Ushbu modda birinchi qismining to‘qqizinchi — o‘n birinchi va
o‘n to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra hisobdan chiqarilgan shaxslar, ular mahalliy mehnat organida hisobdan chiqarilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kun o‘tgach, ish qidirayotgan shaxslar sifatida takroran ro‘yxatdan o‘tish huquqiga ega.
Ish beruvchi ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan, zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda mahalliy mehnat organlari va boshqa organlar tomonidan yuboriladigan shaxslarni ishga qabul qilishi shart.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etgan ish beruvchi va u vakolat bergan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Ushbu Qonun 38-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan toifadagi shaxslar tomonidan qo‘yiladigan o‘ziga xos talablarga muvofiq bo‘lgan mehnat sharoitlarini ta’minlaydigan ish o‘rni mazkur toifadagi shaxslar uchun, shu jumladan quyidagilar uchun tashkil etilgan ish o‘rni deb hisoblanadi:
Ushbu Qonun 38-moddasining ikkinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslar joylashtirib bo‘lingan ish o‘rinlari kelgusi davrga zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlari sonini aniqlashda hisobga olinadi.
Ushbu modda birinchi qismining sakkizinchi — o‘n birinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra hisobdan chiqarilgan shaxslar ishsiz sifatida mahalliy mehnat organida hisobdan chiqarilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kun o‘tgach mahalliy mehnat organiga ish qidirayotgan shaxs sifatida takroran murojaat qilish huquqiga ega.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan kafolatlar mulkdor o‘zgarganligi sababli tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda tashkilot rahbari, uning o‘rinbosarlari, bosh buxgalterga nisbatan, tashkilotda bosh buxgalter lavozimi bo‘lmaganda esa — bosh buxgalter vazifalarini bajaruvchi xodimga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Agar ushbu moddaning birinchi va
ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan xodimlar mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin o‘ttiz kalendar kun ichida mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tsa, ular mahalliy mehnat organi tomonidan berilgan ma’lumotnoma bo‘yicha uchinchi oy uchun ham avvalgi ish joyidan o‘rtacha oylik ish haqi olish huquqiga ega bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi va
ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan xodimlarga uch oylik davr tugagach maqbul keladigan ish topib berilmagan taqdirda, ular ishsiz shaxslar deb e’tirof etiladi.
Ushbu moddaning birinchi va
ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan, mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin o‘ttiz kalendar kun ichida mahalliy mehnat organida ro‘yxatga olingan hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda kasbi bo‘yicha qayta o‘qitilayotgan yoki malakasini oshirayotgan xodimlarga mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravari miqdorida stipendiya to‘lanadi.
Tugatilayotgan tashkilotlarning mablag‘lari mavjud bo‘lmagan taqdirda, ushbu Qonun 49-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan xodimlarga kompensatsiyalar to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Ushbu Qonun 49-moddasining birinchi va
ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha tashkilotlardan bo‘shatilgan shaxslar uchun, agar ular mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin o‘ttiz kalendar kun ichida ish qidirayotgan shaxslar sifatida mahalliy mehnat organlarida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, belgilangan uch oylik muddat tugaganidan keyin birinchi kundan e’tiboran ishsizlik nafaqasi hisoblanadi.
Agar ushbu Qonun 49-moddasining birinchi va
ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha tashkilotdan bo‘shatilgan shaxs mehnat shartnomasi bekor qilinganidan keyin o‘ttiz kalendar kun ichida mahalliy mehnat organlarida ro‘yxatdan o‘tmagan, lekin unga uch oylik davr tugaganidan keyin mahalliy mehnat organi tomonidan maqbul keladigan ish berilmagan bo‘lsa, u ishsiz shaxs maqomiga ega bo‘ladi hamda unga mehnat shartnomasi bekor qilingan sanadan keyin kamida ikki oy muddat o‘tgach ishsizlik nafaqasi hisoblanadi. Ishdan bo‘shatilayotgan shaxs maqbul ishga doir ikkita taklifni rad etgan taqdirda, u ishsiz shaxs maqomiga ega bo‘lmaydi va o‘ttiz kalendar kundan so‘ng umumiy asoslarda ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olinadi.
Ishsizlik nafaqasini to‘lash ushbu Qonun 55-moddasining birinchi qismida (
beshinchi qismida) nazarda tutilgan tegishli ishonchli axborot olinganidan keyin mahalliy mehnat organi tomonidan tugatiladi (to‘xtatib turiladi).