O‘zbekiston Respublikasida soliq tizimini yanada takomillashtirish va mustahkamlash, soliq to‘lovchilarni hisobga olishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi 1997-yil 1-apreldan boshlab soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlarini berish va qo‘llash tizimini joriy etsin.
2. O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlarini berish va qo‘llash tizimi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga 1997-yil 1-aprelgacha soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlarini bank hujjatlarining barcha shakllariga majburiy kiritish to‘g‘risidagi masalani hal qilish tavsiya etilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
1. Soliqlar to‘liq to‘lanishini va maxsus jamg‘armalarga mablag‘lar ajratilishini hamda ham soliq organlarining, ham soliq to‘lovchilarning davlatning iqtisodiy manfaatlari va mulkiy huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining barcha vazirliklari, idoralari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, bank muassasalari hamda boshqa muassasalar, tashkilotlar va korxonalar bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlovchi soliq to‘lovchilarni kodlashtirishning yagona tizimini shakllantirish ushbu Nizomni joriy etishning maqsadi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining identifikatsiya raqamlari yagona reyestrini shakllantirish;
soliqlarning budjetga tushishini hisobga olish va soliq organlarining o‘zaro hamkorligi bo‘yicha ma’lumotlarni kompyuterda ishlashni joriy etish;
soliq qonunchiligiga rioya etilishi bo‘yicha axborotlarning yaxlitligi va ishonchliligi ko‘p tomonlama tekshirilishi, nazorat qilinishini tashkil etish;
soliq organlari bilan davlat xokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, bank muassasalari va moliyaviy tusdagi, shuningdek, ko‘char va ko‘chmas mulk bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar o‘rtasida axborot ayirboshlashni birxillashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
daromadlarni, to‘langan soliqlarni va xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, jismoniy shaxslar tomonidan ijtimoiy va boshqa sug‘urta bo‘yicha davlat jamg‘armalariga to‘lovlarni hisobga olishni birxillashtirish.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Identifikatsiya raqami soliq to‘lovchining barcha soliq majburiyatlari va barcha ijtimoiy huquqlari bo‘yicha yagona hisoblanadi, uning davlat hokimiyati va nazorat organlari bilan davlat ijtimoiy sug‘urtasi hamda boshqa sug‘urta jamg‘armalaridan to‘lovlar (mablag‘lar) olish bo‘yicha barcha o‘zaro munosabatlarida qo‘llanadi va o‘zgartirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Identifikatsiya raqami bir marta beriladi va faqat yuridik shaxsning tugatilishi, jismoniy shaxsning vafoti yoki boshqa mamlakatga ko‘chib ketishi munosabati bilan, ushbu voqealar ro‘y bergandan keyin uch yil o‘tgach, bekor qilinishi mumkin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Identifikatsiya raqami soliq to‘lovchilarga — yuridik (jismoniy) shaxslarga ular o‘zlari joylashgan (yashaydigan) joydagi davlat soliq inspeksiyasida ro‘yxatdan o‘tkazish shakllarini to‘ldirgandan keyin beriladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish shakllari ma’lumotlari davlat soliq inspeksiyasida kompyuterga yoziladi, elektron pochta orqali O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga beriladi. Davlat soliq qo‘mitasida identifikatsiya raqamini berishda takrorga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida har bir soliq to‘lovchining ma’lumotlari tekshiriladi. Berilgan identifikatsiya raqami yoki uni berish rad etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda, elektron pochta orqali davlat soliq inspeksiyasiga qaytariladi. Davlat soliq qo‘mitasidan identifikatsiya raqami berilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar olingach davlat soliq inspeksiyasida soliq to‘lovchilarga identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
davlat soliq inspeksiyasida ro‘yxatdan o‘tkazishga asos bo‘ladigan ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda respublika Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan ushbu ishlarga vakil qilingan boshqa organlar tomonidan (tadbirkorlik faoliyati, shuningdek, faoliyatning boshqa muayyan turlari bilan shug‘ullanish uchun) berilgan litsenziyalarga;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat maxsus jamg‘armalaridan ijtimoiy nafaqalar berish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish va to‘lov hujjatlariga qo‘yish majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan tuzilayotgan xo‘jalik, fuqarolik-huquqiy va mehnat shartnoma (kontrakt)larida, ularga ilovalarda;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bitishuvlar sodir etilganligini belgilovchi yoki tasdiqlovchi hujjatlarda, shu jumladan schyot-fakturalarda va transport hujjatlarida;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy, mulkiy va qiymat ifodasiga bo‘lgan boshqa majburiyatlarning yuzaga kelishini, shuningdek ularning chaqirilganligini belgilovchi yoki tasdiqlovchi hujjatlarda;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan qiymat ifodasiga ega bo‘lgan mulk egasi huquqi sotib olinganligini va berilganligini belgilovchi va tasdiqlovchi, shuningdek bunday huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 7-yanvarda qabul qilingan 7-son qaroriga asosan oltinchi, yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
b) quyidagi toifadagi jismoniy shaxslarga (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, keyingi o‘rinlarda “fuqarolar” deb yuritiladi);
doimiy yashash joyiga ega bo‘lmagan, biroq soliq majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi hududida paydo bo‘lgan fuqarolarga.
(7-bandning “a” va “b” kichik bandlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 7-yanvardagi 7-son qarori tahririda)
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan fuqarolar; shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida vaqtincha turganlar ham; O‘zbekiston Respublikasida kalendar yilda 183 kundan ko‘proq turgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar (“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, xorijiy fuqarolardan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq).
9. Soliq majburiyatlari deganda jismoniy yoki yuridik shaxsda daromad olish manbai mavjudligi yoki soliq solishining boshqa obyekti tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami to‘qqizta raqamli belgidan iboratdir, dastlabki 8 raqam soliq to‘lovchining o‘z raqami, oxirgi raqam esa nazorat sonini tashkil etadi.
Shunday qilib, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami tuzilishi quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini kodlashtirish uchun seriyali tartib usulidan foydalanadi.
Bunda soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlari barcha to‘plami soliq to‘lovchilarning tiplarini aniqlashtiruvchi ikki turkumlash guruhiga: jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilgan.
bunda X-soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami sonlari izchilligi to‘g‘riligini nazorat qiluvchi son, ushbu son O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasida kompyuter tomonidan soliq to‘lovchiga identifikatsiya raqami berish jarayonida muayyan algoritm bo‘yicha shakllantiriladi.
Zarurat bo‘lganda, kodlashtirish tizimi imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida quyidagi kodlar zaxira qilingan:
Keyingi tahrirga qarang.
11. Kodlashtirishning mazkur tuzilishi o‘zgarmas va universal hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlarini berish va ularni qo‘llash tizimda foydalanishi kerak.
12. Yuridik shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchilarga identifikatsiya raqami soliq to‘lovchi tomonidan tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasida ro‘yxatdan o‘tkazish shaklini to‘ldirishga ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida beriladi. Soliq organlari bilan davlat hokimiyati boshqaruvi boshqa organlari o‘rtasida axborot ayirboshlashni 1-xillashtirish maqsadida soliq to‘lovchining ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlarida unga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasida berilgan KTUT kodi ko‘rsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazish u tashkil etilgan joy bo‘yicha soliq inspeksiyasi tomonidan faqat bir marta amalga oshiriladi.
14. Yuridik shaxsni soliq inspeksiyasida ro‘yxatdan o‘tkazish uning tomonidan o‘zi tashkil etilgan joydagi davlat soliq inspeksiyasida to‘ldirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish soliq shakli ma’lumotlari asosida Davlat soliq qo‘mitasida unga identifikatsiya raqami berilgandan hamda unga tashkil etilgan joy bo‘yicha davlat soliq inspeksiyasida soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma berilgandan va identifikatsiya raqami berilgandan keyin tugallangan hisoblanadi.
15. Qonunda nazarda tutilgan hollarda mustaqil yuridik shaxs sifatida ish ko‘ruvchi hamda alohida hisob-kitob schyotiga ega bo‘lgan vakolatxonalar va filiallarni ro‘yxatdan o‘tkazishda ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlarida bosh korxonaning identifikatsiya raqami ham ko‘rsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Soliq to‘lovchi mazkur Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarga o‘zining identifikatsiya raqamini aniq va ravshan qo‘yishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Jismoniy shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchilarga identifikatsiya raqami tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchi tomonidan tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasida soliq majburiyatlari paydo bo‘lishi fakti yuzasidan ro‘yxatdan o‘tkazish shakli to‘ldirilgandan keyin beriladi. Boshqa soliq to‘lovchilarga — jismoniy shaxslarga ro‘yxatdan o‘tkazish shakllari uyma-uy yurib rasmiylashtiriladi. Soliq organlari bilan davlat hokimiyati va boshqaruvi boshqa organlari o‘rtasida axborot ayirboshlashni birlashtirish maqsadida O‘zbekiston fuqarolarining ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlarida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti raqami va identifikatsiya raqami (shaxsiy kodi) ko‘rsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Jismoniy shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazish yashash joyi bo‘yicha davlat soliq inspeksiyasida faqat bir marta amalga oshiriladi. Har bir soliq to‘lovchi faqat bitta identifikatsiya raqamiga ega bo‘lishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Jismoniy shaxsni soliq inspeksiyasida ro‘yxatdan o‘tkazish uning tomonidan yashash joyi bo‘yicha davlat soliq inspeksiyasida to‘ldirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish soliq shakli asosida Davlat soliq qo‘mitasida unga identifikatsiya raqami berilgandan keyin tugallangan hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Soliq to‘lovchi mazkur Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarga o‘zining identifikatsiya raqamini aniq va ravshan qo‘yishi shart.
21. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar o‘z pasportidagi ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda davlat soliq inspeksiyasida asosiy ro‘yxatdan o‘tkazish ma’lumotlari o‘zgarishini hisobga olishning ro‘yxatdan o‘tkazish shakllarini to‘ldiradilar, boshqa soliq to‘lovchilarga — jismoniy shaxslarga ushbu shakllar uyma-uy yurib to‘ldiriladi.
22. Jismoniy shaxs bo‘lgan soliq to‘lovchilarni hisobga olish eski namunadagi pasportga ega bo‘lgan fuqarolar uchun ham, yangi namunadagi pasportga ega bo‘lgan fuqarolar uchun ham amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Soliq to‘lovchining ro‘yxatdan o‘tkazish uchun soliq organlariga, ijtimoiy imtiyozlarga ega bo‘lganlar uchun esa — ijtimoiy sug‘urta organlariga o‘z vaqtida kelmasliklari, shuningdek, mazkur Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan barcha hujjatlarda deklaratsiya to‘ldirishda identifikatsiya raqamining noto‘g‘ri va noaniq ko‘rsatilishi hisobga olish hujjatlarini buzib ko‘rsatishga tenglashtiriladi va qonunda nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.