni belgilangan tartibda, shartnoma asosida jalb etish;
geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlardan o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur axborotlarni so‘rash va bepul olish;
Inspeksiya O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
9. Inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi, geodeziya va kartografiya faoliyati amalga oshirilishi, geodeziya va kartografiya ishlari materiallari va ma’lumotlarini to‘plash, hisobga olish, saqlash, ko‘paytirish va ulardan foydalanishni nazorat qilish bilan bog‘liq masalalarning davlat manfaatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlagan holda xolisona ko‘rib chiqilishi uchun javob beradi.
10. Inspeksiyaga “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi. Boshliq ayni bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasining geodeziya nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektori hisoblanadi.
Boshliqning bir nafar o‘rinbosari — bosh muhandis bo‘ladi, u “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Bosh muhandis ayni bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasining geodeziya nazorati bo‘yicha bosh davlat inspektorining o‘rinbosari hisoblanadi.
Inspeksiya vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi va Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Inspeksiya xodimlarining bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni tashkil qiladi;
12. Inspeksiyaning geodeziya va kartografiya faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradigan xodimlari geodeziya nazorati bo‘yicha davlat inspektorlari hisoblanadilar.
13. Inspeksiyani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini, shuningdek yerdan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari faoliyatining huquqiy asoslarini belgilaydi.
2. Yuridik va jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan erga oid qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasining butun hududida amalga oshiriladi.
3. Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan davlat organlari huquqni muhofaza qilish organlari, davlat boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda boshqa jamoat birlashmalari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladilar, ularga metodik va boshqa yordam ko‘rsatadilar.
4. Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan davlat organlari qonun buzilishining oldini olish maqsadida erga oid qonun hujjatlarini tushuntirish tadbirlarini amalga oshiradilar.
5. Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
6. Mahalliy davlat hokimiyati organlari yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazorat bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organlari hududiy bo‘linmalarining erga oid qonun hujjatlariga rioya qilinishi to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadilar, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni tekshirish bo‘yicha komissiyalar tashkil etadilar, ushbu masala bo‘yicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
7. Quyidagilar yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazorat bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organlari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi deb yuritiladi);
Keyingi tahrirga qarang.
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining vakolatiga kirmaydigan masalalar bo‘yicha yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi yerlarning ishlab chiqarish chiqindilari va boshqa chiqindilar, kimyoviy va radioaktiv moddalar, oqova suvlar bilan ifloslanishi, shuningdek tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadidagi yerlardan, suv fondi yerlaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
8. Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi nomidan “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati bo‘yicha quyidagi mansabdor shaxslari:
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining raisi — yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazorat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining bosh davlat inspektori;
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari — yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazorat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektorining o‘rinbosari;
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i — yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish bo‘yicha katta davlat inspektori;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo‘limlari boshliqlari — tegishli hududlarda yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazorat bo‘yicha davlat inspektorlari;
“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni nazorat qilish boshqarmasining bo‘lim boshliqlari va mutaxassislari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalarining tegishli sho‘balari boshliqlari — yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazorat bo‘yicha davlat inspektorlari hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi nomidan yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalarining mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
Tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish bosh davlat inspektorlari va ularning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalarining katta davlat inspektorlari va davlat inspektorlari o‘z vakolatlariga muvofiq Davlat tabiatni muhofaza qilish organlarining yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslari hisoblanadi.
11. Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan davlat organlarining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
12. Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari o‘zlariga yuklangan vazifalarga muvofiq belgilangan tartibda quyidagi funksiyalarni amalga oshiradilar:
a) yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha kompleks tadbirlar bajarilishini ustidan nazorat qilish, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Keyingi tahrirga qarang.
yerlarni suv va shamol eroziyasidan, sellardan, suv bosishidan, botqoqlanishdan, qayta sho‘rlanishdan, qurib qolishdan, zichlashishdan, ishlab chiqarish chiqindilari, kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishdan, yemirilishning boshqa jarayonlaridan muhofaza qilish;
qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini butalar va mayda dov-daraxtlar, begona o‘tlar o‘sishidan hamda yerlarning texnik holati yomonlashishining boshqa jarayonlaridan muhofaza qilish;
agar boshqa usullar bilan tuproq unumdorligini tiklash mumkin bo‘lmasa, unumsizlangan qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish;
buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, ularning unumdorligini va yerlarning boshqa foydali xossalarini oshirish;
er buzilishi bilan bog‘liq ishlarni bajarishda tuproqning unumdor qatlamlarini olish, ulardan foydalanish va ularni saqlash;
b) suvni muhofaza qilish zonalari va qirg‘oqbo‘yi polosalari uchun yer ajratilishi hamda ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish;
v) foydali konlarni qazish, qurilish ishlari va boshqa ishlar uchun berilgan qishloq xo‘jaligi yerlari, o‘rmon yerlari va boshqa yerlarning ushbu ishlar tugallangandan keyin belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga keltirilishi ustidan nazorat qilish;
tabiiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga muvofiq ilmiy asoslangan almashlab ekishlarni, dehqonchilikning eng samarali va oqilona tizimini joriy etish;
meliorativ jihatdan nobop bo‘lgan sug‘oriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilish, pichanzorlar va yaylovlarga suv chiqarish va ularni yaxshilash tadbirlari bajarilishini nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
d) davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga mo‘ljallangan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini o‘lchash.
13. Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
erga oid qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etishga va yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
aybdor mansabdor shaxslarni va fuqarolarni belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish, erga oid qonun hujjatlari buzilishi natijasida yetkazilgan zararni qoplash haqida da’volar kiritish, erga oid qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish uchun tegishli korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga taqdimnomalar yo‘llash va materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etish;
erga oid qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkalarini to‘liq yoki qisman olib qo‘yish to‘g‘risida taqdimnomalar hamda yer uchastkalarining unumsizlanib qolganligini belgilash haqida mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish.
14. Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida hamda Adliya vazirligida 2001-yil 26-aprelda 1029 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Nazorat organlari tomonidan o‘tkaziladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Yerga oid qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan davlat organlarining vakolatli mansabdor shaxslari qonun buzilishining turlarini, erga oid qonun hujjatlari buzilishi tufayli yetkazilgan zararni, aniq aybdor shaxslarni aniqlaydilar va qonun buzilishi to‘g‘risidagi materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtiradilar.
16. Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar o‘z faoliyatining to‘g‘ri tashkil etilishi va amalga oshirilishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYaT) — davlat kadastrlarining barcha turlarini birlashtiruvchi ko‘p maqsadli axborot tizimidir.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘qqizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 1-apreldagi 95-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 14-son, 103-modda)
Davlat kadastrlari yagona tizimiga qonun tomonidan belgilanadigan davlat boshqa kadastrlari ham kirishi mumkin.
2. Davlat kadastrlari yagona tizimi O‘zbekiston Respublikasi va uning alohida hududlarining tabiiy-iqtisodiy salohiyatini yagona umumdavlat jihatidan kompleks hisobga olishni va baholashni ta’minlash maqsadida yaratiladi va yuritiladi.
3. Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi) tomonidan amalga oshiriladi.
4. Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish bilan bog‘liq munosabatlar mazkur Nizom, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solib boriladi.
5. Davlat kadastrlari yagona tizimi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, yuridik va jismoniy shaxslarni ularning faoliyati uchun zarur bo‘lgan barcha turdagi davlat kadastrlari axborotlari bilan tezkor ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
6. Belgilangan tartibga muvofiq aniqlangan kadastrlar obyektlarining huquqiy maqomi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, kartografiya-geodeziya materiallari, statistik hisobga olish ma’lumotlari, davlat kadastrlari ma’lumotlari Davlat kadastrlari yagona tizimining asosini tashkil etadi. Davlat kadastrlari yagona tizimi doirasida hududlarni kompleks baholash uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ham jamlanadi.
Davlat kadastrlari yagona tizimida belgilangan chegaralarda har bir hisobga olingan yer yuzasi uchastkasi uchun uning jug‘rofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda tabiiy baholash, xo‘jaliklar va boshqa kadastrlar obyektlari to‘g‘risida hujjatlashtirilgan ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
7. Yer, konlar hamda foydali qazilmalar va texnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari, suv, o‘rmon, o‘simlik va hayvonot dunyosi, alohida qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar, binolar va inshootlar, shahar va shaharchalar, gidrotexnika inshootlari, madaniy meros obyektlari, avtomobil yo‘llari va temir yo‘llar, yetkazib berish quvurlari, aloqa obyektlari, energetika obyektlari, chiqindilarni ko‘mish va yo‘q qilish joylari, texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar, geodeziya punktlari va Davlat kadastrlari yagona tizimi masalalarini hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa obyektlar Davlat kadastrlari yagona tizimining obyektlari hisoblanadi.
8. Davlat kadastrlari yagona tizimi obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar respublika uchun yagona texnologiya (ushbu Nizomga ilova) bo‘yicha:
konlar, foydali qazilmalar va texnogen hosilalarning yuzaga chiqish hollari davlat kadastri bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi;
davlat suv kadastri bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Girometeorologiya xizmati markazi (tabiiy suv manbalari), O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (yer osti suvlari), O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (suv resurslaridan foydalanish va yerlarning meliorativ holati);
Keyingi tahrirga qarang.
davlat o‘rmon kadastri bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi;
Keyingi tahrirga qarang.
o‘simlik dunyosi obyektlari davlat kadastri bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi;
Keyingi tahrirga qarang.
hayvonot dunyosi davlat kadastri bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi;
Keyingi tahrirga qarang.
alohida qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar davlat kadastri bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat shaharsozlik kadastri bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi;
Keyingi tahrirga qarang.
gidrotexnika inshootlari davlat kadastri bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yirik va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, boshqa vakolatli organlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(8-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri bo‘yicha — O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi;
Keyingi tahrirga qarang.
kartografiya-geodeziya davlat kadastri bo‘yicha — “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan taqdim etiladi.
Tegishli davlat kadastrlarini yuritish bo‘yicha vakolatli organlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Davlat kadastrlarini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi.
9. Davlat kadastrlari yagona tizimi ma’lumotlari davlat boshqaruvi barcha organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy kuchga egadir. Kadastr hujjatlari mulkchilik va xo‘jalik yuritishning barcha shakllaridagi obyektlar to‘g‘risidagi huquqiy, iqtisodiy va texnik ma’lumotlarning boshlang‘ich manbai sifatida qabul qilinishi kerak.
har bir kadastr obyektlari turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarini to‘liq qamrab olish;
11. Amaldagi kadastrlar va axborotlar tizimlari doirasida olingan obyektlarning hisobi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi natijalari Davlat kadastrlari yagona tizimiga “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi va davlat tegishli kadastrlarini yuritish to‘g‘risidagi nizomlar bilan belgilanadigan tartibda davlat boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bepul beriladi.
12. “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi va ma’lumotlarni taqdim etuvchi organlarning mansabdor shaxslari Davlat kadastrlari yagona tizimidagi ma’lumotlarning ishonchliligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
13. Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish bilan bog‘liq ishlar davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya va kartografiya boshqarmasi (“O‘zgeodeziya”) faoliyati masalalari to‘g‘risida” 1992-yil 24-martdagi 139-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari yagona tizimini tashkil etish va uni yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1996-yil 17-iyuldagi 255-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 7-son, 21-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida ko‘chmas mulk davlat kadastrini yuritish to‘g‘risida” 1997-yil 2-iyundagi 278-son qarorining 8-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1997-yil 7-avgustdagi 392-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 8-son, 27-modda) ilovaning 1-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash va ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar hamda qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1998-yil 25-dekabrdagi 534-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 16-noyabrdagi 499-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 11-son, 66-modda) 3-ilovaning 1-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining gidrometeorologiya xizmatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 14-apreldagi 183-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 4-son, 37-modda) 4-ilovaning 4-bandi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-fevraldagi 69-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 2-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘riqlanadigan geodeziya zonalari va geodeziya punktlarini qo‘riqlash to‘g‘risidagi nizomning 4, 8 va 9-bandlaridagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi”, “O‘zbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati davlat inspeksiyasi” so‘zlari tegishli ravishda “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi”, “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.