[
OKOZ:
1.
14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
[
TSZ:
1.
Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining
buyrug‘i
“Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 23-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2953-1]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi 118-son “Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
qaroriga
muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 2017-yil 13-noyabrdagi 17-mh-son “Sport-ta’lim muassasalarining trener-o‘qituvchilari va yo‘riqchi-uslubchilariga malaka toifalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
qarori
(ro‘yxat raqami 2953, 2017-yil 6-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-yil 11-dekabr, 49-son, 1204-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir D.X. NABIYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 10-oktabr,
10-mh-son
Kelishildi:
“Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi R.S. NIYAZOV
Toshkent sh.,
2020-yil 28-sentabr
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. XUSANOV
Toshkent sh.,
2020-yil 28-sentabr
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2020-yil 08-oktabr
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2020-y., 10/20/2953-1/1408-son)